IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichida ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. "Ta'lim to'g'risida" gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Ta'limning bugungi vazifasi o'quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot axborot ta'lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olishga, axborot oqimidan unumli foydalanishga o'rgatishdan iborat. 1991 yil O’zbekiston Mustaqillikka erishgach barcha fanlar qatori kimyo fanidan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari va boshqa adabiyotlarni milliy ruhda yozish va o’qitish imkoniyati yaratildi. Kimyo o’qitish metodikasi fani o’quvchilargavmukammal bilim berishda o’qituvchi tomonidan tuziladigan dars rejalari, jadvallari va boshqa metodik adabiyotlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi” va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari asosida respublikamizning akademik lisey va kollejlari hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan o’quvchilar va kasbhunar ta’limi mutaxassislari tayyorlashga imkon yaratildi. Bu qarorlarda o’quvchilarning milliy, ma’naviyma’rifiy o’zligini anglashi, zamonaviyiqtisodiy tafakkurini o’z faoliyatiga tatbiq eta olishi, kasbining fidoyisi bo’lishligi ta’kidlab o’tilgan. Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kimyo ta’limi pedagogik jarayoniningajralmas tarkibiy qismi bo’lib, ta’limning umumiy maqsadlariga muvofiq o’quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida ta’limtarbiya sohasini isloh qilish natijasida to’plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida amaldagi ta’limtarbiya tizimini hozirgi taraqqiyot va kelgusidagi talablar darajasiga ko’tarishga, uni takomillashtirishga jiddiy e’tibor berish zarurligi ta’limtarbiyaning uzluksizligini ta’minlashdan kelib chiqib, «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Shu munosabat bilan barcha o’quv predmetlari qatori kimyo ta`limi oldiga ham aniq vazifalar qo’yildi.
«Ta`lim to’g’risida»gi Qonunga muvofiq:
1. Umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi konsepsiyasini qayta ishlab chiqish;
2. Umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi konsepsiyasidan kelib chiqqan holda, uning standartini ishlab chiqish taqozo qilinadi.
Kimyo ta`limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta`limining yo’nnalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o’quvchilarning siyosiyg’oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo’lgan ijobiy munosabat, qadimgi yashab ijod etib o’tgan buyuk mutafakkirlar, keyingi yillarda olimlarimizning kimyo sohasidagi erishgan yutuqlariga oid o’quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo’lgan e`tiqodni shakllantirish, kasbga yo'naltirish ko’zda tutiladi.
Ta'lim sohasidadagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o'rta, shuningdek o'rta maxsus, kasbhunar ta'limning majburiyligi;
o'rta maxsus, kasbhunar ta'limning yo'nalishini, akademik litseyda yoki
kasbhunar kollejida o'qishning tanlashning ixtiyoriyligi;
ta'lim tizimining dunvoyiy xarakterda ekanligi;
davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish.
Kurs ishini yozishimdan maqsad shundan iboratki, shu mavzu yuzasidan mustaqil ravishda izlanish, hamda mavzuni mustaqil ravishda o'zlashtirib borishga qaratilgan. Kurs ishining vazifasi darslikdan tashqari kitoblardan ham ma'lumot yig'ish va uni o'rganish, kerak bo'lganda o'rgangan bilimlarimni takomillashtirib hayotga tatbiq etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |