Kolumbiya — Shimoliy Amerikadagi daryo. Materikning sharqida joylashgan boʻlib oʻz suvini Tinch okeanigaquyadi. Kanada va AQShning gʻarbiy qismida. Oʻz. 2250 km, havzasining maydoni 670 ming km². Kryali togʻlardan boshlanib, Tinch okeanga estuariy hosil qilib quyiladi. Irmoqlari: Sneyk, KlarkFort va boshqa Kor va moʻzliklardan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 8470 m³/sek. Oʻrta va quyi oqimida yirik toʻgʻonlar, suv omborlari, GESlar qurilgan. Quyilish joyidan 450 km masofada kema katnaydi. Sugʼorish va suv taʼminotida, yogʻoch oqizishda foydalaniladi. Yuqori qismi (Kanada hududi)da milliy parklar tashkil etilgan, turizm rivojlangan. Yirik porti — Portlend. Daryo unga dastlab 1792 yilda kirib borgan Amerika kemasi "Kolumbiya" nomi bilan atalgan.
2.2 Materikning Atlantika okeaniga quyiladigan daryolari.
Atlantika okeaniga quyuluvchi yirik daryolarga Missuri va Missisipini misol qilishimiz mumkin.
Missuri daryosi . Missuri soʼnggi oʼn yillar mobaynida oʼrmonlari kesib yuborilgan Qoyali togʼlardan boshlanadi va suv sathnning nihoyatda keskin oʼzgarib turishi va oqimining ancha notekisligi bilan xarakterlanadi. Uning oʼrtacha suv sarfi 2000 m3/sek, shuniei ham borki, maksimal suv sarfi 17 000 m3/sek ga yetib minimal suv sarfi 150 m3/sek ga tushib qoladi. Togʼlarda kuchli jalalar quyganda Missuri daryosi tekisliklarga oqiziqlar keltirishi natijasida daryo suvi loyqalanib, bazan esa botana boʼlib oqadi. Qishda Missuri yuqori oqimida muzlaydi. Bahorgi toliq suv davrida muz katta vayronagarchilikka sabab boladi. Missurida suv toshqini kopincha xalokatli boladi.
Missisipi daryosi . Missisipining eng katta sol irmogi Ogayo boʼlib, uning uzunligi 1580 km. U oʼrtacha suv sarfi 7500 m3/sek ga teng juda sersuv daryo boʼlib, Missisipining -toʼyinishida katta rol o’ynaydi. Ogayoning suvi yozgi musson yomg’irlari yoqqan vaqtda ayniqsa ko’payadi va bunda daryo tez-tez toshib turadi. Ogayo Missisipiga quyiladigan joydan boshlab daryo rejimi uning etaklarigachao’zgarmaydi. Havzaning yuqori qismidagi qorlar erishi sababli bahorda daryo suv sarfi eng katta boladi. Ogayo suv sarfining yozda eng kopayishi va tolardagi yomgirlar tufayli Missisipida suv sathi koʼtariladi, bazan esa kuchli toshqinlar boladi. Bunday toshqinlar daryoning etaklarida ayniqsa halokatli boladi, chunki bu yerda daryo pasttekislikda burilib-burilib «tentirab» oqadi va tabiiy tosiqlar bilan oralgan ozaklarga bolinib ketadi. Kuchli toshqinlar vaqtida daryo tosiqlarni yuvib kyotib, ong ming gektarlab ekin ekiladigan maydonlar suv ostida,qoladi.
Missisipi daryosi quyi oqimida juda katta allyuvial pasttekislik hosil qilgan; bu pasttekislik tobora o’sib borayotgan daryoga aylanmoqda, daryo bu deltani oltita o’zak (tarmoq) hosil qilib. kesib o’tgan. Delta akkumulyatsiya protssssi va kirg’oqning intensiv cho’kishi natijasida tobora o’sib bormoqda. SHu sababli deltaning bir qismi cho’kkan bo’lib, undagi allyuvial jinslarning qalinligi yuzlab metrga yetadi. Delьta yiliga taxminan 100 m o’sib, Meksika qo’ltig’ining ichiga toborakiribbor-moqda. Daryo Amerikaning o'nta shtatini kesib o'tadi va mamlakatni notekis qismlarga ajratadi. Missisipining asosiy irmoqlari-Ogayo,ArkanzasvaMissuri. Uning suvlarida turli xil tirik mavjudotlar yashaydi: timsohlar, toshbaqalar.
Vodiyda zaharli ilonlar, yovvoyi cho'chqalar, norkalar, rakunlar, qutanlar va flamingolar yashaydi. Missisipi baliq dunyosi xilma-xil: mushuk, alabalık, osiyo sazan (ikki yuzdan ortiq tur). Sohil o'simliklari sarv, orkide, sadr va paporotniklar bilan ifodalanadi. Missisipi sistemasining daryolari katta xojalik ahamiyatiga egadir. Butun daryo havzasida 20ming kmga yaqin joyda kema qatnaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |