O’simlikdagi alkaloidlarning o’suv davriga bog’liqligi O’simliklarni yashash davriga qarab ulardagi alkaloid miqdorini oshib, pasayishi adabiyotda keng yoritilgan. Bu kabi izlanishlar chyerkez, belladonna, anabizis va boshqa o’simliklar ustida olib borilgan.
Alkaloidlarni to’planish dinamikasi akademik Sokolov tomonidan chyerkez o’simligi ustida olib borilgan. Uning ma’lumotlariga qaraganda bu o’simlik tarkibida alkaloidlarni to’planishi yaproqlarni hosil bo’lishidanoq boshlanar ekan.
Ma’lumki, uning miqdori mevalarning shakllanish davrida orta borar ekan. Meva pishgandan so’ng alkaloidlar miqdori pasayib borar ekan. Eng ko’p alkaloidlar yaproqdlardagiga qaraganda meva tarzida uchraydi.
Chyerkez, belladonna, anabazis o’simliklarida kuzatilgan allakoidlarni miqdorini o’sish dinamikasi shuni ko’ratadiki, o’simliklarda allakoidlar miqdorini ortishi o’sich davriga qarab kuzatiladi. Turli o’simliklarda alkaloidlar miqdorini ortishi turli davrlarga to’g’ri keladi. O’simliklarda hujayra to’qimalarini paydo bo’lishi bilan ularda allakoidlar ortib boradi, vegetativ organlarida esa susayib boradi. Shunday bo’lsada ta’kidlash kyerakki, mevalarni paydo bo’lishi bilan gullarda allakoidlar miqdori susayadi, mevada esa ortib boradi. Lekin o’simlikni bir organida allakoidlarni sustligi , ikkinchi organida ortishi bu oddiy ko’chishdir.
Ko’pincha zaharli o’simliklar ho’lligida quritilganiga nisbatan juda xavflidir . Qurutilgan o’simliklarda zaharli moddalarning miqdori hamda ta’sir etish xususiyati kamayib boradi. Ko’pchilik zaharli o’simliklardan olingan zaharli moddalar oz miqdorda dori - darmonlik xususiyatiga ega bo’lib, ulardan turli - tuman dorilar ishlab chiqariladi va har xil kassalliklarni davolashda keng qo’llaniladi.
Alkaloidli o’simliklar, ularning tarqalishi va tarkibi.
Ikki boshoqli oddiy qizilcha (zog‘aza)- Ephedra distachya L.
Chala buta o‘simlik, bo‘yi 20 sm. Ildizi uzun. Urg‘ochi boshoqlari bittadan yoki to‘p bo‘lib, uzun bandli, mevasi sharsimon, 6-7 mm uzunlikda, etli, qizil. May-iyun oylarida gullab, iyun-iyulda etiladi. Mayda qum toshli yoki mayda shag‘alli yerlarda, cho‘l zonasida uchraydi. Qoraqalpog‘istonda (Ustiyurtda) tarqalgan. Qizilcha turlarining yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar (efedrin, psevdoefedrin), fenol kislotalar, vitamin S, bo‘yoq, oshlovchi moddalar bor. Tog’‘ va cho‘l qizilchasidan efedrin alkaloidi olinadi. Efedrin gidroxlorid og‘ir opyeratsiya yoki shikastlanishlardan so‘ng ko‘p qon yo‘qotish natijasida xushdan ketish, qon bosimi pasayganda (gipotoniya), miasteniya, allyergik, bronxial astma, pichan isitmasi (pichan astmasi), eshakem toshganda, o‘tkir tumov kasalliklarda hamda narkotik va uxlatuvchi dorilar bilan zaharlangan hollarda qo‘llaniladi. Oddiy qizilcha damlamasi bod shamollash kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |