Mavzuning dolzarbligi: Shimoliy Amerikada gidrografik to‘r Afrika va Avstraliya materiklariga qaraganda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeanlari hamda ichki berk havzalar o‘rtasida notekis taqsimlangan. Materik daryolarining katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlariga, kamroq qismi Tinch va Shimoliy Muz okeanlariga quyiladi. Shimoliy Amerikaning 4,1 % maydoni ichki berk havzaga qaraydi. Bu boshqa materiklarga qaraganda eng kichik maydonni tashkil etadi.
Jumladan Yevropaning 18% va Osiyoning 32% maydoni berk oqmas havza hisoblanadi Okean havzalari o‘rtasidan o‘tadigan suvayirg‘ichlar relyefda turli xil ko‘rinishda ifodalangan. Tinch okean bilan Atlantika okeani havzalari o‘rtasidagi suvayirg‘ich tabiiy yaqqol ifodalangan bo‘lib,u Kordilyera tog‘ tizimining sharqiy tizmalari (Qoyali tog’lar) bo‘ylab o‘tgan. Atlantika okeani bilan Shimoliy Muz okeani havzalari o‘rtasidagi suvayirg‘ich Kanada qalqonining janubidan, muzlik ta’sirida hosil bo‘lgan tepalik tekisliklardan o‘tadi va relyefda yaqqolroq ko‘zga tashlanmaydi.
Tadqiqot maqsadi: Shimoliy Amerika materigi daryolarining kelib chiqish xususiyatlarini оʼrganish
Tadqiqot obyekti: Shimoliy Amerika materigi daryolari
Tadqiqot predmeti: Daryolarning kelib chiqish jarayoni.
Tadqiqot vazifalari:
– Tadqiqot yuzasidan pedagogik va maxsus adabiyotlar tahlili.
– Shimoliy Amerika daryolarining rivojlanish xususiyatlarini tekshirish
. - Shimoliy Amerika daryolari haqida koʻproq maʼlumotni toʻplash va tahlil qilish.
I.BOB Shimoliy Amerika daryolarining daryolarining havzalarga bo’linishi va daryo sistemasining hosil bo’lishi.
1.1Materikning asosiy havzalari.
SHimoliy Amerika daryolari yillik oqimning yalpi hajmiga kora (6000 km3 ga yaqin) Avstraliya, Antarktida va Afrikadangina oldinda turadi. Oqimning bir tekisdaligi jihatidan Janubiy Amerikadan SHimoliy Amerika keyinda turadi. SHimoliy Amerika daryolarining katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlariga quyiladi; kamroq qismi Tinch va SHimoliy Muz okeaniga quyiladi. Atlantika va SHimoliy Muz okeani daryo havzalari oʼrtasidagi suvayirgich materik sharqiy qismining relefida yaxshi aks etmagan. Kordilera toglarida Tinch va Atlantika okeanlari havzalari orasidagi suvayirgich deyarli hamma joyda sharqiy tor tizmalaridan o’tadi.
Materikning yaqinda antropogen davrida muzlanish tasirida bolgan shimoliy qismidagi drografiya tarmoqlari juda yosh bolib,koʼpdan-koʼpdaryova koʼllardan iborat. SHimoliy Amerikaning janubida yaxshi rivojlangan qadimgi daryosistemalaribor;koʼllarsoninisbatankoʼpemas. Shimoliy Amerikada gidrografik to‘r Afrika va Avstraliya materiklariga qaraganda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeanlari hamda ichki berk havzalar o‘rtasida noteks taqsimlangan.
Materik daryolarining katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlariga, kamroq qismi Tinch va Shimoliy Muz okeanlariga quyiladi. Shimoliy Amerikaning 4,1 % maydoni ichki berk havzaga qaraydi. Bu boshqa materiklarga qaraganda eng kichik maydonni tashkil etadi. Jumladan Yevropaning 18 % va Osiyoning 32 % maydoniberkoqmashavzahisoblanadi. Okean havzalari o‘rtasidan o‘tadigan suvayirg‘ichlar relyefda turli xil ko‘rinishda ifodalangan.
Tinch okean bilan Atlantika okeani havzalari o‘rtasidagi suvayirg‘ich tabiiy yaqqol ifodalangan bo‘lib, u Kordilyera tog‘ tizimining sharqiy tizmalari (Qoyali tog’lar) bo‘ylab o‘tgan. Atlantika okeani bilan Shimoliy Muz okeani havzalari o‘rtasidagi suvayirg‘ich Kanadaqalqonining janubidan, muzlik ta’sirida hosil bo‘lgan tepalik tekisliklardan o‘tadi varelyefdayaqqolroqko‘zgatashlanmaydi.
Atlantika okeani havzasiga Rio-Grande, Kolorado, Missisipi, Potomak, Saskuixanna, Delaver, Gudzon, Avliyo Lavrentiy daryolari o‘z suvini quyadi. Bu daryolar yomg‘irlardan, qorlardan va grunt suvlaridan to‘yinadi. Shulardan Missisipi-Missuri daryo tizimi Atlantika havzasi va materikning eng uzun daryosi bo‘lishi bilan birga, u Yer yuzidagi eng uzun daryolardan biri ham hisoblanadi. Shimoliy Amerika ichki suvlari materikning iqlimi va relyefi uning ichki suvlari hususiyatlari ularning materik bo'ylab taqsimlanishi daryo va ko'llarning joylashishi hamda ularning rejimini belgilab beruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Materik daryolari o'z suvlarini 3 ta havzaga qo'yadi. Ularning ko'pchiligi Atlantika okeaniga va kamrog'i Tinch va shimoliy muz okeaniga to'g'ri keladi.
Materikning yillik oqim hajmi 6000 km3 ga tengdir materikning shimoliy qismida oqim tizimida daryo va ko'llar miqdori ko'pdir. Materikning Kordileradan tashqi markaziy va sharqiy hududlarining tekisliklardan iboratligi tekisliklardan daryo va ko'llarning Labrador yassi tog'liklari va markaziy tekisliklarda daryo va ko'llarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Missisipi ,Soskachivan ,Nelson, Avliyo Lavrentiya , kabi daryolar shular jumlasidandir.
Bu daryolar materikning yarmidan ko'p maydonni egallaydi tinch okeani shavzasiga kordilera tizimidagi Yukon, Freyzey, Kolumbiya, Kolorado, Sokramento kabi daryolar kiradi shimoliy muz okeaniga bir necha kichik daryolar va shimoliyning eng yirik daryosi Makkenzi o'z suvini qo'yadi. Tropik va subtropik mintaqadagi daryolar asoan yomg'ir suvidan to'yinadi ular yillik oqim miqdorining 60-80 % ni tashkil etadi.
Meksika va atlantika bo'yi past tekisliklarida joylashgan daryolar oqimining 50 % kuz fasliga to'g'ri keladi Apalachi tog'ligining janubdagi markaziy va buyuk tekisliklarning janubdagi Kolarado platosining janubida joylashgan daryolar 50 % ga yaqin bahor oylariga to'g'ri keladi.
Materikning markaziy qismida daryo tizimi yaxshi rivojlangan bo'lib bu hududda yer sharidagi katta daryolardan biri missispi va uning irmoqlari joylashgan. Daryo uzunligini Itaska ko'lidan hisoblanganda 4200 km, Missuri daryo bilan hisoblanganda 5971 kmni tashkil etadi. Daryo suv sarfi 19800 m3 sekund tashkiletadi. Avliyo Lavrentiyadaryosi yirik daryolardan biri bo'lib u Ontario ko'lidan boshlanadi va Avliyo Levrentiy ko'rfazasiga o'z suvini quyadi. Shimoliy Amerikaning muhim suv sistemasi buyuk ko'llar sistemasidir uning tarkibiga yuqori ko'l Guron Michigan, Eri Ontario kabi katta va kichik ko'llar kiradi. Ularning hammasi bir-biri bilan tutashgan bo'lib yagona daryodagi eng katta chuchuk suv havzasini tashkil etadi , bu suv havzasining maydoni 246050 km2. . Yuqori ko'l maydoni jihatdan dunyodagi ko'llarning eng kattasi hisoblanadi uning maydoni 12414 km2 ni maksimal chuqurligi 393 m ni tashkil etadi. Eridan tashqari barcha buyuk ko'llarning tagi okean sathidan pastda joylashgan.
Materikning Shimoliy Muz okeani havzasiga quyiladigan daryolari Kolvill, Makkenzi, Koppermayn, Bak va boshqalar Atlantika va Tinch okeanlari havzalariga quyiladigan daryolardan o‘zining iqlim xususiyatlari va gidrologik rejimi bilan keskin farq qiladi. Ular Arktika va subarktika iqlim mintaqalariga xos tipik shimol daryolaridir. Bular orasida eng yirigi Makkenzi daryosi bo‘lib, u Kanadaning Qoyali tog‘larining sharqiy yonbag‘ridan boshlanib, Makkenzi pastekisligini kesib o‘tadi va suvini Shimoliy Muz okeanining Bofort dengiziga quyadi. Daryoning uzunligi (Atabaska daryosi bilan) 4600 km, havzasining maydoni 1804 ming km2, o‘rtacha suv sarfi 15 000 m3/sek.
Makkenzi daryo tizimi Atabaska, Katta Ko‘l, Kichik Ko‘l, Katta Ayiq va bir necha mayda ko‘llar bilan tutashgan. Daryo o‘zining gidrologik xususiyatlariga ko‘ra Osiyoning Sibir daryolariga o‘xshab ketadi. Qishda qariyb 6-7 oy mobaynida qor bilan qoplanadi. Sentabr-oktabr oylarida muzlab, yuqori oqimida mayda va quyi oqimida iyunnnig boshlarida muzdan ozod bo‘ladi. Daryo asosan qorsuvlaridan va qisman yomg‘ir hamda grunt suvlaridan to‘yinadi. Makkenzi havzasining yuqori qismida va uning irmoqlarida ostonalari juda ko‘p.
Shimoliy Amerikaning Tinch okean havzasiga quyiladigan barcha daryolari Kordil’era tog‘ tizmasining g‘arbiy yonbag‘ridan boshlanadigan qisqa, sersuv, tezoqar va gidroenergiya resurslariga boy daryolardir (Yukon, Freyzer, Kolumbiya, Sakramento, Kolorado va b.). Bular orasida eng yirigi va Alyaska hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan Yukon daryosi Qoyali tog‘larning g‘arbiy yonbag‘ridan boshlanib, Yukon yassi tog‘ligi orqali oqib o‘tib Tinch okeanning Bering dengizidagi Norton qo‘ltig‘iga quyiladi. Uning uzunligi 3700 km, havzasining maydoni 855 ming km2.
Eng katta suv sarfi 5000-7000 m3/sek. ni va o‘rtacha suv sarfi 2000 m3/ sek. ni tashkil etadi. Qor suvlaridan to‘yinadi va yozda toshib oqadi. Qishda qariyb 6 oy davomida muzlab yotadi. Yukonning baliqqa boyligi mahalliy aholi hayotida katta rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |