Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyo yo`nalishi 2-kurs 20. 65 A -guruh talabasi Turdalaiyeva Nozimaxonning



Download 387 Kb.
bet5/9
Sana25.06.2022
Hajmi387 Kb.
#703986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nefelometriya va turbodimetriya (2) (2)

II BOB. TAJRIBA QISMI
2.1 Fototurbidimetrik titrlash
Turbidimetrik tahlillarda juda suyultirilgan dispers sistemalar uchun fotometrik tahlil qonunlariga amal qiladi. Bir xil optik xususiyatga ega bo’lgan suspenziyalarni olish uchun harorat doimiyligiga, eritmalarning aralashish tartibi va aralashish tezligiga qat‘iy rioya qilish kerak, eritmalarning nisbiy to’yinganligi begona moddalarning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Fototurbidimetrik titrlash usuli bilan oxirgi nuqta aniqlanganda uchratilgan qiyinchiliklar nazarga olinmaydi.
Fototurbidimetrik titrlashda fotokolorimetrik titrlash usulini qo’llab bajarish mumkin. Bunda tekshiriluvchi eritma saqlagan kyuvetaga byuretkadagi reagent eritmasidan oz-ozdan tomchilab qo’shiladi.
Reagent aniqlanuvchi ion bilan kam eruvchan birikma hosil qilishi zarur. Har bir qism reagent qo’shilganda galvanometr ko’rsatkichi yozib boriladi Titrlashning oxirgi nuqtasida maksimum loyqalanish kuzatiladi, bu galvanometr strelkasi bo’yicha minimal ko’rsatkichga to’g’ri keladi. Reagent qo’shishni davom ettirish loyqalanish intensivligini o’zgartirmaydi, ba‘zida xattoki, mayda zarrachalarning yopishib kattaroq zarrachalarga aylanishi hisobiga loyqalanishning kamayishiga olib keladi. Oxirgi nuqta grafik usulda topiladi.
Odatda bu usulda ko’pchilik organik dori moddalarning sifati va miqdori aniqlanadi. Har qanday organik moddalar o’zining quyidagi parametrlari bilan xarakterlanadi:
1.Reaksiyaga kirishish qobiliyatiga ega bo’lgan funksional guruxlar saqlashi;
2.Moddalarning fizik va agregat xolati bo’yicha tekshiriluvchi moddalar molekulalarining elektromagnit nurlar ajratishi.
Organik modda molekulalariga elektromagnit nurlari ta‘sir ettirilganda molekulalarda qo’zg’olish paydo bo’ladi va o’zidan nur ajratadi. Elektromagnit nurlanishni moddalar bilan o’zaro ta‘siri natijasida modda molekulasiga ma‘lum miqdor energiya yutiladi. Natijada molekuladagi energiya bir xolatdan boshqa energetik xolatga o’tadi. Ana shu energiya o’zgarishlarini o’rganish infraqizil (IQ) spektroskopiyani asosini tashkil etadi.
Organik moddalar molekulasi tuzilishini aniqlashda elektromagnit nurlanishning gamma nurlaridan boshlab radio to’lqin uzunligigacha bo’lgan barcha nurlar qo’llaniladi.
Odatda organik molekulalar atrof muhit bilan uzviy muloqotda bo’ladigan o’z ichki energiyasiga ega bo’ladi. Ichki energiya molekulalar xarakteri, atomlar va atom guruxlarining tebranishi, hamda elektronlar xarakati bilan belgilanadi.
Molekulaning ichki o’zgarishi turlari asosan, ular ichki energiyasining nurlanishiga, ya‘ni shu ichki nurning elektromagnit to’lqin uzunligiga bog’liq. CHunki to’lqin uzunligi va nurlanish energiyasi bir- biri bilan bog’liq.
SHuning uchun, moddalar ichki energiyasining sarflanishi, ular ajratadigan nurlanish to’lqin uzunligiga bog’liqligi bilan xarakterlanadi.
Moddaga ma‘lum chastotadagi nur ta‘sir ettirilsa, molekula Kvant energiyasini yutadi va natijada u qo’zg’algan xolatga o’tadi.
Uning boshlang’ich energiyasi E0 o’zgaradi va E2 gacha ortadi.
YUtilgan energiya o’zida hKvant energiyasini ajratib o’zi ni boshlang’ich E0 energetik xolatiga qaytadi. Ba‘zan yutilgan energiya qaytayotganda kamroq energiya ajratib boshlang’ich energetik xolatga emas, balki oraliq E1 xolatda qoladi.
Qo’shimcha energitik qatlami hosil bo’ladi. Ana shu o’zgarishlarni o’rganish IK- spektroskopiyaning asosini tashkil etadi.
 qiymati 4400 -1 sm gacha, asosan infraqizil nur qismida joylashgan bo’ladi. Spektroskopiyada qo’shimcha spektr, ya‘ni yuqori chastotaga ega bo’lgan bo’lakchalarni hosil bo’lishi asosan
yuqori energetik qatlamga siljishi hisobiga qo’shimcha energiya yutilishi bilan tushuntiriladi. Hosil bo’lgan to’lqin chastotalari sm-1 uzunligida belgilanib to’lqin tebranish qiymatini aniqlaydi.
Organik birikma molekulasi qattiq bo’lmay, molekuladagi atomlar to’xtovsiz tebranma xarakatda bo’ladi. SHuning uchun xatto tashqi muhit ta‘siri bo’lmaganda ham molekula tebranish xolatida bo’lib, ma‘lum bir tebranish energiyasiga ega. Bunday xolat nol tebranish xolati deyiladi.
Ikki atomli molekula uchun tebranish faqat bog’lar bo’yicha bo’lib, yadrolar orasidagi masofa o’zgarishi mumkin. Murakkabroq molekulalarda atomlar tebranishi ikki turga bo’linadi.
1. Valentli tebranish (Υ )- bog’ning o’qi bo’yicha ritmik tebranish. Bunda tebranayotgan atomlar orasidagi masofa kattalashadi yoki kamayadi, lekin atomlarning o’zi valentli bog’ o’qida qoladi. (bog’ cho’ziladi yoki qisqaradi).
2. Deformatsion tebranish (δ) - atomlar valentli bog’ o’qidan chiqib valent burchagini o’zgartiradi. Bunda bog’lar tekislikda (tekislik tebranish) yoki har xil tekisliklarda (tekislikdan tashqari fazoviy tebranish) bir-biriga nisbatan o’z xolatlarini almashtiradilar.
Odatda valentli va deformatsion tebranishlarni me‘yoriy tebranishlar deb ataladi. O’z shakliga ko’ra me‘yoriy tebranishlar simmetrik (S) va assimmetrik (aS) tebranishlarga bo’linadi.Murakkab molekulalar uchun valentli va tebranishlar bir necha xil bo’ladi. Ba‘zi valent tebranishlardan misol keltiramiz.
Molekulada valentli va deformatsion tebranishlar to’xtovsiz va aniq kvant chastotasida yuzaga keladi. SHunda agar molekulaga shu chastotali yorug’lik nur tushsa, energiya yutilishi ro’y beradi va spektrogrammada chiziqlar ko’rinishida o’z aksini topadi. Ko’p sonli bir xil atomlar gruppasi saqlagan molekulalarni tajribaviy tekshirish shuni ko’rsatadiki, molekulalarning qolgan qismining turlicha bo’lishiga qaramasdan bir xil gruppa atomlar aniq bir chastota intervalida energiyani yutadilar.
Spektrdagi chiziqlar o’rni to’lqin uzunligi yoki to’lqin chastota bilan belgilanadi. IQ- spektrlarni grafik tasvirlashda ko’proq to’lqin ko’rsatkichi (sm-1) dan foydalaniladi. To’lqin soni 1 sm masofada qancha to’lqin joylashishini ko’rsatadi.
Infraqizil spektrlar bo’yicha molekula xolatini xarakterlash mumkin. Bu birinchi navbatda molekula va atom yadrolarining tebranuvchi va aylanma xarakatiga tegishli. SHuning uchun infraqizil spektrlarni ko’proq molekula spektrlari deb ham atashadi.
Infraqizil yoki boshqacha aytganda molekulyar spektrlar murakkab tuzilishga ega. Ularni o’rganish molekulaning nozik tuzilishini sinchiklab tekshirishga juda qo’l keladi.
Agar turli juft atomlar molekulasidagi tebranish yo’lni solishtirilsa, ba‘zi xollarda atomlar jufti bir vaqtning o’zida yaqinlashishi va uzoqlashishi kuzatiladi. Boshqa xollarda turli atomlarning
yaqinlashishi va uzoqlashishi bir vaqtda bo’lmaydi. Bunday tebranishlar antisimmetrik tebranish deyiladi. Rasmda (a) SN bog’larining tebranishlari simmetrik, (v) rasmdagi tebranish esa antisimmetrik. Guk qonuniga asoslanib, kvant mexanikasidan foydalanib, atomlar tebranish chastotasini xisoblash mumkin va shu usulda spektrni o’qish, ya‘ni spektr chastotalarini aniq bir atomlar tebranishlariga tegishli ekanligini xisobga olinadi. Lekin amaliyotda bu oddiy molekulalarda amalga oshirilgan (masalan: atsitilen).
Murakkab molekulalarda ko’p atomlarning valentli, deformatsion tebranishlarini o’zaro ta‘siri kuzatiladi va Yuqorida gi hisoblash nisbiy xarakterda bo’ladi.
Murakkab tuzilishga ega molekulalar spektrini o’qish qiyin
bo’lganligi uchun spektrlarni o’rganishda solishtirish usulidan foydalaniladi. Buning asosida tuzilishi bir-biriga yaqin birikmalar spektrlarini solishtirish yotadi: bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, birikmadagi yo u yoki bu o’zgarish spektrtrlarda aksini topadi. SHunday qilib, ko’pgina atom guruxlari (-ON, -NN2, -NO2 va boshqalar) xamda ma‘lum bir bog’lar (-S=S-,S=C) turli birikmalarda kam farqlanuvchi aniq chastotalar bilan xarakterlanadi. Bunday chastotalar xarakterli yoki guruxli chastotalar nomini oldi. (jadval 1)
Spektrda xarakterli chastotalarning topilishi moddaning spektri bo’yicha funksional tarkibiy tahlilda ahamiyatli bosqichdir.
Boshqa tarafdan organik molekula skeletini tashkil qiluvchi qator bog’lar (S-S, S-O, S-N) tebranishlari molekulaning boshqa qismlari tebranishlariga juda bog’liq bo’lib, tuzilishning arzimagan o’zgarishi natijasida tebranishlar kuchli o’zgarishga sabab bo’ladi.
Spektrning mos keluvchi qismlari moddalarning chinligini aniqlash uchun ishlatiladi. CHunki har bir modda faqat ungagina xos bo’lgan yutilish chiziqlari yig’imiga ega bo’ladi.
Bu chiziqlar spektrning 1500-700-sm qismida joylashgandir. Bu qismni ba‘zida " barmoq izlari" qismi deb ataladi.
CHunki u barmoq izlari kartotekasiga o’xshab "kimyoviy individiumni" aniqlash imkoniyatini beradi. Rasmda turli atom guruxlari va bog’lamlarning IQ- chastotalar spektrida, joylashishi sxematik tarzda ko’rsatilgan.
Jadval-1 IK-spektroskopiya usulida tahlilni amalga oshirishda asosan suyuq eritmalarni to’g’ridan-to’g’ri yoki ma‘lum erituvchi eritmasida olib boriladi. Ammo ma‘lum qalinlikdagi hajm erituvchilar IK to’lqin uz0unlikda xar doim tiniq bo’lmasligi mumkin. SHuning uchun kvpincha xlorto’rtuglerodi, xloroform va dixlormetan qo’llaniladi.
Tahlil uchun tekshiriluvchi moddalarni ikki xil usulda tayyorlanadi:
1.Ma‘lum (2-5mg) miqdordagi moddani oz miqdordagi mineral yog’da yoki to’g’ot keladigan erituvchida bir xil aralashma xosil bo’lgunicha aralashtiriladi. Hosil bo’lgan pastani NaCl yoki tuzlardan tayyorlangan plastinkalar orqali tahlili amalga oshiriladi.
2.Aniqlanuvchi moddani quruq kaliy bromid (kaliy bromid yoki kaliy xlorid IK-spektroskopiya uchun) bilan 1:200 prizmali uskunalar uchun, 1:300 difraksion reshotkalar uchun nisbatda olinib stupkada aralashtiriladi, so’ngra maxsus moslamada vakuum sharoitda preslanadi.
Hosil bo’lgan rangsiz diskni IK uskunasiga joylashtirib tahlilni olib boriladi.
1.Moddalarni sifatini aniqlash uchun.
Masalan: sintezlangan moddani, aniq namuna bilan solishtirish orqali aniqlash.
2.Aniqlanuvchi modda funksional guruxlari bergan spektr chastota xarakteristikalariga asoslanib, modda molekulasi tuzilishini aniqlash.
1.Intensivlikning konsentratsiyasiga bog’liqlik chizmasiga asoslanib, farmatsevtik dori vositalari miqdorini aniqlash.
2.Moddalar tarkibidagi atom va molekulalarning o’zaro ta‘sirlarini (vodorod bog’lanish, kordinatsion bog’lanish kabilarni) o’rganish.
IK- spektroskopiyada moddalarni vaqt birligida molekuladagi inersiyasi aniqlanadi. Moddalar atomlari massasini bilgan xolda va atomlar oraliq masofalarini va ularning o’zaro bog’lanish burchaklarini aniqlash imkonini beradi.
Moddalarni IK-spektrini aniqlashda IK-spektroskoplaridan foydalaniladi. Olingan spektr natijalariga asoslanib modda molekulasidan funksional guruxlar tebranishlar turlari va bog’lanishlar aniqlaniladi, xamda modda strukturasi belgilanadi. Olingan spektr tahlili ma‘lum qoida bilan bajarilmasdan, balki gaz suyuqlik xromatografiya, mass-spektroskopiya vaYAMR spektrlari kabi qo’shimcha informatsiyalarga asoslanib bajariladi.
Masalan: spirtlarni IK-spektr chizmasida asosiy xarakterli spektr 3700-sm ga teng bo’lib, bu spirtlardagi
–ON guruxiga mos keladi.
Undan tashqari 3350-sm vodorod va kislorod orasidagi bog’lanish spektri, 1200-1000-sm oraliqda uglerod va kislorod oraliq bog’lanish (-S-O) spektrlari nomoyon bo’ladi.
Spektral xarakteristikalar 10% dan ortiq qiymat ko’rsatkichlari bo’yicha quyidagi oraliqlarda funksional guruxlar tekshiriladi.
3600-3100-sm
3100-2800-sm
2800-1800-sm
1800-1400-sm
So’ng 10% dan kam oraliq ko’rsatkichlari, bunda S-N, -S=S-, S6N5O- kabi bog’lanishlar belgilanadi. Spektr ko’rsatkich qiymati 1400-sm kam qismidagi spektrlarni " barmoq izi" belgilari (otpechatki palsev) deb yuritiladi, xamda ma‘lum jadval yordamida qanday gruppa yoki bog’ga taalluqli ekani aniqlanadi.
Spektr ko’rsatkichi 3600-3100-sm oralig’ida bo’lsa, NH2OH guruxi borligidan dalolat beradi.
Tebranish to’lqin uzunligi 3100-2800-sm, qo’shimcha 1650-1400-sm oraliqlarda spektr chiziqlar hosil qilsa -S-S- bog’laridan va ularning joylanish xolatlaridan dalolat beradi.
2800-1800-sm oralig’idagi spektrlar -S=S, hamda -S=N- bog’lanishlariga yana karbon kislotasi va uni hosilalariga (ammoniyli tuzlar) aminokislotalar hamda alkanlarga xos bo’ladi.
1800-1400-sm oraliqdagi hosil bo’lgan spektrlar esa benzol xalqasi, karbonil va karboksil guruxlari, angidridlar,nitro va nitroza guruxlar, -S=S- qo’sh bog’lar tebranishlari,-S-N-orasidagi deformatsion tebranishlar haqida ma‘lumot beradi.
Moddalarni IK-spektrlari bo’yicha aniqlanganda qo’llanilgan erituvchilarning kimyoviy xususiyatlari, eritmaning fizik xususiyatiga, konsentratsiyaga va xaroratga bog’liq bo’lishini e‘tiborda saqlash kerak. Bunday ko’rsatkich qiymatlarini o’zgarishi spektr chastotalarining o’zgarishiga sababchi bo’ladi.
Assotsiatsiya, dissotsiatsiya, salvotatsiya hamda ichki steriokimyoviy o’zgarishlar moddaning elektrik o’zgarishlariga sabab bo’ladi va spektrlarda 50sm-1 gacha o’zgarishlar namoyon bo’ladi.
SHuning uchun hamma vaqt olingan IK-spektrlar standart modda spektrlari bilan solishtiriladi va xulosa chiqariladi.
Spirtlar-bug’ xolida bo’lsa, 3700-sm da eritmada bo’lsa,3350-sm da spektr hosil qiladi. Bunday o’zgarish eritmada vodorod bog’lari hosil bo’lishi bilan tushuntiriladi.
Spirtlar spektrida 1200-1000-sm oraliqda qo’shimcha chiziqlar bo’lib bular -S-O- (uglerod-kislorod) ta‘sirini belgilaydi.
1400-1250-sm qismida esa S-ON defarmatsion tebranish spektri bo’ladi.

Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish