Nazorat savollari:
Ravochning biologiyasi va ekologiyasi haqida ma’lumot byering?
Ravochning xalq tabobati va ilmiy tibbiyotdagi ahamiyati qanday?
Totimning biologiyasi va ekologiyasi haqida ma’lumot byering?
Totimning xalq tabobati va ilmiy tibbiyotdagi ahamiyati qanday?
9-amaliy mashg’ulot.
Ildizpoyali dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi (yalpiz, shirinmiya va b.)
Mashg‘ulotning maqsadi: O‘zbekiston florasidagi dorivor o’simliklarning eng ko’p foydalaniladigan ildizpoyali turlari biologiyasi va ekologiyasi hamda tibbiyotdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar byerish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: O‘zbekiston florasida uchraydigan dorivor ildizpoyali o‘simlik turlari (yalpiz, shirinmiya va b.) ning biologiyasi, ekologiyasi haqida ma’lumotlar byeriladi.
Yalpiz - Mentha asiatica
Yalpiz (Mentha) labguldoshlar oilasiga mansub, Bo‘yi – 30 sm dan 100 smgacha boradigan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. O‘ziga xos o‘tkir hidi bor, barglari chaynab ko‘rilganida og‘izna sovutib qo‘ygandek bo‘lib tuyuladi. Ildizpoyasi syershox, yyer tagida yon tomonga qarab ketgan shoxlar chiqaradi. Ildizlari ingichka, popuk ildiz, ildizpoyasining bo‘g‘imlaridan chiqadi. Poyalari eng tagidan boshlab kuchli shoxlanadi, yalang‘och yoki siyrak kalta tukli bo‘ladi. Barglari kalta bandli, cho‘zinchoq – tuxumsimon shaklda, chetlari tishli, uzunligi 8 sm va eng 2 sm gacha boradi. Gullari pushti va och binafsha rangda, mayda – mayda bo‘lib, to‘pgullar hosil qiladi. Mevalari – to‘rt qo‘shaloq yong‘oqcha.
Iyun – avgustda gullaydi, sentabr – oktabrda mevalari etiladi.
Geografik tarqalishi. Yalpiz Ukraina, Belorus, Moldava, Shimoliy Kavkaz, Tojikistonda ko‘p ekiladi. Osiyo yalpizi O‘rta Osiyodagi hamma respublikalarda keng tarqalgan.
Kimyoviy tarkibi. Yalpiz barglarida anchagina efir moylari, jumladan mentol, shuningdek dipeptan, fellandren, sineol, pulegon, mentofuran, mentol bilan sirka va valyerianat kislota efirlari, karotin, gespyeridin, betain, urosolat va oleonat kislotalar bor. Barglaridan flavonoidlar ham topilgan.
Osiyo yalpizida efir moylaridan tashqari oshlovchi moddalar, vitamin C, katexinlar ham topilgan. Yalpizning tarkibida efir moyi va timol moddasini olish uchun maxsus ekib o‘stiriladi. Bundan tashqari uning tarkibida simol, borleol, pinin, karvakrol, oz miqdorda oshlovchi moddalar va flavanoidlar ham borligi aniqlangan.
Ishlatilishi. Yalpiz bargi preparatlari, efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi, nastoykasi ko‘ngil aynishiga va qusishga qarshi hamda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda ishlatiladi. Bundan tashqari, yalpiz suvi og‘iz chayqash va miksturalar ta’mini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Efir moyidan ajratib olingan mentol quloq, burun, nafas yo‘llari kasalliklarida hamda tish og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatiladi. Mentoldan bosh og‘rig‘ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi. Mentol preparati — validol, ko‘krak qisish (stenokardiya) kasalligida ishlatiladi. Yalpiz - xalq tabobatida yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarida ko‘p ishlatiladi. Galen preparatlari tinchlantiruvchi, o‘t va siydik haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiradigan, antiseptik, tyerlatadigan, yel haydaydigan, ich surishini to‘xtatadigan xossalarga ega.
Ibn Sino fikriga qaraganda, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qayt qilish vaqtida, hiqichoq tutganida, sariq kasalligi, yurak va hazm organlari ishi buzilganida yalpiz naf byeradi. Yalpiz urug‘i issiqlik bo‘lib, tananing ichkarisidagi shiralarni tortib oladi va shu tariqa odamni tyerlatadi. YAlpiz urug‘ini may (sharob) ga solib qaynatib yoki anjir bilan qo‘shib ichilsa, balg‘am ancha yumshaydi, lat egan joylarga bog‘lam qilib qo‘yilsa, qontalashlarni yo‘qotadi.
Odam eti uvishib, qaltiraganida, uni chayon chaqib olganida, muskullari lat eganida yalpiz qaynatmasini ichish buyuriladi. Undan vanna qilish uchun ham foydalaniladi.
Yalpiz preparatlari kapillyarlarda qon aylanishi va ichak harakatini, hazm bezlari ishini kuchaytiradi, o‘t va siydik ajralishini ko‘paytiradi. Yalpiz barglarida mentol bo‘lganligidan, u mikroblarga qarshi ta’sirni ham namoyon qiladi.
Qo‘llaniladigan qismi. O‘simlikning barglari va to‘pgullari.
QIZILMIYA ILDIZI – RADICES GLYCYRRHIZAE (RADICES LIQUIRITIAE) O‘simlikning nomi. Tuksiz (oddiy) qizilmiya (chuchukmiya, shirinmiya) — Glycyrrhiza glabra L., dukkakdoshlar — Fabaceae oilasiga kiradi. Qizilmiya ko‘p yillik, bo‘yi 50—100 sm ga yetadigan, yyerostki qismi kuchli taraqqiy etgan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi ko‘p boshli, kalta, yo‘g‘on bo‘lib, hamma tomonidan yyer ostida gorizontal joylashgan, uchi kO’rtak bilan tamomlanuvchi novdalar va pastga qarab bitta asosiy vyertikal o‘qildiz o‘sib chiqqan. Asosiy o‘qildizning uzunligi 4—5 m bo‘ladi. Poyasi bir nechta, tik o‘suvchi, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan, tukli bo‘lib, mayda nuqtasimon bezlar yoki mayda tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli, murakkab, 3—7 juft bargchalardan tashkil topgan. Bargcha elliðssimon, cho‘ziq-tuxumsimon yoki lansetsimon, tekis qirrali, yopishqoq bezlar bilan qoplangan. Qo‘shimcha barglari mayda, lansetsimon bo‘lib, to‘kilib ketadi. Gullari qiyshiq, barg qo‘ltig‘idan chiqqan shingilga to‘plangan. Gulkosachasi naychasimon, 5 ta lansetsimon, o‘tkir tishli, gultojisi oqish-binafsharangli, kapalakguldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, 9 tasi bir-biri bilan birlashgan, o‘ninchisi birlashmagan. Onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi — pishganda ochilmaydigan yoki poyasi qurigandan so‘ng ochiladigan dukkak. lyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda yetiladi.
Geografik tarqalishi. Bu o‘simlik sho‘r tuproqli cho‘llarda, cho‘llardagi ariq, kanal va daryo bo‘ylarida, begona o‘t sifatida ekinzorlarda o‘sadi. Asosan, O‘rta Osiyoning cho‘l va yarimcho‘l tumanlarida, Qozog‘iston, Shimoliy Kavkaz, Zakavkazye hamda Ukraina, Moldova, Belorus, Rossiyaning YYevropa qismining janubida uchraydi. Mahsulot Ural daryosining vodiysida, Dog‘iston, Turkmanistonda va O‘zbekistonda (Amudaryo va Sirdaryo bo‘ylarida) hamda Janubiy Qozog‘istonda tayyorlanadi. Mahsulot tayyorlash. Mahsulot yig‘ish vaqti yig‘iladigan joy iqlimiga qarab belgilanadi. Masalan, Uralda may oyidan oktabrgacha, Dog‘istonda martdan iyungacha, Turkmanistonda esa oktabr oyidan, kelasi yil apreligacha mahsulot tayyorlanadi. Ayni vaqtda ildizlarning 50—75% olinadi, qolganlari yyerda, qayta ko‘payish uchun qoldiriladi. Qayta mahsulot tayyorlash 6—8 yildan so‘ng mumkin. Tibbiyotda qizilmiyaning tozalanmagan ildizi — Radix Glycyrrhizae naturalis va probka qismidan tozalangan ildizi — Radix Glycyrrhizae mundata ishlatiladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot probka qismidan tozalanmagan va tozalangan ildizdan iborat. Ildiz bo‘laklari silindrsimon, har xil uzunlikda, yo‘g‘onligi 5—50 mm va undan oshiq bo‘ladi. Ildizpoyaga tutashgan ildiz yo‘g‘onligi ba’zan 15 sm bo‘ladi. Tozalanmagan ildizlarning ustki tomoni biroz burishgan, qo‘ng‘ir, tozalangan ildizlarning ustki tomoni esa och sariqdan (I nav) qo‘ng‘ir sariq (II nav) ranggacha bo‘ladi. Mahsulotning ichi och sariq rangli va syertolali. Mahsulot hidsiz bo‘lib, juda shirin mazaga ega. Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq usul bilan yumshatilgan ildizni ko‘ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi. Mikroskopni kichik obyektivida ko‘riladigan preparat xlorrux-yod yeritmasi, katta obyektivida ko‘riladigani esa floroglutsin yeritmasi hamda xlorid kislota yordamida bo‘yaladi. Ildiz ko‘ndalang kesimida tashqi tomondan probka bilan qoplangan bo‘lib (probka qismi qirib tashlanmagan bo‘lsa), ichkarisida po‘stloq parenximasi va floema joylashgan. Ildiz markazidan po‘stloq tomon ko‘p qatorli o‘zak nur hujayralari o‘rnashgan. Po‘stloq parenximasida va o‘zak nur hujayralarida ko‘pgina yumaloq shakldagi kraxmal donachalari bo‘ladi. O‘zak nur hujayralari oralig‘idagi floemada o‘z funksiyasini va hujayralik shaklini yo‘qotgan, qalinlashgan elaksimon naylar hamda guruh bo‘lib joylashgan ko‘pgina lub tolalar (styereidlar) uchraydi. Floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy joylashgan. Ksilemada juda katta va traxeid bilan o‘ralgan suv naylari va guruh holidagi sklyerenximalar bor. Parenxima, o‘zak nur hujayralari xlor-rux-yod yeritmasi ta’sirida ko‘k rangga, suv naylari, styereidlar, sklyerenximali tolalar esa floroglutsin va xlorid kislota ta’sirida qizil rangga bo‘yaladi. Uzunasiga kesilgan preparatda har xil suv naylari ko‘rinadi. Ular ichida bochkasimon suv nayi (teshigi hoshiyali) qizilmiya o‘simligi ildiziga xos. Floema va ksilemada qalin devorli va uchi o‘tkir, kristalli hujayralar bilan qoplangan sklyerenxima tolalari guruh-guruh bo‘lib uchraydi. Qizilmiya o‘simligining ildiz kukuni xloralgidrat yeritmasi yordamida mikroskop ostida ko‘riladi. Bu kukunda kristalli hujayralar bilan qoplangan tolalar guruhi va bochkasimon suv naylarining bo‘lakchalari hamda kraxmal donachalarini saqlovchi parenxima hujayralari borligi kukunning har aktyerli belgisidir. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 24% gacha glitsirrizin (uch asosli glitsirrizin kislotaning kaliy va kalsiy tuzi) bo‘ladi. Glitsirrizin glikozidlarga o‘xshash modda bo‘lib, trityerpen saponinlarga kiradi. U qandga nisbatan 40 marta shirin, gidrolizlanganda qand o‘rnida ikki molekula glukuron kislota (shuning uchun haqiqiy glikozid emas) harada bir asosli glitsirretin kislota (aglikon) hosil qiladi.
Qizilmiya ildizida yana 28 taga yaqin (4 % atrofida) flavonoidlar (likviritin, likviritozid, glabrozid va boshqa glikozidlar hamda ularning aglikonlari), 2—4% achchiq modda, trityerpenoid-oleanan, vitamin C, asparagin, 6—34% kraxmal, 20% gacha mono- va disahar idlar, pektin va boshqa moddalar bor. Qizilmiyaning yyerustki qismi flavon glikozidlarga boy. Flavonoidlardan tashqari, yyerustki qismi tarkibida yana saponinlar, efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Ishlatilishi. Qizilmiya o‘simligining preparatlari nafas yo‘llari kasallanganda balg‘am ko‘chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengil surgi dori sifatida ishlatiladi. Ildizidan tayyorlangan dorivor preparatlar — glitsirram astma, ekzema, allyergik dyermatit va boshqa kasalliklarda qo‘llanadi. O‘simlik preparatlari hamda glitsirrizin va glitsirretin kislotalari organizmdagi suv-tuz almashuvini tartibga solish hamda dezoksikortikostyeroidlarga o‘xshash ta’sirga ega. Ildizdan olingan flavonoidlar yig‘indisi — likviriton yallig‘lanishga, spazmga qarshi va antiseptik vosita sifatida hamda me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun ishlatiladi. Qizilmiya kukuni, qirqilgan ildizi va quruq ekstrakti farmatsevtika praktikasida hab dori tayyorlashda asos sifatida hamda miksturalar, choy-yig‘malar ta’mini yaxshilash uchun ishlatiladi. Ildizidan oziq-ovqat sanoatida (pivo, limonad va kvasslar ta’mini shirin qilish uchun) va texnikada (o‘t o‘chiradigan ko‘piruvchi suyuqlik tayyorlash uchun) keng foydalaniladi. Dorivor preparatlari. Quruq ekstrakt, quyuq ekstrakt, sharbat, glitsyerram, likviriton (tabletka holida chiqariladi) va flakarbin preparatlari, ildiz kukuni murakkab qizilmiya kukuni, ko‘krak kasalliklarida ishlatiladigan eleksir, qirqilgan (maydalangan) ildiz bo‘lakchalari esa ko‘krak va bavosil kasalligida ishlatiladigan hamda siydik haydovchi va ich yumshatuvchi choyyig‘malar tarkibiga kiradi. Tibbiyotda oddiy qizilmiya bilan bir qatorda, kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir xil bo‘lgan Ural qizilmiyasi o‘simligi ham ishlatiladi. Ural qizilmiyasi — Glycyrrhiza uralensis Fisch. o‘simligining mevasi o‘roqsimon qayrilgan, ko‘ndalangiga g‘adir-budur bo‘lib, bezlar va bezli tikanchalar bilan qoplangan. Bu o‘simlik Sibirda, Qozog‘istonda (Sirdaryo va Balxash ko‘li atrofida) va O‘zbekistonda (Sirdaryo bo‘yida) ko‘p bo‘lib, shu tumanlarda tayyorlanadi.
O‘simlikning yyerostki qismi tarkibida 3,2—15,3% glitsirrizin, oz miqdorda trityerpen saponin — uralenoglukuron kislota (gidrolizlanganda aglikon — oksiglitsirretin — uralen kislotaga va bir molekula glukuron kislotaga parchalanadi), 4,3% gacha flavonoidlar, 11% gacha qand, kraxmal va boshqa moddalar, yyerustki qismi tarkibida 3,3% gacha flavonoidlar va boshqa birikmalar bor.
JENSHEN ILDIZI – RADICES GINSENG O‘simlikning nomi. Haqiqiy jenshen — Panax ginseng C. A. Mey. araliyadoshlar — Araliaceae oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, bo‘yi 30—70 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizi syershox o‘qildiz, tashqi ko‘rinishi ko‘pincha odam gavdasiga o‘xshaydi. Poyasi bitta, ingichka, tik o‘suvchi, bargi 2— 5 ta bo‘lib, yuqori qismida to‘p holda joylashgan. Bargi bandli, panjasimon murakkab, 5 ta bargchadan tashkil topgan. Bargchalari eliðssimon, o‘tkir uchli, mayda tishsimon qirrali, tuksiz, pastki 2 tasi kalta bandli va kichkina, yuqorigi 3 tasi uzun bandli hamda katta. O‘simlik sekin o‘sadi. Yosh o‘simlikda oldin bitta uch plastinkali barg hosil bo‘ladi. Keyin 5 ta plastinkalikka aylanadi. So‘ngra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi barglar chiqadi. O‘simlik 10—11 yoshga kirganida yuqori, barglari joylashgan yyerdan gulo‘qi vujudga keladi. Unga oddiy soyabonga to‘plangan gullar o‘rnashgan. Gullari to‘g‘ri, ko‘rimsiz, oq-yashil bo‘ladi. Gulkosachasi besh tishli, tojbargi 5 ta, oq yoki yashil rangga bo‘yalgan. Otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi — qizil, buyraksimon, syersuv, danakchali meva. Iyul oyida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda pishadi. Geografik tarqalishi. Tayganing tog’‘li va salqin joylarida tog’‘larning shimoliy qiyalarida, g‘ovak va nam tuproqli yyerlarda o‘sadi. Xabarovsk, Primorsk o‘lkalarida keng tarqalgan. Primorsk o‘lkasida yig‘iladi. Jenshen faqat Primorsk o‘lkalarida „Jenshen“ xo‘jaligida o‘stirilar edi. Endilikda Shimoliy Kavkazning tog’‘li tumanlarida va Ukrainada ham o‘stirila boshlandi. Mahsulot tayyorlash. O‘simlikning ildizi avgust-sentabr oylarida kovlab olinadi, so‘ngra poyadan ajratib, tuproqdan tozalanadi. Ildizni daraxt po‘stlog‘idan yasalgan maxsus qutichaga biroz nam tuproq va quritilmagan yo‘sin bilan solib, ho‘lligicha tayyorlash punktlariga jo‘natiladi. Yig‘ilgan ildizlar quritiladi va dori turlari tayyorlash uchun farmatsevtika zavodlariga yuboriladi. O‘stiriladigan jenshen 5—6 yoshga kirganida yig‘iladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot ildizdan iborat. Ildizning uzunligi 25 sm, diametri 0,7—2,5 sm bo‘lib, 2—5 ta shoxi bor. Ildizning tanaga o‘xshash qismi yo‘g‘on silindrsimon bo‘ladi. Ildizpoyasi kalta, vyertikal bo‘lib, yuqori tomoni bosh shakliga o‘xshaydi. Ildizning yuqori tomonidagi shoxlari „qo‘l“, pastki shoxlari esa „oyoqni“ tashkil etadi. Ildizning tashqi tomoni uzunasiga burushgan, sarg‘ish-oq rangli. Mahsulot sal hidli bo‘lib, uni shirin, lovullatuvchi, so‘ngra achchiq mazasi bor. Kimyoviy tarkibi. Jenshen ildizi tarkibida uchraydigan moddalar juda ham murakkab. Ildiz tarkibida trityerpen saponinlar, ginzenin birikmalari, organik hamda nikotin va pantaten kislotalar, yog‘, alkaloidlar, 4% qand moddalari, smola, fitostyerinlar, 20% kraxmal, efir moyi, C, B1 va B2 vitaminlar, shilliq, 12—23% pektin va boshqa moddalar bor. Ildizning saponinlar yig‘indisidan 10 tadan ortiq turli sof holdagi saponinlar — panaksozidlar (ginzenozidlar) ajratib olingan bo‘lib, ularni 3 ta guruhga bo‘lish mumkin. 1. Panaksatriol hosilalari. 2. Panaksadiol hosilalari. Bu guruhga panaksozidlardan D, E, F va G kiradi. 3. Oleanol kislota hosilalari. Bu guruhga ginzenozid Ro kiradi. Panaksozidlar (ginzenozidlar) gidrolizlanishi natijasida o‘zining aglikoni — sapogeninlarga (20-S-protopanaksatriol, 20S-protopanaksadiol yoki oleonol kislota hamda 2, 3 va 4 ta qand (ramnoza, arabinoza, glukoza va ba’zan glukuron kislota) molekulalariga parchalanadi. Panaksadiol va panaksatriollar damaran unumi bo‘lib, ular tetrasiklik trityerpen, oleanol kislota esa pentasiklik trityerpen tuzilishiga ega. Ishlatilishi. Jenshen Sharq mamlakatlarida (Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindi-Xitoy, Filiðpin, Indoneziyada va boshqalar) turli kasalliklarni davolash, ayniqsa, organizmning umumiy tonusini ko‘tarish (tetiklashtirish va ruhlantirish) uchun qadimdan ishlatib kelinadi. Jenshen preparatlari aqliy va jismoniy jihatdan charchaganda, mehnat qobiliyati susayganda, qon bosimi pasayganda organizmning umumiy tonusini ko‘taruvchi dori sifatida hamda diabet, jinsiy bezlar giðofunksiyasida, nyerv va asab kasalliklarida qo‘llanadi. Dorivor preparatlari. Nastoyka, kukun va draje.
Do'stlaringiz bilan baham: |