Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 1,16 Mb.
bet93/127
Sana26.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#706298
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi (2)

GAZLARNING MIQDORI. Havo tarkibi, ayniqsa, kislorod va karbonat angidridning miqdori ham o‘sishga ta’sir etadi. Ammo havo tarkibidagi kislorod ikki martagacha kamaytirilsa ham o‘simliklarning o‘sishiga ta’sir etmaydi. Tuproq tarkibidagi kislorodning kamayib ketishi esa ildizlarning o‘sishiga ta’sir etishi mumkin.Bu albatta, o‘simlik turlariga ham bog‘liq. Tuproqda ildizlarning faol o‘sishi uchun pomidorga — 16, suliga — 8, soyaga — 6 va sholiga — Z kislorod kerakligi aniqlangan. O‘sish tezligiga sezilarli darajada karbonat angidrid miqdori ham ta’sir etadi. Havo tarkibidagi CO2 ko‘payganda hujayra po‘stining cho‘ziluvchanligi ortadi va qisqa muddatga to‘qimalarning o‘sishi tezlashadi. Bu hujayra po‘stida rNning pasayishi bilan bog‘liq deb tushuntiriladi. Ekinzorlarda tup soni juda qalin bo‘lganda o‘simliklarning o‘sib ketishi ham shunga bog‘liq degan tushunchalar bor.
SUV MIQDORI. Tuproq va havo tarkibidagi nam miqdori o‘simlikka ham ta’sir etadi. Hujayraning, ayniqsa, sitoplazmaning me’yoriy tuzilmasi va faoliyati, demak, o‘sish ham suv bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Buni urug‘ misolida ko‘rish mumkin. Tarkibida 10-12 %suvi bo‘lgan urug‘lar ko‘p yillar davomida unmasdan saqlanish qobiliyatiga ega. Urug‘lar ekish oldidan namlanganda, o‘z og‘irligining 50 % gacha suvni shimib oladi va faol o‘sish boshlanadi.O‘simliklarning ildiz tizimi ham namlik sharoitida yaxshi o‘sadi. YA’ni tuproq eritmasining osmotik bosimi 1-1,5 MPa.dan yukori bo‘lmaganda ildizlar suv bilan yaxshi ta’minlanadi.
MINERAL OZIQLANISH. O‘simliklarning mineral oziqlanishi ham o‘sish jarayonida katta ahamiyatga ega. Zarur elementlarning birontasini chikarib tashlash, avvalo o‘sishning to‘xtashiga, keyinchalik esa nobud bo‘lishiga olib keladi. Ammo mineral elementlarning ko‘p bo‘lishi o‘sish samaradorligini ancha pasaytirishi mumkin. Ayniqsa, azot miqdori ko‘p bo‘lishi o‘simlikning yer ustki qismlarining o‘sishini juda tezlashtirib yuboradi, bu esa vegetatsiya davrining cho‘zilishiga va urug‘lar pishishining kechikishiga olib keladi. Azotning yuqori konsentratsiyasi hujayralarning differensiatsiya fazasini kechiktiradi va natijada gullarning hosil bo‘lishi xam ancha kech boshlanadi. Shuning uchun ham o‘g‘itlardan foydalanish jarayonida vegetativ a’zolarning bir yoqlama o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish