Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet56/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Geografik tarqalishi. Nam yyerlarda, suv bo‘ylarida, o‘tloq va butalar orasida o‘sadi. Kavkaz, O‘rta Osiyo, Moldova, Ukraina, Belorus, Rossiyaning YYevropa qismining cho‘l va o‘rmon cho‘l zonasida hamda G‘arbiy Sibirda uchraydi. Mahsulot, asosan, Krasnodar va Stavropol o‘lkalarida hamda Qozog‘iston va boshqa yyerlarda tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash. Qora andizning ildiz va ildizpoyasi kuzda yoki yerta bahorda kovlab olinadi. Ular tuproqdan tozalanib, suv bilan yuviladi, yo‘gon ildiz va ildizpoyalar ko‘ndalangiga qirqilib, ochiq havoda quritiladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot turli shakldagi uzun, yo‘g‘on ildiz va qisqa, yo‘g‘on hamda ko‘p boshli ildizpoyalardan iborat. Ildiz va ildizpoya 2—20 sm uzunlikda, 1—3 sm yo‘g‘onlikda bo‘lib, usti burishgan, kulrangqo‘ng‘ir tusli po‘stloq bilan qoplangan. Mahsulotning ichi sarg‘ish-oq. Efir moyi turadigan yaltiroq qo‘ng‘irrangli joylari bor. Mahsulot mo‘rt, ko‘ndalangiga tekis sinmaydi. Ildiz va ildizpoya o‘ziga xos xushbo‘y, kuchli hid hamda achchiqroq va o‘tkir mazaga ega.
Kimyoviy tarkibi. Ildiz va ildizpoyasi tarkibida 1—3% efir moyi, 44% gacha inulin va boshqa uglevodlar, oz miqdorda alkaloidlar, sirka va benzoat kislotalar hamda saponinlar bo‘ladi. Efir moyi tez qotuvchi, kristall massa, o‘ziga xos hid va mazaga ega.
Ishlatilishi. Bu o‘simlik preparati balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida hamda me’da va ichak kasalliklarida ishlatiladi. Efir moyi antiseptik, gijja haydash xususiyatiga va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Uning gijja haydash xususiyati tarkibida alantolaktonlar borligi bilan tushuntiriladi. Qora andiz ildizpoya va ildizidan allanton dorivor preparati olingan. Ushbu preparat yallig‘lanishga qarshi, qon tomirlarini mustahkamlovchi va antiseptik ta’sirga ega hamda me’da yara kasalligida yaraning bitishini tezlatadi. Bu preparat kuniga 3—4 marta bitta tabletkadan me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun iste’mol qilinadi.
Dorivor preparati. Qaynatma, allanton (tabletka holida). Ildiz va ildizpoya yo‘talga qarshi hamda balg‘am ko‘chirish uchun ishlatiladigan yig‘ma-choylar tarkibiga kiradi.
ARPABODIYON
O‘simlikning nomi. Anissimon (oddiy) arpabodiyon — Pimpinella anisum L. (Anisum vulgare Gayerth); seldyerdoshlar — Apiaceae (soyabonguldoshlar — Umbellifyerae) oilasiga kiradi (29-rangli rasm). Arpabodiyon bir yillik, bo‘yi 30—60 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, tukli, ko‘p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildiz oldi va poyaning pastki qismidagi barglari uzun bandli, yumaloq, buyraksimon, tuxumsimon yoki bo‘lakli, yirik tishsimon qirrali. Poyaning o‘rta qismidagi barglari uzun bandli, uch bo‘lakli (bo‘laklari rombsimon), arrasimon qirrali, poyaning yuqori qismidagilari esa qinli, 2—5 marta patsimon qirqilgan. Poya uchidagi barglar bandsiz, uch bo‘lakka qirqilgan yoki butun, chiziqsimon, yoxud tor lantsetsimon bo‘ladi. Barglar poyada bandi bilan yoki qini yordamida ketma-ket joylash gan. Gullari mayda, ko‘rimsiz, oq rangli, murakkab soyabonga to‘plangan bo‘lib, soyabonguldoshlar oilasiga xos tuzilgan. Kosachabarglarining tishi bilinar-bilinmas, gultojisi besh bargli, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi — qo‘shaloq pista. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgustda yetiladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish