Suv havzalari va daryolar.
Daryolar haqida fikr yuritganda bu daryolarning
havzalari haqida ham o‘ylash muhmdir. Daryo havzasi nima? Agar shu damda yer
ustida turgan bo‘lsangiz, pastga qarang. Siz va har bir boshqa kishi daryo havzasida
turibdi. Daryo havzasi yer sirtining shunday bo‘lagiki unga tushgan va oqimga
aylangan suv bir joyga oqib boradi. Havza loydagi oyoq izidek kichik o‘lchamdan
butun suvi oqib Missisipi daryosi orqali Meksika ko‘rfaziga tushushini ta’minlovchi
ulkan o‘lchamgacha bo‘lishi mumkin. Kichik havzalar kattaroq havzalarning qismi
bo‘ladi. Havzalar muhmligi shundaki oqim miqdori va suvning sifatiga havzada
sodir bo‘ladigan narsalarga (inson omili bilan yoki usiz sodir bo‘ladigan) bog‘liqdir.
Oqim har doim o‘zgarib turadi. Shahardagi irmoqning kam suv oqimi va
toshqin sharoiti tasvirlangan. Oqim har doim kundan kun, daqiqadan daqiqa o‘zgarib
turadi. Albatta, suv oqimining hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omil
27
yog‘ingarchilikning suv havzasi orqali oqib kelishidir. Yomg‘ir daryoning
yiriklashishiga sabab bo‘ladi va daryo faqat yomg‘ir yetarli darajada katta hududda
yog`gan bo‘lsa ko‘tariladi, yodda tutish joizki daryo havzasiga tushgan suvning
katta qismi daryo bilan tashqari hududga chiqib ketadi. Daryoning hajmi daryo
havzasining hajmiga bog‘liq. Xuddi shuning uchun, turli kattalikdagi daryolarga
yomg‘ir va do‘l turlicha ta’sir qiladi. Katta daryolar toshishi va ko‘rib qolishi kichik
daryolarga nisbatan sekin kechadi. Kichik suv ayirgich mavjud joyda daryolar to‘lib
oqishi va ko‘rishi daqiqalarda yoki soatlarda yuz beradi. Katta daryolar to‘lishi va
ko‘rishi uchun kunlar talab qilinadi.
Chuchuk suv havzalari: yer yuzidagi mavjud chuchuk suv.
Suvning tabiatda aylanish bo‘g‘inlaridan biri bu yer sathidagi mavjud bo‘lgan
chuchuk suv bo‘lib, u yerdagi barcha hayot turlari uchun o‘ta muhmdir. Yer
sathidagi suv uz ichiga irmoq, kichik ko‘llar, ko‘llar, suv omborlari (kishilar
yaratgan ko‘llar) suvlarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Daryolardagi va ko‘llardagi suv miqdori suvni quyilishi va chiqib ketishiga
qarab har doim o‘zgarib turadi. Suv quyilishi yog‘ingarchilik, yer sathidan suv
oqimi, yer osti suvlarini kelib qo‘shilishi va boshqalar hisobiga amalga oshadi.
Suvni kul va daryolardan chiqib ketishi bug‘lanish va yer osti suvlariga quyilishi
hisobiga amalga oshadi. Kishilar ham o‘z maqsadlarida yer sathidagi suvdan
foydalanishadi. Yer sathidagi suv miqdori va joylashishi makon va zamonda, tabiiy
yoki inson ta’sirida o‘zgaradi.
Yer sathidagi suv hayot davomiyligi manbai
Hayot cho‘lda ham agar yer sathi (yoki yer osti) suv ta’minoti bo‘lsa mavjud
bo‘lishi mumkin. Yer sathidagi suv haqiqatdan ham hayotni saqlab turadi. Yer osti
suvlari ham faqatgina yer usti suvlari oqib tushgani uchun mavjud bo‘ladi. Tasavvur
hosil bo‘lishi mumkinki, sho‘r okeandagi baliqqa chuchuk suv hech ham shart emas
deb, lekin chuchuk suv okeanlarni to‘ldirib turmaganida okean suvlari bug‘lanib
baliq hayot kechira olmaydigan sho‘r suv hosil bo‘lar edi.
Chuchuk suv yer yuzida tanqisdir. Yerdagi barcha suvning faqatgida uch foizi
28
chuchuk suvdir va chuchuk suv ko‘llari va hovuzlari barcha chuchuk suvning 0.29
foizini tashkil qiladi. 20 foiz chuchuk suv birgina ko‘lda, Osiyodagi Baykal
ko‘lidadir. Qolgan 20 foiz chuchuk suv AQSHdagi Buyuk ko‘llarda (Guron,
Michigan va yuqori ko‘l) jamlangan. Daryolar dunyodagi mavjud bo‘lgan chuchuk
suvning 0.006 foiz qismini o‘zida ushlab turadi. Aytish mumkunki yerdagi hayot yer
yuzidagi barcha suv miqdorini juda kichik qismi hisobiga mavjud.
Infiltratsiya: Suvni yer sathidan tuproq va tog‘ jinslari osti tomon
xarakatlanishi. Grunt suvlar yog‘ingarchilik orqali yozaga keladi. Janubiy Jorjiya,
AK TP dagi g‘or qarida g‘oyib bo‘layotgan oqimning oqim bevosita yer osti
suvlariga qo‘shilishi mumkinligini tasvirlaydi. Dunyoning har bir burchagida,
yomg‘ir yoki qor bo‘lib tushgan suv tuproq va tog‘lar tagiga infiltratsiya qiladi.
Qancha miqdorda suv infiltratsiya qilinishi bir qator omillarga bog‘liq.
Yog‘ingarchilikni infiltratsiyasi Grenlandiya muzliklarida kichik bo‘lishi mumkin,
boshqa hududlarda, misol uchun suratda ko‘rsatilgan AQSHning Jorjiya shtatidagi
kabi irmoq to‘g‘ridan to‘g‘ri er osti suvlariga kelib quyilib mumkin. Dunyoning har
bir burchagida, yomg‘ir yoki qor bo‘lib tushgan suv tuproq va tog‘lar tagiga
infiltratsiya qiladi. Qancha miqdorda suv infiltratsiya qilinishi bir qator omillarga
bog‘liq. Yog‘ingarchilikni infiltratsiyasi Grenlandiya muzliklarida kichik bo‘lishi
mumkin, boshqa hududlarda, misol uchun suratda ko‘rsatilgan AQSHning Jorjiya
shtatidagi kabi irmoq to‘g‘ridan to‘g‘ri yer osti suvlariga kelib quyilib mumkin.
Yer osti suvlari.
Yog‘ingarchilikni yer ostita shimilib borishi diagrammasi. Yog‘ingarchilik
tuproq ostita infiltratsiya qilar ekan, odatda u to‘yingan va to‘yinmagan hududlarni
hosil qiladi. To‘yinmagan hududlarda, ba’zi toshloq osti yoriqlarida suv mavjud
bo‘ladi, lekin tuproq suvga to‘yinmagan bo‘ladi. To‘yinmagan hududning yuqori
qismi tuproqli hududdan iborat bo‘ladi. Tuproqli hududda o‘simliklar ildizlari orqali
yuzaga kelgan yorikliklar mavjud bo‘ladiki, u erdan yog‘ingarchilik onsonlik bilan
infiltrlanadi. Shu tuproqli hududdagi suvdan o‘simliklar foydalanadi. To‘yinmagan
hudud ostida to‘yingan hudud mavjud bo‘ladi, u erda barcha bo‘shliqliklarni suv
29
egallaydi. Kishilar shu hududlarda quduqlar qazib suvni tortib olishlilari mumkin.
Grunt suvlari havzasi: yer sathidan pastda uzoq davrga suvlarning to‘planishi.
To‘plangan suv suvni tabiatda aylanishining bir bosqichi sifatida. Tuproq
ostida katta miqdordagi suv to‘planadi. Suv o‘z xarakatini to‘xtatmaydi, u juda sekin
xarkatlanadi va suvni tabiatda aylanishining bir bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Yer
ostidagi suvning asosiy qismini yog‘ingarchilik natijasida yer yuzasidan infiltratsiya
orqali kelib tushgan suv tashkil qiladi. Yer qatlamining ustki qismi to‘yinmagan
hudud bo‘lib, u yerda suv miqdori vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi, lekin to‘yingan
hududda bunday o‘zgarishlar yuz bermaydi. Bu qatlamdan pastdagi qatlam
to‘yingan hudud bo‘lib, barcha yer osti jinslari orasidagi bo‘shliklar suv bilan
to‘ladi. Grunt suvlari termini shu hududni tushuntirish uchun ishlatiladi. Katta
miqdordagi grunt suvlari bo‘shlikdarda to‘planadi va dunyodagi barcha kishilarning
kundalik hayoti mana shu grunt suv bilan chambarchas bog‘liq.
Suvni topish uchun satxga qaragan yer osti suv sathiga sohil bo‘yidagi katta
o‘ra, yer osti suv sathi misol qilib keltirilgan surat, bu yerda tuproq suv bilan
to‘yingan. Men umid qilamanki siz mening bir soat mobaynida issiq quyoshli kunda
sohil bo‘yida o‘ra qaziganimni qadirlaysiz. Bu ma’lum chuqurlikda, tuproq, agar u
yetarli jarajada o‘tkazuvchan va suvni ushlab tura oladigan bo‘lsa, suv bilan
to‘yinganligini tushuntirib berish uchun eng yaxshi yo‘l. Shu o‘radagi suvni usti yer
osti suvi sathidir. Okean to‘lqinlari shu o‘radan o‘ng tomonda va suv sathi okean suv
sathi bilan bir xilda. Albatta, suv sathi bu yerda har daqiqada to‘lqin oqib kelishi va
ketishi bilan o‘zgarib turadi, to‘lqin kelganda suv sathi ko‘tariladi, suv okeanga
qaytib ketganda suv sathi tushadi.
Ma’lum ma’noda bu o‘ra er osti suvidan foydalanish uchun quduq kabidir.
Agar bu suv chuchuk bo‘lganda edi odamlar chelak olib bu suvdan foydalanishlari
mumkin bo‘lardi. Agar siz xaqiqatdan ham chelak olib bu o‘rani quritmoqchi
bo‘lsangiz u deyarli bir zumda yana to‘lib qolgan bo‘lar edi, chunki sohil qumining
suv o‘tkazuvchanligi nihoyatda yuqoridir. Chuchuk suvga etish uchun odamlar er
osti suv sathiga qadar ancha chuqur bo‘lgan quduq qazishlari lozim. Quduq bir
30
necha o‘n yoki bir necha ming fut chuqur bo‘lishi mumkin. Lekin umumiy g‘oya
huddi bizning sohildagi o‘rada bo‘lganidek suv bilan to‘yingan qatlamgacha etish.
Grunt suvlari oqimi: suvning gruntdan tashqariga xarakati Aydaxo, AQSH da
grunt suvlarining yuqori oqimi. Siz suvni atrofingizda har kuni ko‘l, daryo, muz, qor
yoki yomg‘ir shaklida ko‘rasiz. Shu bilan bir vaqtda suvning juda katta hajmi borki
u ko‘zga ko‘rinmaydi, bu yer ostida mavjud bo‘lgan va u yerda xarakatlanayotgan
suv. Odamlar ming yillar mobaynida yer osti suvlaridan asosan ichimlik maqsadida
va sug‘orish uchun foydalanib kelganlar va hozir ham foydalanishmoqda. Yerdagi
hayot uchun yer usti suvi qanchalik muhm bo‘lsa yer osti suvi ham shunchalik
muhm. Grunt suvlari yer ostida xarakatlanadi.
Yog‘ingarchilikning yer ostita shimilishi va u yerdagi xarakatini tasvirlovchi
diagramma. Yer ustiga tushuvchi yog‘inning bir qismi tuproqka infiltratsiyalanib yer
osti suviga aylanadi. Tuproq ichidagi bu suvning bir qismi yer sirtiga yaqinlashib
tezda o‘zanlardagi suvga qo‘shilsa, asosiy qismi gravitatsiya hisobiga pastga
chuqurroq singib borishda davom etadi.
Diagrammaning ko‘rsatishicha, yer osti suvi xarakatining yo‘nalishi va tezligi
suvli qatlamniing turli ko‘rsatkichlariga va qatlamlar joylashishiga bog‘liq (qattiq
qatlam orqali suvning sizib o‘tishi kiyin kechadi). Suvning yer sathidan pastda
xarakatlanishi jinslarnig o‘tkazuvchanligi (suvning xarakatlanishining qanchalik
onson yoki qiyinligi) va g‘ovakliligiga (jinsda mavjud bo‘lgan ochiq hajmning
kattaligiga) bog‘liq. Agar jinslar o‘z ichidan suvning nisbatan onson oqib o‘tishiga
imkon bersalar, u holda suv bir necha kun mobaynida uzoq masofalarga etib borishi
mumkin. Shu bilan birga suv shunchalik chuqur qatlamlarga singib ketishi
mumkinki uning yana tabiatga qaytib chiqishi uchun ming yillar zarur bo‘ladi.
Buloq: yer osti suvi yer sirtiga oqib chiqadigan joy
Buloq; nima o‘zi?
Buloq bu yer osti suv qatlamining shunday darajaga ko‘tarilishiki natijada suv
yer sirtiga oqib chiqadi. Ular faqatgina ko‘p yomg‘irdan so‘ng paydo bo‘ladigan
kichik buloqlardan tortib to kuniga bir necha million gallon suv chiqaruvchi ulkan
31
buloqlargacha bo‘lishi mumkin.
Buloqlar har qanday jinslar ichida paydo bo‘lishi mumkin, lekin ular eng ko`p
osonlik bilan yoriladigan va kislotali yomg‘irlardan yemiriladigan oxaktosh va
dolomit jinslarda sodir bo‘ladi. Agar yer osti oqimi gorizontal yo‘nalishda sodir
bo‘lsa u yer sirtiga etib borib buloqka aylaninshi mumkin.
Buloq suvi har doim ham toza emas. Kolorado, AQSH dagi suvda yuqori
darajada temir moddasi borligini ko‘rsatuvchi jigarrang buloq. Odatda buloq suvi
toza bo‘ladi. Lekin ba’zi hollarda bu Kolorado, AQSH dagi buloqdagidek choy
rangidagi suvli bo‘lishi mumkin. Bunday qizg‘ish rangga sabab yer ostida suvniing
temir kabi minerallar bilan kontaktda bo‘lishidir. To‘q rangli buloqlar suv yer osti
qatlamlar ichidagi katta kanallar bo‘ylab tez oqib o‘tganini va jinslar ularni filtirlab
ulgurmagani bilan izohlanishi mumkin.
Issiq buloqlar.
Issiqlik buloqlari oddiy buloqlar bo‘lib, boshqa buloqlardan faqat suvining
iliqligi va ba’zan qaynoqliligi bilangina, masalan, Ellov Stoun Milliy Parkida,
Vayoming, AQSH da qaynayotgan balchiqli buloqdagidek. Ko‘pgina issiq buloqlar
yaqin utmishda faol vulqon faoliyati kuzatilgan hududlarda er osti suvining
chuqurda joylashgan qaynoq jinslar bilan kontakti hisobiga sodir bo‘ladi.
Chuqurlashgan sari jinslar issiqligi oshib boradi va jinslar orasida katta yoriq bo‘lib
u suvni yer ustiga oqib chiqishiga imkon bersa issiq buloq paydo bo‘lishi mumkin.
Issiq buloqlar dunyoning istalgan burchagida mavjud bo‘lishi mumkin va mana bu
baxtiyor Grenlandiyaliklar guvohlik berishlaricha issiqщ buloqlar muzliklar bilan
birga mavjud bo‘lishi ham mumkin.
Umumjahon suvlarinig taqsimoti.
Yer sharidagi ja’mi suvning qayerda mavjudligini izohlovchi quyidagi grafik
va jadvalga e’tibor bering. Shu paytga kelib siz suvning aylanma xarakati yer
sharidagi suvning xarakatini tasvirlashini bilasiz va quyidagi grafik va jadval
yerdagi suvning ma’lum bir lahzadagi mavjud miqdorini tasvirlaydi. Agar siz ming
yoki million yillar ilgariga qarasangiz bu raqamlar albatta boshqacha bo‘ladi.
32
E’tibor bering, taxminan 1,386 million kub kilometr million kub mil) dunyo
suv zahirasidan 96 foizdan ortigi sho‘rlangandir. 68 foizdan ortiq chuchuk suv
muzliklar da jamlangan. Yana 30 foiz chuchuk suv er ostidadir. Daryo va ko‘llar
kabi yer usti chuchuk suv manba’lari faqatgina 93,100 kub kilometr (22,300 kub
mil) ni tashkil qiladiki bu ja’mi suvning bir foizining 1/700 qismigagina teng xolos.
Vaxolanki daryo va ko‘llar odamlar har kuni foydalanadigan suvning asosiy
manba’idir.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |