2500 ta ma’lum bo’lgan atom yadrolarining 90% barqaror bo’lmagani uchun radioaktiv hisoblanadi. Katta yadrolarda, nuklonlarni yadro kuchlari tortishi va protonlarning itarish kuchlari orasidagi raqobati tufayli, barqaror bo’lmasligi kuzatiladi. Zaryad soni Z > 83 va massa soni A > 209 bo’lgan barqaror yadrolar mavjud emas. Yadrolarning α - vа β –parchalanishiga nisbatan γ –parchalanishda yadroning ichki tuzilishi o’zgarishiga bog’liq bo’lmaydi, zaryad yoki massa sonlari o’zgarishi sodir bo’lmaydi. α - vа β – parchalanishlarda hosil bo’lgan yangi yadro qandaydir qo’zg’atilgan holatda bo’lib, ortiqcha energiyaga ega bo’ladi. Yadroning qo’zg’atilgan holatdan asosiy holatga o’tishi, energiyalari bir necha MeV bo’lgan bitta yoki bir nechta γ-kvantlarni chiqarish bilan sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |