11-mavzu: Cho‘l zonasi dorivor o‘simliklar qoplami va o‘simliklar qoplamining almashinishi (suksetsiya)
Reja
1. Respublikamiz cho‘l zonalari.
2. Pastki cho‘l va yuqori cho‘l o‘simliklari dunyosi. Cho‘l o‘simliklari biologiyasi va ekologiyasi.
4. O‘simlik turlarining bioxilma-xillikdagi o‘rni.
Ekstraarid iqlimli cho‘l mintaqasi butun respublikamiz hududining (Qoraqalpogistondagi Ustyurt tekisliklari bilan birga) 61,16% ini tashkil qiladi. Cho‘l mintaqasiga dengiz sathidan 500—600 m gacha balandlikda bo‘lgan yyerlar kiradi. Bunday yyerlar asosan O’zbekistonning g‘arbiy qismidagi Qizilqum cho‘lining ancha qismini, Amudaryo deltasining barcha maydonlarini, Ustyurt tekisliklarini hamda Kimyerikqum, Qarshi va Surxon cho‘llarini o‘z ichiga oladi. Bu mintaqada asosan ksyerofit (grekcha ksyeros — qurg‘oq, fiton — o‘simlik), ya’ni quruq va issiq yoz sharoitiga moslashgan o‘simliklar o‘sadi. Cho‘l mintaqasi respublikamizda juda katta maydonni egallaydi. Cho‘llarning tuprog‘i uch xil:
a) sho‘rxok tuproqli cho‘l (tuz konlari, nam sho‘rxok yyerlar, taqirlar, sho‘rdan bo‘rtgan joylari tipi)
b) qumli cho‘l (qum, qumloq, oq qumlar, uchib yuruvchi quli yyerlar) tipi,
c) gipsli cho‘l (mayda tosh aralash karbonatli yyerlar) tuproq tiplaridan iborat.
Ba’zan soz tuproqli to‘rtinchi tip ham uchraydi. Ayrimlar uni adir mintaqasiga kiritishadi. Umuman esa soz tuproqli qumloq bo‘z yyerlar umumiy belgilari jihatidan pastki adir bilan yuqori cho‘l oralig‘idagi chegara — chiziq hisoblanadi. Bu tipning asosiy o‘simliklari efemyeroidlardir. Cho‘l mintaqasining turli xil tuproqlardan iboratligi undagi o‘simliklarning ham turli-tuman bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Masalan, sho‘rxok tuproqli yyerlarda sho‘ra o‘simliklar, qum tuproqli yyerlarda qumda yaxshi o‘suvchi ksyerofit o‘simliklar, gipsli yyerlarda shu sharoitga moslashgan ba’zi o‘simliklar o‘sadi. Bu hol o‘simliklar hayoti uchun ekologik sharoitning roli naqadar katta ekanligini ko‘rsatadi. Ekstraarid (o‘ta issiq) iqlimli cho‘l mintaqasida harorat juda yuqori bo‘lib, yozda +40°, +45° ga yetadi. O‘rtacha yillik harorat 18—20° ni tashkil qiladi. Bu mintaqa yoz fasli kunlarining juda isishi, yog‘ingarchilikning butunlay bo‘lmasligi, kuchli issiq shamollarning tinimsiz esib turishi, havo nisbiy namligining past darajada bo‘lishi, bo’lutli kunlarning butunlay bo‘lmasligi bilan har aktyerlanadi. Yilning boshqa fasllari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Kuzda quruq, sovuq shamollar ko‘p esib turadi. Yog‘in-sochinlar, ba’zan faqat kuzning ikkinchi yarmidagina kuzatiladi. Qish juda sovuq bo‘ladi, tempyeratura — 15, —20° ni tashkil yetadi. Yog‘in asosan qishda va bahorda yog‘adi. Qish paytlarida kuchli bo‘ronlar bo‘lib, yoqqan qorni bir joydan ikkinchi joyga — chuqurlarga uchirib ketadi. Natijada, nam ba’zi joyda ko‘p, ba’zi joyda esa kam bo‘lib qoladi. Cho‘l mintaqasida o‘rtacha yillik namlik 120—200 mm ni tashkil etadi. Yozda 4—5 oygacha bir tomchi ham yog‘in tushmaydi. Shu sababli havoning absolyut namligi iyulda 30 % ga zo‘rg‘a yetadi. Cho‘l mintaqasining iqlimi keskin o‘zgaruvchan, ya’ni kontinental iqlimdir. Yozi o‘ta issiq, qishi juda sovuq bo‘lib, bunga qo‘shni cho‘llarning ta’siri nihoyatda sezilib turadi, chunki u g‘arbiy va janubiy tomondan katta Qoraqum, shimoldan keng Qizilqum cho‘llari bilan tutashgan bo‘lib, yaqinida yirik tog’‘lar va katta suv havzalari yo‘q. Cho‘llardan esadigan issiq havo oqimini hech qanday to‘siq qaytarmaydi va u boshqa nam havo oqimi bilan qo‘shilmaydi. Shu sababli, qo‘shni cho‘llar (Qoraqum va Qizilqum) dan kuchli issiq va quruq havo tinimsiz esib turadi. Cho‘l mintaqasidan asosan chorva mollari, qorako‘l qo‘ylari, echki va tuyalarni boqishda foydalaniladi. Bu mintaqada suv juda kamchil. Chorva mollari quduq suvi bilan sug‘oriladi. Cho‘l mintaqasi Turon pasttekisligining juda katta qismini egallaydi. Yuqorida eslatganimizdek, bu mintaqa sho‘rxok, qum, gips va soz tuprokli yyerlardan iborat.
Bu mintaqaning iqlimi, o‘simliklari va tuprog‘i turli-tuman bo‘lganligi sababli, u ikki qismga: pastki cho‘l va yuqori cho‘lga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |