O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO KAFEDRASI
“ORGANIK kimyo” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: “PIRAZOL”
BAJARDI: QABUL QILDI:
Fargʻona 2022 Mundarija
Kirish ...................................................................................................4
1.Zamonaviy organik kimyoning rivojlanish yoʻnalishlari va istiqbollari.............................................................................................7
2.O‘zbekiston Respublikasida «Organik kimyo» fani va organik mahsulotlar ishlab chiqarish....................................................................................12
3.Pirazolning tuzilishi va uning xossalari..........................................16
4.Pirazol va uning hosilalari.........................................................
5.Xulosa.
6.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
Reja:
Kirish
1.Asosiy qism.
1.1. Zamonaviy organik kimyoning rivojlanish yoʻnalishlari va istiqbollari.
1.2. O‘zbekiston Respublikasida «Organik kimyo» fani va organik mahsulotlar ishlab chiqarish.
2.Pirazolning tuzilishi va uning xossalari.
3.Pirazol va uning hosilalari.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
KIRISH O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har bir sohada zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
Bugungi kunda jahon miqyosida ta’lim sohasida malakali kadrlar tayyorlash jarayonlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o‘quv loyihalari negizida ishlab chiqilib, mamlakatlarning milliy kasbiy malaka talablarini xalqaro andozalarga moslashtirish asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, xorijiy mamlakatlarda ilg‘or pedagogik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi University of the West of England (Angliya), Curtin University (Avstraliya), Emily Carr University of Art and Design (Kanada), Art Center Colleje of Design (AQSH) kabi nufuzli ta’lim muassasalarida kasb-hunar ta’limi mazmunini modernizatsiyalash ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Jahon andozalariga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ko‘p jihatdan ta’limning barqaror rivojlanishiga hamda uni ta’minlovchi pedagog kadrlarni tayyorlash bilan bog‘liqdir. O‘z navbatida bu o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar talabi asosida tashkil qilish orqali amalga oshirilishini taqozo qiladi. Bu esa ta’lim jarayonini bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olgan holda tashkil etish, unga tegishli o‘qitish texnologiyalarni joriy qilish, ta’lim mazmunini doimiy ravishda yangilab borishga qaratilgan uslubiy ta’minotni takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Bugungi kunda yurtimizda uzluksiz ta’lim tizimini jahon talablari asosida takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga olib chiqish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda ham ushbu yo‘nalishning davomi sifatida barcha sohalari qatori ilm-fan, san’at, adabiyot, ma’rifatga katta e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida belgilangan “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” vazifalarini amalga oshirishda ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish..., 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarida ta’limni innovatsion texnologiyalari asosida rivojlantirish, yangi paradigmalarini ishlab chiqish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlari orqali o‘qitishning an’anaviy va zamonaviy usullaridan kompleks foydalanish hamda didaktik vositalarning integrativ imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini davlat ta’lim standartiga mos ravishda, innovatsion ta’lim texnologiyalari va axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish o‘qituvchilardan yuqori malakani talab qiladi.
Ishlab chiqarish texnologiyalarining yangilanayotganligi, fan kashfiyotlari va texnikani bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib borishi mutaxassis kadrlardan o‘z bilimlarini mustaqil va muntazam ravishda chuqurlashtirib, yangilab, to‘ldirib va kengaytirib borishni talab etadi.
Kimyo fanini ham oliy va o`rta maxsus va xalq ta`limida ham alohida yondashuv bilan interfaol va zamonaviy texnolagiyalar asosida o`rganish zamon talabiga aylanib ulgurdi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kimyo va Biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora- tadbirlar" to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Qaror bilan kimyo va biologiya ta'limi isloh etilishi belgilangan.
Hujjat asosida respublikaning har bir hududida kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati ushbu maktablar maqomiga moslashtiriladi.Shuningdek, tuman (shahar)larda kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150ta maktablar ochiladi.Bu 164 ta maktabga OTMlarning 55ta kafedrasi biriktiriladi. Ularni moliyalash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi.2020/21 o‘quv yilida maktablarda tabiiy fanlar o‘quv dasturlarida amaliy mashg‘ulotlarning ulushini ko‘paytiriladi.Bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktablarning kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarining bilimi va pedagogik mahoratini baholash va saralab olingan nomzodlarning malakasini oshirish rejasi tasdiqlanadi.
Bunda, ixtisoslashtirilgan maktablarga va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilari hamda rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari)ning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 1 yanvardan boshlab 50 foizgacha oshiriladi.
Qaror bilan, 2021 yil 1 fevralga qadar Kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilanmoqda:
kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatlarini (keyingi o‘rinlarda – milliy sertifikat) berish belgilangan tartibda Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;
imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega umumta'lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktabi o‘quvchilari davlat oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi hamda unga tegishliligiga ko‘ra kimyo yoki biologiya fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi
OO‘MTV hamda XTV shu yil 1 dekabrga qadar kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini xorijiy universitetlar tajribasi asosida tahlil qilib, takomillashtiradi.2021 yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta'lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha milliy tanlov tashkil etiladi.Milliy tanlov natijasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan mualliflar Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million so‘mdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlanadi.2021 yildan boshlab har ikki yilda bir marta OTM talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalari o‘tkaziladi.Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini bir martalik mukofotlash hamda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha OTMlar magistraturasiga davlat granti asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etiladi.Shuningdek, OTMlarning kimyo va biologiya ta'lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari ham magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi.
2021/22 o‘quv yilidan boshlab, kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha OTMlar umumta'lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – oliy ta'lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazishi va 1-3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni OTM mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida OTMlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida ustama belgilanadi.OTMlarning kimyo va biologiya ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bitiruvchilari mazkur OTMlarning magistratura mutaxassisligiga qo‘shimcha imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.OTMlarning kimyo va biologiya mutaxassisligini a'lo baholar bilan tamomlagan magistrlar tayanch doktoranturaga OTMlar kengashi qarori asosida imtihonlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri kvota doirasida qabul qilinadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga OTMlar kafedralari, ITMlar va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati;
kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan professional ta'lim muassasalariga ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati;
OTMlar kafedralariga Fanlar akademiyasi ITIlari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati;
2020-2025 yillarda kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta'lim sifatini hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha maqsadli dastur;
kimyo va biologiya sohasidagi ilmiy tashkilotlarning tarmoq korxonalari bilan hamkorligini ta'minlash manzilli dasturi;
kimyo va biologiya yo‘nalishlaridagi ilmiy tashkilotlarning istiqbolli ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirishni tashkil etish dasturi.
Shu bilan birga, umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur. Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi.