Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi suv havzalarini sanitar holati


Qishloq xo`jaligi ekinlarining turli rivojlanish davrlarida suvga



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/54
Sana15.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#367981
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Bog'liq
suv havzalarini sanitar holati

Qishloq xo`jaligi ekinlarining turli rivojlanish davrlarida suvga 
bo`lgan extiyoji.
 
Dala  maydoniga  beriladigan  suv  sarfi  o`simlikning  o`sish  va  rivojlanish 
dinamikasi,  quruq  moddani  yig`ish  sur`ati  va  havo  hamda  tuproq  haroratiga 
muvofiq  aniqlanadi.  Qishloq  xo`jaligi  ekinlarining  turli  rivojlanish  davr larida 
suvga bo`lgan extiyojini g`o`za misolida ko`rib chiqamiz. 
G`o`zaning vegetatsiya davri uch bosqichga bo`linadi: 
-
 
Urug` unganidan - gullashigacha bo`lgan davr, 
-
 
Gullashidan - hosil tuga boshlagunicha bo`lgan davr, 
-
 
Hosil yyetilgan davri. 
Vegetatsiya  davrining  boshida  g`o`za  nihollarini  sug`orish  uchun  suv  kam 
sarf  qilinadi,  chunki  u  bu  davrda  hali  to`la  barg  yozib  ulgurmagan  va  havo 
harorati ham nisbatan pastroq bo`ladi. Dastlabki barglarini o`sa boshlashi bilan 
g`o`za  kuniga  1  gektariga  11-12  m"  suv  sarf  qila  boshlaydi.  O`simlikning 
o`sish  va  rivojlanishi  bilan  barg1ar  soni  va  ularning  o`lchamlari  orta  boradi, 
havo harorati ham ko`tarila boshlaydi, bug`lanish ortib boradi va g`o`za o`sib, 
g`o`zaning suvga bo`lgan extiyoji gektariga 20- 25m  ni tashkil qila boshlaydi. 
Hammadan ham paxta gullash va ko`sak tugish davrida suvga ko`proq extiyoj 
sezadi.  Bu  davrga  kelib  suv  sarfi  bir  gektariga  91-114  m  ga  va  undan  ham 
ko`proqqa  yetadi.  Hosil  yyetilish  davrida  esa  suv  sarfi  biroz  pasayadi  va 
gektariga 36 m gacha tushib qoladi. 
Bu  qonuniyat  har  xil  iqlimiy  mintaqalardagi  barcha  turdagi  tuproqlar  va 
paxtaning  turli  navlari  uchun  bir  xil  amal  qiladi.  Biroq  suvning  mutloq  sarfi 
turli  sharoitlarda  bir-biridan  farqlanadi  va  tuproq  unumdorligi  hamda 
olinayotgan  hosildorlikka  bog`liq  bo`ladi.  O`simliklaming  suvga  bo`lgan 
extiyoji,  ko`pincha,  metereologik  sharoitlar  havo  harorati  va  namligi,  quyosh 


133 
 
radiatsiyasi  va  shamol  intensivligi  bilan  belgilanadi.  O`simlik  bir  joyning 
o`zida  bitta  hosil  birligini  yaratish  uchun  turlicha  miqdordagi  namlik 
sarflashiga to`g`ri keladi. Bunda o`simlikning namlikka munosabati issiqlikka 
bo`lgan  extiyojidan  farqlanadi.  Issiqlikka  bo`lgan  extiyoj,  geografik  nuqtai -
nazardan olib qaralganda, nisbatan barqarorroq. Namlikka bo`lgan extiyoj esa 
muhit  ta`siri  ostida  keskin  o`zgaradi  va  mazkur  joyning  metereologik 
sharoitlarga bog`liq bo`ladi.  
G`o`zani urug` 
ush anidan
-gullashigacha bo`lgan davrda sug`orish. 
G`o`za  rivojlanishining  birinchi  bosqichida  uning  vegetativ  organlari  va 
ildiz  tizimining  shakllanishi  ro`y  beradi.  Bu  davrda  o`simlikiing  vegetativ 
organlari  mo`tadil  o`sishi  va  ildiz  tizimining  nisbatan  tez  rivojlanishini 
ta`minlaydigan maqbul namlik muhitini yaratish muhim. 
Bu  davrda  ildiz  oziqlanadigan  tuproq  qatlamining  ortiqcha  namligi 
o`simlikiing  xaddan  tashqari  uzun  bo`lib  o`sib  ketishiga  olib  keladi.  Bu  esa 
hosilga  salbiy  ta`sir  ko`rsatishi  mumkin.  Bu  davr  uchun  quyidagi  sug`orish 
rejimi  tavsiya  etiladi.  Yer  osti  suvlari  chuqur  joylashgan  tuproqlarda,  iqlim 
sharoitlaridan kelib chiqib, 2-3  marotaba sug`orish amalga oshiriladi. Toshloq 
va  qumli,  yengil  tarkibli  tuproqlarda,  gullash  davrigacha  bo`lgan  sug`orishlar 
soni  birmuncha  orttiriladi.  Yer  osti  suvlari  2-3  m  chuqurlikda  joylashgan 
tuproqlarda,  odatda  1  marotaba  sug`orish  beriladi.  Yer  osti  suvlari  l-2m 
chuqurlikda  joylashgan  tuproqlarda  sug`orishlar  amalga  oshirilmaydi  yoki 
g`o`za gullashiga yaqin sug`oriladi. 
U  davr  uchun  sug`orish  me`yorlari  gektariga  700-900  mZ  bo`ladi,  chunki 
suvga  bo`lgan  taqchillik  faqat  tuproqning  uncha  qalin  bo`lmagan  yuqori 
qatlamida bo`ladi. Bunday me`yomi 12 soat, qator oralatib sug`orishda 18 soat 
davomida  berish  mumkin.  Faqat  uncha  katta  bo`lmagan  nishablikdagi 
maydonlarda sug`orish 24 soat davom ettiriladi. 
G`o`zani  gullashidan  –  ko`sak  tuga  boshlagunicha  bo`lgan  davrida 


134 
 
sug`orish. 
U  davrda  sug`orish  rejimi  belgilanganda,  g`o`zaning  gullash  bosqichiga 
o`tishi  patijasida  barg  yuzalarining  kattalashishini,  ildiz  tizimi  kuchli 
rivojlanib, lm va undan ortiq chuqurlikgacha ildiz etib borishini nazarda tutish 
kerak.  Vegetativ  organlarining  u  bilan  hosil  tugish  organlarining  shakllanishi 
ro`y beradi. Bu vaqtga kelib  ekin maydonidagi suv sarfi sutkasiga 70 -90m va 
undan ortiq  miqdorga ko`tariladi. Buning natijasida  ekin ko`p  miqdordagi suv 
va ozuqa moddalarini talab etadi. Quyi va o`rta pog`onalarda imkon darajasida 
ko`proq  hosil  elementlarini  saqlash  uchun,  gullash  davrigacha  bo`lgani  kabi, 
bu  davrda  ham,  paxtaning  rivojlanish  jarayonini  vegetativ  organlar  o`sishidan 
ustun bo`lishiga erishish kerak. Buning uchun gullash 
-
 
hosil  tugish  davrida  g`o`zaning  suvsizlikdan  qurib  qolishiga,  o`sishi  va 
rivojlanishining  sekinlashishi,  barglarining  qovjirab  quriy  boshlashi  va 
ulaming  qoramtir  yashil  rangga  kirishiga,  hamda  gullamin g  asosiy  poyaning 
o`sish nuqtasiga tez silshijiga yo`l quyib bo`lmaydi. 
-
 
G`o`zaning  hosil  tugish  davrida  sug`orishlarning  ozgina  muddatga 
bo`lsa-da  kechiktirilishi  va  barglarining  qoramtir  yashil  rangga  kirishi, 
gullarining  ommaviy  holda  to`kilishiga  sabab  bo`ladi.  Bu  esa  suvsiz 
hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Bu davrda ortiqcha sug`orishlar ancha 
ham  havfli.  Ular  gurkirab  o`sish  va  katta  barg  yuzalari  hosil  bo`lishiga, 
g`o`zaning  "g`ovlab"  ketishga  olib  keladi.  Bu  holda  ortiqcha  soya  va  tuproq 
namligining me`yordan ko`pligi sababli o`simlik bargi va gullarining to`kilishi 
ro`y  beradi.  Ko`saklaming  yetilish  sur`ati  pasayadi.  Hosilning  yetilishi 
kechikadi.Gullash  hosil  tugish  davrida  sug`orishlarga  alohida  yondoshish,  har 
bir  maydondagi  muayyan  sharoitlami  inobatga  olish  kerak.  Sug`orishlami 
shunday  olib  borish  kerakki,  bunda  gullar  o`sish  nuqtasi  tomon  asta -sekin 
siljishi,  asosiy  poyaning  balandligi  ko`pi  bilan  90-100  sm  ga  teng  bo`lishi  va 
g`o`za tupining yotib qolmasligiga erishish talab etiladi. 
-
 
Bu  davrda  yer  osti  sizot  suvlari  satxi  chuqur  joylashgan  bo`z  tuproqli 


135 
 
dala  sharoitlarida,  ob-havo  sharoitlari  mo`tadil  kelgan  yillarda  4  marta, 
nisbatan  sovuq  va  namli  bo`lsa,  3  marta  sug`orish  amalga  oshiriladi.  Janubiy 
mintaqalarda paxtaga bu davrda 4-5 marotaba suv beriladi, chunki 
-
 
bu  mintaqalarda  g`o`zaning  suvga  bo`lgan  extiyoji  sezilarli  darajada 
yuqori bo`ladi. 
-
 
Sug`orish  me`yorlari  tuproq  sharoitlaridan  kelib  chiqib  belgilanadi. 
Og`ir  qumoqli  va  soz  tuproqli  dalalarda  sug`orish  me`yori  gektariga  1100-
1200m"  ni  tashkil  etadi  va  bu  holda  ildiz  ozuqlanadigan  qatlam  yaxshi 
namlanadi va navbatdagi sug`orishlarni 14-16 kundan keyin o`tkazish mumkin. 
Tuproq  qatlami  sayoz  va  qumoqli  toshloq  yotqiziqlaridan  (chuqindi 
qatlamlardan)  iborat  maydonlada  sug`orish  me`yori  gektariga  700-800  m 
gacha  kamayadi.  Agar  sug`orish  me`yori  oshirilsa,  tuproqlaming  namlikni 
kuchsiz  ushlab  qolish  xususiyati  tufayli  suvning  bir  qismi  o`simliklar 
foydalana  olmaydigan  chuqurlikka  singib  ketadi.  Bunday  tuproqlarda 
sug`orishlar  5-6  marotaba  amalga  oshiriladi  va  sug`orishlar  oralig`i  10-12 
kunga teng bo`ladi. 
O`tloqi  tuproqlarda  yer  osti  suvlarining  joylashish  chuqurligiga  qarab, 
sug`orish  me`yori  kamaytiriladi.  Shu  bilan  bir  vaqtda,  sug`orishlar  orasidagi 
davr  uzayadi.  Masalan,  yer  osti  suvlari  2-3  m  chuqurlikda  joylashgan  bo`z 
tuproqlarda,  sug`orish  me`yorini  gektariga  900-1000  m  qilgan  holda,  3-4 
marotaba  sug`orish  tavsiya  etiladi  va  sug`orishlar  oral  yen  18 -20  kunga  teng 
bo`ladi. Yer osti sizot suvlari satxi 1-m chuqurlikda joylashgan tuproqlarda 2-3 
marta  sug`orish  kerak  va  sug`orishlar  oralig`i  20-25  kunni  tashkil  etadi.  Yer 
osti  sizot  suvlari  satxi  yaqin  joylashgan  tuproqlarda  songgi  sug`orish  20 -25 
avgust  oralig`ida  o`tkaziladi.  Shurxok  tuproqli  maydonlar  tuproq  namligi 
anchagina yuqori bo`lgan paytda sugoriladi, ya`ni tez-tez sugorib turiladi. 

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish