1-jadval
O„zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti va eksporti hajmida yengil
sanoat korxonalari mahsulotlarining ulushi
Yillar
Ko„rsatkichlar
YAIM hajmi,
amaldagi
baholarda,
mlrd. so„m
Yengil sanoat
korxonalari
mahsulotlari hajmi,
mlrd. so„m
To„qimachilik
mahsulotlari hajmi,
mlrd. so„m
Yengil sanoat
korxonalarining
YAIMdagi
salmog„i, foiz
To„qimachilik
mahsulotlarining
YAIMdagi salmog„i,
foiz
2007
28 190,0
2 532,8
2 335,1
9,0
8,3
2008
38 969,8
2 993,8
2 745,3
7,7
7,0
2009
49 375,6
3 436,0
3 101,4
7,0
6,3
2010
62 388,3
4 593,1
4 077,1
7,4
6,5
2011
78 764,2
5 640,7
4 963,9
7,2
6,3
2012
97 929,3
6 566,6
5 583,7
6,7
5,7
2013
120 861,5
8 469,3
6 626,9
7,0
5,5
2014
145 846,4
10 570,5
7 829,3
7,2
5,4
2015
171 369,2
15 782,0
8 851,4
9,2
5,2
2016
199 325,1
19 652,2
11 601,5
9,9
5,8
Manba: O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari
2. 2007-2016 yillar mobaynida to‗qimachilik mahsulotlari hajmi o‗sib bordi,
ammo ularning jami yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi sezilarsiz, ya‘ni
o‗rtacha 5-5,5 foiz oralig‗ida kuzatilmoqda.
Fikrimizcha, respublikamizda yengil sanoat mahsulotlari xomashyo
zaxirasining ko‗pligi, ishlab chiqarish imkoniyatlari (ishchi kuchi arzonligi, ishlab
chiqarish uskunalarining yangilanish darajasining tezligi va h.k.)ning yuqoriligi
hamda sohaga e‘tibor qaratilayotganligi sababli, tayyor yengil sanoat mahsulotlari
hajmini oshirishga erishish maqsadga muvofiq. Buning uchun quyidagi
yo‗nalishlarda samarali ish tashkil etish zarur:
39
a) yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining hududiy taqsimlanishidagi
mutanosiblikni ta‘minlash;
b) yengil sanoat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish bo‗yicha o‗tkazilayotgan
xalqaro yarmarkalar sifatini yaxshilash;
v) yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda keng imkoniyatlarga ega bo‗lgan
klaster tizimini joriy etish.
2014-2016
yillarda
yengil
sanoat
mahsulotlari
ishlab
chiqarish
ko‗rsatkichlarida o‗tgan yilga nisbatan eng yuqori o‗sish 2015 yilga to‗g‗ri kelib,
o‗sish 116,7 % tashkil qilgan bo‗lsa,2014 va 2016 yillarda bu ko‗rsatkich 110,2 va
114,7 % ga teng bo‗lgan(4-rasm).
4-rasm.
Mamlakatimizda yengil sanoat tizimi sanoatning boshqa sohalariga nisbatan
mukammallashish va rivojlanishning uzoq yo‗lini bosib o‗tgan yo‗nalishlaridan
biri hisoblanadi. Mazkur sohani boshqarish va taraqqiy ettirish bo‗yicha izchil
amalga oshirilgan islohotlar yengil sanoat mahsulotlarini nafaqat milliy
iqtisodiyotda, balki jahon bozorlari ham ishtirokini kengaytirish imkonini berdi.
Yengil sanoatning strategik vazifasi nafaqat yarim tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarish, balki eksportga mo‗ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish,
investitsion dasturlarni amalga oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirishda
hududlarning talabini hisobga olishdir.
40
Rasmiy ma‘lumotlarga ko‗ra, 2017 yil 1 yanvar holatiga yengil sanoat
tarmog‗i korxonalari tomonidan 19 652,2 mlrd. so‗mlik mahsulotlar ishlab
chiqarildi. Bunda o‗tgan yilning mos davriga nisbatan o‗sish sur‘ati 124,5 foizni
tashkil
etdi
. SHuningdek, tarmoqning jami sanoat hajmidagi ulushi 15,0 foizni
tashkil qildi. Bundan tashqari, 2017 yil 1 yanvar holatiga o‗tgan yilning shu
davriga taqqoslaganda, to‗qimachilik sanoatida – 117,2 foiz, ipakchilik sanoatida –
106,2 foiz, paxta tozalash sanoatida – 108,9 foiz, ip-gazlama sanoatida – 123,2
foiz, trikotaj sanoatida – 114,0 foiz miqdorida mahalliy mahsulotlar ishlab
chiqarildi.
Ayni paytda yengil sanoat tarmog‗i oldiga qo‗yilgan ustuvor maqsadlardan
biri xom ashyo hisoblangan paxta tolasini chuqur qayta ishlab, tayyor mahsulot
etkazib berish sanaladi, chunki bu qiymatni 1,5 barobardan 10 barobargacha
oshirish imkoniyatini beradi. Hisob-kitoblarga ko‗ra, yaqin yillar ichida
O‗zbekistonda etishtirilayotgan jami paxta tolasining 70 foizgacha bo‗lgan qismi
o‗zimizda chuqur qayta ishlanadi.
Tahlillarning ko‗rsatishicha, hozirgi kunda O‗zbekistonda 8911 ta yengil
sanoat korxonalari faoliyat ko‗rsatmoqda, ulardan 2671 tasi to‗qimachilik, 2468
tasi tikuvchilik hamda 1206 tasi trikotaj yo‗nalishidagi korxonalar hisoblanadi (2-
jadval).
2-jadval ma‘lumotlari mamlakatimiz yengil sanoati korxonalarini hududlar
bo‗yicha diversifikatsiyalanishini aks ettiradi. Yengil sanoat korxonalarining
hududiy joylashuvini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
41
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |