45-modda. Tabiatni chiqindilar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini ta’minlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni qayta ishlash, ularni poligonlarda ko‘mib tashlash va saqlash davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
(45-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
46-modda. Ekologik sertifikatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik yoki gigiyenik sertifikatlarga ega bo‘lmagan, shuningdek ularda belgilangan talab ko‘rsatkichlaridan chetlangan holda xomashyo va materiallardan foydalanish, texnologiya jarayonlarini joriy etish hamda tayyor mahsulotlar (shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari) chiqarish taqiqlanadi. Ekologik sertifikatlash qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ham o‘tkaziladi.
(46-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ekologik sertifikatlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ekologik sertifikatsiyadan o‘tkazish va ekologik xavfli mahsulotlar hamda chiqindilarni uning hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibi tasdiqlangan.
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |