Tabiatni muhofaza qilish to‘G‘risida


-modda. Radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlatish paytidagi ekologiya talablari



Download 56,11 Kb.
bet19/24
Sana20.03.2022
Hajmi56,11 Kb.
#503736
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
O1

42-modda. Radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlatish paytidagi ekologiya talablari
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim fuqarolar radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qo‘llash, zararsizlantirish hamda ko‘mib tashlash chog‘ida ekologiya talablariga, belgilangan normativlar va qoidalarga rioya qilishlari, ularni qo‘llashning zararli oqibatlari oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishlari, mazkur normativlardan oshib ketilgani taqdirda radiatsiya va kimyoviy xavfsizlikni ta’minlash idoralarini darhol xabardor etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni ko‘mib tashlashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lganda, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat sanitariya va konchilik nazorati organlari bilan kelishilganda yo‘l qo‘yiladi.
(42-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
43-modda. Tabiatni shovqin, tebranish, elektrmagnit maydonlari va boshqa zararli fizik ta’sirlardan muhofaza qilish
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar zararli ishlab chiqarish shovqinlari, tebranish, elektrmagnit maydonlarining va zararli fizik ta’sirlar ko‘rsatuvchi boshqa omillarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart.
44-modda. Tabiatni nazorat etilmaydigan va zararli biologik ta’sirlardan muhofaza qilish
Tabiatga zararli biologik ta’sir o‘tkazayotgan yoki o‘tkazishi mumkin bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bunday ta’sir oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi mikroorganizmlar, viruslar va shakllar hosil qilishga va foydalanishga, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishga faqat davlat sanitariya nazorati organlarining ijobiy xulosasi bo‘lganidagina ruxsat etiladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 56,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish