YOG’LAR
Paxta moyining kislotalari. Moy ajratib olish
6
Maydalangan 100 gr chigit qog’oz patronga joylashtirilib, og’zi ozroq paxta
bilan berkitiladi va sokslet apparatining ekstraktoriga joylashtiriladi. Apparatga
sovutkich orqali efir quyilib sovutgichdan suv otkazilib suv hammomida
apparatning kolbasidagi efir bir tekisda qizdiriladi. Moyni 3 -4 soatda ekstraksiya
qilib olinadi. Moyning efirli eritmasi natriy sulfatda quritilib, buklama filtr
orqali oldindan tortib qo’yilgan kolbaga filtrlanadi. Filtr efir bilan yuvilib
kolbadan efir batamom h
aydab yuboriladi va tortilib moyning miqdori
aniqlanadi ( 20 gr).
Yog’larning eruvchanligi
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.
Reaktivlar: 1. O’simlik moyi (paxta moyi).
2. Etil spirt.
3.Dietil efiri.
4.Xloroform.
5. Aseton .
6. Petroley efiri (yoki geksan, geptan, oktan yoki benzin).
7. Benzol yoki toluol.
Yettita probirka olib har qaysisiga paxta moyi (o’simlik moyi ) dan 5-6 tomchidan
solib ustiga birinchi probirkaga etil spirt, ikkinchi probirkaga petroley efiri (yoki
geksan, geptan, oktan yoki benzol ), to’rtinchi probirkaga xloroform, beshinchi
probirkaga aseton, oltinchi probirkaga benzol yoki toluol, etinchi probirkaga 2 ml suv
qo’shamiz va yaxshilab chayqatib aralashtiramiz. Keyin shtativlarga joylashtirib
yog’ning erishini kuzatamiz.
Yog’larning emulsiyalanishi
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.
Reaktivlar: 1. Natriy gidroksid, 10% li eritmasi.
2. Natriy karbonat , 10% li eritmasi.
7
3. Sovun eritmasi.
4. Paxta moyi.
5. Oqsil eritmasi.
Beshta probirka olib hammasiga 5-6 tomchi paxta moyi (o’simlik moyi) solib,
ustiga birinchi probirkaga suv, ikkinchi probirkaga natriy gidroksid eritmasi, uchinchi
probirkaga natriy karbonat eritmasi, to’rtinchi probirkaga oqsil eritmasi va beshinchi
probirkaga sovun eritmasidan 2 ml dan qo’shamiz va yaxshilab chayqatib aralashtirib
shtativga joylashtiramiz. Bunda vaqt o’tishi bilan hosil bo’lgan emulsiya parchalana
boshlaydi. Eng beqaror emulsiya suv bilan hosil bo’lgan bo’lib u tezda buziladi va suv
yuzasida yog’ qatlami ajraladi.
Yog’lar tarkibida to’yinmagan kislotalar borligini
aniqlash
Kerakli asboblar: 1.Shtativ probirkalari bilan.
Reaktivlar: 1. O’simlik moyi (paxta moyi).
2. Bromli suv.
3.Hayvon yog’i (biror qattiq yog’).
4. Kaliy permanganatning 1% li eritmasi
5. Natriy gidroksid, 10% li eritmasi
a) Bromli suv ta’sirida aniqlash
Birinchi probirkaga o’simlik moyidan (paxta moyi), ikkinchi probirkaga birorta qattiq
yog’dan ( hayvon yog’i) 0,5 ml dan olib har ikkalasini 1ml xloroform yoki efirda
eritamiz va ikkalasiga aralashtirib turib byuretkadan tomchilatib barqaror sariq rangga
bo’yalguncha bromli suv qo’shamiz va ikkalasiga sarflangan bromli suv miqdorini
solishtiramiz. O’simlik moyini bromlashga qattiq yog’ni bromlashga qaraganda ancha
ko’p bromli suv sarflanadi.
b) Yog’lardagi to’yinmagan kislotalar qoldig’ni kaliy permanganat bilan oksidlab
aniqlash.
Probirkaga o’simlik moyidan 1ml olib ustiga bir necha tomchi natriy gidroksid va 1ml
kaliy permanganat eritmasidan qo’shamiz va qattiq chayqatamiz, eritma rangsizlanadi.
8
Yog’lar tarkibidagi gliserin qoldig’ini aniqlash
Kerakli asboblar: 1.Shtativ probirkalari bilan.
Reaktivlar: 1. O’simlik moyi.
2. Natriy bisulfit.
Probirkaga 0,5 g bisulfitdan solib ustiga bir necha tomchi o’simlik moyidan
qo’shib chayqatamiz va asta qizdirib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin probirkani
shtativga deyarli yotiq (gorizontal) o’rnatib qattiq qizdiramiz. Bunda suv bug’lari va
boshqa uchuvchi moddalar hosil bo’lib ajralib chiqadi. Bunda akroleinning ham o’tkir
hidi seziladi.
Yog’larning ishqorlar bilan gidrolizlanishi (sovunlanishi )
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.
2. Chinni kosacha.
3. Reaksion probirka
4. Shisha tayoqcha.
Reaktivlar: 1. Natriy gidroksid, konsentrlangan eritmasi.
2. Natriy xlorid, to’yingan eritmasi.
3. Yog’ yoki moy.
4. Etil spirt.
Chinni kosachaga 2g yog’ yoki moy, 5-6 ml konsentrlangan ishqor eritmasi solib,
shtativda asbest to’r ustida yoki qum hammomida shisha tayoqcha bilan aralashtirib
turib 20 -30 minut davomida sekin qaynatamiz. Suv bug’lanishi natijasida kamayib
ketmasligi uchun vaqt –vaqt bilan suv qo’shib aralashma hajmini o’zgartirmay turamiz.
Gidroliz reaksiyasini tamom bo’lganligini bilish uchun gidrolizatdan bir necha tomchi
probirkaga olib ustiga 2-3 ml suv qo’shamiz va qaynaguncha qizdiramiz. Gidrolizat
to’la erib ketsa, gidroliz tamomlangan hisoblanadi. Agarda yog’ tomchilari ajralib
chiqsa, gidrolizni yana davom ettiramiz.
9
Reaksiya tamom bo’lgach, aralashmaning ustiga shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib
15 -20 ml to’yinmagan natriy xlorid eritmasidan qo’shamiz va sovutishga qoldiramiz.
Hosil bo’lgan sovun aralashma yuzasiga qalqib chiqadi va sovutilganda qotadi. Uni
ajratib olib keyingi tajriba uchun saqlaymiz.
Yog’larni ishqorning suvli spirtdagi eritmasi bilan
gidrolizlash
Reaksion probirkaga 2g yog’, 2ml spirt va 2 ml konsentrlangan ishqor eritmasi solib
chayqatib aralashtiramiz. Keyin probirkani suv hammomiga o’rnatib qaynaguncha
qizdiramiz. Aralashma tezda bir jinsli bo’ladi va 3 -5 minutdan keyin sovunlanish
tugaydi. Reaksiya tugaganligini avvalgi tajribadagidek aniqlaymiz.
Hosil bo’lgan reaksion aralashmaga probirka to’lguncha aralashtirib turib natriy
xloridning eritmasidan qo’shamiz. Hosil bo’lgan sovun yuzaga qalqib chiqadi va
sovuganda qotadi. Uni shisha tayoqcha yoki shpatel bilan olib keyingi tajribada
foydalanamiz.
Moyni ( murakkab efirni) gidrolizlab kislotalar olish
.
20 gr moy 7gr o’yuvchi kaliyning 100 ml spirtli eritmasida teskari suv
sovitgichga ulangan kolbada qizdiriladi; qizdirish, pipetkada olingan namuna
suvda erib ketguncha davom ettiriladi, shundan so’ng 50 ml chamasi spirt
haydab olinib, qoldiqqa barobar hajm suv qo’shiladi. Aralashma suv
hammomida isitilib, ajratgich voronkaga quyiladi. So’ngra aralashmaga efir
qo’shilib chayqatiladi va voronkada ajratilgan pastki qism gidrolizi olib borilgan
kolbaga qo’yiladi. Efirli qism alohida ajtratib olinadi, bu operatsiya yana ikki
marta qaytariladi. Suvli qism suyultirilgan sulfat kislota bilan kislotali muhitga
keltirilib, bunda ajralib chiqqan yog’ kislotalarni efir bilan ekstraksiya qilib
olinadi. Ekstrakt ajratgich voronkada bir necha marta suv bilan yuvilib,
konussimon kolbaga solinadi va natriy sulfat bilan quritiladi. So’ngra ekstraktni
oldindan tortilgan haydash kolbasiga filtrlab, efir haydab olinadi va yog’
kislotaning miqdori aniqlanadi.
10
Sovundan erkin yog’ kislotalarini siqib chiqarish
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.
Reaktivlar: 1. Sulfat kislota, 10% li eritmasi.
2. Sovun eritmasi.
Probirkaga sovun eritmasidan 1 ml solib ustiga tomchilatib sulfat kislota eritmasidan
qo’shamiz. Yog’ kislotasi ajraladi va suvda erimaganligi uchun eritma yuzasiga qalqib
chiqadi.
Mahsulotdagi yog' miqdorini Sokslet apparati
yordamida aniqlash texnikasi.
Sokslet apparati quyidagi 3 qismdan tashkil topgan:
I qabul qiluvchi kolba (pastki qism), II ekstraktor — moyni ekstraksiya qiladigan
bo'limi (o'rta qism) va III sovutgich (yuqori qism). Bu apparatning har uchala qismi
silliqlangan yuza bilan o'zaro birlashadi. Ekstraktor tagi tutash idishlar prinsipida
ishlangan.
Qo'l tarozida 1 g qilib aniq tortilgan, po'sti olingan va maydalangan urug' filtr
qog'ozdan yasalgan patronga solinadi. Mahsulotni patroni bilan birga yana tarozida
tortib ko'rib, Sokslet apparati ekstraktoriga qo'yiladi hamda apparat bo'laklarini o'zaro
birlashtiriladi va sovutgich vodoprovodga ulanadi.
Mahsulotdagi moyni ekstraksiya qilish uchun apparatning yuqori qismidan yetarli
miqdorda efir quyiladi. Sokslet apparatini suv hammomiga o'rnatib, issiq suv bilan
qizdiriladi (efir yonuvchi bo'lgani sababli, efir solingan kolbani ochiq alanga yoki
ochiq elektr plitka ustida qizdirish mumkin emas!).
Qaynagan efir bug'i ekstraktorning yo'g'on — A naychasi orqali sovutgichga o'tadi va u
yerda sovib, suyuqlikka aylanadi, so'ngra qaytadan ekstraktorga tomchilab oqib
tushadi. Sovutgichdan oqib tushayotgan efir ekstraktorda to'planayotganda urug'dagi
11
moy ekstraksiyalanib, efirga o'tadi.
Ekstraktordagi efirning (mahsulotdagi moyni eritib olgan efir) balandligi V naycha
balandligiga teng bo'lganda, efir shu naycha orqali qabul qiluvchi kolbaga oqib tushadi.
Ekstraksiya bo'lgan moy kolbada qoladi, efir esa bug'ga aylanib, yana ekstraktorning A
naychasi orqali sovutgichga qaytadi. Bu jarayon patrondagi urug' tarkibidagi moy
butunlay ekstraksiyalanib bo'lganiga qadar davom ettiriladi.
Moyning butunlay ekstraksiyalanib bo'lganligini aniqlash uchun ekstraktordan oqib
tushayotgan efirdan filtr qog’ozga tomiziladi. Agar filtr qog'ozda dog' qolmasa,
ekstraksiya jarayoni tamom bo'lgan hisoblanadi. So'ngra ekstraktordan patronni olib,
havoda quritladi (efir tezda uchib ketadi) va tarozida tortiladi.
Moyni ekstraksiya qilishdan oldingi patron og'irligidan, moyni ekstraksiya qilingandan
keyingi patron og'irligi olib tashlansa, ekstraksiyalangan moy miqdori (a) kelib chiqadi.
Mahsulotdagi moy miqdorini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |