«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf


O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova



Download 0,51 Mb.
bet18/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:--------------------..2016-2O17
17- dars
BEGONA O‘TLAR
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda begona o‘tlar va ularga qarshi kurashish haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: ekinlarni yetishtirish uchun begona o'tlarga qarshi kurashishga o‘rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarda begona o‘tlar, yetishtirilayotgan ekinlarni begona o‘tlar-dan saqlashda odamlarning mehnati haqidagi dunyo-qarashlarini shakllantirish va kengaytirish.
Darsning jihozlari: zarpechak, g‘umay, sho‘ra va boshqa turli begona o‘tlar tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, zarpechak, g‘umay, sho‘ra va boshqa turli begona o‘tlar tasvirlangan rasmlarni osib qo‘yish.
2. O‘tkazilgan nazorat ishlarini tahlil qilish. Avvalgi darsda o‘tkazilgan «6 x 6» interfaol metodi va 2-MSNI natijalari e’lon qilinadi. Test topshiriqlari va ularning qaysi javoblari nima uchun to‘g‘ri ekanligi tahlil qilinadi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Begona o‘tlar» mav-zuyi boshida keltirilgan quyidagi savollar asosida o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi:
1. Qanday o‘simliklar madaniy o‘simliklar deyiladi? Ularga misollar keltiring.
2. Dala ekinlari orasida o‘sadigan begona o‘tlar nima uchun yulib tashlanadi?
Bu bilan o‘quvchilar yangi mavzuga qiziqtiriladi. 0‘quvchilarga madaniy o‘simliklar orasida odamlar tomo-nidan ekilmagan, o‘z holicha o‘sib chiqadigan turli o‘simliklar ham bo'lishi, ularni «begona o‘tlar» deyilishi aytiladi.
Begona o‘tlardan eng xavflisi bo‘lgan zarpechak haqida ma’lumotlar beriladi. Darslikda yozilganlarga qo‘shimcha tarzda quyidagilar ham aytiladi. Dalalardan ajratib olingan zarpechak yoqib yuboriladi yoki oftobda quritiladi.
Ekinlardan ajratib olingan zarpechakni uy hayvonlariga berib bo‘lmaydi. Chunki uni yegan hayvon go‘ngida zarpechak zarralari saqlanib qolgan bodadi. Bu go‘nglar ekinlarga o‘gdt sifatida solinganda zarpechak zarralari rivojlanib, ekinni yana qamrab oladi.
G‘umayga qarshi kurashish uchun yer haydalganda tuproq ustiga chiqib qolgan uning ildizlari terib olinadi. Shu bilan bir qatorda haydalgan yer chizil qilinganda (tekislanganda), jo'yaklar olinganda, ekinlarga ishlov berilganda yer yuzasiga chiqib qolgan g‘umay ildizlari terib olinadi. Terib olingan g'umay ildizlari yoqib yuboriladi yoki oftobda quritiladi. Ekinlar orasida o‘sib chiqqan g‘umayni ildizi bilan yulishga harakat qilish kerak. Aks holda tuproq ostida qolgan ildizidan yana o‘sib chiqaveradi. G‘umay haqida gapirilganda shu ma’-lumotlarni ham berish tavsiya etiladi. Daladagi ekin tuplari orasida u yer-bu yerda sho‘raning tuplari ko‘rinib qoladi. Agar ularni yulib tashlanmasa, tez o‘sib ekinga soya sola boshlaydi, ildizi baquvvatlashib, uni yulib olish ham qiyin bodadi. Sho‘raning o‘q ildizi yerga chuqur kirib boradi. 0‘q ildizi yonida g‘uj mayda ildizlari bodadi. Sho‘ra ildizini yulganda ildizi tuproq ostida qolib ketishi mumkin. Bu qoldiq ildizdan yana o‘sib chiqadi. Sho‘ra gullaydi va meva tugadi. Mayda don shaklidagi mevasi urug‘ hisoblanadi. Pishgan urugdari yerga to‘kiladi. Urugddan qushlar oziqlanadi. Qushlar ularni bolalariga tashib ketish paytida urugdardan ayrimlari dalalarda tushib qoladi. Shamol ham sho‘ra urugdarini atrof dalalarga tarqatadi. So‘ra urugd shu tariqa tarqaladi. Bu urugdardan kelgusi yili sho‘ra nihollari o‘sib chiqadi. Sho‘ra haqida gapirilganda shu madumotlarni ham berish tavsiya etiladi.
Salomalaykum o‘ti haqida gapirilganda quyidagi ma’lumotlarni ham berish mumkin. Bu o‘tni bugun yulib tashlansa, bir necha kundan keyin «Assalomu alaykum» deb chiqib kelaveradi. Shuning uchun ham uni «salomalaykum» deb nomlashgan. Piyoz va sabzi nihollari orasidan o‘sib chiqqan salomalaykum o‘tlari qo‘l bilan yulib chiqiladi. 0‘quvchilarga quyidagi topishmoq javobini aytish so‘raladi:
Begona o‘t bir turi, o‘sar ildizsiz.
Yemishin o‘zi topmay, 0‘zgaga sherik, yuzsiz.
(Zarpechak)
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Begona o‘tlarga misollar keltiring. Ular nima uchun «begona o‘tlar» nomini olgan?
2. Nima uchun begona o‘tlar yulib tashlanadi?
3. G‘umay nima uchun keyingi yili o‘sib chiqadi?
4. Sho‘ra qanday ko‘payadi?
5. Zarpechakni qanday qilib yo‘q qilish mumkin?
O‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish uyga vazifa sifatida beriladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish