Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Download 84,09 Kb.
bet4/6
Sana08.07.2022
Hajmi84,09 Kb.
#757862
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdusattorov sarvar

Jinsiy sistemasi - germafrodit, odatda murakkab tuzilgan. Ko‘pchilik chuvalchanglarda jinsiy bezlari rivojlangan. Jinsiy bezlar juda xilma-xil tuzilgan. Quyida ko‘p shoxli va uch shoxli chuvalchanglar jinsiy sistemasiningtuzilishi keltirilgan.Erkaklik jinsiy sistemasi parenximada yoyilib joylashgan juda ko‘p mayda pufakchalar-urug‘donlar urug‘ chiqaruvchi naychalar va tananing ikki yonida joylashgan urug‘ yo‘lidan iborat. Ikki urug‘ yo‘li qo‘shilib, urug‘ to‘kuvchi nayni hosil qiladi. Bu nay kuyikish organi orqali o‘tib, kloakaga ochiladi. Jinsiy kloakaga urg‘ochilik jinsiy sistemasi nayi ham ochiladi. Urg‘ochilik jinsiy sistemasi bitta, ikkita yoki ko ‘p sonli tuxumdonlar, ulardan boshlanadigan ikkita tuxum yo‘li, jinsiy qin va juda ko‘p sariqdonlardan iborat. Sariqdonlar rivojlanayotgan embrion uchun oziq modda hisoblanadi; ularning nayi tux­um yo‘liga ochiladi. Sariqdon hujayralari urug ‘lanish xususiyatini yo ‘qotgan tuxum hosil qiluvchi hujayralar - ootsitlar hisoblanadi. Urg‘ochilik jinsiy bezlari yo‘li ham kloakaga ochiladi. Ko‘pincha jinsiy kloakaga urug‘ qabul qilgich yo‘li ham ochiladi. Tuxum hujayra tuxum yo‘lida urug‘lanib, sariq modda va qobiq bilan o‘raladi. Tuxumning bunday tuzilishi boshqa yassi chuvalchanglar uchun ham xos.

3. Exinokokkning umumiy tuzilishi, rivojlanishi hamda yuqish yo’llari.
Tasmasimon chuvalchanglar teri-muskul xaltasi, tana qoplag‘ichi va tegumentining tuzilishi kiprikli chuvalchanglar va monogeneyalarga o‘xshash bo‘ladi. Ulardan sitoplazmatik qoplam yuzasida juda ko‘p o‘simtalar (mikrotrixiyalar) bo‘lishi bilan farq qiladi. Faqat elektron mik-roskopdako‘rinadigan mikrotrixlar oziqlanish vazifasini bajaradi. Bazal membrana ostida tashqi halqa muskullar va ichki bo‘ylama muskullar joylashgan. Ko‘pincha bu ikki qavatga uchinchi halqa muskullar qavati va orqa - qorin muskul qavati ham qo‘shiladi. Chuvalchanglar parenximasida zaxira modda glikogen to‘planadi.
Tasmasimon chuvalchanglar hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Ular ichak bo‘shlig‘ida hazm bo‘ladigan oziq moddalarni butun tana yuzasi bilan so‘rib oladi. Mikrotrixlarga ega bo‘lgan tegument bunga yordam beradi.
Ayirish sistemasi protonefridiy tipidagi buyraklar tana bo‘ylab o‘tadigan ikkita ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi; oldingi bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismiga ketadi va u yerda tashqariga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o‘zaro ko‘ndalang naylar orqali qo‘shilganidan ayirish sistemasi narvon ko‘rinishga ega. Tananing keyingi tomonida ayirish naylari birlashib kichikroq qovuqni hosil qiladi. Tasmasimon chuvalchanglar tanasining keyingi yetilgan bo‘g‘imlari bilan birga qovuq ham uzilib tushadi; yangi qovuq hosil bo‘lmasdan yon naylar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanadan tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylari va ulardan tana bo‘ylab orqaga ketadigan nerv tomirlaridan iborat. Nerv tomirlari ko‘ndalang nervlar bilan o‘zaro qo‘shilib, ortogon sistemasini hosil qiladi.Tananing ikki yonida joylashgan ikkita nerv tomirlari boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan. Nerv tomirlaridan tarqalgan tolalar teri ostida qalin nerv to‘rini hosilqiladi. Sezgi organlari tana yuzasida tarqoq joylashgan sezgir hujayralardan iborat. Bunday hujayralar skoleksda ayniqsa ko‘p bo‘ladi; Jinsiy sistemasi germafrodit, so‘rg‘ichlilarnikiga o‘xshash tuzilgan.
Tasmasimon chuvalchanglarning har bir bo‘g‘imida jinsiy organlar takrorlanadi. Bo‘g‘imlarga bo‘linmagan tasmasimonlarning (Caryophyllaeus) jin­siy sistemasi bitta bo‘ladi. Quyida tanasi ko‘p bo‘g‘imlardan iborat bo‘lgan qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus) ning jinsiy sistemasini ko‘rib chiqamiz. Bo‘yindan keyin joylashgan yosh bo‘g‘imlarning jinsiy organlari rivojlanmagan. Bunday organlar tanasining o‘rta qismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlangan bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlarda erkaklik jinsiy organlari parenximada sochilgan judako‘p urug‘donlar; ulardan boshlanadigan urug‘ chiqarish naylari va naychalar birlashib, hosil qiladigan umumiy urug‘ yo‘lidan iborat. Uryg‘ yo‘li bo‘g‘im chetida joylashgan kuyikish organi ichidan o‘tadi. Kuyikish organi muskulli naydan iborat bo‘lib, u yon tomondagi chuqurcha -jinsiy kloakaga kirib turadi (11-rasm).
Urg‘ochilik jinsiy organlari shoxlangan bitta tuxumdon va undan chiqadigan tuxum yo‘lidan iborat. Tuxum yo‘li ootipga ochiladi. Ootipga bo‘g‘imning keyingi qismida joylashgan to‘rga o‘xshash tuzilgan sariqdon yo‘li ham ochiladi. Ootipdan ikkita nay boshlanadi; ulardan biri jinsiy qinkloakaga ochiladi. Ootipdan oldinga yo‘nalgan ancha keng ikkinchi nayning uchi berk bo‘lib, bachadon deyiladi. Yetilgan tuxum va spermatozoidlar ootipga tushadi. Tuxum hujayra ana shu joyda urug‘lanib, qobiq bilan qoplanadi. Urug‘langan tuxumlar bachadonda to‘planadi. Bacha­don to‘lgan sayin kengayib, bo‘g‘imning hamma qismini egallab oladi (qarang, 11-rasm). Pirovardida jinsiy sistemaning boshqa qismlari asta-sekin yo‘qolib boradi. Tuxum bilan to‘lgan "etilgan" bo‘g‘imlar chuvalchang tanasining keyingi qismidan bir nechtadan uzilib ichakka tushadi; u yerdan axlat bilan tashqariga chiqariladi. Tasmasimon chuvalchanglar juda serpusht bo‘ladi. Masalan, odam ingichka ichagida parazitlik qiladigan qoramol tasmasimon chuvalchangi o‘rtacha 18-20 yil yashaydi va har yili 600 mln gacha, umri davomida 11 mid ga yaqin tuxum qo‘yadi. Shunday qilib, tasmasimon chuvalchanglarning hamma bo‘g‘imlari o‘zining mustaqil jinsiy sistemasi (tuxumdon, urug‘don, tuxum va urug‘ yo‘llari, jinsiy kloaka) ga ega. Qoramol tasmasimon chuvalchangi kloakasi navbat bilan bo‘g‘imlarning goh o‘ng, goh chap chetiga ochiladi.
Tasmasimon chuvalchanglar jinsiy sistemasi tuzilishi bir xilda bo‘lmaydi. Masalan, keng tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium) bachadoni tananing bir tomonidan tashqariga ochiladi. Yetilgan tux­umlar esa xo‘jayini ichagiga tushadi. Qovoqsimon zanjirli (Dipylidium cammm) ning bo‘g‘imlarida jinsiy organlari juft-juft bo‘lib joylashadi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Tasmasimon chuvalchanglar har xil urug‘lanadi. Xo‘jayin ichagida bir necha chuvalchang bo‘lganida ular bir-birini urug‘lantiradi. Xo‘jayin ichagida faqat bitta chuvalchang bo‘lganida esa har xil bo‘g‘imlar bir-birini urug‘lantirishi, hatto bitta bo‘g‘im o‘zini o‘zi urug‘lantirishi mumkin.
Lichinkalarning rivojlanishi ham bir xilda kechmaydi. Qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taenia solium) lichinkalari tuxum ichida, serbar tasmasimon chuvalchangi (Diphyllobothrium latum) lichinkasi tashqi muhitda (suvda) rivojlanadi. Odatdatuxumdan olti ilmoqli lichinka -onkosfera chiqadi (12-rasm). Ba’zi chuvalchanglarning lichinkasi 10 ilmo­qli bo‘lib, likofor deyiladi. Lichinkaning bundan keyingi rivojlanishi o‘jayin almashtirish orqali boradi. Qoramol tasmasimon chuvalchangining tuxumi asosiy xo‘jayin (odam) ichagidan axlat bilan tashqariga tushganida tuxum ichida onkos­fera lichinkasi yetiladi. Lichinkali tuxumlar yem-xashak bilan oral­iq xo‘jayin ichagiga tushadi. Tuxumdan chiqqan onkosfera ilmoqlari yordamida ichakni yoki oshqozon devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga, undan esa har xil ichki organlar: ko‘proq jigar, ba’zan o‘pka, miya yoki boshqa organlarga o‘tib oladi. Bu organlarda onko­sfera mosh kattaligidagi pufaksimon davr -finnaga aylanadi. Finna tas­masimon chuvalchanglarning invaziyali (yuqumli) davri hisoblanadi. Tas­masimon chuvalchanglar finnasi besh xilda bo‘lib, sistitserk, protser koid, plerotserkoid, senur, yoki exinokokk deb ataladi. (13-rasm).
Sistatserk ichi suyuqlik bilan to‘lgan pufakdan iborat. Pufak devorining bir cheti pufak bo‘shlig‘iga botib kirgan bo‘ladi. Bu joyda lichinkan­ing to‘rt so‘rg‘ichli boshchasi joylashadi. Finnalar ana shu holatda bir necha yil yashashi mumkin. Finna faqat asosiy xujayini, odam ichagiga tushgandan so‘ng rivojlanib voyaga yetadi. Yaxshi pishirilmagan finnali go‘sht yoki jigar odam ichagiga tushganida pufak ichidagi boshcha tashqariga chiqadi. Pufak yemirilib, lichinka boshchasi va bo‘yinchasi tez o‘sa boshlaydi. Bo‘yinchaning keyingi qismi ko‘ndalangiga bo‘linib ko‘plab, yangi yosh bo‘g‘imlar chiqaradi va uzun proglottidlar zanjirini hosil qiladi. Shunday qilib, qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi xo‘jayin almashinishi va murakkab o‘zgarishlar, ya’ni onkosferani finnaga va finnani voyaga yetgan parazitga aylanishi orqali sodir bo‘ladi. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taena solium) ning rivojlanishi ham xuddi shu tarzda sodir bo‘ladi. Serbar tasmasimon chuvalchangning rivojlanishi ikkita oraliq xo‘jayin orqali boradi. Odam ichagidan chiqadigan tuxumdan suvda sirti kipriklar bilan qoplangan olti ilmoqli lichinka - koratsidiy chiqadi. Koratsidiyni siklop yutganida u ichakda kipriklarini tashlaydi; ichak devori orqali siklop tana bo‘shlig‘iga o‘tib, chuvalchangsimon mayda lichinka -protserkoidga aylanadi. Lichinkaning keyingi qismida sharsimon o‘simtasi bo‘ladi. O‘simtaning shakli monogeneyalarning yopishuv serkomerasiga o‘xshab ketadi, unda oltita ilmoqcha joylashgan. Zararlangan sikloplarni cho‘rtan, nalim va ba’zi losossimon baliqlar yeydigan bo‘lsa, protserkoid baliqning tana bo‘shlig‘i, tuxumdoni, muskullari va boshqa organlaiiga o‘tib olib, serkomerasini tashlaydi va o‘sib plerotserkoid lichinkasiga aylanadi (13-rasm). Plerotserkoid 1-1,5 sm uzunlikdagi chuvalchang bo‘lib, tanasining oldingi qismi yon tomonida ikkita tirqishsimon so‘rg‘ichlari bo‘ladi. Plerotserkoid invaziyali (zararlovchi) davr - finnaga mos keladi. Zararlangan baliq go‘shtini odam, it yoki mushuklar yeganida plerotserkoid ularning ichagiga yopishib olib, 10-12 m gacha uzunlikdagi voyaga yetgan parazitga aylanadi.
Qo‘y miya qurti (Milticeps multiceps, 13-rasm) asosiy xo‘jayini, asosan cho‘pon itlari, oraliq xo‘jayini qo‘y va boshqa ba’zi uy va yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. It ichidagi chuvalchangning uzunligi 40 mm dan 80 mm gacha bolib, itlarga katta ziyon yetkazmaydi. Miya qurtining pufaksimon finnasi yong‘oqdek yoki undan kattaroq bo‘ladi; uni senur deyiladi. Senur devorida parazitning yuzlab boshchasi hosil bo‘ladi. Bunday pufak qo‘y va boshqa hayvonlar miyasi yarimsharlaridan birida hosil bo‘lganidan hayvon faqat bir tomoni bilan aylana boshlaydi. Ana shuning uchun bu kasallik "gir aylanma" yoki "tentak kasali" deyiladi. Miya qurti bolalar orasida ham uchrab turadi.

Download 84,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish