Ko’z akkomodatsiyasi. Akkomodatsiya (ko’zning moslanishi) bu ko’zni
turli uzoqlikdagi narsalarni aniq ajratish qobiliyatidan iboratdir.
Yaqindan va uzoqdan ko’rish yaqindan va uzoqdan ko’rish tug’ma bo’lishi
shuningdek, hayot davrida ortirilishi mumkin. Normal ko’rishda narsalarning
tasviri to’r pardada hosil bo’ladi. Yaqindan ko’rishda esa narsalarning tasviri to’r
pardaning oldida hosil bo’ladi. Uzoqdan ko’rish esa narsalarning tasviri to’r
pardaning orqasida hosil bo’ladi. Yaqindan ko’ruvchi kishilar narsalarni ravshan
ko’rishlari uchun ikki tomoni botik, ko’zoynak taqishlari kerak. Uzoqdan
ko’radigan kishilarga esa ikki tomoni qavariq. ko’zoinak taqish tavsiya etiladi.
Bunday linzalar ko’z gavharini qo’shimcha ravishda nur to’plash kuchini orttiradi.
Keksa kishilarda gavharning elastikligi va akkomodatsiyasi yo’qoladi. Natijada
ko’z uzoqdan ko’radigan bo’lib qoladi.
To’r pardaning yorug’lik ta’sirini sezadigan hujayralari tayokchalar bilan
kolbachalardan iborat. Tayokchalar to’r pardaning chetlarida, kolbachalar esa
markazida joylashgan bo’ladi.
Odamda ko’z olmasi bir nechta manbaadan: yorug’lik sezuvchi to’r parda
miya pufagining yon devoridan, ko’z gavhari - ektodermadan, tomirli va fibroz
pardalar - mezenximadan taraqqiy etadi
2
.
2
Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training
Initiative, The
Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 355-430 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
ustki va pastki qovoqlar tog’ayi (tarsus superior et inferior), ko’z kosasining
aylanma mushagi, qon tomirlar va yuqori qovoqni ko’taruvchi mushak tutamlari
yotadi. Ustki va pastki qovoqlarning chekkalari ko’ndalang ko’z tirqishini (rima
palpebrarum) chegaralaydi. Ular ichki va tashqi tomonda birikib, qovoqlarning
ichki (commissura medialis palpebrarum) va tashqi bitishmasini (commissura
lateralis palpebrarum) hosil qiladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning qovoq tog’aylari
yaxshi rivojlangan bo’ladi. Uning balandligi katta odamnikining yarmiga teng
bo’lib, 5 yoshda o’zining doimiy o’lchamini egallaydi. Qovoqning uzunligi esa 18-
19 mm. Kipriklar ingichka va kattalarga nisbatan ko’p. Bola tug’ilganidan keyin
uning qovoqlari yaxshi ochilib, yopilib turadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning ko’z
tirqishi tor, ichki burchagi buralgan bo’ladi. Keyinchalik ko’z tirqishi tez
kattalashadi.
Ko’ruv o’tkazuv yo’li (tractus opticus) ko’ruv sezuvchi va ko’ruv reflektor
yo’llarga bo’linadi.Ko’ruv sezuvchi yo’l to’rt neyrondan iborat. Uning birinchi
neyroni ko’z olmasi to’r pardasining tayoqchalar va kolbachalardan iborat.
Ularda hosil bo’lgan nerv impul’si to’r pardadagi ko’ruv sezuvchi yo’lning
ikkinchi neyroni bipolyar hujayralarga, ulardan esa uchinchi neyronning ganglioz
hujayralariga o’tadi. Ganglioz hujayralarning o’simtalari ko’ruv nervini hosil
qiladi. Hosil bo’lgan ko’ruv nervi o’z nomidagi kanal orqali ko’z kosasidan kalla
bo’shlig’iga kiradi. Kalla bo’shlig’ida turk egarining oldingi chekkasida nerv
tolalari qisman kesishib, ko’ruv nervi kesishmasini (chiasma opticum) hosil qiladi.
Kesishmada o’ng va chap ko’zning to’r pardasini ichki yarmidan kelayotgan
tolalar ishtirok etadilar. Ko’zning to’r pardasini tashqi (chakka) qismidan
kelayotgan tolalar esa o’z tomonida qoladi va kesishmada ishtirok etmaydi.
SHuning uchun ko’ruv nervi kesishmasidan keyin hosil bo’lgan ko’ruv trakti
tarkibida o’z tomonidagi ko’zning tashqi qismi tolalari va qarama-qarshi
tomonidagi ko’zning ichki qismi tolalari bo’ladi. Ko’ruv trakti po’stloq osti
ko’ruv markazlari bo’lgan tashqi tizzasimon tana va ko’ruv bo’rtig’i yostiqchasida
tugaydi. Po’stloq osti ko’ruv markazi hujayralari aksonlaridan hosil bo’lgan
to’rtinchi neyron ichki kapsulaning orqa oyoqchalari orqali o’tib, bosh miya ensa
bo’lagining medial yuzasida pix egati (sulcus calcarinus) sohasi po’stlog’ida
joylashgan ko’ruv markazida tugaydi. To’r pardaga tushgan tasvir 0,05 sek
davomida ko’ruv markaziga
Yetib boradi
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: