Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet95/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Qirqbuyurg‘un (Anabasis yeriopoda (Schrenk) Benth) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 40—60 sm ga yetadigan chala butadir. Qirqbuyurg‘unning ba’zi shoxchalari tuproqdan sal chiqib turadi, ko‘p yillik novdalar hosil qilib, undan har yili bo‘g‘imli, bargsiz, yangi novdalar o‘sib chiqadi. Bu novdalarning bo‘yi 30 sm ga boradi. Qirqbuyurg‘un mart oyida ko‘karadi. Poyasi syershox, bo‘g‘imli novdalar hosil qiladi. Aprel-may oylarida gullaydi. Gullari ko‘rimsiz, oqish rangda. Mevasi iyun oyida pishadi. U ko‘rinishdan rezavor-mevaga o‘xshaydi, qanotchali bo‘ladi. Ildizi tuproqqa ancha chuqur kirgan va tarvaqaylagandir. Qirqbuyurg‘un buyurg‘unlar turkumining tipik vakillaridan biri. U asosan ishqor olishda muhim aham iyatga ega. Chunki uning novdalari tarkibida soda aralashgan potash bo‘ladi. Shuning uchun bu o‘simlik novdalarining kulini ishqorlatib va bug‘latib, undan ishqor olinadi. Qirqbuyurg‘unni chorva mollari kuz va qishda yeydi. Uning qiziq xususiyatlaridan biri shuki, ildizoldi tuplari ko‘pincha qumning ostida bo‘ladi. U tashqi issiq va sovuqqa ancha chidamli. Ana shu ildizidan yangi novdalar bemalol o‘sib chiqa byeradi. Qirqbuyurg‘un asosan qum tuproqda yaxshi o‘sadi. U respublikamizning qumloq, shag‘alli cho‘l zonasida, ayniqsa Qoraqalpog‘istonning Ustyurt tekisliklarida yuz minglab gektar maydonlarda tig‘iz o‘sadi. Ana shu joylarda har yili qanchalab ishqor, ming tonnalab potash olish mumkin.
Yantoq (Alhagi sparsifolia Shap.) dukkakdoshlar oilasidan, bo‘yi 60—80 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Yantoq aprel oyida ko‘karadi. Uning ildizi 15—20 m gacha chuqurlikka kiradi. Poyasi syershox, dag‘al, usti ko‘kish po‘st bilan qoplangan. Uning uchinchi tartibdagi shoxchalari tikanga aylangan. Barglari tuksiz, 2—4 sm uzunlikda, eni 1,5—2,5 sm, ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, oxiri uchli bo‘lib tugaydi. Pastki tikanlari yuqoridagi tikanlaridan katta. Iyul-avgust oylarida gullaydi. Gullari pushti rangli, gulkosasi tuksiz, uzunligi 1 sm, 3—5—8 tadan bo‘lib shoxchalarga o‘rnashadi. Mevasi avgust-oktyabr oylarida pishadi. Dukkaklari ayrim-ayrim bo‘lib, tashqi ko‘rinishi chayon dumiga o‘xshash bo‘g‘im-bo‘g‘im bo‘ladi. Urug‘i po‘st bilan soplangan. Urug‘idan juda qiyin ko‘payadi. Yantoqni urug‘idan ko‘paytirish uchun 85—95° qaynoq suvga 1—2 soat solib qo‘yish kyerak yoki urug‘i pishgan paytda qo‘ylarni shu yantoqzorga haydash kyerak. Qo‘ylar yantoqni yeyish bilan birga, urug‘ini ham yeydi. Yantoqzorda boqilgan qo‘ylarning go’ngi yyerga tushsa, u yyerdan yantoq unib chiqishini bir necha bor kuzatganmiz. Buning sababi yantoq urug‘ining po‘sti qalin bo‘lib, qo‘y oshqozonidagi fyermentlar ta’sirida po‘sti yupqalashib, urug‘i ajralib qolsa kyerak. Yantoq qorako‘l qo‘ylarining eng to‘yimli va yaxshi hazm bo‘ladigan qishki yem-xashagi hisoblanadi. Shuning uchun undan katta-katta g‘aramlar tayyorlanib, qish bo‘yi qo‘ylarga byerib boriladi. Yantoqdan kishilar shakar ham olishadi. Buning uchun yantoq shakari pishgan paytda uning tagiga sholcha tutib, tayoq bilan o’rganda yantoqdagi shakar to‘kiladi. Bir kishi yoz davomida 100— 150 kg yantoq shakari to‘plashi mumkin.
Kovrak (Fyerula assa — foetida L.) soyabonguldoshlar oilasidan, bo‘yi 1 m ga yetadigan monokarpik (hayotida bir marta gullab meva byeradigan) ko‘p yillik o‘simlikdir. U fevralning oxirida ko‘karadi. Dastlab ikkita cho‘zinchoq bargcha hosil qiladi. Shu bargchalarning o‘sishi natijasida har biridan uzunligi 10 sm keladigan o‘simta o‘sib chiqadi. Kovrak bahorda ko‘karib, faqat ildiz oldi barglar hosil qiladi. Barglari yumshoq, bandli, uch marta qirqilgan va oq tukchalar bilan qoplangan. Uzunligi 60—80 sm gacha bo‘lgan barglar yer betini qoplab, o‘ziga xos shakl hosil qiladi. Barglari yildan-yilga kattalashib boradi, ildizi esa yo‘g‘onlashib ko‘p miqdorda oziq moddalar to‘playdi. U hayotining sakkizinchi yili poya hosil qiladi va gullaydi. Ildizning og‘irligi birinchi yili bir necha gramm bo‘lsa, sakkizinchi yilga kelib bir necha kilogrammra yetadi. Gullaydigan yili barglarining uzunligi 50—60 sm, diametri 1 m gacha etadi. Poyasi bir sutkada 12— 15 sm o‘sadi. Mart-aprel oylarida gullaydi. Gul byeruvchi novdasining uchida sariq rangli mayda gullardan iborat murakkab soyabon shaklli to‘pgul hosil qiladi. To‘pgullar umumiy yig‘indisining diametri 50—60 sm ga yetadi. Mevasi may-iyun oylarida pishadi. Urug‘i yassi, yupqa tukchali, ellipssimon shaklli bo‘lib, uzunligi 16—20 mm ga yetadi. Poyasi sarg‘ayib quriydi, ichi g‘ovak, yengil, urug‘i to‘kilgach, poyasi yalang‘ochlanib qoladi. Kovrak urug‘idan oson ko‘payadi. Uni odatda kuzda ekish kyerak. Ildizining mazasi sabzi mazasidek shirin va yoqimlidir. Shu sababli aholi uning ildizidan yyerdan endigina ko‘karib chiqayotgan paytda somsa tayyorlab, ovqat sifatida foydalanadilar. Kovrak poyasidan chiqadigan simola Sharq tibbiyotida shamollaganda va bosh og‘riganda foydalanib kelingan va foydalanilmoqda. Shuningdek, Fransiya kulinariyasida ham ishlatiladi. Uning tanasidan yoqimsiz hid chiqib turadi. Quritilgach, bu hid yo‘qoladi va mollar uchun oziq bo‘ladi. I.I.Granitovning ta’kidlashicha, ko‘p gullagan yillari mahalliy xalq uni yosh novdalarini chilpib oladi va maydalab oldin suvda bir oz qaynatadi, so‘ng olovni pasaytirib, bu suyuqlikni sekin-asta bug‘latadi; natijada quyuq «qiyom» hosil bo‘ladi. Bu «qiyom»ning mazasi shirin va hidsiz bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, uning ildizida juda ko‘p kraxmal to‘planadi. O’zbekistonda o‘sadigan kovrakdan har yili 30 ming t gacha kovrak kraxmali olish mumkin. Lekin hozirgacha ana shu tabiat boyligidan negadir foydalanilmay kelinmoqda. Undan texnik spirt olish ham mumkin. Kovrak tarkibida efir moyi ham bor. Undan keladigan hid ham efir hidini eslatadi. Uning urug‘ini qo‘y, echki, qoramol va otlar yaxshi yeydi. Professor Korovin kovraklar turkumiga bag‘ishlangan monografiyasini yozib, bu monografiya uchun 1943 yilda Komarov nomidagi yuksak mukofotni olishga sazovor bo‘ldi.
Isiriq (Peganum harmala L.) tuyatovondoshlar oilasidan, bo‘yi 40—70 sm ga, diametri 1 m ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Isiriq mart oyida ko‘karadi. Uning poyalari tez o‘sadi. Bir tupida 60—80 tagacha poyalari bo‘ladi. Poyasi ko‘m-ko‘k, yumshoq. Barglari ingichka, bir necha bo‘lakka bo‘lingan. Shuning uchun u murakkab bargga o‘xshab ko‘rinadi. Barglari poyasi bo‘ylab joylashgan, bandsiz, uzunligi 10 sm. Ildizi o‘qildiz, qoramtir-qo‘ng‘ir, tuproqqa ancha chuqur kiradi. May oyida gullaydi. Gullari katta, oq tusda, diametri 4 sm gacha bo‘ladi. U gullagan paytda tut ham pishadi. O’sha vaqtda buni bilgan cho‘l axolisi tut yegani shaharga kelishgan. Isiriq mevasi iyun oyida pishadi. Mevasi dumaloq chanoqcha. Uning ichida bir nechta qo‘ng‘ir tusli urug‘lari bo‘ladi. Isiriq urug‘i tarkibida ensefalit (bosh miya yallig‘lanishi) kasalligini davolashda ishlatiladigan alkaloidlar-garmalin, garmalol, peganin va garmin bor. Bundan tashqari, uning urug‘ida qizil va jigar rang bo‘yoqlar tayyorlanadigan bo‘yoq moddalari ham bo‘ladi. Isiriq xalq tabobatida juda qadimdan foydalanib kelinadi. Uning biologik xususiyatini bilmagan avom xalq uni yaqinginagacha ilohiylashtirib kelishgan. Isiriqni turli xil gripp mikroblarini o‘ldiruvchi, xonani zararli mikroblardan tozalovchi vosita ekanligi to‘liq isbotlandi. «Isiriq ming dardga davo» deb bejiz aytilmagan. Uni chorva mollari kam yeydi. Qurigan poya shoxchalarini qishki nam bilan hidi ketgach, yeydi. Isiriq tuproq tanlovchi o‘simlik, u ammiakka boy tuproqda yaxshi o‘sadi. U respublikamizning cho‘l, adir mintaqalarida joylashgan eski qo‘ra, ovullar atrofida ko‘p o‘sadi. U meditsina nuqtai nazaridan foydali o‘simlik. Chorvachilik nuqtai nazaridan begona o‘tdir.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish