Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi suv havzalarini sanitar holati


SUV HAVZALARINI IFLOSLANISHINI OLDINI OLISH



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/54
Sana15.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#367981
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
suv havzalarini sanitar holati

SUV HAVZALARINI IFLOSLANISHINI OLDINI OLISH. 
Reja: 
1.Suvning tabnat va inson hayotidagi ahamiyati. 
2.Suv resurslari zahirasi va ularning geografik joylashishi 
3.Suvdan xalk xo‘jaligida foydalanish, Chuchuk suv muammosi 
4.Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar 
5.Suvni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish. Ifloslangan 
suvlarni tozalash usullari. 
6.O‘rta Osiyoda
 
va O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanish
 
 
Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Suv tabiatda keng tarqalgan 
bebaxo  boylik  bo‘lib,  u  tiriklikning  asosidir.  Binobarin,  dastlabki  tirik  xujayra 
koatservat  tomchilari
 
sifatida  suv  muhitida  paydo  bo‘lgan  va  evolyusion 
taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko‘p xujayrali organizmlar 
kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashay olmaydi, chunki 
undagi to‘qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 
yoshgacha  bo‘lgan  kishilarning  organizmida  gavda  og‘irligining  61%  ni  suv 
tashkil  qiladi.  Ayollarda,  semiz  kishilarda  va  keksalarda  bu  ko‘rsatkich  biroz 
pastroq  bo‘ladi.  Odam  tanasidagi  suvning  70%  xujayra  protoplazmasini,  23% 
to‘qimalararo  suyuqlikni,  qolgan  7%  esa  kon  plazmasini  hosil  qiladi. 
Organizmda  suvning  bip  yula  10%  ga  kamayishi  odamni  og‘ir  axvolga  solib 
qo‘yadi, uning 20-25% ga kamayishi esa kishini xalok qiladi. Suv ayniqsa suvda 
yashovchi  hayvonlar  tanasida  ko‘pdir.  U,  masalan,  meduzada  gavda 
og‘irligining 99,7% ni tashkil qiladi. 
Mana  shu  ma’lumotlapniig  uzigina  «suv-hayot  manbaidir»  degan 
iboraning  qanchalik  xaqqoniyligini  ko‘rsatib  turibdi.  Odam  organizmi  o‘z 
hayotiy  jarayonlarini  amalga  oshirishi  uchun  sutkasida  o‘rtacha  2,5  l.  suvni 


34 
 
qabul  qiladi  va  uni  o‘z  to‘qimalaridan  o‘tkazib,  chiqarib  yuboradi.  Jumladan, 
400  m  litr  suv  nafas  chiqarish  jarayonida  suv  bug‘i  holatida  chiqariladi. 
Organizmdagi ko‘proq suv 
(1,5 litrga yaqin) siydik va xojat bilan chiqariladi, 
qolgani ter bezlari orqali chiqariladi. 
Odam  va  hayvon  organizm    bir  qism  suvni  endogen  yo‘l  bilan  o‘zi  ishlab 
chiqaradi.  Masalan,  organizmdagi  100g.  yog‘ning  parchalanishida  107  ml,  100g. 
uglevod parchalanishda esa 55 ml suv ajraladi. Qurg‘oqchilik sharoitiga moslashgan 
hayvonlarning  suvsizlikka  chidab  yashay  olishi  ana  shu  endogen  suvlarning 
ajralishiga  asoslangan.  Shuning  uchun  ham  sahrodagi  hayvonlar  -  tuya, 
yumronqoziq,  qumsichqonlar  uzoq  muddat  suv  ichmasdan  yashay  oladi,  avstraliya 
sichkonlari esa umr bo‘yi suv ichmasdan endogen suv hisobida yashaydi. 
Tirik organizmlarda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar suvning ishtirokida 
suyuqlik  muhitida  kechadi.  Chunonchi,  qabul  qilingan  ozuqa  mahsulotlari  xamda 
kislorodning  parchalanishi  va  ularning  to‘qimalarga  yetkazib  berilishi  hamda 
to‘qimalarda hosil bo‘lgan chiqindilarning tashqi muhitga chiqarib tashlanishi kabi 
murakkab biokimyoviy va biofizik jarayonlar suv yordamida amalga oshadi. 
Yerda hayotning asosi yashil o‘simliklarda kechadigan fotosintez jarayonidir. 
Bu  jarayonda  suv  asosiy  xomashyo  vazifasini  o‘taydi  Fotosintezda  quyosh  nuri 
ta’sirida suv vodorod va kislorodga ajraladi. Ajralgan kislorod erkin molekula holda 
tabiatga chiqariladi, vodorod esa karbonat angidrid bilan birikib, katta ichki energiya 
zahiraga eta bo‘lgan organik birikmalarni hosil qiladi. Shu asnoda tirik mavjudotlar 
uchun oziqlanish va nafas olish sharoiti yaratiladi. 
Suvning yana bir muhm xususiyati, unda issiqlik sig‘imining yuqoriligidadir. 
Suvning  issiqlik  sig‘imi  yog‘ochnikidan  2  baravar,  qumnikidan  5  baravar, 
temirnikidan 10 baravar va havonikidan 3200 baravar yuqori. Demak, 1  m
?
 suv 1° 
ga  soviganda  3200  m  havoni  1  ga  ilitadi.  Uzining  bu  xususiyatiga  ko‘ra  suv 
biosferada,  shu  jumladan  odam  organizmida  haroratni  mo‘‘tadillashtirib  turadi. 
Atmosferadagi  suv  bug‘lari  quyosh  radiatsiyasini  filtrlab,  uning  haroratini  80%  ga 
yutadi va bu haroratni sutkaning quyosheiz paytparida sarflaydi. Shu asosda kun va 


35 
 
tunning, yoz va kishning harorati o‘rtasidagi farq kamaytiriladi. Bundan tashqari yer 
yuzidagi suvliklar va ulardan ko‘tarilayotgan suv bug‘lari yerda iqlim hosil qilishi, 
mintaqalarning iqlimi orasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishini ta’minlaydi. 
Suvning  muhm  xususiyatlaridan  yana  biri unda  fotokimyoviy  jarayonlarning 
kechishidir.  Bu  jarayonlar  davomida  suvda  turli  xildagi  kimyoviy  elementlar  hosil 
bo‘ladi. Tabiatda tarqalgan 107 xil kimyoviy elementlarning 62 tasi suvda topilgan. 
Bu  elementlar  suvda  doimiy  xarakatda  va  o‘zaro  ta’sirda  bo‘ladi.  Shuning  uchun 
ham,  aytish  mumkin-ki,  suv  geologik  jarayonlarda  faol  ishtirok  etadi.  U  qattiq 
jinslarni  parchalaydi  va  tuproq    hosil  qiladi,  bir  joyni  yuvib  boshqa  joyga  keltirib 
tashlaydi  va  bu  bilan  relef  hosil  qilishda  ishtirok  etadi.  Ma’lumotlarga  ko‘ra  Yer 
yuzidagi oqar suvlar xar yili o‘zlari bilan ko‘l, dengiz va okeanlarga 10 mlrd. tonna 
yotqiziqlarni  oqizib  keladi.  Suvning  bu  xususiyati  bo‘lmaganida  sayyoramiz 
shunchaki yum-yumaloq toshdan iborat bular, unda na tuproq va na tiriklik bo‘lmas 
edi. 
Aytilganlardan  tashqari  suvning  yana  bir  qator  foydali  xususiyatlari  borki, 
bular  ham  kishilik  jamiyatining  rivojida  muhm  o‘rin  to‘tadi.  Dehqonchilik  va 
chorvachilikni  rivojlantirish,  arzon  elektr  quvvati  ishlab  chiqarish,  sanoat  ishlab 
chiqarishini tashkil qilish va transport vositalaridan foydalanish, sog‘liqni saqlash va 
shu singari xalq xo‘jaligining muhm tarmoqlarini, shuningdek kishilarning kundalik 
turmushini suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Suv  resurslari  zahirasi  va  ularning  geografik  joylashishi.  Biosferadagi  suv 
resurslarining zahirasi juda katta bo‘lib, u qariyb 1,5 mlrd. km. kubga teng. Bu 
zahiralar  2  turga  bo‘linadi  -  asriy  zahiralar  ya’ni  abadiy  muzliklar  va  qayta 
tiklanadigan zahiralar  ya’ni tabiatda aylanib turadigan suvlar.  Yerdagi  suvning 
bug‘lanishi  va  uning  yog‘inlar  sifatida  qayta  tushishi  biri  -  birining  o‘rnini 
to‘ldirib  turadi,  ya’ni  suyuq  holdagi  suvlar  tabiiy  balansda  aylanib  turadi. 
Okeanlar  yuzasidan  yiliga  116  -  124  sm  qalinlikda  suv  bug‘lanadi  va  ular 
yuzasiga  10 7 -1 1 4  sm  qalinlikda  yog‘in  yog‘adi,  quruqlikdan  esa  yiliga 
taxminan 47 sm qalinlikda suv bug‘lanadi va 71 sm. qalinlikda yo`g‘in yog‘adi. 


36 
 
Dengiz  va  okeanlarda  bug‘lanish  bilan  qaytib  tushish  o‘rtasidagi  farqni  daryo 
oqimlari tekislay boradi. Daryolardan dengiz va okeanlarga yiliga 45 ming  km. 
kub atrofida suv quyiladi. 
Tabiatda suvning qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda bo‘lishi uning biosferada 
keng  tarqalishiga  imkon  beradi.  Atmosferaning  yuqori  qatlamlaridan  tortib  erniig 
chuqur qavatlarigacha, baland tog chukkilaridan to chuqur dengiz va okeanlargacha 
xamma  yerda  suv  muhitini  uchratish  mumkin.  Biosferadagi  suv  resurslarining 
zahirasi juda katta bo‘lgani holda, ularning 94% okean suvlariga to‘g‘ri keladi. Bu 
suvlar o‘ta sho‘rligi sababli ulardan amalda kam foydalaniladi. 
Chuchuk  suvlar  zahirasi  uncha  ko‘p  bo‘lmay,  uning  umumiy  hajmi  28,25  km. 
kubga teng. Bu gidrosferaning atigi 2% ni tashkil qiladi xolos (jadval). 
Gidrosferaning qismlari 
Chuchuk  suvning 
hajmi (km.kub) 
Chuchuk suvning 
umumiy hajmiga 
nisbati, (%) 
Muzliklar 
24 OOO OOO 
85 
Yer osti suvlari 
4 OOO OOO 
14 
Ko‘llar va suv omborlari 
155 OOO 
0,6 
3
 -4* 
Tuproqdagi namlik 
83 000 
0,3 
Atmosferadagi suv bug‘lari 
14 000 
0,05 
Daryo suvlari 
1200 
0,04 
Jami: 
28 253 200 
100,0 
 
Jadvaldagi  malumotlardan  ko‘rinishni  chuchuk  suvning  katta  zahirasi  tabiiy 
muzliklarda to‘plangan. Bu suv zahiralaridan ham amalda kam foydaniladi. Keyingi 
paytlarda  suv  tanqis  bo‘lgan  hududlarga  yirik  muz  bo‘laklarini  ko‘chirib  kelish 
fikrlari  paydo  bo‘lmoqda.  Masalan,  kattaligi  1  x  0,5  km.  bo‘lgan  muz  bo‘lagini 
Antarktidadan  Yaqin  Sharqning  qurg‘ochil  sohillariga  okean  orqali  sudrab  kelish 
ko‘zda tutilmokda. Lekin bu hozircha faqat kelajak rejasi sifatida qolmoqda. Bu ish 
amalga oshgan taqdirda ham u bu yerlardagi suv tanqisligini uzil-kesil hal kilmaydi. 


37 
 
Yer  osti  suv  zahiralari  ham  talaygina  -  23,4  mln  km.kub.  Lekin  ularning 
foydalanish  mumkin  bo‘lgan  qismi  bor-yugi  4  mln.  km.  kub  bo‘lib,  ulardan  ham 
amalda kam foydalaniladi. 
Inson uchun kundalik hayotda bevosita foydalaniladigan chuchuk suv - bu daryo 
suvlari bo‘lib, ularning zahirasi juda kam - bor-yo‘g‘i 1200 km.kub. yoki chuchuk 
suv  zahirasining  0,04%  ni  tashkil  qiladi.  Buning  ustiga  mavjud  daryolar  qit’alar 
bo‘ylab notekis joylashgan: dunyo aholisining 70% yashaydigan Yevropa va Osiyo 
qit’alarida jami daryo suvining 39% joylashgan, xolos. 
Daryo  suvlari  miqdori  hamdo‘stlik  mamlakatlari  hududlarida,  shu  jumladan 
alohida olingan bir mamlakat hududida ham turlicha joylashgan. Ulardagi jami suv 
4350  km.kub  bo‘lib,  bu  dunyo  miqyosidagi  daryo  suvlari  miqdorining  14%  ni 
tashkil qiladi. Bu suvning 82% jami aholining 20% joylashgan Shimoliy muz okeani 
va  Tinch  okeani  havzalarida,  qolgan  18%  aholi  nisbatan  zich  joylashgan  Qora 
dengiz,  Boltiq  dengizi,  Kaspiy  va  Orol  dengizlari  havzasida  joylashgan.  Markaziy 
Osiyo respublikalari, ayniqsa O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston hududlari 
xam  kamsuv  rayonlar  qatoriga  kiradi.  O‘zbekiston  respublikasi  hududida  vujudga 
keladigan  daryo  suvlari  atigi  10  km.kub  bo‘lib,  bu  hamdo‘stlik  mamlakatlari  jami 
daryo  suvlarining  0,23%ni  tashkil  qiladi.  Bu  va  bunga  o`xshagan  ma’lumotlar 
qurg‘oqchil  hududlarda  suvni  ifloslamaslik,  undan  tejamkorlik  bilan  foydalanishni 
taqozo qiladi. 
Suvdan xalk xo‘jaligida foydalanish. CHuchuk suv muammosi
 
Chuchuk  suv  tabiatdagi  biologik  jarayonlarning  asosini  tashkil  qilibgina 
kolmay,  undan  xalk  xo‘jaligining  turli  sohalarida,  kishilariing  kundalik 
turmushida  keng  foydalaniladi.  Sanoat  ishlab  chiqarishi,  qishloq  xo‘jaligi  v  a 
kommunal  sohalarni  suvsiz  tasavvur  qilish  mumkin  emas.  Zamonaviy 
korxonalarda  ishlab  chiqarish  jarayonlariga  sarflanayotgan  suv  miqdori  ishlab 
chiqarilayotgan  mahsulot  og‘irligiga  nisbatan  yuzlab  va  minglab  marta  ko‘pdir. 
Masalan, 1 tonna po‘lat ishlab chiqarishga 250 tonna suv ishlatiladi, qog‘oz ishlab 
chiqarish  ham  taxminan  shuncha  suvni  talab  qiladi,  1  tonna  alyuminiy  ishlab 


38 
 
chiqarish  uchun  1500  tonna,  1  tonna  nikelga  4000  tonna,  1  tonna  sintetik  tolaga 
5000  tonna  suv  sarflanadi.  Sanoat  da  ishlatiladigan  suv  asosan  texnologik 
uskunalarni  sovutishga  ketadi.  Atom  elektrostansiyasida  ming  megavatt  elektr 
energiyasi ishlab chiqarish uchun reaktorlarni sovutishga 3 mln. litr suv sarflanadi. 
Dehqonchilik  mahsulotlari  etishtirish  ayniqsa  ko‘p  miqdorda  chuchuk  suvni 
talab qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda turli xildagi o‘simliklar 1 kg. quruq massa 
hosil  qilish  uchun  150-1000  m.  kubgacha  suv  sarflaydi;  1  tonna  bug‘doy  olish 
uchun 1500 tonna, 1 tonna sholiga 8000-10000 tonna, 1 tonna paxtaga esa 10000 
tonnagacha suv sarflanadi. 
Yer  sharida  sug‘oriladigan  yerlar  maydoni  220  mln.  gektar  bo‘lib,  har  bir 
gektarni sug‘orishga yilida o‘rtacha 12-14 ming. m. kub suv sarflanadi. Masalan, 
1  gektar  makkajo‘xori  uchun  vegetatsiya  davomida  3  mln.  litr  suv  sarflanadi,  1 
gektar  karamga  8  mln  litr,  1  gektar  sholiga  esa  20  mln. litrgacha  suv  sarflanadi. 
Bunga  qo‘shimcha  ravishda  erlarning  sho‘rini  yuvishda  ham  anchagina  suv 
sarflanadi.  Hisoblarga  ko‘ra  dunyo  dehqonchiligi  uchun  suvning  yillik  sarfi 
o‘rtacha  2,8 ming km.kub bo‘lib, bu suv daryolardan va  yer  ostidan olinadi. Bu 
ko‘rsatkich Yer sharidagi daryolar yillik oqimining 7% dan ortiqdir. 
Chuchuk  suv  zahiralardan  kommunal  maqsadlarda  ham  keng  foydalaniladi. 
Dunyo  miqyosida  olib  qaraladigan  bo‘lsa,  bu  maqsadlarda  sutkasiga  odam 
boshiga  220-230  litr  suv  sarflanadi,  shundan  5%  eb-ichishga,  qolgani  yuvish  va 
yuvinish ishlariga sarf bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich markazlashgan suv quvurlari bilan 
ta’minlagan  shaharlarda  (280  litr)  qishloq  joylariga  (50-60  litr)  qaraganda  ancha 
yuqori bo‘ladi. 
Aholining  kundalik  turmushi  uchun  suv  sarfi  dunyoning  rivojlangan 
kapitalistik  mamlakatlarida  nisbatan  ko‘p.  Bu  borada  AQSH  etakchi  o‘rinni 
egallaydi.  Bu  mamlakatda  jami  aholining  99%  markaziy  quvurlar  suvidan 
bahramand  qilingan  bo‘lib,  sutkalik  suv  sarfi  shaharlarda  jon  boshiga  330  litr, 
qishloqda esa 250 litrni tashkil qiladi. 
Xalq xo‘jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto‘xtov o‘sishi chuchuk suv 


39 
 
zahiralaridan  tobora  ko‘proq  foydalanishni  taqozo  etadi.  Shuning  uchun  ham 
hozirgi vaqtda nafaqat yer usti chuchuk suvlari, balkim yer osti suv zahiralari ham 
ko‘plab shplatilmoqda. Bu zahiralar ba’zi mamlakatlarda ularning hosil bo‘lishiga 
qaraganda  tezroq  sarflanayapti.  Masalan,  AQSH  da  yer  osti  suv  zahiralarining 
miqdori 1910 yilda  490 km. kub bo‘lgan bo‘lsa, 1959  yilda 62 km.kubga  tushib 
qoldi.  Bu  mamlakatning  Kaliforniya,  Arizona  va  Texas  shtatlarida  yer  osti 
suvlarining zahirasi hozirgi kunda qariyb tugadi. Boshqa mamlakatlarda, masalan, 
Avstriya  va  Daniyada  aholining  suvga  bo‘lgan  extiyoji  to‘liq  ravishda, 
Gollandiyada  extiyojning  80%  va  Germaniyada  uning  40%  yer  osti  suvlari 
hisobiga qondirilmoqda. 
Hisoblarga  kura  chuchuk  suv  zahiralaridan  foydalanish  bo‘yicha  oldingi 
o‘rinda  qishloq  xujalagi  (66%),  undan  keyin  sanoat  va  energetika  (27%),  oxirgi 
o‘rinda aholining kommunal extiyojlari (7%) turadi. 
Dunyo miqyosida sanoat ishlab chiqarishi va energetikaga yilida 1000 km. kub 
suv  sarflanadi.  Issiqlik  va  atom  elektr  stansiyalarining  agregatlarini  sovutishda 
ham  juda  ko‘p  suv  ketadi.  Masalan,  quvvati  2,5  mln.  kvt  bo‘lgan  issiqlik  elektr 
stansiyasi  agregatlarini  sovutish  uchun  Dnepr  daryosi  o‘rta  qismining  yoz 
faslidagi  o‘rtacha  suv  miqdori  (90-100  m.  kub/sek.)  ga  teng  suv  sarflanadi. 
Xolbuki  dunyoda  bunga  o‘xshash  yuzlab  elektr  stansiyalari  to‘la  quvvat  bilan 
ishlamoqda.  Sayyoramiz  aholisining  kundalik  turmush  extiyojlariga  sutkasida  7 
mln. tonna suv sarflanmoqda. 
Shunday qilib, xalk xo‘jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto‘xtov o‘sib 
borishi bilan ularga sarflanadigan suv miqdori ham ko‘paymoqda. Buning ustiga 
daryolar  bo‘yidagi  o‘rmon  va  to‘qayzorlarning  yo‘qotilishi,  o‘tloq  va 
botqoqlarning  quritib  o‘zlashtirilishi  bilan  daryolarning  suv  saqlash  qobiliyati 
pasayib ketdi. Buning oqibatida, bir tomondan, ularning suvi tez oqib o‘tib dengiz 
va  okeanlarga  quyilayapti  va  nihoyat,  yalang‘och  sohillardan  suvning  havoga 
bug‘lanishi tezlashayapti, Shuning uchun ham, garchi quruqlikdagi suv zahiralari 
tabiatda  aylanib  turishi  tufayli  to‘xtovsiz  tiklanib  tursada,  hozirgi  kunda  ba’zi 


40 
 
joylarda  chuchuk  suv  tanqisligi  keskinlashib  bormoqda.  Chunki  bu  joylarda 
suvning  sarflanish  tezligi  tiklanish  tezligidan  jadallab  ketdi.  Bu  hol  ayniqsa 
rivojlangan  mamlakatlarda  yaqqol  ko‘zga  tashlanmoqda.  Yevropaning  qator 
rivojlangan  mamlakatlarida,  jumladan  Angliya,  Germaniya,  Fransiya,  AQSH  va 
Kanadada sanoat va turmush extiyojlari uchun toza suv etishmay qolayotir. Ba’zi 
joylarda  chuchuk  suv  xatto  eksport  predmetiga  aylandi.  Masalan,  Gonkkong 
chuchuk  suvni  quvurlar  orqali  Xitoydan  oladi.  Jazoyir  mamlakati  ham  tashib 
keltiriladigan suv hisobiga kun kechirmoqda. 
Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  va  Jahon  Bankining  ma’lumotlariga  ko‘ra 
hozirgi  kunda  Yer  shari  aholisining  40%  joylashgan  80  ta  mamlakatda  ichimlik 
suvining  tanqisligi  sezilmoqda.  Ayniqsa  1  mlrd.  aholini  qamrab  olgan 
rivojlanayotgan  mamlakatlarda  kishilar  toza  ichimlik  suvi  etishmasligidan  jiddiy 
qiynalmoqdalar. Bu  mamlakatlarda  yetarlicha tozalanmagan suvni iste’mol qilish 
oqibatida turli kasalliklarga chalinib, har yili taxminai 10 mln kishi hayotdan ko‘z 
yumadi. 
Bunday  tashvishli  signallar  jahon  jamoatchiligini  xushyorlikka  undaydi, 
kishilar  tasavvurida  «bitmas-tuganmas»  bo‘lib  ko‘ringan  chuchuk  suv 
zahiralarining  hisob-kitobi  borligidan,  unga  xo‘jasizlarcha  munosabatda  bo‘lish, 
ularni  isrof  qilish  va  ifloslash  global  masshtabda  suv  tanqisligini  keltirib 
chiqarishi mumkinligidan ogoh qiladi. 
Suvning  ifloslanishi  va  uni  iFloslovchi  manbalar.  Chuchuk  suv 
tanqisligining asosiy sababi qishloq xo‘jaligida, sanoat va turmushda suv sarfining 
o‘sib  borayotganligidagina  emas.  balkim  shu  bilan  bir  vaqtda  ochiq  suv 
havzalariga  tashlanayotgan  sanoat  va  turmush  oqava  suvlari  miqdorining  tobora 
ko‘payib 
borayotganligidadir, 
ya’ni 
suvlarning 
tobora 
ko‘p 
ifloslanayotganligidadir. 
Suvning  ifloslanish  darajasi  ayniqsa  rivojlangan  kapitalistik  mamlakatlarda 
yuqori  bo‘lib,  ba’zi  joylarda  suvlarni  tozalash  masalasi  chinakam  «milliy 
masala»ga  aylanib  bormoqda.  Germaniyada  oqava  suvlarning  yarmidan  ko‘pi, 


41 
 
AQSH  da  esa  uchdan  bir  qismi  to‘liq  tozalanmay  daryo  va  ko‘llarga  quyiladi. 
Yaponiya,  Angliya,  Gollandiya,  Belgiya  va  Fransiyaning  ko‘pgina  tumanlarida, 
shuningdek,  Skandinaviya  mamlakatlarida  ham  daryo  va  ko‘llar  suvi  yuqori 
darajada  ifloslangan.  Eng  iflos  daryolardan  biri  Yevropaning  yirik  suv  arteriyasi 
hisoblangan Reyn daryosidir. Bu daryo bo‘yida joylashgan sanoat korxonalarining 
oqava  suvlari  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  daryoga  tushadi.  Bu  suvlar  miqdori  yiliga 
taxminan  60  mln.  m.  kubni  tashkil  qiladi.  Shuning  uchun  bu  daryoda  baliq  ham 
yashay  olmaydi,  cho‘milish  esa  qat’iyan  taqiqlab  qo‘yilgan.  SHunday  fikrni 
Missisipi daryosi haqida ham aytish mumkin. Bir paytlar zilol suv oqqan bu daryo 
hozirgi  vaqtda  «Amerikaning  oqova  suvlari  zovuri»ga  aylanib  qolgan.  Suvi  o‘ta 
ifloslangan  daryolarning  umumiy  uzunligi  Angliyada  1,5  ming  km,  AQSH 
hududida  esa  2  ming  km.dan  ziyod.  Vashington  yaqinidan  oqib  o‘tadigan 
Potomak daryosi tubida yotgan iflos cho‘kindilar  qatlamining qalinligi 3 metrdan 
ortiq. 
Hozirgi kunda okean va dengizlar suvining ifloslanishi ham oshib bormoqda. 
Chunki  ularga  daryo  suvi  bilan  oqib  kelib  tushayotgan  turli  xildagi  tuzlar,  og‘ir 
metallar  va  radioktiv  moddalar  miqdori  ko‘payib  bormoqda.  Bundan  tashqari 
okean  va  dengizlarning  bag‘rida  zaharli  moddalarning  ko‘mib  tashlanishi,  suv 
tagida  yadro  qurollarining  portlatilishi,  suvga  neft  va  neft  mahsulotlari  to‘qilishi 
ham gidrosferani jiddiy ifloslamoqda. Masalan, bundan 60 yil ilgari Boltiq dengizi 
ostita 7 ming tonna mishyak mustaxkam konteynerlarga solinib ko‘mib tashlangan 
edi.  Xolbuki  miqdori  uncha  ko‘p  bo‘lmagan  bu  mishyak  butun  dunyo  aholisini 
zaharlashga  etadi.  Hozirgi  kunda  konteynerlar  devori  zaiflashib,  ichidagi  zaharli 
moddaning suvga chiqish xavfi bor. 
Okean  va  dengiz  suvlarining  neft  mahsulotlari  bilan  ifloslanish  ko‘lami  ham 
katta.  Hisoblarga  ko‘ra  1  l.benzin  100  litr  suvni,  2  litr  neft  200  ming  litr  suvni 
ifloslaydi. Suvga to‘qilgan 1 tonna neft 12 km/kv maydon suvining ustida plyonka 
hosil qiladi. Xolbuki okeanlar suviga har yili o‘rtacha  10 mln. tonna neft va neft 
mahsulotlari  to‘qiladi.  Buning  ko‘p  qismi  turli  sabablarga  ko‘ra  xalokatga 


42 
 
uchragan  tankerlarga  to‘g‘ri  keladi.  1968  yilda  Angliya  va  Fransiya  oralig‘ida 
xalokatga  uchragan  birgina  «Torri-kanon»  tankeridan  okean  suviga  119  ming 
tonna  neft  quyildi.  Buning  oqibatida  500  km/kv  maydon  suvining  usti  20  mm 
qalinlikdagi plyonka bilan qoplandi. 
1969  yilda  Kaliforniyaning  Santa-Barbara  shahri  yaqinida  dengiz  tubida 
qazilayotgan skvajina avariyaga uchragan va undan ikki xafta davomida sutkasiga 
100  ming  litr  neft  otilib  chiqib  dengiz  suviga  qo‘shilgan.  Bu  va  bunga  o‘xshash 
holatlar dengiz va okeanlarda ba’zan sodir bo‘lib turadi. Bu esa ularda yashovchi 
ko‘pgina  hayvonlarning  yoppasiga  zaharlanishiga  va  qirilib  ketishga  olib  keladi. 
Ma’lumotlarga qaraganda dengiz va okeanlarning Angliyaga tutash qirg‘oqlarida 
yilida 250 ming atrofida suv kushlari nobud bo‘ladi, okean suvlarining ifloslanishi 
oqibatida  har  yili  Antarktida  suvlarida  minglab  pingvinlar  va  tyulenlar  xalok 
bo‘ladi. 
Okeanlar  suvining  ayniqsa  radioaktiv  moddalar  bilan  ifloslanish  yomon 
oqibatlarga  olib  keladi.  1954  yilda  AQSH  tomonidan  Tinch  okeanida  sinab 
ko‘rilgan  vodorod  bombasining  portlatilishi  25,6  ming  km/kv  maydondagi  suvni 
va  undagi  barcha  tirik  organizmlarni  nurlantirdi.  Eng  yomoni  nurlangan 
baliqlarning  uzoq  rayonlarga  suzib  ketishi  va  ovqatlanish  zanjiri  orqali  bu 
kasallikning boshqa hayvonlar va inson organizmiga o‘tishidir. 
Ichki suv havzalarshing ifloslanishiga, asosan, sanoatdan va aholining maishiy 
turmushidan  chiqayotgan  oqova  suvlarning  yetarlicha  tozalanmasdan  daryo  va 
ko‘llarga  tashlanishi  sabab  bo‘lmoqda.  Keyingi  30  yil  mobaynida  kishilar 
tabiatdan insoniyat tarixi davomida olganidan ko‘ra uch baravar ko‘p boyliklarni 
olib  o‘zlashtirdi  va  shunga  muvofiq  chiqindilar  miqdori  ham  keskin  ko‘payib 
ketdi.  Dunyo  miqyosida  yiliga  aholi  jon  boshiga  1  tonnadan  ko‘proq  chiqindi 
to‘g‘ri  keladi  va  bu  chiqindining  bir  qismi  suvga  tushadi.  Dunyo  aholisining 
uchdan  ikki  qismi  daryo  va  ko‘llar  yaqinida,  qolgani  esa  dengizlar  yaqinida 
yashamoqda.  Tabiiy-ki,  ular  o‘z  turmushidan  chiqqan  oqova  suvlarni  qisman 
tozalab, yaqin masofadagi tabiiy suvlarga tashlaydilar. 


43 
 
Hozirgi  kunda  kishilar  8-9  mln.  turdagi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarshnni 
o‘zlashtirganlar.  Bular  orasida  tabiatda  uzoq  vaqt  parchalanmaydigan  kimyoviy 
zaharlar,  radioaktiv  moddalar  va  plastmassa  mahsulotlari  bor-ki,  ular  butun 
biosferani  va  shu  jumladan  gidrosferani  ifloslovchi  jiddiy  maibalardan  bo‘lib 
qolmoqdalar.  Kundalik  turmushdan  chiqadigan  oqova  suvlardagi  chiqindilar 
tarkibi  bir-biriga  o‘xshash  bo‘ladi  va  ularni  tozalash  birmuncha  oson.  Lekin 
sanoat  oqovalarining  chiqindilar  tarkibi  juda  xilma-xil  bo‘lib,  ularni  tozalash 
ancha  qimmatga  tushadigan  murakkab  jarayondir.  Sanoatdan  chiqadigan  oqova 
suvlar  miqdori  ayniqsa  rivojlangan  kapitalistik  mamlakatlarda  ko‘p.  AQSH 
sanoati  50  km.kub,  Germaniya  sanoati  esa  10  km.kub  oqova  suv  chiqaradi.  Bu 
miqdordagi  oqovani  tozalab  ulgurish  mushkul  ish,  shuning  uchun  ham,  aytib 
o‘tilganidek, AQSHda jami oqova suvlarning uchdan bir qismi, Germaniyada esa 
yarmidan ko‘pi ifloslangan holicha suv havzasiga tashlanadi. 
Keyingi  yillarda  ko‘llar  suvida  antropogen  evtrofikatsiyasi  hodisasi  keng 
tarqalmoqda.  Bu  hodisaning  mohiyati  shundaki,  bunda  kundalik  turmushdan 
chiqqan  oqova  suvlardagi  biogen  moddalar,  ayniqsa  azot  va  fosfor  birikmalari 
kam  xarakat  kul  suvlariga  tushib  to‘planadi  va  undagi  gidrokimyoviy  hamda 
gidrobiologik  rejimni  buzadi.  Oqibatda  suv  tarkibida  ko‘k-yashil  suv  o‘tlari 
ko‘payib,  kislorod  kamaya  boradi.  Chunki,  kislorodning  ko‘p  qismi  bakteriyalar 
tomonidan  organik  qoldiqlarni  parchalashga,  ya’ni  suv  utlarining  chirishiga 
sarflanadi.  Suvda  chirindining  miqdori  ko‘payib,  oksidlanish-tiklanish  jarayoni 
buziladi va anaerob holat vujudga keladi. Bunda suvning rangi buzilib ko‘karadi 
va  qo‘lansa  xidga  ega  bo‘ladi,  chunki  unda  olitingugurt,  ammiak,  fenol,  indol, 
skotol  kabi  zaharli  moddalar  to‘planadi.  Bunday  suvlar  foydalanishga  yaroqsiz 
bo‘lib, ularda xatto baliq xam yashay olmaydi. 
Suvlarning  termal  ifloslanishi  ham  uni  yaroksiz  holga  keltiradi.  Termal 
ifloslanishni elektr stansiyalarida agregatlarni sovutishga ishlatilgan suvlar keltirib 
chiqaradi.  Bunday  suvlarda  harorat  sovutish  uchun  olingan  suvnikidan  8-12° 
yuqori  bo‘ladi.  Iliq  suvlarining  oqmas  havzaga  tashlanishi  evtrofikatsiya 


44 
 
jarayonini  odatdagidan  ko‘ra  tezlashtiradi.  Shunga  ko‘ra  suvlarning  termal 
ifloslanishi  ayniqsa  energetika  sohasi  rivojlangan  mamlakatlarda  ko‘proq 
uchraydi. 
Kuzatuv natijalariga ko‘ra suvlarning ifloslanishi oqibatida aholi o‘rtasida kelib 
chiqayotgan  yuqumli  kasalliklar  miqdor  va  sifat  jihatidan  tobora  ko‘payib 
bormoqda.  Tibbiy  statistika  tasdiqlashicha  odamlarda  sodir  bo‘layotgan  jami 
kasalliklarning  30%  ichimlik  suvining  sifati  yomonligidan  kelib  chiqmoqda. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 80% gachani tashkil qiladi. BMT 
va Jahon banki bergan ma’lumotlarga ko‘ra sifatsiz suvni iste’mol qilish oqibatida 
Sayyoramizda  yilida  50  mln.  kishi  suv  iflosligidan  kasallanadi  va  uning  beshdan 
bir qismi hayotdan ko‘z  yumadi. Bunday noxush jarayonning oldini olish, uning 
rivojlanishga  yul  bermaslik  maqsadida  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  2003  yilni 
jahonda  «Chuchuk  suv  yili»  deb  e’lon  qildi.  Hozirgi  vaqtda  Yer  yuzida  ishlab 
chiqilayotgan  elektr  energiyasining  23%  gidroelektrostansiyalar  xissasiga  to‘g‘ri 
keladi.  Suv  resurslarining  turli  mintaqalarda  turlicha  joylashishiga  ko‘ra 
qurg‘oqchil  mamlakatlarda  energetikaning  bu  sohasi  rivojlanmagan.  Rossiyada 
20%  dan  ko‘proq  elektr  quvvati  GES  larda  olinadi.  O‘zbekistonda  esa  bu 
ko‘rsatkich 8,5-13 % (4,0 - 6,5 mlrd. KVt/s). 
Gidroenergetika  -  energetika  sohasida  nisbatan  ekologik  xavfsiz  va  toza 
hisoblanadi. Ammo bu sohaning ham ekologik vaziyatga ta’siri sezilarli darajada. 
Gidroelektrostansiyaning  turbinalarini  xarakatga  keltiruvchi  kuch  -  bu  suv 
oqimidir. Uzluksiz suv oqimini tashkil qilish esa suv omborlari ko‘rish va ularda 
suv to‘plashni taqozo qiladi. 
Suv omborlarining tabiiy muhitga ta’siri nimada?  

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish