Beknazarova Xusnoraning 2020-2021 o’quv yilidagi faoliyatidan
MA’LUMOT
Tabiiy fanlar metodbirlashma rahbari Kurbonqulova Nozima
54-maktab umumta’lim muassasida o’quv - tarbiya jarayoni sifatini
yanada yaxshilashda o’z hissasini qo’sib keladi.
U maktabda fan oyligini samarali va sifatli tashkil etishda , tabiiy
fanlarga oid turli kechalarni tashkil etishda , o’quvchilarni tabiiy fanga
qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida o’z ish faoliyatini sifatli
darajada olib boradi. O’quvchilarni tabiiy fanlarga qiziqishini oshirish
maqsadida darslarda turli xil metodlardan foydalanadi. Dars jarayonida ham
o’quvchilar bilan erkin fikr almashishni, baxs-munozaralarni to’g’ri yo’lga
qo’ya oladi.
Tashkil etilgan fan oyliklarida ochiq darslarni yangi pedagogik
texnologiyalar asosida , AKT dan foydalangan holda olib boradi .
Fanlar kesimida o’quvchilar bilim samaradorligini aniqlash maqsadida
testlar bankini ham tashkil etgan.
Toshkent viloyati Bo’ka tumani XTB ga qarashli 54-umumta’lim maktabida
Tabiiy fanlar yo’nalishi metodbirlashma rahbari Beknazarova Xusnoraning
metod birlashma a’zolariga STEAM yondashuv to’grisida o’tkazgan yig’ilishi
to’grisida
MA’LUMOT
Tabiiy fanlar metodbirlashma rahbari Beknazarova Xusnora metod birlashma a’zolariga STEAM ta’limi to’g’risida ma’lumot berdi. STEAM ta’lmi texnologiyasi tabiiy fanlar, texnologiya, tasviriy san’at, matematika fanlari asosida o’quvchilarni o’qitish metodikasi bo’lib, o’quvchida amaliy mashg’ulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo’llashko’nikmalarini shakllantirishi to’g’risida ekanligini aytib o’tdi. Bunda fanlarning o’zaro uyg’un holda yozilgan o’quv dasturlari bir-birini to’ldiradi va birgalikda o’quvchida yaratuvchanlik layoqatini hosil qiladi.
STEAM ta’limining rivoji tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya), texnologiya, tasviriy san’at, matematika fanlari dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligining ta’minlangani hamda o’quvchilarda shakllanishi zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarning aniq belgilashi bilan bog’liq.
Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ko’ra , STEAM fanlarni joriy qilish jarayonida o’quvchilarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish layoqatlarini shakllantiradigan dasturlar va yangi davlat ta’lim standartlari joriy etilishi belgilangan. Yoshlarning bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash uchun STEAM fanlarini chuqur o’rganishga mo’ljallangan didaktik materiallar va multimedia mahsulotlarining yangi avlodi tayyorlanmoqda.
Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematikadan tashqari, STEM ta'limi to'rtta ustunning o'zaro bog'liqligiga e'tibor beradi. Bu axborotni qo'llash va o'sib borayotgan muammolarni hal qilish, kuzatish va izlash qobiliyatlarini o'z ichiga oladi.
STEM ta'limiga san'atning qo'shilishi, birinchi bo'lib rassom, muallif va Rod-Aylend san'at va dizayn maktabining sobiq prezidenti Jon Maeda tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan STEAM qisqartmasining o'sishi ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematik tajribalarni yanada qiziqarli va qulay qiladi.
Toshkent viloyati Bo’ka tumani XTB ga qarashli 54-umumta’lim maktabida
Do'stlaringiz bilan baham: |