O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Tabiiy fanlar” fakulteti 5110400 – “Biologiya o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 303-guruh talabasi Hasanova Hulkaroy Ulug’bek qizining “Botanika darslarini loyihalashtirishda kompetentli yo’naltirilgan topshriqlardan foydalanish” mavzusidagi
Toshkent – 2022
KIRISH……………………………………………………………………………………………………..
1. Biologiyani o‘qitishda loyihalash texnologiyalari
2. Botanika darslarini loyihalashtirishda kompetentli yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalanish
XULOSA
KIRISH
Bugungi kunda butun dunyoda har tomonlama globallashuv va integratsiya jarayonlari kuchayib bormoqdaki, O’zbekiston ham bu jarayonlar oqimidan mustasno emas. Xalqaro siyosiy doiradagina emas, balki ichki siyosiy muhitda ham farovon va barqaror jamiyat qurish uchun kuchli va malakali, siyosiy va huquqiy bilimlarga ega kadrlar kerak.
Hozirgi kunda o’quvchilar, talabalar, tinglovchilar aqliy ta’limini rivojlantirish uchun ta’lim va tarbiya birligiga beriladigan bilimning ilmiy bo’lishi, bilimning sistemali va izchil bo’lishi barobarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishilmoqda.
Talimning globallashuvi sharoitida talim sohasi bilan jamiyatning rivojlanib borayotgan ijtimoiy ehtiyojlari о‘rtasida nomutonosiblikning yuzaga kelganligi kuzatilmoqda. Talim tizimi oldiga barkamol shaxsni shakillantirish, talim sohasi bilan mehnat bozori о‘rtasidagi nomutanosiblikni qisqartirish hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi yangi, dolzarb vazifalar qо‘yilmoqda. Mazkur vazifalar pedagogik texnologiya nazariyasini yaratish va talim jarayonini puxta loyihalashga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Qayd etilganidek, pedagogik texnologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish dolzarb vazifa sanalib, talim texnologiyalarini yaratish muammolari bо‘yicha olib boriladigan umumiy va amaliy tadqiqotlarga keng yо‘l ochib bergan holda ushbu nazariya mohiyatini tо‘laqonli ifodalab beruvchi terminologiyani shakllantirishni taqozo etadi. Bugungi kunda nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslangan umumiy ishlanmalarning mavjud bо‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, umumiy nazariy bazaga ega bо‘lmasdan turib, ayrim muammolarni hal etish mumkin emas.