Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyo yo`nalishi 2-kurs 20. 65 A -guruh talabasi Turdalaiyeva Nozimaxonning



Download 387 Kb.
bet8/9
Sana25.06.2022
Hajmi387 Kb.
#703986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nefelometriya va turbodimetriya (2) (2)

Raman spektridan maksimal darajada axborot olish uchun lazerning har qanday uzunligida ham butun 100 dan 3100 sm-1 gacha bo’lgan diapazon bo’yicha spektrga ega bo’lish muhim ahamiyat kasb etadi.[5]
Raman yoyilishi lazer nurlanishiga nisbatan pastroq (kamroq) energiyaga ega (uning to’lqin uzunligi kattaroq). Aksariyat tizimlarning bir qism birliklari (molekulalari) qo’zg’atilgan tebranuvchan holatda bo’ladi. Raman yoyilishida (tarqalishida) bunday molekulalar qo’zg’atilgan tebranuvchan holatdan asosiy energetika darajasiga o’tib, natijada lazer nurlanishiga nisbatan kattaroq energiyaga ega (to’lqin uzunligi nisbatan qisqa) bo’lgan nurlanish yuzaga keladi. YOyilishning (tarqalishning) bunday turi anti-Stoks-Raman siljishi deb atalib, u diagrammada ko’rsatilmagan.
Raman spektroskopiyada tadqiq etiladigan tebranuv holatlari IK spektroskopiyadagi shu kabi holatlar bilan bir xil. SHu sababli Raman spektroskopiya Fure-o’zgartirishli IK spektroskopiyaga (IK Fure- spektroskopiya) uslubiga juda o’xshash. Aslida Raman va IK spektroskopiya komplementar, ya‘ni bir- birini o’zaro to’ldirib keladigan uslublar hisoblanadi. IK spektrda kuchli namoyon bo’ladigan tebranishlar (kuchli dipollar), odatda, Raman spektrda kuchsiz namoyon bo’ladilar. SHu bilan birga, juda intensiv Raman chiziq(polosa)larini beradigan qutbli bo’lmagan funksional guruhlar juda zaif IK signallar beradilar.
Masalan, gidroksil, karbonil guruhlar yoki aminoguruhlar tebranishlari IK spektrda juda kuchli, Raman spektrda esa o’ta sust namoyon bo’ladilar. Biroq ikki va uch karrali uglerod-uglerod aloqalar (bog’liqliklar) va aromatik guruhlarning simmetrik tebranishlari Raman spektrda o’ta kuchli aniqlanadilar. SHunga bog’liq ravishda Raman spektroskopiya nafaqat alohida uslub sifatida, balki namuna mohiyati, uning kelib chiqishi to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun IK- Fure spektroskopiya bilan birga ham qo’llaniladi.
Tebranish spektroskopiyasi molekulalar tuzilmasi (strukturasi) haqida asosiy ma‘lumotni beradi. Masalan, spektrdagi chiziq(polosa)lar holati va intensivligidan namuna molekulyar tuzilmasini o’rganish yoki uni kimyoviy jihatdan identifikatsiyalash uchun foydalanish mumkin
Tahlil (analiz) natijasida kimyoviy komponentlarni identifikatsiyalash (modda tabiati, kelib chiqishini aniqlash) yoki Raman spektrdagi chiziq(polosa)lar holati va intensivligini kuzatib, molekula ichidagi o’zaro ta‘sirlarni o’rganish mumkin. Bunda spektrlar bibliotekalari bo’yicha izlashni qo’llab, shunchaki komponentlarni identifikatsiyalashning o’zi etarli. Raman spektrlar, katta spektral axborotga egaligi, har bir komponent uchun ―barmoq izlari‖ sohasi mavjudligi, izlash algoritmlarining soddaligi tufayli bibliotekalar bo’yicha izlash uchun juda mos hisoblanadi.
Raman spektroskopiya boshqa analitik uslublar oldida anchagina ustunlikka, ustuvor jihatlarga ega. Ulardan eng muhimlari namuna tayyorlashning soddaligi va katta hajmda axborot olish imkoniyati.
Raman spektroskopiya – yorug’lik tarqalishiga (yoyilishiga) asoslangan uslub bo’lib, shu sababli spektr yig’ish uchun barcha harakat – tushayotgan yorug’lik nurini namunaga aniq yo’llash, so’ng yoyilgan (tarqalgan) yorug’likni yig’ib olishdan iborat.
Namunaning qalinligi Raman spektroskopiya uchun muammo tug’dirmay (IK spektroskopiyada namunalarni o’zidan nur o’tkazishga tahlil qilishdan farqli ravishda), shuningdek atrof muhit, atmosfera ham Raman spektrlarga katta ulush qo’shmaydi. SHu sababli namunalar uchun mo’ljallangan kyuvet bo’linmasini vakuumlash yoki quritish talab etilmaydi. SHisha, suv va plastik qadoq o’z holicha juda zaif Raman spektrlariga ega ekanligi uslubdan foydalanishni yana ham soddalashtiradi. Ko’pincha namunalarni shisha idishda yoki plastik paketda, qadog’ini buzmasdan, iflos qilib qo’yishdan qo’rqmay tahlildan o’tkazish mumkin. Suv aralashmalari ham tahlil uchun tayyor bo’lib, erigan namuna tahlili uchun suvni chiqarib yuborish shart emas. Bu uslubda atmosferadagi namlikning ahamiyati yo’qligi sababli spektrometrni havo bilan tozalash ham kerak emas.
Bundan tashqari, bir xil Raman spektrlariga ega bo’lgan ikki molekula bo’lmaganligi kabi, yoyilgan (tarqalgan) yorug’lik intensivligi modda miqdoriga bog’liq. Bu moddaning miqdori, ham uning sifatiga doir ma‘lumotlarni osonlik bilan olish, spektrni talqin qilish (interpretatsiyalash), spektrlar bibliotekasidan foydalanish, miqdoriy tahlilning kompyuter uslublarini qo’llagan holda ma‘lumotlarga ishlov berish imkonini yaratadi.
Raman spektroskopiya – tahlilning shikastlamaydigan uslubi. Unda qattiq jismlarni eritish, tabletkalarni presslash, namunani optik elementlarga jipslash yoki namunaning fizik yo kimyoviy tuzilmasini boshqa tarzda o’zgartirish uchun zarurat yo’q. SHunday qilib, Raman spektroskopiya kristallilik, fazaviy o’tishlar va polimorf holatlar kabi fizik xossalar tahlili uchun keng qo’llaniladi. Namunani tayyorlash hojati yo’qligi tagliklar va tutqichlarni tozalash zarurati, shuningdek bir-birini ifloslash kabi muammolardan xoli bo’lish imkonini beradi.
Raman spektroskopiya boshqa tebranuvchan uslublarga nisbatan bir necha qo’shimcha ustuvor jihatlarga ham ega, chunki uning spektrlar diapazoni o’rganilayotgan tebranish xususiyatlariga bog’liq emas. Boshqa tebranuvchi uslublar o’rganilayotgan chastotalarga bevosita muvofiq keladigan chastotalar terilishini talab qiladi. Raman spektroskopiya tadqiqotchilar uchun ham eng qulay, maqbul uslub hisoblanadi, chunki UF dan to eng yaqin IK sohagacha bo’lgan keng diapazonda ishlashi bilan mazkur namuna uchun eng qulay diapazon tanlash va eng yaxshi natijalar olish imkonini beradi. Raman spektroskopiya boshqa uslublar yordamida o’rganish qiyin bo’lgan uzoq infraqizil sohadagi chastotalar bilan bog’liq tebranuvchan holatlarni tadqiq etish imkonini beradi. Raman mikroskoplar makonda 2 mkm dan yaxshiroq imkonga ega bo’lib, Raman spektrometrlari tolali optika bilan ishlay oladilar va bu bilan 2 dan 100 mkm gacha uzunlikdagi to’lqinlar diapazonidagi tebranuvchan holatlar to’g’risida ma‘lumot olish imkonini yaratadilar. O’z chastotalari yordamida bunday natijaga erishishning deyarli iloji yo’q, ammo Raman spektroskopiyasi yordamida bunga osonlik bilan erishiladi.
Raman spektrometrlari spektr olishning ikki usulidan biriga asoslanadilar: dispersion Raman spektroskopiya yoki Fure-o’zgartirishli Raman spektroskopiya. Har bir usul o’ziga xos ustuvor jihatlariga ega va muayyan vazifalarni bajarish uchun o’ta muvofiq keladi.
Raman spektriga ega bo’lish uchun yig’ilgan yoyilgan (tarqalgan) nurlanishni to’lqinlarning alohida uzunliklariga bo’lish talab etiladi. Dispersion Raman spektrometrlarida bu Raman signalini makon jihatidan nurlanishni turli uzunlikdagi to’lqinlarga ajratib yuboradigan panjara (reshyotka)ga jamlash (fokuslash) bilan amalga oshiriladi. Ana shu ajratilgan nur CCD detektorga yo’llanadi.
Dispersion Ramanda, odatda, ko’zga ko’rinadigan lazerlardan foydalaniladi. Lazer to’lqinlarining odatiy uzunliklari 780 nm, 633 nm, 532 nm va 483 nm bo’lishiga qaramay, boshqa to’lqinlar ham qo’llanishi mumkin. To’lqin uzunligi nisbatan kalta bo’lgan lazerlarni qo’llashning ustuvor jihati – Raman signalining to’lqinlarning qisqaroq uzunliklarida ro’y beradigan kattalashishidan iborat. Raman yoyilishi (tarqalishi) samaradorligi 1/λ4 ga proporsional bo’lib, shu sababli lazer nurlanishining to’lqin uzunligi kamayganida signal ancha kattalashadi.
Bir qarashda Raman spektrometrlari nisbatan qisqaroq to’lqinli lazerlardan foydalanishi kerak bo’lib tuyuladi. Biroq Raman spektroskopiyadan keng ko’lamda foydalanish yo’liga to’siq bo’lib turgan hodisa bo’lib, bu – oldindan qaysi tarafga o’zgarishini bilib bo’lmaydigan fluoressensiya (yaltirash, nur qaytarish hodisasi). Fluoressensiya namunani kuchli nurlantirishdan iborat bo’lib, u hatto Raman signalidan bir necha barobar kuchli. Ozroq fluoressensiya ham tadqiq etilayotgan Raman signalini to’sib, uni sezdirmay qo’yishi mumkin.
Fluoressensiya hodisasi virtual energetika darajasi yuqori elektron darajadan yuqori bo’lgan holda yuz beradi. SHunday qilib, lazer energiyasi kattalashganida (nisbatan qisqa uzunlikdagi to’lqinlar) fluoressensiya yuz berish ehtimoli ham ortadi. Bu hodisa qo’zg’atuvchi lazer to’lqinining uzunligiga ham bog’liq.

Xulosa qilib aytganda, panjaralar nisbatan tor spektrlar diapazonida optimal nur o’tkazish uchun kuydirilib, shu sababli ular kerakli imkoniyatdan (razresheniedan) kelib chiqib tanlanishi va lazerning to’lqin uzunligiga muvofiq kelishi shart. Bir panjaradan bittadan ko’proq lazer yoki imkoniyat uchun foydalanish asbob yorug’lik kuchi va sezgirligi orasida mutanosiblikka erishishni talab etadi. Panjaralar lazerga va tajriba sharoitlariga muvofiq ravishda tanlab olinsa, ayni muddao bo’ladi.


Interferometr yaqin IK sohadagi nurlanish uchun optimallashgan nur ajratgich bilan ishlab, bu nur ajratgich kirib kelayotgan Raman nurlanishini o’tadigan va aks ettirilgan (qaytarilgan) ikki optik nurga bo’lib yuboradi. Aks ettirilgan (qaytarilgan) o’tib, mahkamlangan yassi ko’zgudan qaytadi. O’tadigan nur esa o’tib, harakatchan mexanizmda o’rnatilgan yassi ko’zgudan aks etib, qaytadi. Bunda ko’zgu nur (yorug’lik) ajratgichdan kichikroq masofaga (odatda bir necha millimetrga) siljiydi.
Ikki yorug’lik nuri so’ng nur (yorug’lik) ajratgichda
rekombinatsiyalanib, ko’zgular orasidagi masofadagi farq tufayli nurlar
o’zaro interferensiyalanadi. Harakatchan ko’zgu doimiy chastotaga ega
bo’lib, harakatlangani sababli, interferensiya modullashadi. Olinadigan
interferogramma o’ta noyob, o’ziga xos bo’lib, chunki har bir
ma‘lumot nuqtasi (harakatchan ko’zgu holatining funksiyasi) mazkur
namunadan olingan Raman yoyilgan (tarqalgan) nurlanishining har bir
chastotasi to’g’risida axborotga Tebranuvchan spektrlar odatda chastotalar
spektri (har bir individual chastotadagi ega.
intensivlikning bog’liqlik grafigi) sifatida taqdim etilib, chunki
interferogrammaning o’lchangan signali izohlanmaydi (interpretatsiyalanmaydi)
. Individual chastotalar interferogrammadan Fure-o’zgartirishning yaxshi ma‘lum
bo’lgan matematik algoritmidan foydalangan holda dekoderlanadi.

XULOSA
Men xulosa qilib: Nefelometriya-moddaning muvozanatli zarralari tomonidan tarqalgan yorug'lik oqimining intensivligi bo'yicha moddani o'rganish va tahlil qilish usuli ekanligini o’rganib chiqdim.
Nefelometriya turli xil oqsillar va qon zardobida, siydikda yoki boshqa antijenlarni aniqlash uchun qo'llanildi orqa miya suyuqligi lipoproteinlar, immunoglobulinlar, to'ldiruvchi omillar, Romatoid omillar va immun komplekslar yorug'lik tarqalishini o'lchash, masalan, flüoresans (FACS) tomonidan faollashtirilgan hujayra sıralayıcısı kabi hujayra hajmini aniqlash uchun ham ishlatilishi o’rganib chiqdim.
Fototurbidimetrik titrlash usuli bilan oxirgi nuqta aniqlanganda uchratilgan qiyinchiliklar nazarga olinmasligi fototurbidimetrik titrlashda fotokolorimetrik titrlash usulini qo’llab bajarish mumkin. Bunda tekshiriluvchi eritma saqlagan kyuvetaga byuretkadagi reagent eritmasidan oz-ozdan tomchilab qo’shilishini o’rgandim.

Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish