Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”



Download 2,36 Mb.
bet18/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

Bitlash (Pidiculosis)- Bitlar odam va sut emizuvchi hayvonlarda uchraydigan qon so’rar ekzoparazitdir. hayvon bitlari odam uchun yuqumsiz. Bitlar odamdan-odamga uning o’rin-ko’rpalari, kiyim-boshlari orqali o’tadi va xo’jayining qoni bilan oziqlanadi. Bir kunda 0,3—0,5 ml gacha qon so’rishi mumkin. Bit qon so’rganida odam terisiga yopishib olib, uni qichitadigan so’lak chiqaradi. Odamda bosh biti (Pediculus capitis), kiyim biti (Pediculus corporis) va qov biti (Pediculus pubis) uchraydi Bosh biti to’g’ridan-to’g’ri odamdan uning bosh kiyimi va o’rin-ko’rpasidan, ba’zan sartaroshxonalarda yuqib qoladi. Bosh biti odamda boshning sochli qismida bo’ladi. Urg’ochi bit o’zining 1—1,5 oylik hayoti davrida 100—150 taga yaqin sirka (tuxum) qo’yadi va ular esa sochga mahkam yopishib oladi. Sirkalarning rangi oqimtir-sarg’ish bo’lib lupasiz ham yaxshi ko’rinadi, aksariyat qora sochli odamlarda aniq, oq va sarg’imtir sochlilarda esa bir oz xira bo’lib ko’zga tashlanadi. Bosh biti bir kecha-kunduzda ikki-uch marta qon so’radi. Oziqasiz ko’pi bilan 7—10 kun tirik tug’adi; ularning harakati havo haroratiga bog’lik, masalan 25—27°S da 20—35 sm ga o’rmalab borishi mumkin, 5°S da harakati keskin susayadi. Odamlar bit so’lagiga turli darajada sezgir bo’lishadi. Bit chaqqan joy qattik qichiydi; qashingan joylarga ikkilamchi stafilo-streptokokkli infeksiyalar tushib piodermitlarga sabab bo’ladi. Oylab bitlab yuradiganlarning sochlari bir-biriga yopishib tarab bo’lmas darajada tig’iz bo’lib qoladi, bosh terisi qora qo’tir va kepaklar bilan qoplanadi, sochlar xira tortadi. Ikkilamchi infeksiya tufayli impetigo, follikulit kabi teri kasalliklari yuzaga keladi, bo’yin va boshqa sohadagi limfa tugunlari kattalashadi. Sirka yoki bit topilishi to’g’ri diagnoz qo’yishga yordam beradi.

Davosi. Erkaklarning sochini olib tashlash, boshning sochli qismi terisidagi sirkalar xitinini (qoplama) eritish uchun 3% li iliq sirka eritmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Ayollar yoki sochi olinmagan erkaklarning boshiga kerosin va o’simlik yog’ini (kungabokar yog’i) teng mikdorda aralashtirib 2—3 qavat dokaga shimdiriladi, so’ngra boshga yaxshilab o’raladi, ustidan pergament qog’ozi qo’yilib, ustidan yana doka yoki toza ro’mol bilan o’raladi va bir kecha shundayligicha qoldiriladi, so’ngra boshini iliq suv va sovun bilan obdon yuviladi. Muolajani 2—3 kun oralatib yana bir marta takrorlash mumkin. Sirkalarni yo’qotish uchun ovqat sirkasini iliq qilib boshga surtiladi va mayda tishli tarok bilan obdon taraladi. Ba’zan 10% li benzilbenzoatning suv-sovunli eritmasidan ham foydalaniladi. Bit va sirkalarni o’ldirish uchun benzilbenzoatning 20% li suv-sovunli eritmasi, ≪Nittifor≫ qo’llaniladi.

Kiyim biti asosan ichki va ustki kiyim burmalarida, aksariyat yoqa, yeng burmalarida, kiyim-kechaklarning choklarida bo’lib, kulrang bosh bitidan hiyla kattarok bo’ladi. U qon so’rish uchun teriga o’tadi; ensa, yelka, kurak, qo’ltik atrofi, bel sohasi, ya’ni kiyim burmalariga to’g’ri keladigan joylarni ko’proq chaqadi. Bit chakkan joy qattik qichiydi, teri yuzasida bemorning qashingan tirnoq izlari, sarg’ish-mis rang qora qo’tir po’stlar yaqqol ko’rinadi. Uzoq vaqt bitlab yurgan odamlar terisi ancha qurib, po’stlanadi, ikkilamchi infeksiya tushishi impetigo, follikulit, chipqonga sabab bo’ladi. Terisi xiralashib pigmentlanadi.



Davosi. Choyshab, o’rin-ko’rpa va yostiq jildlari, ichki va ustki kiyimlar 2—5% sovunli eritmaga solinib, keyin qaynatiladi, ba’zan dezinfeksiyalanadi. Dam-badam sovun bilan yuvinib turish tavsiya etiladi.

qov biti asosan qov sohasi va jinsiy a’zolar atrofidagi junlarga yopishib oladi va o’z umri davomida 8—12 ta tuxum qo’yadi. U ichki kiyim, choyshab, o’rin-ko’rpa jildlari orqali, aksariyat jinsiy muloqotda yuqib qoladi. Pedikulyozning bu turi jinsiy yo’l bilan yuquvchi kasalliklar guruhiga kiritilgan. Bit chaan joylarda, ya’ni qov sohasi terisida kattaligi 0,2—0,3 sm keladigan gemorragik, ko’kish havo rang tusdagi dog’lar paydo bo’ladi. Dog’lar bit so’lagining gemoglobinga ta’siri tufayli yuzaga kelib, bosib ko’rilganda yo’qolmaydi. Bit chaqqan joy terisi qattik qichishadi. Shu joylardan qirib olingan materiallarda qov biti osongina topiladi.

Bitlashning oldini olish asosan aholining moddiy farovonligi va sanitariya ma’daniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni hayotga tatbik etishdan iborat. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, choyshab, ichki kiyim, o’rin-ko’rpa jildlarini har haftada almashtirib turish, yuvilgan kiyimlarni dazmollab

kiyish, birovlarning o’rnida yotmaslik, tasodifan jinsiy aloqa qilmaslik va boshqalarga amal qilish zarur.[16].



Dermatomiozit-Biriktiruvchi to‘qimanning avj olib boruvchi diffuz autoimmun yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan ko‘ndalang- targ‘il va silliq mushaklar shikastlanishi natijasida harakat faoliyatini buzilishi bilan kechadi. Bundan tashqari terida eritema va shish hamda ichki a’zolar shikastlanishi ham kuzatiladi.




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish