Kurs ishining dolzarbligi. Tavsiya etilayotgan kurs ishining dolzarbligi shundaki, nefelometrik va turbidimetrik analiz usullarini amalga oshirish uchun tekshiriladigan modda muallaq holdagi kam eriydigan birikmaga aylantiriladi.Muallaq zarrachalardan sochilgan nur intensivligini o’lchashga asoslangan usul nefelometriya,muallaq zarrachalardan o’tgtan nur dastasi intensivligining kamayishini o’lchashga asoslangan usul turbidimetriya deb yuritiladi.Bu usullarda nur dastasining intensivligi o’zgarib,uning spektral xususiyatlari o’zgarishsiz qoladi.Ular faqat kam eriydihgan muallaq zarrachalar hosil bo’lgandagina qo’llaniladi.
Kurs ishining maqsadi: Nefelometriya va turbidimetriya haqida,usulning rivojlanish tarixi,nefelometrik tahlil usulining nazariy asoslari,zamonaviy optik analitik asboblar ,o’lchov asbob uskunalari,nefelometrlarda yorig’lik manbalari va sanoat turbidimetrlari,loyqalikni o'lchash nazariyasi va amaliyoti, fototurbidimetrik titrlash,raman mikroskopiyasi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish.
I BOB. NEFELOMETRIK TAHLIL
1.1 Nefelometrik tahlil usulining nazariy asoslari
Yorug’lik oqimini eritmadagi qattiq jismlarning kichik zarralari orqali (dispers sistema) o’tganida yorug’lik yon tomonga sinadi (loyqalanish kuzatiladi). Agar yorug’lik to’lqin uzunligi zarrachalarning chiziqli o’lchamlaridan kichik bo’lsa, u xolda zarracha va erituvchi chegarasida yorug’lik nur sinishi bilan va yorug’likni zarrachalardan qaytishi bilan aniqlanadi.
Agar yorug’likning to’lqin uzunligi zarrachalarning chiziqli o’lchamlaridan katta bo’lsa, u xolda yorug’lik to’lqinining difrak siyasi ro’y beradi va Tindal effekti hosil bo’ladi. Sinish intensivligi, nurni sindiruvchi zarrachalar sonini oshishi bilan kuchayadi.
Moddalar konsentratsiyasini aniqlash usullari bo’lgan ikkita bir-biriga yaqin analitik usullar nefelometriya, turbidimetriya shu xodisalarni o’rganishga asoslangan.
Turbidemetrik aniqlashlarda tushayotgan yorug’lik nuri yo’nalishida kyuvetadan chiqayotgan yorug’lik oqimini quvvati o’lchanadi.
Nefelometrik aniqlashlarda birlamchi yorug’lik nuriga nisbatan perpendikulyar yo’nalishda singan yorug’lik quvvati bilan o’lchanadi.
1l eritmada 100 mg erishi qiyin bo’lgan moddalarni saqlovch eritma nefelometrik (turbodimetrik) aralashma deb ataladi. Zarrachalar sindirgan nurni o’lchash uchun etarli bo’lgan vaqt oralig’ida, doimiy nurni qaytaradi.
SHuning uchun ham aniqlanadigan modda va standartning muallaq zarrachalarini hosil qilish sharoiti bir xil bo’lishi kerak. Bu usullar cho’kmaydigan muallaq zarrachalar hosil qiladigan moddalarning kam miqdorin aniqlash uchun qo’llaniladi. Masalan: sulfatli, bariy sulfatning, xloridli kadmiy, xloridni muallaq zarrachalari xolida aniqlashni keltirish mumkin.
Ushbu eritma uchun v, , n qiymati reagentlarning aralashish tezligi, aralashtirish tezligi, xaroratiga, rN- sharoiti, begona ionlarning mavjudligi, tushayotgan yorug’likning to’lqin uzunligi va o’lchash asboblari imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi.
Yuqorida gi sharoitlar doimiy bo’lganda v, , λ, n1, n2 kattaliklar doimiy bo’ladi. Barcha doimiy kattaliklarni (2.1) tenglamaga o’zgarmas songa birlashtirib formulani quyidagicha ko’rinishda yozish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |