Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 1,16 Mb.
bet16/127
Sana26.02.2022
Hajmi1,16 Mb.
#465429
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127
Bog'liq
majmua

P = RTSi; P-osmotik bosim; R-gaz doimiysi (0,0821); T-absolyut harorat (273+to); C-moddalarning miqdori; i-izotonik kozffitsient (i=a+1(n- 1).
Osmotik bosim o‘simlik turlariga, ularning yashash sharoitlariga va hatto organlariga ham bog‘liq, ya’ni ko‘pchilik mezofitlarning ildizida 0,3-1,2 MPa ga teng bo‘lsa, yer usti qismida 1,0-2,6 MPa ga teig. SHo‘r tuproqlarda yashovchi o‘simliklarda (galofitlarda) eng yuqori — 15 MPa gacha bo‘ladi:
Osmotik bosim . Yeritmalarning osmotik bosimi shu sistemaga suvni kirishini to'xtatish uchun zarur bosimga miqdori bilan o'lchanadi.
Eritmalarning osmotik bosimi ularning kontsentratsiyalariga bog'liq bo'lib, gazlar uchun qabul qilingan Boyl Mariotning gazlar uchun yaratgan qonuniga bo'ysinadi. Osmotik bosim, eritmaning molyar kontsentratsiyasiga va haroratga to'g'ri proportsionaldir. Chunki, harorat oshgan sari, osmotik bosim ham osha boshlaydi.
Umuman moddaning diffuziyalanish tezligi uning molekulasining energetik darajasini belgilaydi va kimyoviy potentsial deyiladi hamda Ψ(psi) bilan belgilanadi. Toza suvning kimyoviy potensiali suv potensiali deyiladi va ΨH2O bilan belgilanadi..
Suv potensialining eng yuqori ko'rsatkichi kimyoviy toza suvda bo'lib, miqdor 0 deb qabul qilingan. Shuning uchun boshqa har qanaqa biologik va kimyoviy suyuqliklar suv potentsiallari manfiy ko'rsatkichga ega.
R. Sleycherning (1970) fikricha suv potentsiali bu bog'langan suv potensialini kimyoviy toza suv potensialiga etkazishda bajarilgan ishga tengdir. Suv potensiali o'z ichiga erigan modda tufayli bo'ladigan osmotik potensial (Ψπ) va gidrostatik bosim tufayli bo'ladigan (ΨΡ) potentsiallarni oladi.
O'simlik hujayrasi osmotik sistema sifatida. Vakuol tarkibida ko'pgina osmotik faol moddalar ya'ni qandlar, organik kislotalar, tuzlar va boshqalar bo'lganligi tufayli o'ziga suvni tortish xususiyatiga ega. Bunda plazmolemma va tonoplast yarim o'tkazuvchan membrana sifatida xizmat qiladi. Ushbu sistema tanlab o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo'lganligi sababli, suv undan boshqa moddalarga nisbatan tez o'tadi.
Suvning hujayraga kirish kuchi uning so’rish kuchi deb ataladi. So’rish kuchining kattaligi hujayra shirasining osmotik bosimi (P) va uning turgor yoki gidrostatik bosimi (π) ga bog'liq. Turgor bosim bu hujayra devorining unga bo'lgan bosimga qarshiligidir.
O'simlik hujayralarida modda almashinuvi jarayonlari doimiy ravishda sodir bo'lib to'radi. Hujayra po'sti suvda erigan moddalarni yaxshi o'tkazadi.
Protoplazmadagi plazmolemma hamda tonoplast membranalari moddalarni tanlab o'tkazish xususiyatiga ega, shuning uchun suv va unda erigan moddalar hujayra shirasiga har xil tezlikda o'tadi.
Uzoq davom etgan suvsizlikdan so’ng esa hujayra turgorni yo'qotadi. Bunda P = 0 va S = P bo'ladi. Agar biz o'simlik hujayrasini gepertonik eritmaga tushirsak, bu eritmaning vakuoladagi suvni tortib olishi natijasida protoplast kichrayib hujayra devoridan ajraladi. Protoplast bilan hujayra devori oralig'idagi bo'shliqni esa tashqaridan kirgan eritma egallaydi.
Ayrim hollarda yosh to'qimalarda tez yuz bergan suv taqchilligi turgor bosimning manfiy ko'rsatkichga ega bo'lishiga olib keladi. Bunda protoplast hujayra devoridan ajralmasdan, balkim uni o'zi bilan torta boshlaydi va hujayralar kichrayadi. Ushbu holat sittoriz deyiladi.
Agar biz o'simlik hujayrasini osmotik sistema sifatida qaraydigan bo'lsak unda yuqori molekulyar moddalar, ya'ni kraxmal, oqsillar va yog'larning katta miqdorda sintezlanishi va yig'ilishi natijasida osmotik bosimni deyarli o'zgarmasligini oson tushunish mumkin. Masalan, o'simlik hujayrasi yuqori osmotik faollikga ega bo'lgan kichik molekulyar moddalarni polimerlashi natijasida (qandlarni kraxmalga) hamda yuqori molekulyar biopolimer moddalarni gidrolizlashi hisobiga o'zidagi zahira suv miqdorini boshqarishi mumkin.
O'simlik hujayralarining osmotik bosimi ularni tuproqdan suvni yutishi va o'zlarida tutib turish qobiliyati bilan belgilanadi. O'simliklar hujayralarining osmotik potensiali o'simliklarning turiga bog'liqdir. O'simlik hujayralarining osmotik bosimi ko'pchilik hollarda 0,1-2,6 MPa oralig'ida bo'ladi. Ammo o'simlik yer ustki qismlari hujayralarining osmotik bosimlari yer ostki qismlarinikiga nisbatan yuqori bo'ladi. Masalan ko'p hollarda ildiz hujayralarining osmotik bosim 0,3-1,2 MPa bo'lsa yer ustki qismlarida 1,0-2,6 MPa bo'ladi. Bu holat evolyutsiya jarayonida shakllangan bo'lib osmotik kontsentratsiya va surish kuchining vertikal gradienti hosil bo'lishiga olib keladi.
Hujayraning hayotiyligi undagi doimiy modda almashinuv jarayonining mavjudligiga bog‘liq, ya’ni hujayralar tashqi sharoitdan yoki yonma-yon joylashgan hujayralardan to‘xtovsiz qabul qiladi, ayrim moddalarni esa aksincha, o‘zidan chiqaradi. Demak, o‘simlikning hayoti uni tashkil qilgan hujayralarning tashqi va ichki muhit omillari bilan munosabati orqali amalga oshadi. Bulardan eng muximi hujayralarga tashqi muxitdan suv va unda erigan moddalarning kirishi va hujayralararo harakatidir. Ana shu jarayonlarda o‘simlik hujayralarida mavjud bo‘lgan osmotik potensial katta rol o‘ynaydi. Bu esa diffuziya va osmos qonunlaridan kelib chiqadi.
Umumiy tizimda moddalarning bir joydan ikkinchi joyga siljitish diffuziya deyiladi. Diffuziyalanunchi modda o‘z yo‘lida parda uchratsa, uning tarqalishi ancha qiyinlashadi. Hujayraning sellyuloza, gemitsellyulozadan iborat po‘sti ham shunga o‘xshash pardalar qatoriga kiradi. Suyuq va erigan moddalarning parda orqali diffuziyalanish hodisasi osmos deyiladi . Yeritmaning parda orqali ichkariga kirishiga endoosmos, tashqariga chiqishiga esa ekzoosmos deyiladi. Keyingi yilarda o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, faqat erituvchilarni (suv) o‘tkazib, erigan moddalarni butunlay o‘tkazmaydigan pardalar ham borligi aniqlandi. Bunday pardalar tanlab o‘tkazuvchi pardalar deb ataladi.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish