Ekologik madaniyat shakllanishi tarixidan Odam ham barcha tirik jonzotlar singari tabiatning bir qismi bo‘lib, u tabiat bilan tirik. Tabiat esa insoniyat yashashini ta’minlovchi tabiiy resurslar manbai- dir. Tabiatga bo‘lgan munosabat SHarq xalqlari tarixida o‘zgacha xususiyatga ega. SHarq xalqlarining tabiiy hodisa- larga bo‘lgan diniy nuqtai nazarini tasvirlovchi “Avesto”, “Qur’oni Karim”, so‘ng esa “Al-jomi’ as-sahih” kabi muqaddas kitoblardagi ba’zi ma’lumotlar bundan yaqqol dalolat beradi. Ular orasida bizning mintaqa xalqlari uchun “Aves- to” alohida o‘rin tutadi. Zardo‘shtning aytishicha, Axura- mazda (ilohiy bilim) barcha mahluqotlarning, jumladan, asotir sanamlarning ham yaratuvchisidir. Zardo‘shtiylikda tabiat unsurlari bo‘lmish er, suv, havo va olov muqaddas hisoblangan, shuning uchun “Avesto”da tabiatni ya’ni suv, 7 tuproq, olov, havo, quyoshni e’zozlash va insonning yaratuv- chanlik mehnatini ulug‘lash birlamchi ahamiyat kasb etadi. Ona zamin tabiatning ajralmas bo‘lagi, shu sababli ajdodlarimizning erga mehri o‘zgacha bo‘lgan. Ona zaminni ehtiyot qilishda sir-asror mo‘l-ko‘l, karomat kattadir, chunki er barcha boylikning asosi, butun tiriklikning manbaidir. “Avesto”da hayvonlarga ozor bermaslik, ularni asrash chora-tadbirlari to‘g‘risida, turli xil suvlar va ularning foydasi haqida yozilgan. “Avesto”da “Suvlar qasidasi” degan maxsus bo‘lim bo‘lib, unda Markaziy Osiyoning yirik daryolaridan biri-Amudaryo haqida so‘z yuritiladi. Bundan tashqari, “Avesto”da Markaziy Osiyo va qo‘shni mamlakatlar tabiiy resurslari, hayvonot va o‘simliklar dunyosi haqida keng ko‘lamdagi ma’lumot beriladi. Islom ta’limotida ekologiya muammosiga alohida e’tibor berilgan. “Furkon surasi”ning 2-oyatida: “Alloh hamma narsani yaratdi va o‘lchovini mukammal qildi”, deyiladi. YAni dunyodagi har bir narsa-suv ham, tuproq ham, havo ham, hayvonot olami ham, nabobat olami ham Alloh taolo tomonidan muayyan o‘lchov bilan bir-biriga o‘zaro bog‘liq qilib yaratilgan. Agar bu muvozanatlik buziladigan bo‘lsa, tabiat uchun, shu jumladan, inson uchun ham jiddiy muammolar kelib chiqish ehtimoli nihoyatda katta. Alloh taolo ilohiy kitoblarida insonni ulug‘lab, unga tabiatni asrab-avaylash, o‘z ne’matlaridan bahramand bo‘lish, ularni nobud qilmay, ezgu maqsadlarga ishlatishni amr etgan. “Arof surasi”ning 56-oyatida Parvardigor shunday deb amr qiladi: “Obod qilib qo‘yilgan er yuzida buzg‘unchilik ishlarini qilmang”. Islom ta’limotining etuk namoyandalaridan biri, 4 jildli “Al-jomi’ as-sahih” hadislarini yozgan Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy ham tabiat va 8 uning ne’matlari haqida, tabiat in’omlarining inson uchun yaratilganligi va ulardan oqilona foydalanish, ko‘chat ekish, er haydash va ijaraga berish, o‘lik erni jonlan- tirish, suv, ov va ovga tasliya aytmoq haqida kitob yozganlar. Al-Buxoriy hadislar to‘plamining 2-jildi, 1-bobida ekin va daraxt ekishning fazilati haqida shunday yozilgan: Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasulloh sallahu alayhi va sallam”: “Qaysi bir musulmon biror daraxt yoxud biror ekin eksa-yu, uning hosilidan inson, qush yoki hayvon esa, buning uchun unga ajru savob ato etilur” deb marhamat qiladilar”. Tabiat hodisalarining takomillashib, evolyusion tarzda rivojlanib borishidagi tushuncha va ta’limotlar, inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va tabiatga xiyonat qilmaslik masalalari al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarning asarlarida o‘z ifoda- sini topgan. Amir Temur, Alisher Navoiy kabi davlat arboblari esa butun umri davomida obodonchilik va sug‘orish ishlari, bog‘-rog‘lar barpo etish bilan shug‘ullangan.
Mashhur ingliz olimi CHarlz Darvin tomonidan asoslangan evolyusion talimotni bashorat qilishi edi. Sohibqiron Amir Temur har doim mamlakatda birinchi navbatda obodonchilik, erlarni o‘zlashtirishga katta e’tibor bergan. Sohibqiron qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirganlarni, koriz qurgan yo biron bog‘ ko‘kartir- ganlarni rag‘batlantirgan. “Temur tuzuklari”da yangi o‘zlashtirilgan erlardan “Birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan berganni olsinlar, uchunchi yili esa qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘ilsin”, deb ta’kidlanadi.
Sohibqiron Samarqandda 12 ta bog‘ yaratdiki, ular- ning har biri o‘ziga xos tabiiy muhitga ega bo‘lib, iqlimiga, eriga, nomiga g‘oyat katta e’tibor bergan. Tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat, adolat tuyg‘usi Alisher Navoiy siymosida alohida o‘rin tutadi. Alisher Navoiy tabiatga yoki biron-bir jonzotga xiyonat qilishni, do‘stga xiyonat qilishni qoralagan. U bunday deb yozadi: “Dehqon agar to‘g‘rilik bilan don sochsa, haq biriga yuz eshigini ochadi, sochgan donasi ko‘karguncha, o‘rib xirmon qilib, hosilni ko‘targuncha, qurtu qush undan bahramand bo‘ladi, dasht vahshiylari u bilan shodlanadi. CHumolilar uyi undan obod, hayvonlar ko‘ngli u bilan shod. Kaptarlar undan mast bo‘ladi, to‘rag‘aylar undan sevinchga to‘ladi”. 11 Navoiy “Xamsa”sidagi 5 dostonda ham tabiatga, hayvonotga alohida to‘xtalgan. Asarlardagi qahramonlar o‘zining shodu hurram kunida ham, qayg‘uli kunlarida ham tabiat qo‘yniga yo‘l olishadi, bog‘da o‘z sevinchi yoki hasrat- dardlarini baham ko‘rishadi. SHarqning yana bir allomasi, atoqli davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tabiatga nisbatan chuqur falsafiy fikrlar bildirgan. Boburning “Boburnoma” asarida SHarqdagi turli mamlakatlar, shu jumladan, Afg‘oniston va Hindistonning tarixi, sotsial-iqtisodiy ahvoli, tabiati, etnografiyasi, geografiyasi va meditsinasi haqida batafsil so‘z yuritilgan. Ayniqsa Farg‘ona va Hindistonning tog‘lari, daryolari, o‘rmonlari, yaylovlari, bog‘lari haqida aniq, hozirgi zamon talablariga mos keladigan materiallar keltirilgan. “Boburnoma” asari o‘lkamiz tarixi, geografiyasi, tabiati, etnografiyasi, madaniyati to‘g‘risidagi beqiyos manbadir. Bundan 40 ming yil oldin paydo bo‘lgan ongli mavjudot-Homo Sapiens nisbatan qisqa davrda sayyora tabiatini o‘zgartirib yubordi. Hozirgi kunda, yani XXI asr boshiga kelib, inson faoliyati ta’siriga uchramagan hududlar deyarli qolmadi. Iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish, ozon tuynuklari, Orol dardi muommolari hammaga malum ekologik muammolarga aylandi. Inson xo‘jalik faoliyati, tabiiy ekzotizmlar muvozanatining ta’minlanishi susayib bormoqda. Dunyoning qaysi mintaqasiga qaramang, inson hayoti uchun katta havf tug‘dirayotgan ekologik vaziyatni bartaraf qilishdek og‘ir muammolar o‘z echimini kutib turganiga guvoh bo‘lasiz. Xalqimizda bir maqol bor: “Buloq suvi qurimaguncha inson uni qadriga etmaydi”. YUqorida keltirilgan manbalarning barchasi, ya’ni “Avesto”, “Qur’oni Karim”, “Hadislar”da, aksariyat olimu 12 fozil insonlar asarlaridagi atrof-muhit, tabiatni asrash borasidagi fikrlar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |