Tabiiy fanlar fakulteti "tasdiqlayman"


O„zbekiston sanoatida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana31.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#277908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
fargona viloyatida engil sanoatni rivozhlantirish muammolari

1.2.O„zbekiston sanoatida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning 

geografik jihatlari 

O‗zbekiston  iqtisodiyotida  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda  yengil 

sanoat  markaziy  o‗rinda  turadi,  chunki,  ushbu  tarmoq  aholi  iste‘mol  tovarlari 



20 

 

ishlab  chiqarish  davomida  bozor  ehtiyojlarining  katta  qismi  to‗yinishiga  ta‘sir 



qiladi.  Bundan  tashqari,  ko‗p  miqdordagi  ish  o‗rinlari  bilan  ta‘minlashda,  asosan 

ayollarning  band  bo‗lishi  sanoat  rayonlarida  demografik  balansni  ushlab  turish 

imkonini beradi. Eng asosiy va muhim omillardan biri, bu – eksport salohiyatining 

o‗sishidir.  Bu  jihat  respublika  iqtisodiy  salohiyati  va  turmush  darajasi  o‗sishiga 

to‗g‗ri mutanosiblikda rivojlanmoqda. 

O‗zbekiston ko‗p yo‗nalishlarni o‗ziga qamrab olgan yengil sanoat tizimiga 

ega  bo‗lib,  uning  hissasiga  sanoat  mahsulotining  25  foizi,  ishlab  chiqarish  asosiy 

fondlarining  13  foizi  to‗g‗ri  keladi.  SHu  bilan  birga,  mazkur  tarmoqda  sanoat 

xodimlarining 32 foizi mehnat qilmoqda. 

SHuningdek,  yengil  sanoatning  barcha  tarmoqlarini  rivojlantirish  va 

ta‘minlash uchun boy xomashyo bazalari (paxta, jun, qorako‗l, ipak, neft, gaz va 

hokazo)ga, bundan tashqari, iqtisodiyotni tez sur‘atlarda rivojlantirish uchun etarli 

darajadagi  shart-sharoitlar  (tabiiy-iqlim,  hududiy  va  mehnat  resurslari)ga  ham 

egadir.  Agar 1991  yilda  respublikada  etishtirilgan paxta tolasining  etti foizi qayta 

ishlangan bo‗lsa, hozirgi kunda yengil sanoat korxonalari tomonidan 40 foiz paxta 

xomashyosi qayta ishlanmoqda. 2030 yilga borib, respublikamizda etishtiriladigan 

paxta  xom  ashyosining  100  foizi  qayta  ishlanib,  ishlab  chiqarish  hajmini  5,6 

martaga oshirishning ustuvor yo‗nalishlari amalga oshiriladi. 

2016  yilda  «O‗zbekyengilsanoat»  DAK  tarkibidagi  315  ta  korxonadan  142 

tasi to‗qimachilik, 135 tasi tikuv-trikotaj va 38 tasi ipakchilik tarmog‗i korxonalari 

hisoblanadi. Tashkil etilish shakliga ko‗ra, oltita korxona AJ korxonasi bo‗lib, jami 

korxonalarning ikki foizini, 277 ta MCHJlari jami korxonalarning 88 foizini, 24 ta 

xususiy  korxona  etti  foizni  va  sakkiztasi  boshqa  xuquqiy  shakldagi  korxona  va 

tashkilotlar  bo‗lib,  uch  foizni  tashkil  etadi.  Mehnat  unumdorligini  oshirish,  ichki 

bozorni  sifatli  mahsulotlar  bilan  to‗ldirish,  eksport  salohiyatini  oshirish  va 

qo‗shimcha  ish  joylarini  bunyod  etish  borasida  ham  muayyan  ishlar  amalga 

oshirilmoqda. 

Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‗paytirish, 

yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish hisobiga jahon bozorida raqobatlasha 



21 

 

oladigan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  bugungi  kunning  dolzarb  masalalaridan 



hisoblanadi. 

 Mahsulot  ishlab  chiqarish  hamda  chet  el  investitsiyalarini  jalb  etish, 

qo‗shma korxonalar tashkil etish chora-tadbirlariga ham katta e‘tibor berilmoqda. 

Mustaqillik  yillarida  yengil  sanoat  mamlakatimiz  makroiqtisodiy 

kompleksida mustahkam o‗rin egalladi.  

Chet  el  investitsiyalari  va  zamonaviy  texnologiyalarni  keng  jalb  etish, 

ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, kichik 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  bo‗yicha  amalga  oshirilayotgan 

samarali  loyihalar  ishlab  chiqarish  sohasida  yuqori  ko‗rsatkichlarga  erishishni 

ta‘minlayotir. 

Mustaqillik  yillarida  tarmoqqa  2,5  milliard  dollardan  ortiq  sarmoya  jalb 

etilib,  200  dan  ziyod  yirik  investitsiya  loyihasi  hayotga  tatbiq  etildi. 

―O‗zbekyengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan qiymati 31 

trillion so‗mlikdan ziyod sanoat mahsulotlari, 13 trillion so‗mlikdan ortiq xalq 

iste‘moli  tovarlari  ishlab  chiqarildi.  Korxonalarda  paxta  kalava  va  gazlama, 

to‗qimachilik  matolari,  tikuvchilik  va  paypoq  buyumlari,  ip  kalava,  tayyor 

kiyimlar  bilan  birga  tibbiyot  uchun  mo‗ljallangan  mahsulotlar  va  maxsus 

kiyimlar ham ishlab chiqarilmoqda. 

―O‗zbekyengilsanoat‖  aksiyadorlik  jamiyatida  joriy  yilning  9  oyida  sanoat 

mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  18,5  foiz,  xalq  iste‘moli  tovarlari  ishlab 

chiqarish 23 foizga o‗sdi. 

Bugungi kunda jamiyat tarkibiga zamonaviy texnika bilan ta‘minlangan 380 

dan  ortiq  to‗qimachilik,  tikuvchilik  va  trikotaj,  shuningdek,  shoyi  mahsulotlari 

ishlab  chiqaradigan  korxonalar  kiradi.  Ularning  qariyb  360  tasi  kichik  biznes  va 

xususiy tadbirkorlik subyektidir.  

Ushbu  korxonalar  ip  kalavadan  tortib  tayyor  buyumgacha  bo‗lgan  keng 

turdagi  mahsulotlarni  ichki  va  tashqi  bozorga  yetkazib  bermoqda.  Zamonaviy 

dizayn  va  yuqori  sifat  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  raqobatbardoshligini 




22 

 

ta‘minlab,  ularning  xalqaro  bozorda  munosib  o‗rin  egallashi  uchun  imkoniyat 



bermoqda. 

 ―O‗zbekyengilsanoat‖  aksiyadorlik  jamiyati  ma‘lumotlariga  ko‗ra,  shu 

yilning o‗tgan uch choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,7 trillion 

so‗mdan  ortgan,  xalq  iste‘moli  tovarlari  ishlab  chiqarish  esa  1,2  trillion  so‗mni 

tashkil  qilgan.  Ayni  paytda  ip  va  gazlama,  trikotaj  mato  va  undan  tayyorlangan 

buyumlar, noto‗qima materiallar, xom ipak kabi asosiy turdagi mahsulotlar ishlab 

chiqarish hajmi o‗sdi. 

Bugungi  kunda  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik 

yangilash,  mamlakatimizda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarni  xalqaro  bozorlarga 

chiqarish,  innovatsion  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  xalqaro  hamkorlikni 

mustahkamlash va xorijiy sheriklarni jalb etish ―O‗zbekyengilsanoat‖ aksiyadorlik 

jamiyatining muhim vazifalaridan biridir. Bularning barchasi mamlakatimiz yengil 

sanoatini sifat jihatidan yangi darajaga ko‗tarish imkonini beradi. 

Mamlakatimizda  bu  sohani  yanada  rivojlantirish  maqsadida  sifat 

o‗zgarishlarini  ta‘minlashga  qaratilgan  islohotlar  olib  borilmoqda.  Jumladan, 

to‗xtab qolgan eski ip-yigiruv kombinatlari o‗rniga zamonaviy texnologiyalar bilan 

jihozlangan  xorijiy  va  qo‗shma  korxonalar  tashkil  etilmoqda.  Ko‗plab  tarmoq 

korxonalari  modernizatsiya  qilindi,  ularda  jahon  andozalari  darajasidagi 

raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‗lga qo‗yildi. Tarmoqda faoliyat 

ko‗rsatayotgan  korxonalarni  qo‗llab-quvvatlash  maqsadida  berilgan  imtiyoz  va 

preferensiyalar  ularning  tashqi  bozorda  mustahkam  o‗rin  egallashiga  imkon 

yaratmoqda. 

―Asaka  textile  production‖  korxonasida  bo‗yalgan  ip  kalava,  ―Indorama 

Kokand  textile‖  qo‗shma  korxonasida  ip  kalava  ishlab  chiqarishning  to‗rtinchi 

bosqichi,  ―Jizzax grant textile‖ korxonasida paypoq  mahsulotlari ishlab chiqarish 

kabi  yangi  quvvatlar  foydalanishga  topshirilgani  buning  yaqqol  dalilidir. 

Shuningdek,  ―Uztex  Toshkent‖  va  ―Humo  to‗qimachi‖  korxonalarini 

modernizatsiya qilish ishlari yakuniga yetkazildi. 




23 

 

Tarmoqda sport mahsulotlari ishlab chiqarishga alohida e‘tibor berilmoqda. 



Bugungi  kunda  57  korxonada  60  dan  ortiq  turdagi  sport  buyumlari  ishlab 

chiqarilayotir. 

Chet el investitsiyalarini jalb etish, yangi qo‗shma korxonalar tashkil qilish 

va  mavjud  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  kengaytirish  mamlakatimiz  yengil 

sanoatini  rivojlantirish  imkonini  bermoqda.  Joriy  yilning  o‗tgan  davrida  sohaga 

153,7  million  AQSh  dollari  jalb  qilindi.  Buning  samarasida  25  investitsiyaviy 

loyiha amalga oshirilib, 2 mingdan ortiq yangi ish o‗rni yaratildi. 

Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni yo‗lga qo‗yish orqali yurtimizda yengil 

sanoat  tarmog‗ini  yanada  rivojlantirish  bo‗yicha  tegishli  dasturlar  ishlab 

chiqilayotir.  Jumladan,  yurtimizda  qabul  qilingan  2015-2019  yillarda  ishlab 

chiqarishni  tarkibiy  o‗zgartirish,  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  dasturi 

asosida to‗qimachilik sanoatida umumiy qiymati qariyb bir milliard dollarga teng 

bo‗lgan 77 muhim loyiha amalga oshirilmoqda. 

Tarmoqni  yanada  rivojlantirish  maqsadida  2017-2021yillarda  to‗qimachilik 

va  tikuv-trikotaj  sanoatida  umumiy  qiymati  2,2  milliard  dollardan  ortiq  bo‗lgan 

140 loyiha amalga oshirilishi ko‗zda tutilmoqda. 

2017 yilda qiymati 90 million dollarga teng 25 yangi sanoat korxonasi ishga 

tushirildi. 

Yengil sanoat korxonalari mahsulot eksportini kengaytirishga alohida e‘tibor 

qaratmoqda.  Shu  yilning  o‗tgan  9  oyida  eksport  hajmi  767,3  million  dollarni 

tashkil  etdi.  Bu  o‗tgan  yilning  shu  davriga  nisbatan  17,9  foiz  ko‗pdir.  O‗tgan 

davrda eksport qiluvchi korxonalar soni 38 taga ko‗payib, 250 taga yetdi. 

Bugungi kunda jamiyat korxonalari eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar 

turini  kengaytirish  borasida  faol  ish  olib  bormoqda.  Xususan,  tarmoq  korxonalari 

eksporti  tarkibiga  olachipor,  zich  tayyorlangan  va  bambukli  ip,  tayyor  to‗quv-

trikotaj  buyumlarining  yangi  modellari,  yotoqxona  va  oshxona  choyshablari, 

yorliqlar,  poplin,  satin  va  paxmoq  gazlamalar,  bolalar  ko‗ylagi  va  boshqa  yangi 

turdagi  mahsulotlar  kiritildi.  Bozor  talablari  inobatga  olingan  holda,  tikuvchilik-




24 

 

trikotaj buyumlari turi yangilandi. Bugungi kunda umumiy eksport hajmida yuqori 



qo‗shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushi 42 foizni tashkil etmoqda.  

Vazirlar Mahkamasining 2011–2015 yillarga mo‗ljallangan to‗qimachilik va 

yengil  sanoat  korxonalarini  rivojlantirish  konsepsiyasiga  ko‗ra,  respublika 

hududida  chet  el  investitsiyasini  jalb  etish,  tijorat  banklari  qarzi  va  o‗z  mablag‗i 

hisobiga  70  dan  ziyod  ob‘ektlarni  texnik  qayta  jihozlash,  rekonstruksiya  qilish, 

yangi  korxonalar  barpo  etish  ishlari  amalga  oshirildi.  Natijada,  2015  yilda  410 

ming  tonna  kalava-ip,  281,8  mln  m2  tayyor  ip  gazlama,  81,8  ming  tonna  trikotaj 

matolari, 256 mln dona trikotaj mahsulotlari, 71300 ming juft paypoq mahsulotlari 

ishlab chiqarildi. 2015 yilda jami 29 ta korxona ishga tushirilishi natijasida tayyor 

mahsulot turlarini 1,8 marta, ip gazlamalarini 1,26 marta, trikotaj buyumlarini 1,2 

marta,  paypoq  mahsulotlarini  2,5  marta  va  tayyor  tikuvchilik  mahsulotlarini  2,9 

marta  o‗sishiga  erishildi.  Qayd  etilgan  raqamlar  yurtimizning  yengil  sanoat 

sohasiga  xomashyo  etkazib  beruvchi  emas,  balki  tayyor  mahsulotlar  eksport 

qiluvchi  davlatga  aylanishi  uchun  barcha  shart-sharoitlar  yaratilganligini  yaqqol 

namoyon qiladi. 

Ayni  paytda  yengil  sanoat  tarmog‗ini  rivojlantirishning  yana  bir  muhim 

omili  bu  eksportga  mo‗ljallangan,  raqobatbardosh  va  import  o‗rnini  bosuvchi 

mahsulotlar ishlab chiqarish, respublika valyuta zaxiralarini to‗ldiruvchi tarmoqqa 

aylanishi  uchun  etarli  darajada  zamin  hozirlashdan  iborat.  Kompaniya 

korxonalarida  import  o‗rnini  bosuvchi  50  dan  ortiq  mahsulot  turlari  ishlab 

chiqarish  yo‗lga  qo‗yildi  va  chetdan  keltiriladigan  mahsulotlar  hajmi  93  foizga 

qisqardi.  SHu  jumladan,  faqat  trikotaj  mahsulotlaridan  1300  dan  ortiq  turi 

o‗zlashtirildi. Aholining tayyor mahsulotlarga nisbatan ehtiyojini qondirish maqsa-

dida  400  tadan  ortiq  kichik  va  o‗rta  biznes  korxonalarining  har  biri  kichik 

partiyalarda, o‗rtacha 1350,2 mln so‗mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishdi. 

 Mamlakatimizda  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  tarkibiy 

tuzilishini  belgilashda  hal  qiluvchi  o‗rinlardan  birini  egallab  turgan  yengil  sanoat 

tarmog‗i  keyingi  yillarda  bu  borada  o‗z  mavqeini  boshqa  sanoat  tarmoqlariga 

bo‗shatib  bermoqda.  Albatta,  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  tarkibiy 



25 

 

tuzilishida  mashinasozlik  va  yoqilg‗i  sanoati  ulushining  ortganligini  ijobiy 



baholash  lozim.  Lekin,  bu  holat  yengil  sanoat  tarmog‗i  ulushining  pasayishi 

hisobiga  amalga  oshirilishi  kerak  emas.  Ayniqsa,  bu  erda  yoqilg‗i  resurslarining 

cheklanganligi  va  ularning  qayta  tiklanuvchanlik  tavsifiga  ega  emasligi  hisobga 

olinsa masala yanada oydinlashadi. SHuningdek, elektroenergetika, qora va rangli 

metallurgiya,  kimyo,  o‗rmon  va  yog‗ochni  qayta  ishlash,  qurilish  materiallari  va 

oziq-ovqat  kabi  sanoat  tarmoqlari  bu  jarayonda  o‗z  mavqeini  saqlab  qolgan  bir 

paytda  yengil  sanoatda  aksincha  vaziyat  yuzaga  kelganligi  birqadar  tushunarsiz 

holatdir. 

To‗g‗ri,  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  tarkibiy  tuzilishlari 

xususida  gap  ketganda,  umumiy  ko‗rinishda  biron  sanoat  tarmog‗i  ulushining 

oshishi  boshqasining  kamayishi  hisobiga  yuz  beradi.  Bu,  o‗z-o‗zidan  kechadigan 

tabiiy  jarayonlar  hisoblanadi.  Asrlar  davomida  tarkib  topgan  haqiqiy  holat 

(jumladan,  iqtisodiy  holat  ham),  yengil  sanoat  tarmog‗ining  yuqori  sur‘atlarda 

rivojlanishiga  xizmat  qiluvchi  xomashyo  bazasi  va  malakali  ishchi  kuchining 

mavjudligi, ichki va tashqi bozorda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoatning tabiiy 

mahsulotlariga talabning yuqoriligi kabi omillar hisobga olinsa va mazkur tarkibiy 

tuzilmalardagi  o‗zgarishlar  yengil  sanoat  hissasiga  amalga  oshirilishi,  maqsadga 

muvofiq emasligi ayon bo‗ladi. 

Mamlakatimiz  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  tarkibiy  tuzilmasida 

yengil  sanoat  hissasi  2001–2009  yillar  davomida  muttasil  ravishda  pasayish 

tendensiyasiga ega bo‗lib, 20 foizdan 12,1 foizgacha pasaydi, 2010 yildan boshlab 

esa vaziyat o‗zgara boshladi. YA‘ni, mazkur yilda – 13,1 foizga, 2011 yilda – 13,4 

foizga,  2013  yilda  –  13,9  foizga  va  2014  yilda  15,5  foizga  teng  bo‗ldi.  Bu 

raqamlardan  ko‗rinib  turibdiki,  yaqin  kelajakda  va  istiqbolda  yengil  sanoat 

tarmog‗i  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  tarkibiy  tuzilmasida  o‗z 

mavqeini  qayta  tiklab  olishi  shubhasiz.  Bunday  sharoitda  mamlakatimiz  yengil 

sanoati  taraqqiyotining,  jumladan,  moliyaviy  jihatlarini  tadqiq  etish,  mavjud 

muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‗llarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslash 

talab etiladi. 



26 

 

Bir  vaqtning  o‗zida  shuni  ham  ta‘kidlash  lozimki,  sanoatning  mazkur 



tarmog‗ida  YAIMning  7–10  foizi  yaratilmoqda.  Asosiy  kapitalga  kiritilgan 

investitsiyalarning  9–10  foizi  ham  yengil  sanoat  ulushiga  to‗g‗ri  kelib, 

mamlakatimiz eksportidagi salmog‗i 4–5 foizni tashkil etmoqda. Bunday sharoitda 

O‗zbekistonda  yengil  sanoat  bo‗yicha  ishlab  chiqarish  dasturlarining  bajarilish 

holatini 

tahlil 


qilish 

muhim 


ahamiyat 

kasb 


etadi: 

      


2001–2014 yillarda sotilgan mahsulotlar hajmi qariyb 14,2 barobarga ortgan. 

Tarmoq  korxonalarida  2001  yilda  567,2  mlrd  so‗mlik  mahsulotlar  realizatsiya 

qilingan bo‗lsa, 2014 yilda ushbu ko‗rsatkich 8069,1 mlrd so‗mga teng bo‗lgan; 

2001–2014  yillarda  ishlab  chiqarish  va  realizatsiyaning  o‗sish  sur‘atlari 

111,6  foizdan  154,5  foizgacha  (2001–2013  yy.)  o‗zgarganligini  ko‗rsatmoqda.  

     


Qisqacha  xulosa  qilib  aytganda,  yengil  sanoat  korxonalari  rivojlanishiga 

ta‘sir  ko‗rsatayotgan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  oqibatlariga  qaramasdan, 

ushbu 

soha 


zimmasiga 

yuklatilayotgan 

vazifalar 

bosqichma-bosqich 

muvaffaqiyatli  ravishda  amalga  oshirilmoqda.  Bu  esa,  albatta,  mamlakatimizda 

ishlab  chiqilayotgan  va  samarali  tatbiq  etilayotgan  davlat  dasturlarining  oqilona 

tarzda qabul qilinayotganligi hamda amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi

.

