Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘SIMLIKNING O‘SISHIGA TA’SIR ETUVCHI FIZIOLOGIK MODDALAR



Download 1,16 Mb.
bet98/127
Sana26.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#706298
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi (2)

O‘SIMLIKNING O‘SISHIGA TA’SIR ETUVCHI FIZIOLOGIK MODDALAR.


O‘SIMLIK GORMONLARI O‘simlik gormonlari yoki fitogormonlar - o‘simlik tanasida juda oz miqdorda (10-13 - 10-5 mol/l) hosil bo‘ladigan faol moddalar bo‘lib, fiziologik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etadi. Bu moddalar yordamida hujayralar, to‘qimalar va organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqada amalga oshadi hamda o‘simliklarning o‘sish jarayoni tartibga solinadi. Fitogormonlar hakidagi ta’limot XX asrning 3O-yillarida N.G.Xolodniy va V.V.Vent tomonidan yaratiladi. Ular o‘simliklar o‘sishining gormonal nazariyasini taklif etdilar. Keyingi yillarda auksinlar, gibberellinlar, sitokininlar, abssiziilar, etilen va boshqalar mavjudligi aniqlandi. Fitogormon- larni 1938 yilda Boysen-Iensen va 1963 yilda E.Sinnot o‘stiruvchi moddalar deb atashni taklif etadilar. Keyingi yillard ular o‘simlik gormonlari , “fitogormonlar” deb yuritila boshlaydi. Bu birikmalar o‘simliklarning yosh barglarida, poya va ildizlarning suvchi qismlarida hosil bo‘ladi va keyin o‘sish jarayonlari faol joylarga ko‘chiriladi. Ular o‘z ta’sirlarini juda oz miqdorda amalga oshiradi, ya’ni o‘simlik tanasidagi bir qancha reaksiyalarda ishtirok etadi va ularni boshqaradi.
AUKSINLAR. O‘simliklar poyasi va ildizning ichki (apikal) qismida hosil bo‘ladigan bir guruh moddalar auksinlar deyiladi. Ular asosan indol tabiatli kimyoviy moddalar hisoblanadi. Bunday moddalarning mavjudligi to‘g‘risida birinchi marta 1880 yilda CH.Darvin fikr yuritgan. U o‘simliklar harakatining (tropizmlar) mexanizmini o‘rganish maqsadida etiolgtangan maysalarga bir tomondan yorug‘lik ta’sir ettiradi. Maysalar poyasiniig ichki qismi yorug‘likka tomon egiladi. Poyaning ichki qismi (3-4 mm) yorug‘lik o‘tkazmaydigan qora qog‘oz bilan o‘rab qo‘yilganda esa maysalar egilmaydi va to‘g‘ri o‘sa boshlaydi. Maysalarniig ichki qismini ochiq qoldirib, boshqa hamma qismini qora qog‘oz bilan o‘raganda ham ular yorug‘likka tomon egiladi. SHushing uchunCH.Darvin maysalarning uchki qismi yorug‘likni faol sezuvchi va sensorlik funksiyasini bajaradi, chunki o‘simliklarning o‘sish nuqtalarida qandaydir moddalar hosil bo‘ladi va ularga yorug‘lik ta’sir etadi, degan xulosaga keladi. O‘simliklarning o‘sish nuqtalarida o‘stiruvchi moddalar xosil bo‘lishini XX asrning boshlarida gollandiyalik olim V.V.Vent aniq tajribada isbotlab berdi. Poyaning uchki qismidan olingan kesma agar-agar plastinkasiga qo‘yiladi va biroz vaqt o‘tgach plastinka uchi kesilgan asosiy poyaga o‘rnatiladi. Bunda o‘sish yana tiklanganligini kuzatish mumkin. CHunki kesmadagi o‘stiruv moddalar agar-agar plastinkasiga shimilgan bo‘lib, plastinka asosiy poyaga qo‘yilganda bu moddalar tirik hujayralarga o‘tadi. 1935 yilda F.Kegel bu o‘simliklarda (keng tarqalgan) modda indolil -3-sirka kislota ekanligini aniqladi va bu guruh birikmalariga auksinlar deb nom berdi. Auksin yunoncha “aixano” — o‘sish ma’nosini bildiradi. Birikma kupincha geteroauksin (S10N9O2) deb ataladi. O‘simliklar poyasi o‘sishiga faqat erkin holdagi auksinlar ta’sir etadi. Bog‘langan auksinlarning fiziologik tabiati aniqlangan emas. Auksinlar o‘simliklardagi muhim fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi. Ular hujayralarning bo‘linish va cho‘zilish jarayonlarini, nafas olish, oqsillar, uglevodlar hamda nuklein kislotalarning sintezini faollashtiradi. Umuman, auksinlar hujayraning funksional faoliyatini kuchaytiradi. O‘simliklarning auksinlar to‘plagan organlari o‘zlariga (boshqa organlardan) oziqa moddalarni

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish