Bakteriyalarga qarshi kurashadi; Qulupnaydagi polisaxaridlar organik kislotalar bilan birgalikda ichak mikroflorasini normallashtirishga, disbakteriozni oldini olishga va organizmdan toksinlar hamda og‘ir metallarni haydashga yordamlashadi.
Tanaga zarur darmondorilarni yetkazib beradi; Qulupnayni muntazam iste’mol qilinishi mavsumiy vitamin tanqisligining oldini oladi va organizmni S, Ye va V guruhi vitaminlari bilan to‘yntiradi. Bundan tashqari qulupnay tarkibida yuqori miqdorda metall moddalar – marganets, kaliy, kalsiy, mis, kobalt, molibden xususan yengil hazm bo‘ladigan shaklda mavjud.
Yana unda foliy, limon, olma va salitsil kislotalari yurak siqilishini oldini olishda ko‘maklashuvchi V vitamini, ish faoliyatimiz tonusini oshirishda yordam beruvchi K vitamini, qoni kam insonlar uchun foyda bo‘ladigan temir moddasi bor.
Olmalar kenja oilasi – Maloideae (Olma - Malus) foydali xusuiyatlari.
Tabiat neʼmatlarida barcha kasalliklarning davosi mujassam. Ular orasida eng keng tarqalgani va eʼtibor qozongani — olma. Rivoyatlarga koʻra, bu “janobi oliylari” Yer yuzida inson nasli paydo boʻlishiga sababchi boʻlgan ekan!
Manbalarda aytilishicha, olmaning asl vatani Markaziy Osiyo boʻlib, dunyoda yetti mingga yaqin turi mavjud. Oʻzbekiston hududida esa yuzdan ortiq olma navlari o‘stiriladi
Olmada S, V1, V2, R, Ye, A vitaminlari, kaliy, marganes va temir moddalari koʻp miqdorda mavjud. S va V vitaminlari barcha aʼzolarda modda almashinuvini yaxshilaydi. R va Ye darmondorilari organizmni yoshartirib, teri va toʻqimalar holatini tiklaydi. Kaliy moddasi arterial qon bosimini meʼyorlashtirishi, tish emali va suyak toʻqimalarini mustahkamlashi tadqiqotlarda koʻp bora oʻz isbotini topgan. Olma tarkibidagi pektin esa organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuborishga koʻmaklashadi, shuningdek, qandli diabet kasalligidan uzoqlashtiradi. Bu modda yana yuz terisining tarang va tiniq boʻlishini taʼminlaydi.
Bundan tashqari, miyadagi zoʻriqishlar, kayfiyatni xira qilib turadigan oʻy-xayollarni unutishda ham olmaning yordamiga tayanish mumkin. Buning uchun yotoqxonadagi deraza tokchasiga xushboʻy hidli olmadan 1-2 tasini terib qoʻyish, kifoya.
Olmaning 80 foizi suvdan, qolgan 20 foizi foydali vitaminlardan tashkil topgan. 100 g yangi uzilgan olmada bor-yoʻgʻi 47 kilokaloriya mavjud. Unda yogʻlar deyarli yoʻq. Biroq tarkibi uglevodlarga boy boʻlgani uchun toʻyimlilik darajasi yuqori. Shu sababdan ozishni istaganlar uchun yaxshi oziq boʻla oladi.
Shifobaxshligi Olmada chirish-bijgʻish jarayonini sekinlashtiruvchi, ichakdagi meteorizmni faollashtiruvchi moddalar koʻp, shu sababli bu meva tanani zararli moddalardan tozalab, qorin dam boʻlishidan xalos qiladi. Oshqozon-ichak xastaliklarida, yoʻgʻon ichak yalligʻlanishida va dizenteriyada olma yordamga keladi. Bundan tashqari, ozish niyatida boʻlganlarga 1 haftaga moʻljallangan olmali parhez yaxshi yordam beradi. Bunda 7 kun davomida olmadan tayyorlangan salatlar, kompot va sharbatlar, gaz pechida dimlangan hamda bugʻda pishirilgan olmali taomlar isteʼmol qilinadi.
Olma tarkibidagi dubil moddalar tanada peshob kislotasi toʻplanishiga qarshilik qiladi. Shuning uchun podagra kasalligida ham olmali parhez yaxshi naf beradi. Bundan tashqari, buyrak-toshi va oʻt toshi kasalliklaridan saqlaydi, olmali parhez peshob va oʻt ajralishini faollashtiradi.
Olma qabziyatning oldini oladi. Buning uchun ertalab och qoringa 1-2 dona olma yeyish talab etiladi. 2-3 haftada bir marta 1 kun taom yemasdan faqat olma bilan oziqlanish yordamida organizmni tabiiy usulda tozalasa boʻladi.
Bu mevani xush koʻruvchilar aqlli boʻlishadi. Chunki olma tomirlardagi qon harakatini maromiga keltirib, parishonxotirlik, miya horgʻinligiga qarshi kurashadi. Tadqiqotchilarning fikricha, kishi kuniga 3 dona olma isteʼmol qilsa, hatto ulugʻ yoshda ham xotirasi mustahkam boʻlib, miyasi yuqori aniqlikda ishlar ekan.
Gipertoniyaning yengil turlarini dori-darmonsiz faqat olma yordamida davolash mumkin. Kundalik taomnomada doim olma boʻlishi tanadagi yurak faoliyati bilan bogʻliq shishlarni bartaraf etadi, infarkt va insultning oldini olishga hissa qoʻshadi.
Olmadagi A vitamini apelsindagidan 50 foiz koʻp. U tanani shamollashdan va koʻzni xiralashishdan saqlaydi. Mazkur mevada boshqa neʼmatlarda uchramaydigan G vitamini mavjud. U, ayniqsa, yosh bolalar uchun foydali boʻlib, ishtahani ochish va oʻsib-rivojlanishni taʼminlaydi.
Olmada S darmondorisi banandagidan 10 marta koʻp. Biroq olma qancha koʻp turib, soʻlib qolsa, undagi foydali moddalar shuncha kamayadi.
Nordon olma — tabiiy antibiotic Nordon olmada S vitamini koʻp boʻlgani uchun immunitetni oshirishga katta hissa qoʻshadi. U tomirlar devorini mustahkamlaydi, uzoq vaqt ogʻrib qolgan bemorlarni quvvatlantirishga yordam beradi. Olmadagi fitonsidlar — tabiiy antibiotik boʻlib, shamollaganda va gripp bilan kurashishda organizmdagi viruslarni nobud qilishga qodir.
Poʻstlogʻi, urugʻi va sirkasining foydasi Koʻpchilik olimlarning taʼkidlashicha, olma poʻstlogʻida qonni ortiqcha xolesterindan tozalovchi, saraton hujayralari oʻsishini toʻxtatuvchi moddalar mavjud, shu bois bu mevani poʻstini archimasdan yeyish tavsiya etiladi.
Yosh bolalarga esa chaynash refleksi toʻliq shakllanmaguncha, olmaning poʻstini archib, qirgʻichdan oʻtkazilgan boʻtqa holida bergan maʼqul.
Olmadan dorivor sirka tayyorlanadi. Sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishda uning ahamiyati beqiyos. Olma sirkasini salatlarga va turli taomlarga oz-ozdan qoʻshib, muntazam ravishda isteʼmol qilish infarkt va insult kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Agar 30 ml olma sirkasi 200 ml iliq suvga qoʻshilib, 1 oy davomida kuniga 1-2 marta ovqatlanishdan oldin ichilsa, qondagi xolesterin miqdorini 30 foizgacha kamaytiradi.
Olmaning urugʻi ham foydali. Unda yod miqdori nihoyatda koʻp. 5-6 dona olmaning urugʻi odam organizmini 1 haftalik zaruriy yod moddasi bilan bemalol taʼminlay oladi.
Olmaning foydalilik jihati uning rangiga ham bogʻliq. Masalan, qizil va sariq rangli olmani koʻpchilik xush koʻradi, chunki qand — uglevod koʻpligi bois, bunday olmalar juda shirin boʻladi. Tibbiyot nuqtai nazaridan qaralganda esa tarkibida pektin moddasi moʻl boʻlgan yashil nordon olmaning shifobaxshligi koʻproqdir.
Qizil olmaga qaraganda koʻm-koʻk olmaning kaloriyasi biroz kam. Agar vaznni kamaytirmoqchi yoki qand xastaligidan himoyalanmoqchi boʻlsangiz, koʻk olma, yaʼni nordon-shirin olmalarni isteʼmol qilgan maʼqul.
Umumjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga koʻra, kuniga erkaklar olmani 700 g, ayollar esa 500 g dan oshirmasligi kerak. Shuni hisobga olingki, olma tarkibida meʼda shirasi hosil boʻlishiga taʼsir qiladigan kislota mavjud. Shu bois olmani odatda, tushlikdan avval isteʼmol qilgan yaxshi.
Ayrimlar oddiy olmaga qaraganda qoʻrda pishirilgani kaloriyali, deb hisoblaydi. Agar pishirish chogʻida olmaga asal, shakar, tvorog qoʻshilmasa, uning kaloriyasi oddiy olmaniki bilan bir xil boʻladi.
Olma qoqini choynakka qaynoq suv solib damlasangiz, olmali choy hosil boʻladi. Bunday damlama tinchlantiruvchi xususiyatga ham ega. Qoʻrda pishirilgan olmada esa meʼda shirasi ajralishiga taʼsir koʻrsatadigan kislotalar kam.
Olmani koʻp isteʼmol qilish qonni koʻpaytiradi, degan xato qarash ham mavjud. Olma tarkibida temir miqdori shu darajada ozki, amalda organizm uni oʻzlashtirolmaydi. Biroq olmada darmondorilar, ichakdagi zaharli moddalarni zararsizlantiruvchi kletchatka koʻp.
Olmaning har qanday navi tarkibida 80 foizga qadar suv mavjud. Biroq kuz va qishga borib pishadigan koʻk olmalarda suv biroz kam boʻladi.
Oshqozon yarasi, ich qotish, eroziya, jarohat kabi taom hazmi bilan bogʻliq xastaliklar xuruj qilgan paytlarda olma koʻp yeyilsa, ogʻriq paydo qilishi, xastalikni rivojlantirib yuborishi mumkin. Chunki olmada, ayniqsa, uning poʻstlogʻida dagʻal kletchatka koʻp.
Olmaning mevasi, sharbati, kompoti, murabbosi, qoqisi keng isteʼmol qilinadi. Shuningdek, olma mahsulotlarini turli pishiriqlar va shirinliklarga solgan holda tanovul qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |