Tabiiy fanlar fakulteti



Download 285,81 Kb.
bet3/15
Sana30.12.2021
Hajmi285,81 Kb.
#96087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi

II. Asosiy qism

2.1 Kimyo ta'limida o'qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha

Kimyo o`qitishning metodlari, shakllari, manbalari o`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, kimyo o`qitish nazariyasining eng muhim bo`limlari sanaladi. O`qitish metodi falsafiy nuqtai­ nazardan ta`lim jarayonida ta`lim mazmunini harakatlantirish shakli bo`lib hisoblanadi. Agar predmetning mazmuni fanning didaktik ekvivalenti bo`lib hisoblansa, o`qitish metodlari o`rganilayotgan fan yoki bilish lozim bo`lgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir. Didaktikada fanni o`rganish metodlari va o`qitish metodlari mavjud. O`qituvchining asosiy vazifasi o`quvchilarga ta`lim, tarbiya beruvchi ularni rivojlantiruvchi metodlarni optimal tanlashdan iborat. O`qitish metodi ­ o`qituvchi rahnamoligida o`quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bo`lib hisoblanadi. Kimyo o`qitish metodikasining o`ziga xos alohida xususiyatlari mavjud.

Ular quyidagilar:

1. Kimyo o`qitish mazmuni va metodikasi amaliyotga asoslangan nazariy fan.

2. O`quvchilarning bilish faoliyati tafakkur qirralarini o`stirishga qaratilgan bo`lib, moddaning aniq xossasi o`zgarishi, holati, xossalari, tuzilishi, tarkibi kabilar fikr yuritishga o`quvchilarni o`ylashga olib keladi. Har bir metod ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni qayerda samarali amalga oshirsa o`sha yerda o`sha jarayonda qo`llanilishi maqsadga muvofiq. Metodlar o`zining qo`llanilishi bilan ham o`quvchilarni tarbiyalaydi. Shu sababli o`qituvchi har bir metodni tanlaganda uchala funksiyani samarali amalga oshirishiga e`tibor berishi kerak. Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud.

Unda quyidagilarga e`tibor berish kerak.

1) O`qitishning qonuniyatlari va prinsiplari.

2) O`qitishning maqsad va vazifalari.

3) Shu fan mazmunining hamda o`rganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy mosligi.

4) Maktab o`quvchilarning o`qish imkoniyatlari. (yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinf jamoasining xususiyatlari).

5) Tashqi sharoitning o`ziga xosligi.

6) O`qituvchining o`z imkoniyatlari.

O`qitish metodlarining tuzilishi har xil bo`lib, ular ma`lum jarayonning takomillashuvi bilan to`xtovsiz ravishda o`sib boradi. Bu o`sish jamiyatda madaniyat darajasini o`sishiga bog`liq. Shu sababli o`qitish metodlarini tartibga solish va klassifikasiyalash zarurati kelib chiqadi. Maktablarda bilim asoslarini berish lozim. Mustaqil O’zbekistonimiz maktabi tarbiyalovchi ta’limni amalga oshiradi. Bu maktab beradigan ta’limning tarbiyalovchi xususiyati shundan iboratki, u o’quvchilar dalialiktik ­materialistik dunyoqarash asoslari hosil qiluvchi chinakam ilmiy bilimlar beradi. Bizning maktabimizda ta’lim berishning talabalarda aktivlik, tashabbus, mustaqil fikrlash, qo’yilgan maqsadga intilish, o’z burchini his etish, boshqa metod va usullari tarbiya jihatidan katta rol o’ynaydi. Kimyo o`qitishning metodlari turli usullarda olib boriladi. Metod – bu «yo’l» demakdir. U dogmatik, illyustrativ, evristik bo’lishi mumkin. O’qitishning dogmatik metodi­ o’qituvchining materialni og’zaki, ko’rgama vositalardan foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat talabalarni bumaterialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat. O’qitishning ilyustrativ metodi­ o`qituvchi o`quvchiga tayyor bilimlarni tushintirib, har xil xususiy metodlarni qo`llaydi. Ular: o`qituvchining tushuntirishi, darslik bilan ishlash, magnitafon va hakozolar bilan ishlash. Bunday ko`rgazmalar eksperiment, modellar, ekran qo`llanmalari tablisalardan foydalaniladi. O`qituvchi laboratoriya tajribalarini ko`rsatib tushuntirib beradi. Ilyustrativ metodda o`qituvchi ayrim amaliy mashg`ulotlarni bajarish texnikasi va metodikasini bajarish tartibini qo`llaganda ham foydalanadi. Bu metod o`quvchilarda minimum bilimlar zapasi yig`ilgach kengroq qo`llaniladi. O`quvchilarda amaliy o`quv ko`nikmalarini shakllantirish, tajribalarni bajarib ko`rsatish texnikasini shakllantirishda, masalan, probirkaga eritmani quyish, qoshiqchadagi eritmani bug’latish kabilarda tushuntirib ko`rsatish amalga oshiriladi.

O’qitishning illyustrativ metodi ­ kimyo kursining boshlang`ich qismida ko`p qo`llanadi. Bu davrda o`quvchilarda ko`nikma va malakalar yetarli bo`lmaydi. Shu davrda o`qituvchi tajribalarni o`zi ko`rsatib tushintirib beradi. Bu metoddan o`quvchilar tajribalarni mustaqil bajarib izo hlab berishda ham keng foydalaniladilar. O’qitishning evristik metodi­ o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida tuziladi, talabalar bevosita o`qituvchining faol ishtiroki ostida kashfiyot qiladilar. Bu metodning «evristik» degan nomi «tadqiqot» metodi degan so’zdan kelib chiqqan. Masalan, kimyoviy muvozanat siljishi tavsifi mohiyatini aniqlashda qo`llaniladi. Bu davrda o`quvchilar muvozanatga qaysi omillar tasir etishini izohlashini o`qituvchi tartibga solib turadi. Masalan, ammiak hosil bo’lishida konsentratsiya oshirilsa muvozanat qaysi tomonga siljiydi va bunga sabab nimada? Sababini esa o'quvchilar o`zlari izohlab berishlari lozim. Bu qisman izlanuvchanlikdir. Izlanuvchanlik metodi mustaqil ishlash, mustaqil izlanishning bir turi bo`lib hisoblanadi. O`quvchi nazariy bilimlar to` g`riligini amalda sinab ko`radi. Masalan, eksperimental masalalar yechishda bu metoddan foydalaniladi. Klassifikasiyalash asosiy xarakterga (nisbiy xarakter) ega. Amaliyotda metodlarning bir nechtasidan bir vaqtda foydalaniladi. Ular o`zaro bog`liqlikka ega. Klassifikasiyada har xil holatlar asosiy belgi sifatida qabul qilinadi. Kimyo o`qituvchisidan o’quv materialini o’zi bayon etishi, talabalarni ham mustaqil ishlashga o’rgatish talab etiladi. Shu talabga asosan kimyo o`qitishning metodlari 2 ga bo’linadi:

1. Bayon etish metodlari. (monologik va diologik metodlar)

2. Mustaqil ishlash metodlari.

Maktablarda eng ko’p qo’llaniladigan metodlar:

1. O`qituvchining o’quv materialini bayon etish metodlariga, bunda so’zlab berish, ma’ruza, suhbatlar, ekskursiyalar, demonstratsion tajribalar va ko’rsatmali o’qitishning boshqa vositalaridan foydalanish Monologik metodlar­ so’zlab berish, ma’ruzalarga bo`linib, o`quv materiali mazmunini o`qituvchining o`zi tushintiradi. Bu metodda o`quvchilar faktlar, eksprement orqali kuzatib o`rganadilar: fandagi ma`lum bilimlar atrof muhit himoyasi, element va moddalarning sodir bo`lishi tarzida ko`rgazmali holda ifodalanadi.Tushuntirish metodi qo`llanganda o`quvchilarga nazariy bilimlar mohiyati ochib beriladi. Moddalar massasining saqlanish qonuni atom ­ molekulyar nuqtai­nazaridan tushuntirilganda yoki elementlar xossalarining davriy ravishda takrorlanish kabi holatlar tushintirilganda tushunchalar ketma­ket ochilib umumlashtiriladi. Ma`ruza ­ metodi ancha vaqt olinadigan monoton metod bo`lib hisoblanadi. Maktab ma`ruzasi 30 minutdan ko`proq vaqtni olib asosan yuqori sinf o’quvchilari va talabalar uchun qo’llaniladi. Monologik metodda o`qituvchi o`zining nutqi ravonligiga katta e`tibor beradi O`qituvchi nutq ravonligi, sofligi, mazmunli holda materialni izohlash bilan o`quvchilar diqqatini o`ziga torta bilishi kerak. Diologik metodlar­ bularga har xil suhbatlar, seminarlar, misol bo`lib o`qituvchi va o`quvchi orasida bog`lanishli nutq tarzida olib boriladi. Suhbat ­ bu o`quvchi va o`qituvchi orasidagi diolog bo`lib hisoblanadi. O`qituvchining savollariga o`quvchi javob beradi yoki aksincha. Maktab amaliyotiga keyingi vaqtlarda Yangi pedagogik texnologiya tarzida seminar darslari kirib keldi. Masalan, uglevodorodlarning xossalari ularning tuzilishiga bog`liqligi kabi mavzulari seminar tarzida o`rganilsa, o`quvchilarda tafakkur qirralari o`sib tayanch bilimlarni qo`llash orqali rivojlanish bo`ladi. Bu metod ko`proq yuqori sinflarda olib boriladi.

2. Mustaqil ishlash metodlari­ laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, kimyodan masalalar yechish va adabiyotlar bilan ishlash. Kimyo o`qitishda ko`rsatiladigan eksperimentlardan foydalanish eng muhim metod sanaladi. Kimyo o`quv predmetining o`ziga xos xususiyati ham shu nazariymazmunning bir vaqtning o`zida mavhum holda emas, isbotiy bo`lishi bilan ahamiyatlidir. Demonstransion eksperimentni o`qituvchi, laborant yoki talaba ko`rsatib turishi va o`qituvchi izohlab borishi mumkin. Kurs boshida hali o`quvchilarda kimyoviy tajribalarni bajarish ko`nikma va malakalar rivojlanmaganda o`qituvchi o`zi yoki laborant o`tkazadi. Demonstrasion tajribalar ayniqsa foydali holat kasb etganda katta qiziqish orttiradi. Ko`rgazmalilik ­ shunday olib borish kerakki bajarilayotgan tajribalarni o`quvchilar hammasi ko`ra olsin. Ko`rgazmalilikdan kadoskop va boshqa TCO dan unumli foydalanish lozim. O`quvchilarga ko`rsatiladigan tajribalar oddiy, xavfsiz, ishonchli tarzda bo`lishi shart. O`tkazilayotgan eksperiment tafsilotlarini albatta izohlab borish lozim. O`qituvchi o`qitish jarayonida o`quv­ ko`rsazmali vositalardan foydalanishi bu holat kimyo ta`limi sifatida ijobiy ta`sir etadi. Ular: sinf doskasi, har xil jadval va tablisalar, modellar, maketli, magnitli applikasiyalar, ekran qo`llanmalari va hokazolar.

Sinf doskasi eng muhum vosita rolini bajaradi. Dars mazmuniga doir formula, tenglamalar ayrim yozuvlar doskadan unumli foydalangan holda yozilishi kerakki mavzu mazmunini tushuntirish yakunigacha doskadan o`chirmaslik kerak. Og’zaki ko’rgazmali ­ amaliy metodlar asosida o`quvchilarning amaliy faoliyati yotadi. Bu faoliyatda o`qituvchining rahnomoligi albatta yunaltiruvchi faoliyat kasb etadi. O`quvchilarning mustaqil ishlashlari har xil shaklda amalga oshiriladi. Bu shakllar: jamoa, guruh, yakka­ yakka ko`rinishlarda bo`ladi. Ularning turlari ham har xil. Masalan: o`quvchi eksperiment (laboratoriya tajribalari amaliy mashg`ulotlar). Kimyoviy masalalar yechish, adabiyotlar bilan ishlash, ijodiy topshiriqlar bajarish, (priborlar konstruksiyasi, modellar yasash)nazorat ishlarini bajarish, mustaqil ishlar o`quvchilarning yangi bilim egallash ko`nikma va malakalar shakllanishidagi, fanni o`rganishdagi eng muhim sohasi bo`lib hisoblanadi.Olingan bilim, ko`nikma, malakalar faoliyatga mustaqil ravishda tadbiq etilsa samarali bo`ladi. Mustaqil ishlar o`quvchilarga ta`lim­ tarbiya berish, rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi. O`quvchining mustaqil ishi olingan bilim ko`nikma malakalarni faoliyatda tadbiq etish bilan bilimlar manbai bo`lib hisoblanadi.O`quvchi eksperimenti ­ mustaqil ish turi bo`lib hisoblanadi. Shu usul bilan o`quvchi o`zidagi bilim ko`nikma malakalar darajasini ham sinab ko`radi.O`quvchi eksperimenti maqsadi, uni kelgusi mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. O`quvchi eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliymashg’ulotlarga bo`linadi. Ular didaktik maqsadlar bilan farq qiladi. O`quvchi o`z oldiga qo’ygan muammoning yechimini tushunib yetishi kerak. Kimyo fanidan o`quvchilarning laboratoriya tajribalari yakka, guruh, jamoa holda amalga oshadi. Laboratoriya mashg`ulot joylari oldindan o`quvchiga ajratib qo’yiladi.Laboratoriya tajribalari yangi material mazmunini tushuntirish jarayonida olib boriladi.




Download 285,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish