1.2 Daryo sistemasi haqida umumiy tushuncha.
SHimoliy Amerika daryolari gʼoyat katta energetika resurslariga ega bolib, ularning katta qismi oʼzlashtirilgan. Koʼpdan-koʼp daryolar va koʼl havzalari transportda katta ahamiyatga ega. Eng katta suv sistemalarini ozaro tutashtiruvchi kanal tarmoqlari tabiiy suv yollarini toʼldirib turadi. SHimoliy Amerika daryolarining katta qismi asosan yomgʼirdan toʼyinadi. Bu hol materikning janubi, janubi-sharqi va markazidagi daryolar uchun xarakterli boʼlib, bu yerlarda qor butunlay yogmaydi, yoki kamdan-kam yogʼib, tez erib ketadi. SHu sababli daryo va kollarning toyinishida yomg’irlar katta rol o’ynaydi. Biroq yog’inlarning yillik miqdori va rejimi turli joylarda turlichadir, shu sababli yomg’irdan to’yinuvchi daryolar rejimi ham bir xil emas. Materikning janubi-sharqiy qismiga yozgi yog’inlar ayniqsa ko’p tushadi, biroq bu yerda qishda ham nam tanqisligi sezilmaydi. Appalachi togʼlarining ayrim rayonlarida yillik oqimning qalinligi 1500 mm ga yetadi. Appalachi togʼlarida oqib ketuvchi daryolar kalta, biroq sersuv va tez oqardir. Barcha daryolar tog oldi platosining «sharsharalar chizigi» deb ataluvchi tik chekka qismini kesib otar ekan,sharsharalar hosil qiladi. Janubi-sharqiy sohil daryolarining kopchiligi Atlantika okeani yaqinida katta-katta estuariylar hosil qilib tugaydi va ularning etak qismiga okean kemalari kirib kela oladi.
Bulardan eng kattalari Gudzon, Delaver, Saskuexanna va Patomakdir. Missisipining chap irmoqlari yilning kop qismida sersuv boʼlib, suv energiyasining kattagina zapaslariga ega; bu irmoqlardan eng kattasi Tennesi irmogʼ ibilan birga qoʼshib hisoblaganda Ogayodir. Materikning markaziy qismida katta va murakkab daryo sistemalari bor. Kordilera tizmalarining baland togʼzonalari bilan juda keng tekisliklar birgalikda dunyodagi eng katta daryo sistemalaridan birimissisipi daryo sistemasining rivojlanishiga imkon bergan. Missisipining ong irmoqlari Yellouston Platt va Kanzas bilan birga Missuri, Arkanzas, Red-River, shuningdek, bevosita Meksika qoltigiga quyiluvchi bazi daryolar, chunonchi, Ryorande daryosi rejimi beqaror boʼlib, ular boshlanadigan rayonlarining yoginlari rejimi va togʼ relyefi bilan bogʼliqdir. Ularning toʼyinishida yomg’irlar asosiy rol o’ynaydi; biroq Qoyali tog’larga yog’uvchi qorlar ham ma’lum ahamiyatga ega. Mazkur daryolarda bahor va yozda tog’dagi jalalar va qisman qorlarning erishi bilan bog’liq bo’lgan kuchli suv toshqinlari bo’lib turadi. Yilning boshqa qismida ular juda sayozlashadi va hatto qurib ham qoladi. Toshqin vaqtida bu daryola keltirgan koʼpdan-koʼp uvoq jinslar ozanda toplanib qolib, daryolarni tekislikda «tentirash»ga majbur qiladi, bazan esa daryolar gʼoyib boladi. Markaziy tekisliklardagi kopdan-kop daryolar ekin dalalarini sugorishda foydalaniladi. Meksikaning janubi-garbi va shimoliy qismi nihoyatda qurgoqchil iqlim sharoitida bolib, muntazam oqimning yoʼqligi bilan xarakterlanadi (toglardagi qorlarning erishidan toyinadigan bazi bir daryolar bundan mustasnodir). Bu rayonlarda togʼlardan oqib tushib, soʼngra soyliklardagi uvoq oqiziqlar uyumlari ga singib ketuvchi qisqa daryolar eng kopdir. SHuningdek, Katta Havzaning oqimisiz shoʼr koʼllariga kelib quyiluvchi davriy (muvaqqat) daryolar yoki, jala tarzidagi yomgʼirlardan soʼng bir necha soat tolib oqadigan quruq oʼzanlar ham uchraydi. Oqimning qalinligi 50 mm danoshmaydi. SHimoliy Amerikaning Tinch okean boyidagi gʼarbiy sohillaridagi oʼrta dengiz iqlimli nisbatan kichik territoriyada kamroq doimiy daryolar aniq qishki rejimga ega bolib,bu rejim qishki yomgʼirlar bilan bogʼliqdir. Markaziy Amerikada, passatlar yogin keltiradigan materik va orollarda Kordilera toglarining Atlantika okeaniga qaragan yon bagʼirlarida tezoqar hamda sersuv daryolar koʼp. Tinch okeanga quyiladigan daryolar kam suvligi bilan ajralib turadi, ular qishda qurib qolib, ekvatorial musson yomgʼirlari yoqgani vaqtda suvga toʼladi.Amerikaning katta qismi AQSH ning shimoli, Kanada va Alyaska daryo va koʼllarning toʼyinishida qor hamda muzlik suvlari asosiy rol oʼynaydigan oblastlarga kiradi, yomgir esa ikkinchi darajali ahamiyatga egadir. Tropik va subtropik mintaqadagi daryolar asoan yomg'ir suvidan to'yinadi ular yillik oqim miqdorining 60-80 % ni tashkil etadi. Meksika va atlantika bo'yi past tekisliklarida joylashgan daryolar oqimining 50 % kuz fasliga to'g'ri keladi Apalachi tog'ligining janubdagi markaziy va buyuk tekisliklarning janubdagi Kolarado platosining janubida joylashgan daryolar 50 % ga yaqin bahor oylariga to'g'ri keladi. Materikning markaziy qismida daryo tizimiyaxshirivojlanganbo'libbu hududda yersharidagi katta daryolardan biri missispi va uning irmoqlari joylashgan. Daryo uzunligini Itaska ko'lidan hisoblanganda 4200 km, Missuri daryo bilan hisoblanganda 5971 km ni tashkil etadi. Daryo suv sarfi 19800 m3 sek ni tashkil etadi. Avliyo Lavrentiya daryosi yirik daryolardan biri bo'lib u Ontario ko'lidan boshlanadi va Avliyo Levrentiy ko'rfazasiga o'z suvini quyadi. Shimoliy Amerikaning muhim suv sistemasi buyuk ko'llar sistemasidir uning tarkibiga yuqori ko'l Guron Michigan, Eri Ontario kabi katta va kichik ko'llar kiradi. Ularning hammasi bir-biri bilan tutashgan bo'lib yagona daryodagi eng katta chuchuksuvhavzasini tashkil etadi bu suv havzasining maydoni 246050km2. . Yuqori ko'l maydoni jihatdan dunyodagi ko'llarning eng kattasi hisoblanadi uning maydoni 12414 km2 ni maksimal chuqurligi 393 m ni tashkil etadi. Eridan tashqari barcha buyuk ko'llarning tagi okean sathidan pastda joylashgan.Yuqori ko'ldan keyingi pog'onani dengiz sathidan 177 m balandlikda michigan va Guron ko'llari joylashgan ularning chuqurligi 281 m Michigan 228 m (Guron) ni tashkil etadi. Bu ko'llar yuqori ko'l suvini ostanasimon Sant-Meri daryosi orqali oladi. Eri ko'li dengiz sathidan 174 m balandda chuqur joyi 64 m ni tashkil etadi Ko'ldan Niagara daryosi oqib chiqib o'zidan deyarli 100 m pastda joylashgan. Ontario ko'liga quyiladi. Niagara daryosi uzunligi 58 km dir daryo silur kuestlarni kesib o'tarkan balandligi 50 m sharsharani hosil qiladi. Kanadaning qoyali tog'lardan boshlanadigan va Atabaska ko'liga quyiladigan Atabaska daryosini materikning eng shimolidagi Makkenzi daryosining boshirmog'I hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |