Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Pastki tog’‘ dorivor o‘simliklarining bioekologiyasi



Download 28,52 Mb.
bet103/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Pastki tog’‘ dorivor o‘simliklarining bioekologiyasi
Pastki toqqa dengiz sathidan 1200— 2000 m gacha balandlikda bo‘lgan yyerlar kiradi. Bu yuqori adir bilan tutash bo‘lib, uzoq vaqt ko‘karib turadigan efemyerlarning ko‘pligi bilan har aktyerlanadi. Efemyerlar juda kam bo‘lib, chala buta, buta va daraxtlar tagida o‘sadi. Daraxtlar juda siyrak, chunki ularga odamlarning ta’siri katta bo‘lgan. I.I.Granitov va A.I.Granitovlarning yozishicha, bundan 500—700 yillar ilgari barcha tog’‘larimiz buta va daraxtlar bilan to‘liq qoplangan. Keyinchalik tartibsiz foydalanish natijasida ular siyraklashib qolgan. Q.3.Zokirov ham bu haqda gapirib, Zarafshon tog’‘larining yuqori qismi bir vaqtlar archazor o‘rmonlar bilan qoplanganligini va hozirgi vaqtda ularning ko‘p qismi turli sabablarga ko‘ra yo‘q bo‘lib ketganligini yozadi. Masalan, Nurota tog’‘larida bundan ancha yillar ilgari bodom ko‘p o‘sar edi. So‘nggi yillarda kishilar uni yoqish uchun ko‘plab sindirib kelishi natijasida juda siyraklashib qolgan. Hozir bodom faqat tog’‘ning yuqori qismida, odamlar chiqa olmaydigan qiyaliklardagina saqlanib qolgan. Bu joyning iqlimi yuqori adirdan bir oz farq qiladi. Yillik harorat adirdan 3—4° past, yog‘in miqdori bir oz ko‘p. Yog‘in kuzda, qish va bahorda yog‘adi. Qor va muzliklar qishdagina (3—4 oy, ba’zan 5 oygacha) saqlanadi. Ba’zi yillarni mustasno qilganda yoz oylarida umuman yomg‘ir yog‘maydi. Havoning absolyut namligi ancha yuqori bo‘lib, yoz oylarida 40—50% ni tashkil qiladi. Tuprog‘i bo‘z va jigar rang bo‘lib, ba’zi joylarda toshloqli yoki chimli kulrang tuproqlar ham uchraydi. Tuprog‘i gumusga boy bo‘lib, o‘simliklarning o‘sishi uchun juda qulaydir. Bu mintaqada katta har sang toshlar bilan qoplangan yyerlar ham uchraydi. Pastki tog’‘da bir yillik va ko‘p yillik ksyerofit o‘tlardan: bug‘doyiq, esparset, shuvoq, toshkakra, bozulbong, chalov kabilar ancha ko‘p o‘sadi. Respublikamizning hamma tog’‘larida ham bir xildagi o‘simliklar o‘smaydi. Cho‘l mintaqasiga yaqin joylashgan tog’‘larda (Nurota, Oqtog’‘, Bukantog’‘ kabilarda) bug‘doyiqlar deyarli uchramaydi. Bu tog’‘larning o‘simliklari to‘liq ksyerofit bo‘lib, mezofit o‘simliklarni topish qiyin. Buning sababi bu tog’‘larda yoz oylari qor butunlay bo‘lmaydi. Qishda yoqqan qorlar may oyining oxirlaridayoq butunlay yerib ketadi. Bu tog’‘larda o‘simlik turlari juda kam, ko‘pincha chala buta va butalar, qisman juda siyrak holda o‘suvchi ba’zi daraxtlarni uchratish mumkin. O‘zbekistonning sharqidagi tog’‘lar bo’lardan tubdan farq qiladi. Bu yyerda qor va muzliklar uzoq, vaqt yotadi. Nam ancha ko‘p. Shu sababli bu yyerda efemyerlar va ko‘p yillik o‘simliklar bilan birga chala buta, buta va daraxtlar ancha ko‘p o‘sadi. Pastki tog’‘da eng ko‘p tarqalgan bir yillik efemyer, ko‘p yillik o‘tlar va daraxtlardan ba’zilari bilan tanishib o‘tamiz.
Zirk (Byerbyeris iritegyerrima Bge.) zirkdoshlar oilasidan, bo‘yi 4 m ga yetadigan, ko‘p shoxlangan butadir. Eski poyalari kulrang, yosh novdalari qo‘ng‘irroq rangda. Tikanlari uch bo‘lakli, uzunligi 15 mm. Barglari teskari tuxumsimon, cho‘zinchoq, o‘tmas, chetlari bir oz tishchali, yuqori tomoni ko‘k rangda. Zirk mart oyida ko‘karadi, may oyida gullaydi. Gullari sariq rangda bo‘ladi. Gul shingili shoxlangan, ro‘vaksimon, mevasi iyun-iyul oylarida pishadi. U qoramtir-ko‘kish rangda bo‘ladi. Mevasi nordon bo‘ladi. Uning ho‘l yoki quruq mevasidan qiyom, mo’rabbo tayyorlanadi. Mevasi bemorlarni davolashda issiqni tushiruvchi va chanqoqni qoldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Zirkning po‘stlog‘idan sariq bo‘yoq olinadi. Zirk eng yaxshi asalchil o‘simlik hamdir. Uning ildizida ba’zi alkaloidlar bo‘lganligi uchun dori tayyorlashda keng ishlatiladi. Zirk respublikamizning tog’‘li rayonlarida ko‘p bo‘lib, to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. Mahalliy aholi uning foydali ekanligini azaldan biladi va mevasini yig‘ib ziravor sifatida ovqatga soladi. Zirkning foydasi bilan birga zarari ham bor. Uning bargida zang zamburug‘i dastlabki bosqich davrini o‘tib, keyin donli ekinlarga tushadi va uni zararlaydi. Natijada donli ekinlar hosiliga katta ziyon etkazadi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish