3.2 Talabalarni kuzatish va ularning ovqat hazm qilish kasalliklariga qay tarzda duch kelishlarni o’rganish Talabalarni kuzatib va ularning ovqat hazm qilish borasidagi kasalliklarni o’rganish borasida anonim so’rovnomalar o’tkazildi. Anonim so’rovnomalar yopiq so’rovnoma shaklida o’tkazilib talabalarning ovqat hazm qilish borasidagi muammolariga yechim izlandi.
Anonim so’rovnoma yopiq shaklda o’tkazilishiga asosiy sabab shundaki talabalarning bu boradagi muammolariga yechim izlash bilan birga to’g’ri ovqatlanish ratsioniga rioya qilshlari zarurligi haqida tushunchalar berish va salbiy oqibatlari bilan tanishtirishdan iborat.
Men ushbu tadqiqodlarimni talabalar o’rtasida anonim shaklda o’tkazdim. Asosan talabalar turargohidan, talabalarning bo’sh vaqtlarida va dars jarayonlarida ushbu so’rovnomalar tarqatib ularning qay tartibda ovqatlanish ratsionga rioya qilishlarini bilib oldim. Shu tadqiqodlarimdan shu ma’lum bo’ldiki asosan 30% talabalar turargohlarida talabalar ovqatlanish ratsioniga rioya qilshmas ekan. Dars bilan bo’lib issiq ovqatlarni yoki vaqtida ovqatlanishmas ekan. Bu natijada esa talabalarda ovqat hazm qilish bilan bog’liq har xil kasalliklarga dush kelishlari mumkin. Shoshib ovqatlanish, issiq bo’lmagan, gazli ichimliklar ichish va tez tayyor bo’ladigan taomlarni iste’mol qilish ham oshqozon kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkinlgi haqida tushunchalar beril o’tildi.
Talabalar bilan suhbat jarayonida ham, darsdan tashqari so’rovnomalar o’tkazilganda ham shu ma’um bo’ldiki hamma talabalar ham to’g’ri ovqatlanishga rioya qilishmas ekan. Biz ularga slaydlar va video lavhalar orqali talabalarning to’g’ri ovqatlanmaslik oqimablari va ovqat hazm qilish bilan bog’liq turli kasalliklar haqida tushunchalar berdik va so’rovnomamizni yakunladik.
Shu bilan birga men talabalar bilan cheklanib qolmasdan bu tajriba ishlarimni amaliyot davrimda Chilonzor tumanida joylashgan 162-umum o’rta ta’lim maktabining 7 “a” sinf o’quvchilar o’rtasida ham olib bordim. Bu tajriba jarayonida avval o’quvchilarga to’g’ri ovqatlanish qoidalari va oshqozon, ovqat hazm qilish bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar haqida hisqacha tushunchalar berildi so’ng so’rovnoma o’tkazildi. 7”a” sing o’quvchilari so’rovnomada ijobiy qatnashishdi va yaxshi natjalar bilan yakunlandi. Javoblar shuni ko’rsatib turibdiki, ko’pchli o’quvchilar to’g’ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilishar ekan. Biz bu javoblarda mamnun bo’ldik.
Ushbu so’rovnomalarga 100 dan ortiq talabalar ishtrok etishdi, biz aksariyat talabalardan ijobiy va kutgan natijalarimizni oldik.
3.3.Tajriba sinov ishlarini tahlili
Talabalar o’rtasida so’rovnomalar o’tkazilgach ushbu tajriba sinov ishlarni tekshirish uchun Abu Ali Ibn Sino nomdagi 1-kasalxona labarato’riyasiga murojat qildim. Tahlil natijalar shuni ko’rsatib turibdiki ayrim talabalar ovqatlanish qoidalariga rioya qilishmas ekan. Aksariyat talabalar esa ijobiy natijalarni berishdi.
№ Talabalar Ovqatlanish ratsioniga rioya qiladigan Ovqatlanish ratsioniga rioya qilmaydigan
1 Talabalar turargohida istiqomad qiladigan 40% 60%
2 Dars jarayonlarida so’rovnoma o’tkazilganida 80% 20%
3 Suhbat jarayonlarida so’rovnoma o’tkazlganida 85% 15%