Tabiatni asraylik Reja: Tabiat va jamiat. Ekologik madaniyat shakllanishi tarixi



Download 39,61 Kb.
bet1/3
Sana29.05.2022
Hajmi39,61 Kb.
#617558
  1   2   3
Bog'liq
TABIATNI ASRAYLIK


Tabiatni asraylik

Reja:


1.Tabiat va jamiat.
2. Ekologik madaniyat shakllanishi tarixi
3.Tabiatni muxofaza kiluvchi xalkaro tashkilotlar

Inson yashaydigan tabiiy sharoitlar majmui “atrof- muhit” deb ataladi. Tabiat ana shu muhitning ajralmas qismidir. Uni “geografik muhit” deb ham atash mumkin. Inson uni bilishga, o‘rganishga qodir Odam biologik tur, tirik mavjudot sifatida o‘zining hayotiy faoliyati davomida tabiatga tasir ko‘rsatadi. Insoniyat, hayvondan farqli o‘laroq, o‘zining mehnati natijasida tabiatni o‘zgartiradi. Tabiat abadiy mavjud, biroq undagi hodisa- lar va jarayonlar o‘tkinchidir. Tabiat kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida insonning hayotiy faoliyati uchun energiya va moddalar manbai bo‘lib xizmat qilgan. Inson tabiat bilan chambarchas bog‘liq. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, tabiat inson uchun tom ma’noda onadir. Tabiatda mavjud bo‘lgan boylik- lar kishilik jamiyati yashaydigan va rivojlanadigan baza, odamlarning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondi- radigan asosiy va dastlabki manbadir. Inson qadami etgan joy obod bo‘ladi, inson qadami etgan joy…Nimaga ishora qilayotganimizni anglagandir- siz. Bugun atrof-muhit, ekologiya bilan bog‘liq muammo shunday fikrlashga majbur etmoqda. Insoniyat, taraqqiyot atrof-muhitga shu darajada ozor etkazmoqdaki, endi o‘ch olish navbati tabiatga keldi. Buni ko‘ngilga g‘ulg‘ula solish uchun aytmayapmiz. YUzaga kelgan global muammolar shundan dalolat bermoqda. 4 Inson tomonidan tabiatning o‘zlashtirilishi, tabiat uchun xos bo‘lgan qonunlar va jarayonlarning buzilishi odamlarning nafaqat sog‘ligiga, balki ularning er yuzida yashashiga xavf tug‘dira boshladi. Tabiiy muhit-hayot va insoniyat makonidir. Tabiat nihoyatda mukammal bo‘lib, uning bir mahsuli ikkinchisiga ozuqa hisoblanadi va ko‘payishga imkon beradi. Texnika taraqqiyoti tabiiy boyliklardan foydala- nishni va tabiiy muhitni zaharlovchi moddalar bilan shikastlanishini me’yoridan oshirib yubordi. Natijada tabiiy muvozanat buzilmoqda. Havo, suv va tuprog‘i o‘zgargan, buzilgan hududlardagi o‘rmonlar yo‘qolib, ular- ning o‘rnini cho‘llar va sahrolar egallamoqda. YOvvoyi hayvonlar, baliqlar va qushlar qirilib bormoqda, insoniyat salomatligiga ziyon etmoqda. SHuning uchun ham tabiatni muhofazalash ishlari davrimizning siyosiy, iqtisodiy, texnik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolaridan biriga aylandi. Tabiat qonunlariga e’tiborsizlik oqibatida xalq xo‘jaligiga ziyon etmoqda, erning cho‘kishi va surilishi, sel kabi havfli hodisalar ko‘paymoqda, ichimlik suvlarining ifloslanishi esa suv tanqisligini yuzaga keltirmoqda. Keyingi yillarda Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga e’tibor kuchaydi. O‘zbekiston Respub- likasi Prezidenti I.A. Karimovning “O‘zbekiston XX asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ham tabiatni muhofaza- lashga alohida etibor berilgan. Lekin buzilgan muhitni tiklash uni asrab qolishga nisbatan juda qiyindir. SHuning uchun ham Orol dengizining tabiiy holatini tik- lash masalasi hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. “Ekologiya” grekcha so‘z bo‘lib, yashash joyi va muhit haqidagi fan manosini anglatadi. Bu so‘z ko‘p vaqtgacha, 5 asosan, biologiya fanida qo‘llanib kelingan. Hozirgi davr- da uning lug‘aviy ma’nosi kengayib, u tabiiy, texnika va hatto ijtimoiy fanlarga ham kirib bormoqda. Ekologiya fani nihoyatda ko‘p tarmoqlidir, masalan, bioekologiya, gidrometioekologiya, sanoat ekologiyasi va hokazo. Ekologiya tarmoqlari haqida ko‘p ma’lumotlarni yozishimiz mumkin. SHunday ekan atrof-muhitni muhofaza qilish har biri- mizning burchimiz ekanligini unutmasligimiz muhimdir. Har yili 5 iyun “Halqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan yurtimizda har xil tadbir- lar tashkil etiladi. Bu borada axborot-kutubxona va axborot-resurs mar- kazlarida atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan adabiy-badiiy tadbirlar, ekologiya kunlari, davra suhbatlari, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan uchrashuvlar tashkil etish odat tusiga aylanmoqda, bu ishlarning maqsadi, albatta ijobiy tomonga qaratilgan. Respublika axborot-kutubxona va axborot-resurs mar- kazlarining vazifasi atrofimizdagi olamning kun sayin zaharlanib borayotgani va bu global muammoga kitobxonlar va har bir fuqaroning imkon qadar qarshi kurashishiga da’vat qilishdan iborat. Bu ishda axborot-kutubxona va axborot resurs markaz- larining adabiyotlar targ‘ibotining kitob taqdimoti, ilmiy-amaliy konferensiya, kitobxonlar konferensiyasi, savol-javob kechalari, davra suhbati, mavzuli va munozara kechalari, san’atkorlar ishtirokida badiiy kechalar, adabiy-badiiy sahnalashtirilgan musiqali kechalar, atrof- muhitni muhofaza qilish tashkilotlari bilan uchrashuvlar, ekofestivallar, tabiatni tasvirlash bo‘yicha rasmlar ko‘rgazmasi, kitob ko‘rgazmalari singari turli-tuman shakl va usullardan foydalanishlari mumkin. Bunday tadbirlarni tashkil etish uchun axborot-kutub- xona va axborot resurs markazlarida kitobxonlarga mavzu 6 ning dolzarbligini va uning mohiyatini ochib berishda ekolog olimlar, shu fan sohasi bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan fan nomzodlari, geologlar, jurnalistlar, geo- grafiya fani o‘qituvchilari, san’atkorlarni jalb qilish lozim. Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlariga: “Ekosan” tashkilotining joylardagi bo‘limlari, “Sog‘lom avlod uchun”, “Qizil yarim oy jamiyati”, “Mahalla” jamg‘ar- malari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Kamalak” bolalar tashkilotlari homiyligida tadbirlar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodik-bibliografik qo‘llanma kutubxona- larda “Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ish- langan tadbirlarni o‘tkazishda yordam berish maqsadida tuzilgan. 0000000000000000000000000000000

Download 39,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish