4. Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta‘minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari.
5. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari
1.Iqtisodiy o„sishning mazmuni, turlari va ko„rsatkishlari
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‗p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon
hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish resh qashon bir tekis, yuqorilab boruvchi shiziq bo‗yicha
ro‗y bermaydi.
Iqtisodiy rivojlanish o‗z ishiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor
va sifat o‗zgarishlarni, ijobiy va salbiy tamonlarni olib notekis boradi.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‗lganligi
sababli, uning mezonlaridan biri bo‗lgan iqtisodiy o‗sish ko‗proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy
o‗sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‗lib, o‗z ifodasini real YaMM (YaIM)
hajmining va uning aholi jon boshiga ko‗payishida topadi.
Iqtisodiy o‗sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil suratlarda va bir tekis
bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‗sish suratlarining jadallashish, jiddiy pasayish va ratto
sheklanish davrlari ma‘lum. Agar katta tarixiy bosqishlar olib qaraladigan bo‗lsa, jahon v
a
milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o‗sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot
manzarasi hosil bo‗ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‗sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat
o‗zgarishlari shaklida ham namoyon bo‗ladi. Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlab o‗tganlaridek:
«Iqtisodiy rivojlanish sur‘atlari haqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sif
at
ko‗rsatkishlariga ko‗proq e‘tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‗sishlar
iqtisodiyotimizda yuz behayotgan tarkibiy o‗zgarishlar, uning izshil va barqaror rivoji uchun
xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‗z bilan aytganda, amali
y
hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim». Shunday ekan iqtisodiy o‗sish bevosita yalpi
milliy mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatla
ri
birligi hisobiga ko‗payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida
ifodalanadi. Mahsulotning o‗sish sur‘ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‗zgarishi
o‗rtasidagi nisbat iqtisodiy o‗sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiy o‗sishga ishlab chiqarishning avvvalgi texnikaviy asosi saqlanib
qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‗payishi tufayli erishiladi. Aytaylik,
mahsulot ishlab chiqarishni ikki rissa ko‗paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatord
a
o‗rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati ishchi kuchining soni va malaka tarkibi
bo‗yicha xuddi o‗shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda
amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‗zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‗sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini
kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada
progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‗llash, ishchi kuchi
malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish
78
yo‗li bilan erishiladi. Intensiv yo‗l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir
birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‗sishida, mahsulot
sifatining oshishida o‗z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki rissa oshirish
uchun mavjud korxonaga teng bo‗lgan yana bir korxona qurishga rojat yo‗q. Bu natija
ga
ishlab turgan korxonani rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavju
d
resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud
bo‗lmaydi, balki muayyan uyg‗unlikda, bir-
biri bilan qo‗shilgan tarzda bo‗ladi. Shu sababli
ustivor ekstensiv va ustivor intensiv iqtisodiy o‗sish turlari tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‗sish murakkab va ko‗p qirhali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun
qandaydir bitta ko‗rsatkish kifoya qilmaydi, muayyan ko‗rsatkishlar tizimi talab qilinadi. Bu
ko‗rsatkishlar tizimida jismoniy va qiymat ifodasidagi ko‗rsatkishlar farqlanadi.
Iqtisodiy o‗sishning jismoniy ko‗rsatkishlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular
inflyatsiya ta‘siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini hisoblashda
har xil ne‘matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‗rsatkishga keltirish qiyin). qiymat
ko‗rsatkishlar keng qo‗llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to‗liq «tozalash
»
mumkin bo‗lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o‗sish sur‘atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda
hisoblanadi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o‗sishning asosiy qiymat ko‗rsatkishlari quyidagilar
hisoblanadi:
-
YAMM (YAIM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o‗sish
sur‘ati;
-
YAMM (YAIM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‗g‗ri
keladigan miqdori va uning o‗sish sur‘ati;
-
YAMM (YAIM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi
hisobiga to‗g‗ri keladigan miqdori va uning o‗sish sur‘ati;
Iqtisodiy o‗sishni aniqlashda har ushala ko‗rsatkishdan ham foydalanish mumkin,
lekin ularning ahamiyati turlisha.
Masalan: agar diqqat markazida iqtisodiy potensial muammosi tursa, birinchi
ko‗rsatkishdan foydalanish ko‗proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining
turmush darajasini taqqoslashda, ko‗proq ikkinchi ko‗rsatkishdan foydalaniladi. Iqtisodiy
samaradorlikni baholashda uchinchi ko‗rsatkishga ustivorlik beriladi. Odatda iqtisodiy o‗sish
% (foiz) da o‗sishning yillik sur‘ati sifatida aniqlanadi. Masalan, agar o‗tgan yili real YAMM
60 mlr. so‗mni va joriy yilda 70 mlr. so‗mni tashkil qilgan bo‗lsa, o‗sish sur‘atini joriy yildagi
real YAMM ning bazis davrdagi hajmiga bo‗lish yo‗li bilan aniqlash mumkin. Bu holda
o‗sish sur‘ati 16,6% ni (70G‗60*100) tashkil qiladi. Mamlakatning iqtisodiy o‗sish sur‘atini
xarakterlaydigan ko‗rsatkishlar (real YAMM va aholi jon boshiga real YAMMning o‗sishi)
miqdoriy ko‗rsatkishlar bo‗lib, ular
- birinchidan mahsulot sifatining oshishini to‗liq hisobga olmaydi va shu sababli
farovonlikning haqiqiy o‗sishini to‗liq xarakterlab berolmaydi;
- ikkinchidan, real YAMM va aholi jon boshiga YAMMning o‗sishi bo‗sh vaqtning
sezilarli ko‗payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‗rsatilishig
a
olib keladi, – uchinchidan, iqtisodiy o‗sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof
muritga va insonning hayotiga salbiy ta‘sirini hisobga olmaydi.
Iqtisodiy o‗sishning alohida tomonlarini xarakterlovshi ko‗rsatkishlari ham mavjud
bo‗lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, Mehnat unumdorligi
va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq
tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‗rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya‘ni uning unumdorligi.
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi.
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‗rtasidagi nisbat.
79
g) Mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va
kooperatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: