«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf


O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova



Download 0,51 Mb.
bet21/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:--------------------..2016-2O17
20- dars
BOG‘DA YETISHTIRILADIGAN MEVALAR
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga mevali daraxtlar, mevali buta o‘simliklari va tok haqida ma’lumotlar berish, bog‘da yetishtiriladigan mevali o‘simliklar bo‘yicha o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarga mevali daraxtlar, mevali buta o‘simliklari va tokni parvarish qilishda odamlarning ko‘p mehnati sarflanishini singdirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning bog‘da yetishtiriladigan mevali o‘simliklar haqida dunyo-qarashlarini shakllantirish va ularning ahamiyatini tushuntirish.
Darsning jihozlari: mevali o‘simliklar mevalari va urugdaridan namunalar, mevali daraxtlar, mevali buta o‘simliklari va tok tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qodlaniladigan metod: suhbatlashish, «Aqliy hujum» interfaol metodi.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, mevali o‘simliklar mevalari va urugdaridan namunalarni o‘quvchilarga ko'rinadigan joyga qo‘yish, mevali daraxtlar, mevali buta o‘simliklari va mevali o‘t o‘simliklari tasvirlangan rasmlarni osib qo‘yish.
2. Uyga vazifalarni so‘rash. Avvalgi darsda odilgan «Poliz ekinlari» mavzusi yakunida berilgan savollar asosida o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi. Quyidagi qo‘shimcha savollar bilan ham suhbatlashish davom ettirilishi mumkin:
1. Poliz ekinlari qachon ekiladi va pishadi?
2. Qaysi poliz ekini issiqxonada ham yetishtiriladi?
3. Nima uchun bodring ham poliz ekiniga kiradi?
4. Qaysi poliz ekini mevasi eng katta va qattiq bodadi?
3. Yangi mavzuning bayoni. «Bog‘da yetishtiriladigan mevalar» mavzuyi boshidagi quyidagi savollar asosida o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi:
1. Sizga yaqin bog‘da yoki maktab bogdda qanday mevali daraxtlar o‘sadi?
2. Malina, qoraqat (smorodina), maymunjon mevalarini yeganmisiz? Ularning ko‘rinishi qanday bo‘ladi?
Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga mevali daraxtlar, mevali buta o‘simliklari va mevali o‘t o‘simliklari, ularni ekish, parvarish qilish va hosilini yig‘ishtirib olish haqida batafsil so‘zlab beriladi. Bunda darslikda bayon qilin-ganlardan tashqari quyidagi ma’lumotlar ham o‘quv-chilarga berilishi tavsiya etiladi.
Mevali daraxtlar ham parvarish qilib turiladi. Olma, nok, behi, gilos, olxo‘ri, shaftoli daraxtlarining novdalari har yili qish oylarida chilpib turiladi.
Bunda ortiqcha novdalari tagidan, meva beradigan novdalari esa uchidan kesib chiqiladi. Agar novdalari kesib turilmasa, daraxt shoxlari g‘ovlab, hosili mayda1' va bemaza bo‘lib qoladi. Shu singari mevali buta o‘simliklaridan anor va anjir issiq joylarda yaxshi o‘sadi va shirin bo‘ladi. Shuning uchun ular o‘lkamizning janubiy tomonlarida — Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ko‘proq yetishtiriladi.
O‘quvchilardan quyidagi topishmoq javobini topish so‘raladi:
1. G‘o‘rasin uzib olma,
Pishsa der, ol, ma!
Shirin ajoyib meva,
Buning nomi-chi ...
2. Duxobaga o‘ralib,
Pishadi oltinlanib.
Yesangiz tilik-tilik,
Palovda hil-hil ilik.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun «Aqliy hujum» interfaol metodidan foydalaniladi.
Yangi mavzu bayon qilingandan so‘ng o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan navbatma-navbat murojaat qilinadi:
1. Mevali daraxtlardan qaysilarini bilasiz?
2. Bahorda eng avval qaysi daraxt gullaydi? Keyin-chi?
3. Qaysi daraxtlar oldin gullaydi, keyin barg chiqaradi?
4. Mevali buta o‘simliklaridan qaysilarini bilasiz?
5. Anor va anjir qanday ko‘paytiriladi? Malina va qoraqat-chi?
6. Tok o‘simligi daraxt va butalardan qanday farq qiladi?
7. Qanday uzum navlarini bilasiz?
1- savol bo‘yicha javob berishga tayyor bodgan o'quvchidan fikr-mulohazasini bayon qilish so‘raladi. Javob bergan o'quvchining fikr-mulohazasi boshqa o‘quvchilar tomonidan toddiriladi. Keyingi har bir savol bo‘yicha ham avvaliga bir o‘quvchining fikr-mulohazasi eshitiladi, so‘ngra boshqa o‘quvchilar shu savol bo‘yicha fikr-mulohazalarini aytadilar. Bunda o‘qituvchi 0‘quv-chilarning fikr-mulohazalari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini oshkor qilmaydi. Bu bilan o‘quvchilarni erkin fikrlash va o‘z fikrini bayon qilishga o‘rgatiladi.
Barcha savollar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirib bodingandan so‘ng o‘qituvchi o‘z fikrini aytishi va faol qatnashgan o‘quvchilarni rag'batlantirishi mumkin.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan sa-vollarga javob topish, mavzudan keyin keltirilgan topshiriqlarni bajarish uyga vazifa sifatida beriladi.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish