Yorug‘lik va soyasevar dorivor o‘simliklarning asosiy har aktyerli belgilari
Organlari
|
Yorug‘sevar
|
Soyasevar
|
Ildiz tizimi
|
Kuchli rivojlangan
|
Kuchsiz rivojlangan
|
Poyasi
|
Bo‘g‘im oraliqlari nisbatan qisqa
|
Bo‘g‘im oraliqlari ancha uzun.
|
Barglari
|
Barg yaprog‘i ko‘pincha mayda, qalin, qattiq, bazan etdor. Epidyerma ko‘p qavatli, kutikula yaxshi rivojlangan. Mexanik to‘qima yaxshi rivojlangan. 1 mm yuzada 300 -1000 gacha og‘izchalar bo‘ladi. Fotosintez jadal boradi.
|
Barg yaprog‘i odatda ancha yirik, keng emas, yumshoq. Epidyerma bir qavatli, kutikula bo‘lmasligi mumkin. Mexanik to‘qima kuchsiz rivojlangan.1 mm yuzada - 15 - 80 gacha og‘izchalar bo‘ladi.
Fotosintez o‘rtacha boradi.
|
|
Nafas olish kuchli.
|
Nafas olish kuchli emas.
|
|
Hujayra osmotik bosimi yuqori.
|
Hujayra osmotik bosimi past.
|
Fotopyeriodizm. Turli geografik zonalarda yorug‘lik kunining uzunligi turlicha yoki aytish mumkinki kun bilan tunni almashinish har aktyeri bir xil emas, ammo mo‘tadil va sovuq iqlimli zonalarda yoz oylari kun uzun, tun qisqa, qish esa aksinchadir. Shuning uchun ham kunning uzun va qisqarishiga moslashish kelib chiqadi. O‘simliklarning kunning uzun yoki qisqarishiga munosabati fotopyeriodizm deyiladi. Boshqacha aytganda, o‘simliklar genyerativ rivojlanishining, yani gullashining yoritilganlik mudadtiga bog‘liqligi fotopyeriodizm deyiladi. Bu 1920 yilda Amyerikalik olimlar V.Garnyer va Allard tomonidan kashf qilingan. Ularning kuzatishi bo‘yicha tamaki o‘simligi issiqxonada bahorda va kuzda gullagan, lekin ochiq joyda gullamagan, bunga sabab kunning uzunligidir. Issiqxonada kunni suniy qisqartish yo‘li bilan tamaki o‘simligi gullagan. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘simliklar malum darajada yorug‘lik va qorong‘ulik fazalarini o‘tkazgandan keyin gullash va urug‘ bog‘lashga o‘tadi. Fotopyeriodik reaktsiya belgilariga qarab o‘simliklar 3 guruhga bo‘linadi:
1. Qisqa kun o‘simliklari: bu o‘simliklarning gullash fazasiga o‘tish uchun sutkada 12 soat yoki undan kamroq yorug‘lik vaqti kyerak (kanop, tamaki).
2. Uzun kun o‘simliklari: bo’larning gullash fazasida bir sutkada 12 soatdan ko‘proq vaqt kyerak. (bizdagi ko‘pgina yovvoyi o‘simliklar).
3. Fotopyeriodik reaktsiyasi bo‘yicha neytral o‘simliklar. Bu o‘simliklar uchun kunning uzunligi gullash fazasiga o‘tishda farq qilmaydi. Bu guruhga pomidor, qoqio‘t kabi o‘simliklarkiradi.
Yorug‘lik spektrining tarkibi ko‘p jixatdan geografik holatga bog‘liq bo‘ladi. Shimolda yorug‘lik intensivligi kuchsiz bo‘lib, ammo yoritilish uzoq vaqt davom etadi, asosan uzun to‘lqindan iborat bo‘lgan nurlardan tarqalib tushadigan yorug‘lik ustunlik qiladi, janubda esa kun qisqa. Yorug‘lik intensivligi yuqori, qisqa to‘lqinli yorug‘lik ustunlik qiladi. Demak, shimolda o‘simliklar uzun kun, janubda qisqa kun sharoitida o‘sadi. Har bir tur uchun o‘zining fotopyeriodik yoki yorug‘lik davri har aktyerli bo‘ladi: xrizantema uchun gullash fazasiga o‘tishda sutkasiga 14 soat 40 minut davomida yorug‘lik kyerak, agar 13 soatu 50 minut davomida qabo’l qilinsa ham g‘unchalar hosil bo‘lmaydi. Fotopyeriodik reaktsiya malum geografik muhitga moslashish bo‘lish bilan birga o‘simliklarning yyer yuzida tarqalishida chegaralovchi omil hamdir. Ma`lum fotopyeriodik reaktsiyali o‘simliklar ularga to‘g‘ri kelmaydigan yorug‘lik miqdorida o‘sa olmaydi. Kunning uzunligi shimoldagi uzun kun o‘simliklarining janubda tarqalishida; janubdagi qisqa kun o‘simliklarning esa shimolga tarqalishiga halaqit byeradi. Neytral fotopyeriodik reaktsiyaga ega bo‘lgan o‘simliklar keng tarqalgan bo‘lib, tropik o‘rmonlardan tortib to arktik rayonlargacha uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |