II. XULOSA
1. Gepatit B kasalligi, uni davolash va oldini olishga doir adabiyotlar tahlili mazkur kasallikka qarshi tabiiy, biologik faol, samarali, ekologik toza oziq-ovqat qoʼshilmalari ixtiro qilinmaganligi bilan izohlanadi.
2.Gepatit B ni davolashda virusga qarshi dorilarning tarkibi,tuzilishi,formatologik guruhi va klassifikatsiyasi o’rganildi.
3."Аsshifo", "Oltin Vodiy” tabiiy oziq-ovqat qoʼshilmalarining antivirus faolliklari Gepatit B kasalligiga qarshi qoʼllaniladigan preparatlarga nisbatan solishtirilganligi "Oltin Vodiy” eng yuqori koʼrsatkichga ega ekanligi bilan izohlanadi.
4. "Аsshifo" va "Oltin Vodiy” oziq-ovqat qoʼshilmalarining antioksidantlik xususiyati standart moddalarga nisbatan solishtirilganda "Oltin Vodiy" boshqalarga nisbatan yuqori antioksidant xususiyatga ega ekanligi aniqlandi.
5. Klinik tekshiruvlar Gepatit B kasalligini "Аsshifo" va "Oltin Vodiy” tabiiy, biologik faol oziq-ovqat qoʼshilmalari bilan davolash, sintetik dorilarga nisbatan bir necha barobar samarali va zararsiz ekanligini koʼrsatdi.
6. Аyrim dorivor oʼsimliklar asosida yaratilgan “Аsshifo” va “Oltin Vodiy” tabiiy, biologik faol oziq-ovqat qoʼshilmalarini kimyoviy tarkibi asosida sinflab, ularga tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi boʼyicha quyidagicha: “dorivor oʼsimliklardan, yoki ularning ayrim qismlaridan tayyorlangan oziq-ovqat qoʼshilmalari” uchun – 121230 subpozitsiyasi, “tarkibida avenatsin, kvertsetin, pulegon va uning hosilalari, karvakrol, karnozol, rozmaritsin tabiiy birikmalarini saqlovchi dorivor oʼsimliklar yoki ularning ayrim qismlaridan tayyorlangan oziq-ovqat qoʼshilmalari” uchun – 1212300001 kod raqamlari tavsiya etildi.
7. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivolantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida»gi Farmoni.
III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1.I.R. Askarov, M.N. Abdullaev, M.M. Muminjonov. Somposition of the "Astosh" food supplement used in the treatment of Hepatitis "B". Journal of Biomedicine and Practice. 2021, vol. 6, issue 4, pp. 144-150. http://dx.doi.org/10.26739/2181-9300-2021-4-65
2.M.N.Аbdullaev. Xalq tabobati usullari bilan virusli Gepatit B kasalligini davolash. Xalq tabobati plyus 2021 №1(6) Oʼzbekiston. 7 va 23b.
3.M.N.Аbdullaev, I.R.Аsqarov, M.M.Moʼminjonov. Gepatit B kasalligini davolashda qoʼllaniladigan “Hepsera” sintetik dori vositasining zararli xususiyatlari. Xalq tabobati plyus 2021 №2(7) Oʼzbekiston. 47-48b.
4.M.N.Аbdullaev, M.M.Moʼminjonov, I.R.Аsqarov. Gepatit B kasalligini davolashda qoʼllaniladigan “Lamivudin” sintetik dori vositasining zararli xususiyatlari. Xalq tabobati plyus 2021 №3 (8) Oʼzbekiston. 14-16b.
5.M.N.Аbdullaev, M.M.Moʼminjonov, I.R.Аsqarov. Gepatit B kasalligini davolashda qoʼllaniladigan “Mirklyudeks V” sintetik dori vositasining zararli xususiyatlari. Xalq tabobati plyus 2021 №3 (8) Oʼzbekiston. 27-28b.
6.M.N.Аbdullaev, M.M.Moʼminjonov, I.R.Аsqarov. Gepatit B kasalligini davolashda qoʼllaniladigan “Doluteglavir” sintetik dori vositasining zararli xususiyatlari. Xalq tabobati plyus 2021 №3 (8) Oʼzbekiston. 44-45b.
7.I.R.Аsqarov, E.Xolmatov, M.M.Moʼminjonov, M.N.Аbdullaev. Xalq tabobatida vodorod peroksiddan oqilona foydalanish. Xalq tabobati plyus 2021 №2(7) Oʼzbekiston. 24-26b.
8.Some medicinal compounds obtained from kovrak (ferula) plant waste. FarDU ilmiy xabarlar. №4.2021. 22-26b.
Do'stlaringiz bilan baham: |