 



Mamlakat  iqtisodiyotida  asosiy  o‗rinni  egallaydigan  yengil  sanoatning 

yetakchi tarmoqlari O‗zbekistonda mavjud bo‗lib, xom ashyo bazasi bilan yaxshi 

ta‘minlangandir.  Shu  boisdan  ham  bu  sanoat  tarmog‗ini  rivojlantirishda  va 

joylashtirishda xom  ashyo bazasi, yoqilg‗i  energetika  va  mehnat  resurslari hamda 

iste‘molchilarning  mavjudligi  yengil  sanoatni  rivojlantirishga  asosiy  omil  bo‗lib 

hisoblanadi. 

Respublika  qishloq  xo‗jaligining  asosiy  mahsulotlari  birinchi  navbatda 

paxta,  ipak,  kanop  yengil  sanotining  muayyan  soxalarini  rivojlantirish 

imkoniyatlarini  ochib  beradi,  bu  yerda  mazkur  sanoatni  rivojlantirish  uchun  eng 

muhimi  yoqilg‗i  energetika  va  ayniqsa  mehnat  resurslari  yetarlidir.  Shu  boisdan 

ham  qadimdan  bu  tarmoq  yaxshi  rivojlanib  kelgan.  Yengil  sanoat  o‗z  rivojlanish 

tarixiga ega bo‗lib, XX asr boshlarida O‗zbekistonda  yengil sanoat soxasi asosan 

paxtani  qayta  ishlash  korxonalaridan  iborat  bo‗lib,  yalpi  sanaot  mahsulotining 



27 

 

qariyib  4/5  qismi  shu  soxaga  to‗g‗ri  kelgan.  1920  yillardan  paxta  tozalash 



zavodlari,  pillakashlik,  yigiruv-to‗quv,  tikuvchilik,  poyabzal  fabrikalari  qurila 

boshladi. 

Hozirgi  davrda  O‗zbekiston  yengil  sanoati  ko‗p  tarmoqli  industrial 

kompleks  bo‗lib,  uning  tarkibida  paxta  tozalash  zavodlaridan  tashqari 

to‗qimachilik,  trikotaj,  shoyi  to‗qish,  tikuvchilik,  kun-poyabzal,  gilamchilik, 

chinni-fayans  buyumlari  va  attorlik  mollari  i.ch.  sohalarida  142  korxona  bor. 

Respublika  sanoat  mahsuloti  umumiy  hajmida  yengil  sanoat  hissasi  16,9  %ni 

tashkil etadi (2005). 

Yengil sanoatning asosiy tarmoqlari to‗g‗risida qisqacha to‗xtalib o‗tamiz: 

Paxta   tozalash   sanoati-yengil sanoat tarmoqlari orasida geografiyasi eng 

katta  bo‘lgan  tarmoqdir.  Respublikaning  barcha  paxtakor  tumanlarida  zamonaviy 

texnologiyaga ega bo‘lgan paxta tozalash sanoati (birinchi navbatda paxta tozalash 

zavodlari) mavjud. Birinchi paxta tozalash zavodi 1874 yil Toshkentda qurilgan. 

O'zbekiston  paxta  tozalash  sanoati  yagona  boshqaruvda  ishlaydigan  paxta 

tayyorlash punktlari, quritish-tozalash sexlari, transport xo‘jaliklari, paxta tozalash 

zavodlarini  o'z  ichiga  oladi.  Tarkibida  128  ta  paxta  tozalash  zavodi,  582  ta  paxta 

punkti faoliyat ko‘rsatmoqda. Eng yirik paxta tozalash zavodlari Denov, Qo‘qon, 

Qorako‘l, G‘ijduvon, Kattaqo‘rg‘on, Xazorasp va boshqa shaharlarda joylashgan. 

(Ular  100  ming  t.  va  undan  ortiq  paxtani  qayta  ishlash  quvvatiga  ega).  Paxtadan 

tola chiqishi o'rtacha 31-32 foizni tashkil qiladi. Tolasi ajratib olingan texnik chigit 

yog`-moy  kombinatlarida  qayta  ishlanadi.  Paxta  tozalash  sanoati    yengil  sanoat 

tarmoqlari  orasida  yetakchi  o‗rinda  turadi.  Respublika  rivojlangan  va  zamonaviy 

texnologiyaga ega bo‗lgan paxta tozalash sanoatiga ega. Paxta tolasi 40 ga yaqin 

xorijiy  mamlakatlarga,  jumladan  Buyuk  Britaniya,  Belgiya,  Janubiy  Koreya, 

Shveysariya, AQSH, Turkiya va boshqa mamlakatlardagi vositachi firmalar orqali 

eksport  qilinadi.  Dunyoda  paxta  yetishtirish  bo‗yicha  5-o‗rinni,  paxta  tolasi 

eksporti bo‗yicha 2-o‗rinni (AQShdan keyin) egallaydi. 

Dastlabki  paxta  tozalash  zavodlari  1874  yilda  Toshkentda  qurilgan, 

Rossiyada paxta xom ashyosiga bo‗lgan talabni oshishi bilan O‗zbekistonda paxta 



28 

 

tozalash yengil sanoati tez rivojlandi. 1885 yilda 9 ta, 1890 yilda 27 ta, 1914 yilda 



208  paxta  tozalash  zavodlari  ishladi.  Asta-sekinlik  bilan  paxtachilik  g‗alla 

ekinlarini  siqib  chiqara  boshladi.  Keyingi  80  yil  davomida  paxta  tolasi  ishlab 

chiqarish qariyib 10 martaga ko‗paydi. Ayniqsa 1980 yilda eng ko‗p 1745,3 ming 

tonna paxta ishlab chiqarildi. Natijada paxta tozalash zavodlarining soni ko‗paydi. 

Mustaqillik  yillarida  Respublikada  paxta  ekiladigan  maydonlari  bir  qadar 

kamaytirilishi  hisobiga  don  mustaqilligiga  erishish  uchun  don  ekinlari  maydoni 

kengaytirildi.  Natijada  paxta  maydoni  qisqartirilishi  paxta  maydonlarini  ham 

kamaytirilishiga  olib  keldi.  Nima  bo‗lganda  ham  Respublikada  paxtachilikni 

rivojlantirish asosiy o‗rinni egallab iqtisodiyotni rivojlantirish paxta hosildorligini 

oshirish  asosiy  masala  hisoblanadi.  Paxta  tozalash  sanoatining  tarmog‗ida  128 

paxta tozalash zavodlari, 464 ta paxta tayyorlov maskani  bor bo‗lib, (2005y)  eng 

yirik paxta  tozalash zavodlari   Qorakul, G‗ijduvon,  Kattaqo‗rg‗on,  Qo‗rg‗ontepa, 

Xazarasp,  Birinchi  Quqon,  Quva,  Juma,  Denov  va  boshqalar  mavjud  bo‗lib, 

ularning  yillik  quvvati  50-60  ming  tonna  va  undan  ortiq  paxta  qayta  ishlash 

imkoniyatiga ega. 

Yiliga  qariyib  120-130  ming  tonna  urug‗lik  chigit  tayyorlanadi.  Hozirgi 

bosqichda  paxta  tozalash  sanoatida  yangi  texnika,  texnologiya  jadal  sur‘atlarda 

joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilg‗or texnologiyasini o‗rganish va joriy 

etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi bo‗yicha jahon standartlariga o‗tish uchun 

AQSH, Shveysariya va b. mamlakatlardagi firmalarda ishlab chiqarilgan priborlar 

va  texnologiyani  qullash  sohasida  xalqaro  ilmiy-texnikaviy  hamkorlik  yo‗lga 

qo‗yildi.  Respublika  mustaqillikka  erishgandan  keyin  Turkiya  va  b.  xorijiy 

davlatlar  va  firmalari  bilan  hamkorlikda  Farg‗ona,  Xorazm,  Qashqadaryo 

viloyatlari va Qoraqalpog‗istonda paxtani qayta ishlashdan tayyor yengilmahsuloti 

i.ch.  ga  qadar  jarayonlar  qamrab  olingan  k-tlar  qurilishi  boshlandi. 

Qoraqalpog‗istonning  Ellikqal‘a  tumanida  Turkiyaning  ―Yazeks‖  korporasiyasi 

bilan hamkorlikda ―Elteks‖ k-ti ishga tushirildi (1994). 

Respublikamizda  paxta  tozalash  sanoati  vazirligi  tomonidan  boshqariladi. 

Respublika Prezidenti farmoni bilan paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini 



29 

 

sotish  bilan  shug‗ullanuvchi  «O‗zdavpaxtasanoatsotish‖  davlat  aksionerlik 



uyushmasi  tashkil  etildi.  Respublikada  ishlab  chiqariladigan  paxta  tolasining 

anchagina  qismi  (85-90%)  eksportga  chiqariladi.  Uning  asosiy  qismi  xorijiy  va 

MDH  mamlakatlariga  to‗g‗ri  keladi.  O‗zbekiston  Respublikasi  1993  yildan  6  ta 

jahondagi  Xalqaro  paxta  tolasi  savdosi  birjalaridan  eng  yirigi-Liverpul  (Liverpul 

Kotton LTD) paxta birjasi (Angliya) bilan hamkorlik qilmoqda. 

Yengil  sanoatning  asosiy  tarmoqlaridan  biri  to‘qimachilik  sanoati  bo‗lib, 

uzoq  tarixga  ega.  Bu  yerda  tayyorlangan  gazmollar  (atlas,  zardo‗zichi,  baxmal, 

beqasam, olacha) o‗rta asrlarda Buyuk ipak yo‗li orqali Yevropa va Yaqin Sharq 

mamlakatlariga  yetkazilgan.  Lekin  sanoat  usulida  gazlamalar  ishlab  chiqarish  20-

asrning  20-yillaridan  boshlandi.  1930  yilda  Farg‗ona  ip  yigirish  to‗qish  fabrikasi 

ishga  tushirildi  (xoz.  Farg‗ona  yengilk-ti),  1932  yildan  Toshkent  yengilk-tini 

qurish  boshlandi,  1934  yil  bu  k-t  gazlama  ishlab  chiqara  boshladi.  Toshkent 

yengilk-ti  va  Farg‗ona  yigiruv  to‗quv  f-kasi  1945  yilda  Respublikada  ishlab 

chiqarilgan  jami  Ip  gazlamaning  95.4%  ni  berdi.  Buxoro  yengilk-ti  (1973-76), 

Andijon  ip  gazlama  k-tining  1-navbati  (1981),  Pop  noto‗qima  materiallar  k-ti 

(1977), Xiva gilam k-ti qurib ishga tushirildi. 80-yillarda yirik yengilkorxonalarida 

bir qancha filiallar ochildi. Jumladan Toshkent sh.ning o‗zida 3 ta fabrika qurildi. 

Shuningdek,  Paxtaobod,  Chuvama,  Qo‗rg‗ontepa,  Marhamatda  hamda  G‗ijduvon 

va Vobkentda fabrikalar siklining tugal bo‗lishiga erishildi. 

Namangan  noto‗qima  materiallar  ishlab  chiqarish  birlashmasi  (1974),  Pop 

(1977),  Baliqchi  (1977)  noto‗qima  materiallar  fabrikalari  ishga  tushirilgan. 

Tarmoqda  34  ta  aksiyadorlik  jamiyati,  11  mas‘uliyati  cheklangan  jamiyat,  28  ta 

qo‗shma korxona, 1 xususiy va 1 davlat korxonalari faol. ko‗rs-di (2005 y.). 

Hozirgi  davrda  O‗zRda  ishlab  chiqariladigan  paxta  tolasining  50% 

Respublika 

yengilsanoatida 

foydalaniladi. 

O‗zbekiston 

yengilsanoatini 

rivojlantirishning  asosiy  yo‗nalishlaridan  biri  jahon  bozorida  raqobatbardosh  ip 

gazlama  ishlab  chiqarishni  ko‗paytirishdan  iborat.  Shu  maqsadda  AQSH,  Italiya, 

Turkiya,  Pokiston,  Hindiston,  Koreya  Respublikasi  va  boshqa  mamlakatlar 

firmalari  bilan  ip  gazlama  ishlab  chiqaradigan  yangi  qo‗shma  korxonalar  tashkil 



30 

 

etilmoqda. ―Supertekstil‖ paxta ip yigiruv O‗zbekiston-AQSH qo‗shma korxonasi 



(Toshkent  1993),  dastaki  ipak  gilamlar  ishlab  chiqaradigan  ―Afg‗on-Buxoro-

Samarqand‖  qo‗shma  korxonasi  (Samarqand,  Buxoro,  1993)    faoliyat 

ko‗rsatmoqda.  1994  yilda  Turkiyaning  Yazeks  korporasiyasi  bilan  hamkorlikda 

Qoraqalpog‗iston  Respublikasining  Ellikqal‘a  tumanida  to‗liq  texnologik  sikli 

yengilmajmuasi  ishga  tushirildi.  O'zbekiston  mustaqillik  yillarida  paxta 

maydonlarini yarim million gektarga kamaytirdi. Bu narsa paxta sanoati faoliyatiga 

ta`sir  ko‘rsatdi.  Mustamlakachilik  yillarida  O'zbekistonda  qayta  ishlangan  paxta 

tolasining  92-95  foizi  Rossiya,  Ukrainaga  jo‘natilar  edi.  Hozirgi  vaqtda 

O'zbekiston  paxta  tolasi  40  ga  yaqin  xorijiy  mamlakatlarga,  jumladan,  Buyuk 

Britaniya,  Belgiya,  Janubiy  Koreya,  Shvetsariya,  AQSH,  Turkiya  va  boshqa 

mamlakatlarga eksport qilinmoqda. 

Ipakchilik  sanoati.    U  ip  va  ip  gazlama,  ipak  (shoyi)  gazlama,  jun  gazlama 

ishlab  chiqarishni  o'z  ichiga  oladi.  O'zbekistonda  to‘qimachilikning  tarkib  topishi 

va  rivojlanishi  uzoq  tarixga  borib  taqaladi.  Biroq,  O'zbekiston  to‘qimachilik 

sanoati  yaqin  o'tmishda  yaxshi  rivojlantirilmadi.  Bu  sanoat  uchun  asosiy  xom 

ashyo bo‘lgan paxta tolasining g`oyat katta qismi o'zga rayonlarga tashib ketildi. 

To‘qimachilik  sanoatining  ilk  korxonasi  Farg‘ona  ip  yigirish-to‘qish 

fabrikasi (hozirgi Farg‘ona to‘qimachilik kombinati) 1930 yilda ishga tushdi. 1932  

yilda Toshkent to‘qimachilik kombinatini qurish boshlandi. Bu ikki korxona 1945 

yilda  respublikada  ishlab  chiqarilgan  jami  gazlamaning  95,4  foizini  berdi. 

Keyinchalik  Buxoro  to‘qimachilik  kombinati  (1973  y.),  Andijon  ip-gazlama 

kombinati, Pop noto‘qima materiallar kombinati, Xiva gilam kombinati qurib ishga 

tushurildi.  Ayni  paytda  mamlakatimizdagi  mazkur  to‘qimachilik  kombinatlari 

zamonaviy texnologiyalar bilan qayta jihozlanib, o'z faoliyatini davom ettirmoqda.  

 Respublika 

to‘qimachilik 

sanoatini 

rivojlantirishning 

asosiy 

yo‘nalishlaridan  biri  raqobatbardosh  gazlama  ishlab  chiqarishni  ko‘paytirishdan 

iborat.  Shu  maqsadda  deyarli  barcha  viloyatlarda  zamonaviy  texnika  va 

texnologiya bilan jihozlangan o'nlab yangi qo‘shma korxonalar qurildi. Jumladan, 

"Supertekstil" (O'zbekiston-AQSH, 1993), ―Qorako‘lteks‖, ―Surxonteks‖, ―Kabul-



31 

 

To‘ytepa‖  (O'zbekiston-Janubiy  Koreya),  ―Asakatekstil‖,  ―Namangantekstil‖  va 



Turkiyaning  "Yazeks"  korporatsiyasi  bilan  hamkorlikda  Qoraqalpog`istonda 

―Kateks‖, ―Elteks‖ (Ellikqal`a tumanida) to‘qimachlik qo‘shma korxonalari shular 

sirasiga  kiradi.  Shuningdek,  tarmoq  korxonalarining  eskilarini  ta`mirlash, 

zamonaviy  asbob-uskunalar  bilan  jihozlash  to‘qimachilik  sanoatining  istiqbolini 

ochib bermoqda. (3-rasm). 

 



32 

 

3-rasm 



O‗zbekistonning to‗qimachilik sanoati


33 

 

Ammo,  to‘qimachilik  sanoatida  yuz  berayotgan  katta  o'zgarishlarga 



qaramasdan  respublikada  ishlab  chiqarilayotgan  paxta  tolasining  kam  qismi 

mamlakatimiz  sanoat  korxonalarida  qayta  ishlanmoqda.  Yaqin  kelajakda  esa 

respublikada  yetishtiriladigan  paxta  tolasining  teng  yarmini  qayta  ishlashga 

erishish  vazifasi  qo‘yilmoqda.  Buning  uchun  mamlakatimizning  barcha  paxta 

yetishtiradigan  hududlarida  turli  quvvatga  ega  bo‘lgan  to‘qimachilik  korxonalari 

qurilishi rejalashtirilgan.  

O‗zbekistonda  pillakashlik  qadim  tarixga  ega.  Qadimdan  Marg‗ilon, 

Namangan,  Quqon,  Buxoro,  Xo‗jand  kabi  shaharlar  O‗rta  Osiyodagi  shoyi 

gazlamalar  ishlab  chiqaradigan  markazlari  bo‗lgan.  Yaqin  Sharq  va  Yevropa 

mamlakatlariga  shoyi  gazlamalar  chiqarilgan.  U  vaqtlarda  pilladan  yarim  kusta 

holda, qo‗l charxlarda kala qilib  ispak olingan. 1913 yilda O‗zbekistonda qariyib 4 

ming  tonna  pilla  yetishtirilgan.  Uning  aksariyat  qismi  rus  ishbilarmonlari  quliga 

o‗tib  qayta  ishlash  uchun  Italiya  va  Fransiyaga  jo‗natilgan.  Dastlab  1921  yilda 

O‗zbekistonda  56  ta  qozonli  mexanik  stanok  o‗rnatilgan,  birinchi  pillakashlik 

fabrikasi  Farg‗onada  ish  boshlagan.  Shuningdek  1927-30  yillarda  Samarqand, 

Buxoro  shaharlarida  pillakashlik  fabrikalari  ishga  tushirildi.  1937  yildan  boshlab, 

sun‘iy ipak gazlamalar to‗qish ham boshlandi. 1957 yilda O‗zbekiston ipakchilik 

ilmiy tekshirish institutida ipak o‗raydigan stanok yaratildi. 

90-yillar  boshida  9  ta  yirik  korxona:  Marg‗ilon,  Farg‗ona,  Samarqand, 

Buxoro,  Toshkent,  Namangan,  Urganch,  Shahrisabz,  Buloqboshi  pillakashlik 

fabrikalari  va  ularning  12  ta  filiallari  ishlar  edi.  Ana  shu  korxonalarda 

Respublikada yetishtirilgan jami pillani qayta ishlash imkoniyatiga ega edi. 

2003 yilda ―Shoyi‖ aksiyadorlik kompaniyasi va ―Pillaxolding‖ kompaniyasi 

o‗z ichiga olgan ―O‗zbek ipagi‖ uyushmasi tashkil etildi. Uyushmada 7 ta qo‗shma 

korxona  bo‗lib,  bularda  Respublikada  yetishtiriladigan  jami  pilla  qayta  ishlanadi. 

2005  yilda  16.2  ming  tonna  pilla  qayta  ishlanib,  564.4  tonna  ipak  tola  ishlab 

chiqarildi. 

Respublikamizda  shoyi  to‗qish  sanoati  ham  rivojlangan  bo‗lib,  Marg‗ilon 

shoyi  kombinati,  Marg‗ilon  ―Atlas‖  va  Namangan  shoyi  ishlab  chiqarish 



34 

 

birlashmalari,  Namangan  abrli  gazlamalar  kombinati,  Samarqand  shoyi  ishlab 



chiqarish  birlashmasi,  Quqon,  Shurchi  va  boshqa  shoyi  to‗qish  fabrikalari 

ishlamoqda. 

Respublikada  trikotaj    sanoati  30-40  yillarda  shakllandi.  Dastlabki  korxona 

1939 yilda O‗rta Osiyoda eng yirik Quqon paypoq fabrikasi ishga tushirildi. Urush 

yillarida  Andijon  va  Toshkent  shaharlarida  trikotaj  fabrikalari  qurildi.  Hozirgi 

kunda  Samarqand,  Toshkent,  Buxoro  va  Andijon  shaharlarida  trikotaj  kiyimlari 

ishlab  chiqaradigan  ―Malika‖  ishlab  chiqarish  birlashmasi  1942  yilda  ishga 

tushirilgan. Oltiko‗l, Qorasuv va Jizzax paypoq fabrikalari, Xo‗jabod, Shahrixon, 

Chortoq,  Shahrisabzda  trikotaj  tikuvchilik  fabrikalari  ishga  tushirildi.  Hozirgi 

kunda bu tarmoqda 1500 nomdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 2005 yilda 

res.  trikotaj  sanoati  korxonalarida  32154  ming  dona  trikotaj  mahsulotlari  ishlab 

chiqarildi. 

O‗zbekistonda tikuvchilik  hunarmandchiligi kasb tarzida katta tarixga ega. 

Qadimdan  maxsus  chevarlar  qulda  chopon,  kiyim-kechak,  ko‗rpacha  tushak, 

ruzg‗or  buyumlarini  buyurtmalarga  ko‗ra  tikish  bilan  shug‗ullanganlar.  Dastlabki 

tikuvchilik  korxonasi  1907  yilda  Toshkentda  qurilgan  ―Lui  Zalm  va  uning 

o‗g‗illari‖ aksionerlik jamiyatiga qarashli tikuvchilik fabrikasi bo‗lgan 20-yillarda 

tikuvchilik yengil sanoatning yirik tarmog‗iga aylandi. Respublikamizda dastlabki 

korxona  1926  yilda  Toshkentda  ―Qiziltong‖  tikuv  fabrikasi  urushgacha 

Samarqand,  Buxoro,  Toshkent,  Quqon,  Urganch,  Andijonda  yangi  korxonalar 

qurilgan  bo‗lsa,  urush  davrida  Chirchiq,  Qarshi,  Namangan  shaharlarida  yirik 

korxonalar  ishga  tushirildi.  Bu  sohaga  50  mingdan  ortiq  kishi  band  (80%  xotin-

qizlar).  1989-1991  yillarda  Toshkent  ―Qiziltong‖  Samarqand  8  mart  tikuvchilik 

ishlab  chiqarish  birlashmalarida  Fransiya,  Germaniya,  Shveysariya,  Yaponiya, 

Italiya firmalari ishtirokida kompleks mexanizasiyalashtirilgan liniyalar o‗rnatildi. 

Xullas,  bozor  iqtisodi  sharoitida  chet  el  sarmoyalari  hisobiga  zamonaviy 

tikuvchilik korxonalari qurilmoqda. 

Yengil sanoatning asosiy tarmoqlaridan biri kun-poyabzal  sanoati. Mahalliy 

xom ashyo hisobiga hayvonlar terisidan yumshoq va qattiq charm, tabiiy va sun‘iy 



35 

 

charmdan  poyabzal  shuningdek  telpak,  ot-ulov  asboblari,  attorlik  buyumlari, 



yengilva  boshqa  mashinalar  uchun  detallar  ishlab  chiqariladi.  Tarmoqni  yirik 

korxonasi  Toshkent  kun  zavodi  1928  yilda  ishga  tushirildi.  Shuningdek 

Xonabodda  teri  oshlash  zavodi,  pustin  uchun  qo‗y  terisini  oshlaydigan  ikkita 

korxona ishga tushirildi. 

1927-35  yillarda  Toshkentda  poyabzal  fabrikalari  ishga  tushirildi.  Keyingi 

yillarda  Samarqand,  To‗rtkul,  Termiz,  Andijon,  Quqon,  Chirchiq,  Namangan, 

Yangiyo‗l  poyabzal  fabrikalari  shuningdek  Pop  rezina  fabrikasi  ishga  tushirildi. 

1995  yil  ―Farg‗ona  poyabzal‖  aksionerlik  jamiyati  bilan  Germaniyaning 

―Salamander‖    firmasi  ishtirokida  ―O‗zsalaman‖  qo‗shma  korxonasi  ishga 

tushirildi.  2000  yil  ―O‗zbekcharmpoyabzali‖  uyushmasi  tashkil  etildi.  Uyushma 

tarkibida 15 ta terini qayta ishlash zavodlari bo‗lib, 2004 yilda 18.4 mln m

 charm 



mahsulotlari, 3.88 mln juft poyabzal ishlab chiqarildi.  

Yengil  sanoatning  boshqa  tarmoqlari  mo‗yna  sanoati  rivojlanib  bormoqda. 

Buxoro  Qorako‗li  dunyo  bozorida  yuqori  baholanadi.  Keyingi  davrlarda 

O‗zbekiston  hududida  ondatra,  nutriya  kabi  muynali  hayvonlarni  kupaytirishga 

katta ahamiyat berilmoqda. 1998 yil ―O‗zbek qorako‗li‖ kompaniyasi tashkil etildi. 

2005 yilda 675,2 ming dona qorako‗l teri tayyorlandi. 

Chini  buyumlari  ishlab  chiqarishni  yirik  korxonalari  Toshkent,  Samarqand, 

Quvasoy  chini  zavodi  mahsulotlari  jahonga  mashhurdir.  Ayniqsa,  ―Oq  oltin‖, 

―Tong‖,  ―Uzum‖  va  boshqa  to‗plamlar  xalqaro  yarmarka  va  ko‗rgazmalarning 

oltin medallariga sazovor bo‗lgan. 

1967  yilda  Angren  keramika  kombinatini  ishga  tushirilishi  bilan 

O‗zbekistonda  Fayanesdan  turli  chinni  mahsulotlari  ishlab  chiqarilmoqda.  2005 

yilda chinni-fayans sanoatida 2449.1 mln.so‗mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 

Respublikada  30-yillarning  oxirida  kanop    sanoatining  mahsulotlari  ishlab 

chiqarila boshlandi. Kanop poyasidan po‗stlog‗i ajratilib tola olindi. Qop, gazlama, 

xo‗jalik  arqoni,  kabel  ipi  va  boshqa  mahsulotlar  ishlab  chiqarildi.  Kanop  tolasi 

zig‗ir  tolasiga  nisbatan  ancha  pishiq.  1936  yildan  Toshkent  viloyatining  Qo‗yi 

Chirchiq,  Yuqori  Chirchiq  tumanlarida  1950-1951  yillarda  Surxandaryo, 




36 

 

Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog‗istonda jud va kanop yetishtirilishi Bilan kanop 



poyasini  qayta  ishlaydigan  zavodlar  qurildi.  Hozir  Toshkent  viloyatida  9  tia 

kanopni  qayta  ishlaydigan  zavod  bor.  1995  yildan  Piskentdagi  ―Gilam  to‗qima‖ 

korxonasida  kanop  tolasidan  Brezent,  Poyondozlar,  Jumabozor  va  Yangi  yo‗l 

zavodlarida  kanop  to‗ponidan  preslangan  piltalar  va  boshqa  mahsulotlar  ishlab 

chiqariladi. 1990 yillarga kelib 12.6 ming tonna uzun 3.8 ming tonna kalta kanop 

tolasi 10 mln.m

2

 qop ulov gazlamalari 600 tonna xo‗jalik arqoni, 550 tonna kabel 



ipi va boshqalar ishlab chiqarildi.   

Yengil  sanoatning  asosiy  tarmoqlaridan  biri  mebel  ishlab  chiqarish  tez 

rivojlanmoqda.Hunarmandchilik artellari va yirik mebel sexlari negizida Toshkent, 

Samarqand,  Namangan,  Andijon  shaharlarida  mebel  fabrikalari  barpo  qilindi. 

Tarmoqni rivojlantirish korxonalarni zamonaviy uskunalar Bilan qayta jihozlash va 

raqobatbardosh 

mahsulotlar 

ishlab 


chiqarish, 

korxonalarning 

eksport 

imkoniyatlarini  oshirish,  xorijiy  firmalar  bilan  qo‗shma  korxonalar  tashkil  etish 

hamda  iqtisodiy  hamkorlikni  yo‗lga  qo‗yish  yo‗nalishlarida  olib  borilmoqda. 

―Yevro O‗z‖ O‗zbekiston-Germaniya qo‗shma korxonasi tashkil etildi. (1993 apr.) 

O‗zbekistonda tayyorlangan mebellar eksporti yo‗lga qo‗yildi. 

Mebel  sanoati  har  xil  mebel  yig‗malari  (mehmonxona,  oshxona,  kabinet, 

yotoqxonalar  mebellari,  maktab,  tibbiyot,  laboratoriya,  mebellari),  milliy  mebel 

(xontaxta,  sandiq  va  b.)  namunalarini  hashamatli  mebellar  yig‗malarini  ishlab 

chiqarishni  o‗zlashtirgan.  Jizzax  mebel  fabrikasida  g‗o‗zapoyadan  DVP 

(yelimlangan  yog‗och  tolalari  plitasi)  ishlab  chiqaradigan  liniya  (yillik  quvvati  1 

mln.m

2

)  ishga  tushirildi.  Urganch  va  Nukus  mebel  fabrikalarida  sholipoyadan 



tushaklar  ishlab  chiqarila  boshladi.  2003  yildan  mebel  sanoati  korxonalarida 

6104.3 mln so‗mlik mahsulotlar ishlab chiqildi. 

Mahalliy  sanoat.  Mahalliy  sanoat  yirik  ishlab  chiqarish  xo‗jalik  kompleksi 

bo‗lib, respublikada ishlab chiqariladigan xalq iste‘moli mollarining yillik umumiy 

hajmida uning hissasi 12% dan ko‗proq. Tarmoq korxonalarida 65 mingga yaqin 

ishchi injener, texnik xodimlar band. 




37 

 

Mahalliy  sanoat  korxonalarida  asosan  mahalliy  xom  ashyo  resurslaridan 



mahalliy  ehtiyojlari  qondirishga  mo‗ljallangan  xalq  iste‘moli  mollari  ishlab 

chiqariladi.  Uning  tarkibida  qora  metallurgiya,  Kimyo  va  neft  kimyosi, 

mashinasozlik  va  metallga  ishlov  berish,  yog‗ochni  qayta  ishlash  sanoati,  shu 

jumladan,  mebel  sanoati,  qurilish  materiallari,  shisha  va  chinni  fayans,  yengil 

sanoat  va  oziq-ovqat  sanoati  korxonalari,  xalq  hunarmandligining  zardo‗stlik, 

tikuvchilik, 

pichoqchilik, 

badiiy 


 

kashtachilik 

(suzana, 

gul-


ko‗rpa,choyshab,zardevol,palak,kirpech),  do‗ppido‗zlik,uymakorlik,  misgarlik, 

zargarlik,  kulolchilik,  milliy  cholg‗u  asboblari  yasash,  kosibchilik  va  boshqa 

tarmoqlari  bor.  Tarmoqda  shahar  va  shaharchalarda,  qishloqlarda  katta-kichik 

xususiy  hamda    jamoa  korxonalari,  qo‗shma  korxonalar  fabrika,  birlashmalar 

faoliyat ko‗rsatadi. Tarmoqda 2800 dan ko‗proq nomda madaniy maishiy, xo‗jalik 

mollari chiqariladi.   

Milliy  kashtachilik  buyumlari    8  ta  ixtisoslashgan  korxonalarida  ishlab 

chiqariladi.  Ularning  eng  yiriklari  Toshkent,  Andijon,  Chust,  Namangan, 

Qashqadaryoyo badiiy buyumlari fabrikalaridir. 

Mahalliy  sanoatda  gilam  to‗qish,  qadimiy  hunarmandchilik  usullaridan 

biridir.  Bir  yilda  240  ming  km  m

2

    gilam  va  palos  to‗qiladi.  Respublikada  Xiva 



gilam kombinati, olmaliq gilam fabrikasi eng yirik bo‗lib, zamon talablariga javob 

beradigan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 

Yengil  sanoat  tizimi  korxonalarining  moddiy-texnik  jihatdan  qo‗llab-

quvvatlanishi  va  ishlab  chiqarish  doirasini  kengaytirilishi  borasida  olib 

borilayotgan  uzviy  chora-tadbirlar  mazkur  soha  korxonalari  tomonidan 

tayyorlanayotgan  mahsulotlar  hajmini  respublika  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab 

chiqarishining  hamda  milliy  eksport  umumiy  hajmida  salmoqli  o‗rin  egallashiga 

zamin yaratmoqda (1-jadval). 

Ushbu  jadval  bo‗yicha  tahlil  qilinayotgan  davrda  respublikamiz  yengil 

sanoat  korxonalarining  iqtisodiyotdagi  rivoji  yuzasidan  bir  necha  xulosalarni 

chiqarish mumkin. Bizningcha, ular quyidagilardan iborat: 



38 

 

1.  2007-2016  yillar  mobaynida  yengil  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish 



hajmida o‗sish kuzatilsa-da (yillik o‗rtacha o‗sish 1,6 mlrd. so‗mni tashkil etgan), 

mazkur mahsulotlarning mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmidagi salmog‗i 2013 

yilga  qadar  pasayib  borgan.  Bu  holat  respublikada  yalpi  ichki  mahsulot  tarkibini 

keng miqyosda diversifikatsiya qilinishi bilan bog‗liq. 




Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish