Tabiiy fanlar fakulteti



Download 1,52 Mb.
bet11/20
Sana01.09.2021
Hajmi1,52 Mb.
#161770
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
ALKANLAR MAVZUSINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYANING “AQLIY

Formulasi

Nomi

Formulasi

Nomi

CH4

Metan

C8H18

Oktan

C2H6

Etan

C9H20

Nonan

C3H8

Propan

C10H22

Dekan

C4H10

Butan

C11H24

Undekan

C5H12

Pentan

C12H26

Dodekan

C6H14

Geksan

C20H42

Eykozan

C7H16

geptan

C30H62

trikozan

Metan (kon gazi, botqoq gazi), CH4 — rangsiz, hidsiz gaz. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (IV)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. M. — to'yingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili bo'lib, boshqa alkanlar singari radikal oʻrin almashinish reaksiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sulfooksidlash, nitratlash va boshqalar)ga kirishadi.

Metan — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi, sellyulozaning anaerob achishidan ham hosil bo'ladi.Saturn, Yupiter va uning yo'ldoshi bo'lgan Titan atmosferasining asosini tashkil etadi. M. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan yoki krekinggazdan past temperaturali distilyasiyalash yo'li bilan ajratib olinadi. Labaratoriyada atsetatlardan, karbid yoki metallarning metilgalogenidlaridan olinadi. Metan yonilg'i, sintezgaz xom ashyosi, vodorod, atsetilen, texnik uglerod, uglerod (1U)-xlorid, xloroform, freonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llanadi. Zaharli emas, ammo portlovchi aralashmalar hosil qiladi, ko'mir konlarida yuz beradigan noxushliklar shuning oqibatida kelib chiqadi. Bundan tashqari uylarda va xonadonlarda ishlatiladigan tabiiy gaz ham metandir.

Etan (CH3—CH3) — rangsiz, hidsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 183,23°, zichligi 572 kg/m3(—100°da). Suvda oz, etanol va uglevodorodlarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga koʻra, E. toʻyingan uglevodorodlarning yaqqol vakili. Radikal mexanizm boʻyicha turli almashinish reaksiyalariga kirishadi. 550—650° da termik degidrogenlanganda etilenga aylanadi, 800°da atsetilen hosil qiladi. 300—450° da xlorlanganda etil xlorid, oksidlanganda CH3CHO va CH3COOH aralashmasi, gaz fazada nitrolanganda nitroetan va nitrometan aralashmasini beradi. Etan — tabiiy va yoʻlakay gazlar komponenti (hajmiga koʻra 10%) boʻlib, ulardan past temperaturada rektifikatsiyalash yoʻli bilan ajratib olish mumkin. Neft xom ashyosini krekinglashda koʻp miqdorda etan hosil boʻladi. Laboratoriya sharoitida etan metil yodid CH3I dan Vyurs reaksiyasini qoʻllab, (CH3COO)2Ca dan Kolbe reaksiyasiga koʻra, etilbromid C2H5MgJ dan Grinyar reaksiyasidan foydalanib, etilenni yoki atsetilenni gidrogenlab olinadi.

Etan — etilen va vinilxlorid olishda xom ashyo. Etanning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Chaqnash temperaturasi 152°, oʻz-oʻzidan alangalanish temperaturasi 472°.



Propan - toʻyingan uglevodorod, rangsiz, hidsiz yonuvchi gaz; suyuqlanish temperaturasi — 187,7°; Propan erituvchi sifatida, qurum olishda, metall qirqishda, avtomobillar uchun tutunsiz yonilgʻi, butan bilan aralashmasi maishiy gaz sifatida ishlatiladi. Sanoatda propanni katalitik degidrogenlab propilen, nitrolab esa nitrometan olinadi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish