Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Tatar evfraziyasi-Euphrasia tatarica (Pyers. Wala L. nemorosa) Fisch



Download 28,52 Mb.
bet115/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Tatar evfraziyasi-Euphrasia tatarica (Pyers. Wala L. nemorosa) Fisch.


Bir yillik, dag‘al tuklangan. Poyasi tik o‘suvchi, oddiy, (5)-10-25 sm balandlikda. Barglari teskari tuxumsimon, uchli, chetlari o‘tkir arrasimon tishchali. Gul to‘plami siyrak boshoqsimon. Kosachasi 5 mm uzunlikda. Tojbarglari 8-10 mm uzunlikda och qizil. Ko‘rakchasi uzun, noksimon 6 mm uzunlikda.
Iyul-avgust oylarida gullab urug‘laydi.
Tog’‘larni yuqori qismida tarqalgan. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, viloyatlarida tarqalgan.
Poya, barg va gullaridan tayyorlangan qaynatmasi ko‘z shamollashida va yosh bezlarini shamollaganda, shoxlik qismiga oq dog‘lar tushganda qo‘llaniladi. Oshqozonda kislotalik ortganda, sariq xastaliklarida, revmatizmda, angina va jigar xastaliklarida ishlatiladi.

Kavkaz xurmosi (Safsan)-Diospyros lotus L.


Ko‘p yillik, balandligi 15-20 m, daraxt. Barg bandlari 0.8-0.9 sm uzunlikda. YAproqlari etli, uzunchoqroq, 9-15sm uzunlikda va eni 3-5 sm, chetlari kipriksimon, har ikki tomoni tuklangan. Kosachasi tuxumsimon, tuklangan. Tojbarglari qo‘ng‘iroqsimon, yuqori qismi kengaygan. Mevasi olcha sifat, oldin sarg‘ayadi so‘ngra pishib etilganda qora rangga o‘tadi. May-iyunda gullab, oktyabr-noyabrda mevasi etiladi. Tog’‘larni shamol va sovuqdan himoyalangan joylarda o‘sadi. Surxondaryo viloyati (Sangardak va To‘palang daryolar xavzasida) tarqalgan.
Mevasi kam qonlikda, gipovitaminoz, yo‘talga qarshi, nafas yo‘llarini yuqori qismidagi shamollashlarga ishlatiladi.
Savurarcha (Junipyerus semiglobosa Rgl.) sarvidoshlar oilasidan, bo’yi 10 m gacha yetadigan tik o‘suvchi ikki uyli daraxtdir; po‘stlog‘i qo‘ng‘ir-kulrang, syershox. Barglari rombsimon, bir oz o‘tkir uchli, oqish ko‘k rangda; uzunligi 1— 1,5 mm. Mevasining diametri 6—7 mm keladi; usti mumsimon g‘ubor bilan qoplangan. Meva ichida 2—4 ta urug‘ joylashgan. Urug‘ining bo’yi 5 mm, ustki tomoni qabariq. Savurarcha quruq, toshloqli bo‘z va qo‘ng‘ir tuproqlarda ko‘p o‘sadi. Archalar dengiz sathidyn 1000 m dan 2700 m gacha bo‘lgan balandlikda o‘sadi. Archa eng qimmatli daraxtdir. Uning tanalaridan eng yuqori sifatli qurilish matyeriallari olinadi. Ulardan qalam yog‘ochi va bezakka ishlatiladigan ba’zi boshqa narsalar yasaladi. Ularning yosh novdalari va mevasida juda ko‘p efir moyi bor. Masalan, qizil archa 0,45—0,75% gacha, savurarchada 0,64— 1,6% gacha efir moylari bo‘ladi. Efir moyi xususan parfyumyeriya (atir-upalar tayyorlash)da keng ishlatiladi. Xalq tabobatida va tibbiyotda nafas olish organlari kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Shuningdek, undan sanoatda ham keng foydalaniladi. Archalar asosan odam chiqishi qiyin bo‘lgan qoyaliklarda ko‘p o‘sadi. O‘tmishda kishilar tomonidan ular ayovsiz sindirilishi, o‘tin qilib yoqilishi va hokazolar tufayli bir vaqtlar juda ko‘p bo‘lgan archazorlar bugungi kunga kelib, ancha kamayib ketgan.
Yong‘oq (Juglans fallax Dode.) yong‘oqdoshlar oilasidan, bo‘yi 10—15 m ga yetadigan syershox daraxtdir, kulrang tusda yong‘oq madaniy holda va yovvoyi holda o‘sadi. Yovvoyi yong‘oqning madaniy yong‘oqdan farqi shuki, uning bargi butunlay to‘mtoq yoki bir oz to‘mtoq uchli bo‘lib, mevasi (yong‘og‘i) dumaloq (madaniy yong‘oqning mevasi tuxumsimon, o‘tkir uchli), po‘chog‘i qalin va mag‘zi kichkina bo‘ladi. Yong‘oq may oyida gullaydi, mevasi sentyabrda pishadi. U respublikamizning tog’‘li rayonlarida ko‘p o‘sadi yong‘oqning mevasida 77,7% gacha moy bor. Shuning uchun qandolatchilikda va oziq-ovqat sanoatida uning mag‘zidan keng foydalaniladi. Uning pishib yetilmagan, g‘o‘r mevalari esa turli vitaminlarga boy bo‘lganligi uchun ulardan polivitaminli mo’rabbo va qiyomlar tayyorlanadi; bargida yuglandin alkaloidi mavjud bo‘lib, undan tibbiyotda (buqoq kasalliklarida) foydalaniladi. Po‘stlog‘idan esa qo‘ng‘ir rangli bo‘yoq olinadi. Yog‘ochi uy jihozlari— stol, stul, divanlar tayyorlashda ishlatiladi. I.V.Michurin yong‘oqqa baho byerib, «yong‘oq kelajakning noni» degan edi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish