Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


D ala yalpizi (suv yalpizi)- Mentha arvensis L



Download 28,52 Mb.
bet216/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

D ala yalpizi (suv yalpizi)- Mentha arvensis L.
Ko‘p yillik, poyasi tik o‘suvchi, asosidan shoxlanuvchi, poyasi to‘rt qirrali, 25-50 sm balandlikdagi o‘t o‘simlik. Barglari uzunchoq nashtarsimon, qalin, kalta tuklar bilan qoplangan. Gullari shoxlar va poyani uchida boshoqsimon to‘p gullar hosil qiladi. Kosachasi 2.5 mm uzunlikda uch qirrali o‘tkir tishchali. Tojbarglari pushti-binafsha rangda, 4-5 mm uzunlikda. Iyul-avgustda gullab, avgust-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tekkisliklarda va tog’‘ oldi tumanlarida ariq va suv havzalarida qirg‘og‘ida, zax yyerlarda o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida tarqalgan.
Tibbiyotda bargi va efir, moyi ishlatiladi. Bargining dori preparatlari damlamasi, surmasi (nastoykasi), suvi ko‘ngil aynishiga va qusishga qarshi hamda ovqat hazm qilishni yaxshilashda ishlatiladi. Yalpiz suvi yana og‘iz chayqash va suyuq dorilar ta’mini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Bargi tinchlantiruvchi, o‘t haydovchi va me’da kasalliklarida ishlatiladigan choylar yig‘malar, efir moyi qorin og‘rig‘ini qoldiruvchi tabletka va tomchilar, mentol ingofen tarkibiga kiradi. O‘simlikning bargi ko’plab yig‘malar tarkibiga kiradi.
Oddiy qora zira — carum carvi l. seldyerdoshlar — Apiaceae (soyabonguldoshlar — Umbellifyerae) oilasiga kiradi.
Ikki yillik, bo‘yi 30—80 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Birinchi yili ildizidan ildizoldi barglar, ikkinchi yili esa ildizoldi barglar hamda poya o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon, ko‘p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargi uzun bandli, poyadagilari esa qisqa bandi bilan ketma-ket joylashgan. Bargi 2 va 3 marta chiziqsimon barg bo‘laklariga ajralgan. Gullari mayda bo‘lib, murakkab soyabonga, to‘plangan. Kosachabarglari aniq bilinmaydigan, tojbargi oq yoki pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastga joylashgan. Mevasi — cho‘ziq qo‘shaloq pista. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda pishadi.
Geografik tarqalishi. O‘rmonlarda, o‘rmon chetlarida va o‘tloq yerlarda yovvoyi holda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining o‘rmon va o‘rmon cho‘l zonalarida, Sibirning janubida, Kavkaz va O‘rta Osiyoning tog’‘li tumanlarida uchraydi. Rossiya, Ukraina, Belorus respublikalarida o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi qo‘rinishi. Tayyor mahsulot yon tomonlari o‘roqqa o‘xshab bir oz egilgan, cho‘zinchoq, qo‘shaloq pistadan iborat. Meva to‘q qo‘ng‘ir rangli, ikki bo‘lakli bo‘lib, uzunligi 3—7 mm, eni 1,5 mm. Har qaysi yarimta mevaning tashqi tomoni do‘ng, ichki tomoni esa tekis. Uzunasiga turtib chiqqan 5 ta qovurg‘asi bo‘lib ularning 3 tasi do‘ng tomonga, ikkitasi esa yon tomonga o‘rnashgan. Mevasi nihoyatda xushbo‘y va achchiq.
Meva namligi 12%, umumiy kuli 8%, 10% li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 1,5%, pishmagan, singan mevalar hamda poya va barg aralashmasi 2%, efir moyi bor boshqa o‘simliklarning urug‘ va mevalari aralashmasi 1%, organik aralashmalar va efir moyi saqlamaydigan boshqa o‘simliklarning urug‘ va mevalar aralashmasi 1%, minyeral aralashmalar 1% dan oshmasligi kyerak.
Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 3—7% efir moyi, 14—22% yog‘, 20—23% oqsil moddalar, flavonoidlar (kvyersetin va kemfyerol) hamda oshlovchi moddalar bo‘ladi. Meva tarkibidagi efir moyining miqdori 2% dan kam bo‘lmasligi lozim. Efir moyi maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Qora ziraning efir moyi sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,905—0,915; refraksiya soni 1,4840—1,4890. Moy tarkibida 50—60% karvon, 40—50% limonen, 40—70% karvakrol, digidrokarvon va digidrokarveol birikmalari bo‘ladi.
Ishlatilishi. Qora zira mevasining preparati ichak atoniyasini davolashda, og‘riq qoldiruvchi hamda ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun, mevasi ba’zan boshqa dorivor o‘simliklar bilan birga siydik va el haydovchi vosita sifatida, shuningdek, me’da kasalliklarida, meva suvi esa ichak sanchig‘ida (ayniqsa, bolalarda), tish og‘rig‘ida va miozitda ishlatiladi (badanning yallig‘langan joyiga surtiladi). Qora zira mevasi oziq-ovqat, parfyumyeriya va boshqalarda ham katta ahamiyatga ega.
Dorivor nreparatlari. Qora zira mevasi, efir moyi (qandga 1—3 tomchi tomizib iste’mol qilinadi) va meva suvi. Mevasi me’da yig‘malari-choylari tarkibiga kiradi.
Nazorat savollari:
1. Kiyiko’t bioekologik xususiyatlarini aytib byering?
2. Limono’t bioekologik xususiyatlarini aytib byering?
3. Yalpiz bioekologik xususiyatlarini aytib byering?
4. Zira bioekologik xususiyatlarini aytib byering?
5. Kiyiko’t, Limono’t, Yalpiz, Zira o’simliklarining ahamiayti?



Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish