Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Qora andiz (Inula grandis Schrenk



Download 28,52 Mb.
bet101/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Qora andiz (Inula grandis Schrenk) ko‘p yillik o‘tchil o‘simlik bo‘lib, balandligi 100-150 sm ga etadi. Poyasi bitta yoki bir nechta tik o‘suvchi, syertuk, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari yirik, uzun bandli, tuxumsimon o‘tkir uchli bo‘lib, asos qismi tomon qisqarib boradi. Gullari tilla sariq rangli bo‘lib, savatchaga to‘plangan. Mevasi – cho‘ziq to‘rt qirrali, jigar rang yoki qo‘ng‘ir tusli pista.
I yun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgust oylarida pishadi. Andiz respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida uchraydi. Ayniqsa Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Shahrisabz tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlarining tog’’ etaklarida juda ko‘p o‘sadi.
Qora andizning ildiz va ildizpoyasi kuzda yoki yerta bahorda kovlab olinadi, va uni tozalab ko‘ndalangiga qirqib, ochiq xavoda quritiladi.
O‘simlikning ildiz va ildizpoyasi tarkibida efir moyi, laktonlar, inulin, qandlar hamda alkaloidlar, saponinlar va boshqa birikmalar bor.
Xalq tabobatida ildiz va ildizpoyasidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma balg‘am ko‘chiruvchi, siydik haydovchi, isitma tushiruvchi, gijja haydovchi dori sifatida, hamda shamollash va o‘pka sili kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Qoncho‘p (Chelidonium majus L.) ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ko‘knorguldoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 80-100 sm ga yetadi. O‘simlikning hamma qismida sutga o‘xshash shirasi bor. Barglari navbatma-navbat joylashgan, bandli. Gullari poya va shoxlarining uchidan chiqib, soyabonsimon to‘pgullar hosil qiladi.
Qoncho‘p ko‘pincha bog‘lar, ekinzorlarda, turar joylar yaqinida begona o‘t sifatida o‘sadi. O‘simlikni muhim ahamiyatli dorivor ekanligini tushungan odamlar, uni ko‘pincha o‘z uylari atroflariga, gulzorlari o‘rniga ekib ko‘paytirishadi va undan foydalanishadi.
O‘simlik tarkibida alkaloidlar, efir moylari, vitamin C, karotin, organik kislotalar, flavonoidlar, saponinlar va boqsha moddalar bor.
Xalq tabobatida uni damlamasidan jigar va o‘t yo‘llari yallig‘lanish kasalliklariga, bu o‘simlik preparatlari qo‘shib tayyorlangan surtma doridan tyeri sili davosiga ishlatish uchun foydalaniladi.
Zamonaviy tabobatda o‘simlikdan tayyorlangan ekstrakt og‘riqni qoldiradi, baktyeriyalarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek uning sut shirasi gepatit, xoletsistit, gastrit va entyerit og‘riqlarini qoldiradi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish