24-rasm. A, B— Characium sieboldii. (A — vegetativ xujayra, B— zoosporaning xosil bo‘lishi), V, G— Ch. Limneticum (V — makrogametangiy, G — mikrogametangiy).
Xaratsium (Characium) bir hujayrali epifit suvo‘t (16-rasm, L). Hujayrasi uzun cho‘ziq yoki urchuqsimon bo’lib asimmetrik tuzilishga ega. Substratga kichkina yumaloq tanachalar yordamida yopishib o‘sadi. Ko‘payishi ikki xivchinli zoosporalar yordamida sodir bo‘ladi (16- rasm, B). Ona hujayra devori yirtilgandan so‘ng zoosporalar suvga chiqadi. Ba’zi turlarida jinsiy ko‘payishi anizogamiya, ya’ni ona hujayra makro va mikro gametangiyga aylanadi. Makrogametapgiydan bir necha yirik yashil rangli urg‘ochi gameta, mikrogametangiydan esa juda ko‘p miqdorda mayda sariq-yashil rapgli erkak gametalar hosil bo‘ladi. Har xil shakldagi gametalar bir-biri bilan ka-pulyatsiya qiladi (16- rasm, V, G).
Gidrodiksion yoki suv to‘rchasi Hudrodictyon yirik makroskopik senobial suvo‘ti bo‘lib, ko‘proq ko‘lmak va azotga boy chuchuk suvlarda o’sadi.Uzunligi 15 — 30 sm. Ba’zi turlarida silindr yoki uzunchoq hujayralar uchtadan bo‘lib, uchlari bilan tutashadi va likopchasimon shakldagi to‘r hosil qiladi. Masalan, N. africanum, N. reticulatum (17- rasm, b) xamma tomoni berk silindrga o‘xshaydi.
N. africanum kichik suv omborlari ostida to‘planadi, uning hujayrasi silindr shaklida bo‘lib, diametri 1 sm.
N. reticulatum senobial makroskopik bo‘lib, hamma tomoni berk silindrga o‘xshaydi (17-rasm, b). Uning bo‘yi 0,5 m ga, eni 10—15 sm g'a etadi. Hujayra devori to‘r shaklida bo‘lib, u uzunligi 1 sm li hujayra uchlarining o‘zaro (4—5 tasining) qo‘shilishidan hosil bo‘lgan katakcha- lardan tuzilgan. Sitoplazma hujayra po‘sti ostida joylashgan. Hujayra markazini vakuola ishg‘ol etadi, xromatoforalari ko‘p pirenoidli va ko‘p yadroli (17-rasm, v).
Qo‘shilayotgan zoosporalar elektron mikroskopda kuzatish bilan ularning plazmolemma ostida hosil bo‘lgan naycha orqali kopulyatsiya qilishi aniqlangan. Jinsiy ko‘payishi izogamiya. Ona xujayra ichida juda ko‘p mikdorda ikki xivchinli kichik gametalar hosil bo‘ladi. Gametalar hujayra devorini yirtib suvga chiqadi. N. reticulatum bir uyli (gomotalizm xususiyatiga ega: bir hujayradan chiqqan gametalar bir-biri bilan kopulyat siya qiladi. Kopulyasiya qilayotgan gametalar elektron mikroskopda kuzatilganda, ular orasida farq borligi aniqlangan. Qo‘shilayotgan gameta-larning birida xivchin o‘rtasida kichkina do‘mboqcha bo‘lib, ikkinchi xil gametada bunday do‘mboqchalar bo‘lmaydi. Kopulyatsiya vaqtida do‘mboqchadan naycha o‘sib, shu naycha ikkinchi gametaning membranasi bilan qo‘shiladi (18-rasm) va zigota hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |