2.Iqtisodiy o„sishning omillari
Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish
mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o‗sish layoqatini belgilab beradi,
ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 2) Mehnat resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 4) texnologiya va fan-texnika
taraqqiyoti.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy
o‗zgarishlar iqtisodiy o‗sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda».
Iqtisodiy o‗sishga taqsimlash omillari ham ta‘sir qiladi. Ishlab chiqarish potensialidan
maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‗liq jalb qilingan
bo‗lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‗sib boruvchi hajmidan real
foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ha
m
zarur bo‗ladi.Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatuvshi, taklif va taqsimlash omillari o‗zaro bog‗liq
va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‗sishi va sifatining yaxshilanishi,
texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o‗sish uchun imkoniyat yaratadi. To‗liq bandlik v
a
resurslarni samarali taqsimlash bunday o‗sishni ro‗yobga chiqaradi. Iqtisodiy o‗sishda
resurslarni taqsimlash omillari ham o‗z o‗rniga ega bo‗lsa-
da, bu muammoni tahlil qilishda
asosiy e‘tibor taklif omillariga qaratilishi zarur. Mehnat unumdorligining o‗sishiga olib
keluvshi omillarni to‗laroq qarab chiqamiz. Fan-
texnika taraqqiyoti Mehnat unumdorligi va
iqtisodiy o‗sishni ta‘minlovshi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‗z ishiga
nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni
tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda fan –
texnika taraqqiyoti
deyilganda provard mahsulot chiqarishni ko‗paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangisha
uyg‗unlashtirishni taqozo qiluvchi yangi usullarning topilishi ham tuchuniladi. Amaliyotda
texnika taraqqiyoti va kapital qo‗yilmalar (indestitsiyalar) mustarkam o‗zaro bog‗liq, texnika
taraqqiyoti ko‗pinsha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‗yishga olib keladi.
Masalan, atom energiyasidan foydalanish bo‗yicha texnologiyani qo‗llash uchun atom
elektrostansiyalarini qurish zarur bo‗ladi. Birinchi qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va
shiddatli ro‗y berish xarakteriga ega bo‗ladi. Gaz va yoqilg‗i dvigatellari, konvyer va yig‗ma
liniyalar bizning hayotga o‗tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.
chizma. Real mahsulot o„sishini aniqlab beruvchi omillari
1.Band bo‗lganlar soni
2.Ishlagan kishi soatlarining
o‗rtacha miqdori.
mehnat
sarflari
Ishlab
chiqarishning
real hajmi
Texnika taraqkiyoti.
Kapital qo‗yilmalar hajmi.
3. Ta‘lim va malaka tayyor-garlik.
4. Resurslarning joylash-tirish
samaradorligi.
5. Boshqa omillar.
mehnat
unumdorligi
Bu chizma ko‗rsatadiki, real mahsulot ikki asosiy usulda ko‗paytirilishi mumkin:
1) resurslarning ko‗proq hajmini jalb etilishi;
80
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‗li bilan.
Respublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa, ishlab chiqarishga
yangi texnika va texnologiyani qo‗llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishnin
g
yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining o‗sishini aniqlab beruvshi asosiy omil har bir ishlovshiga
to‗g‗ri keluvshi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma‘lum vaqt ishida, kapitalning hajmi
mutloq ko‗payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o‗ssa, Mehnat unumdorligi
pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.
Ta‘lim va malakali tayyorgarlik, mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha
yuqori ish haqiga ega bo‗lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‗yish
Mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‗z - o‗zidan aniqki, ishchi
kuchi sifatining eng oddiy ko‗rsatkichi ta‘lim darajasi hisoblanadi. Xozirgi davrda
respublikamiz xalq xo‗jaligida band bo‗lganlarning 30%ga yaqini oliy va o‗rta maxsus
ta‘limga ega. Lekin oliy va yoki o‗rta maxsus ta‘limga ega bo‗lganlar, aniq sohalardagi
bilimlari darajasi bo‗yicha boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ishchilardan ancha orqada va
ko‗pchiligi ta‘lim olgan soxasi bo‗yicha faoliyat turida band emas. Shu sababli keyingi
yillarda respublikamizda maktab, oliy va o‗rta maxsus bilim yurtlarida ta‘lim berishning
progressiv (test va reyting) tizimlari joriy qilinmoqda. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida
qo‗yilgan vazifalarni amalga oshirishda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Amaliy hayotda iqtisodiy o‗sishni to‗xtatib turuvchi omillar ham mavjud bo‗ladiki,
ular Mehnat murofazasi, atrof muritning ifloslanishi va shu kabi rolatlar natijasida kelib
chiqadi. Keyingi yillarda Respublikada davlat tomonidan atrof murit ifloslanishining oldini
olish, xodimlar Mehnat sharoitini yaxshilash va sog‗lig‗ini murofaza qilishni tartibga solishda
muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o‗z navbatida iqtisodiy o‗sish sur‘atiga salbiy, ta‘sir
ko‗rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu
orqali Mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‗lgan mablag‗lari boshqa tomonga j
alb