Bog'liq Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi (2)
d) Ksilema shirasining bo'shashi, ya ni undan chiqishi. O'simlikni turiga va uning mineral oziqlanishi sharoitiga qarab, yuqorga ko'tariluvchi oqimning harakatlanishi jarayoni mobaynida ksilema shirasining tarkibidagi moddalar, xususan, amidlar, aminokislotal organik kislotalar va boshqalarning miqdori son va sifat jihatid o'zgarib boradi. Masalan, makkajo'xori va loviya o'simligi ildizlarining o'suvchi qismlariga muhitdan o'tgan natriy ionlari ksilema shirasida ildizning boshqa yetuk qismlaridagiga nisbatan katta hujayralarga o'tish natijasida ushbu ionning ildiz bo'yinchasi ksilema shirasidagi miqdori ikki va undan ortiq marotaba kamayib ketishi mumkin. Shuningd natriy ionlarining ksilema shirasi tarkibidan chiqishi poya to'qimalarida ham davom etadi. Ksilemaning boshqa bir ioni bo'lgan nishonlangan 42K kationlari anchagina suv yutuvchi poya qobig'i ksilema parinxemalari to'qimalari hujayralarida ham ko'plab uchraydi. Shuningdek, baqlajon o'simtalari barglari ksilema shirasi tarkibida ham kaliy, kalsiy, fosfor va nitrat ionlarining miqdori poya shirasidagiga nisbatan ko'pligi aniqlangan. Barg hujayralari ksilema shirasi tarkibida o'simlikning boshqa qismidagiga nisbatan ionlar miqdorining ko'p bo'lishligini ksilema to'qimalarining oxiri bo'lgan barg tishchalari-gidatodlaridan ajraluvchi shira miqdorini aniqlash orqali ham bilish mumkin. Chunki, ushbu ksilema shirasi tashiluv orqali ildiz hujayralariga surilgandan boshlab, barglardan chiqqanigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan hamda barglarga kiruvchi shiraga nisbatan ham kambag'alroqdir. (1-jadval)
Ksilema shirasining bo'shashi ya'ni ksilema to'qimalaridan suv va lonlarning chiqishi ksilema to'qimalari tomirlarining gidrostatik bosimi, Iranspiratsiyalovshi kuchi va atrof muhit hujayralarining ta'siri bilan Izohlanadi. Ksilema tomirlaridan, suv va unda erigan moddalar, hujayra devoriga (apoplast) hamda obklad hujayralari yoki barg mezofill hujayralari sitoplazmasiga ham o'tadi. Mineral elementlarning apoplastdan barg hujayralariga o'tishi H+-pompasining faol ishlashi tufayli ro'y beradi.
Ksilema shirasi bilan birga bargga keluvchi anorganik ionlar, azot va fosforning har xil birikmalari bargning o'sishi hamda hujayra hajmining o'zgarishi davrida ular osmotik potensialining ushlab turishi uchun zarurdir. Ksilema komponentlari uchun o'sayotgan barglar eng kuchli akseptorlar hisoblanadi. Ammo ksilema to'qimalari bo'ylab barglarga kelayotgan va transpiratsiyalanayotgan suvning miqdori hujayralar hajmidan 5-10 marotaba kattadir.
Binobarin barg hujayralariga ksilema shirasi bilan birga ionlar ham tashilishi tufayli, xlorenxima hujayralarining tuzlar bilan to'yinishi ham ro'y berishi mumkin. Barg to'qimalarida ortiqcha ionlardan qutulish yo'llari uch xil bo'lishi mumkin:
hujayra devorlarida, vakuolalarda, mitoxondriyalarda tuzlarning qiyin eruvchi cho'kmalarining paydo bo'lishi;
d) sho'rlangan tuproqlarda o'sayotgan o'simliklarda maxsus
hosilalar masalan, tuz bezchalari va tukchalarida tuzlarning yig'ilishi va ular tufayli ajralishi.