Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/50
Sana16.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#378731
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
tabiat qonunlari va geoekologik tamoyillar asosida tabiatdan foydalanish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



1-BOB.     GEOEKOLOGIYANING VUJUDGA KELISHI, 



                     SHAKLLANISHI  VA RIVOJLANISHI 

 

1.1.

 

Geoekologiyaning vujudga kelishi va taraqqiyot tarixi 

 

Hozirgi  paytda  ekologiyaga  oid  ilmiy  adabiyotlarda  landshaft  ekologiyasi, 

geoekologiya atamalari tez-tez uchraydi. Landshaft ekologiyasi atamasini birinchi bo`lib 

nemis geografi K.Troll 1939  yilda  ishlatgan. Uning fikricha,  landshaft ekologiyasining 

asosiy vazifasi hudud bo`yicha ekologik o`zgarishlarni funktsional tahlil qilishdan iborat. 

Ingliz tilida landshaft ekologiyasi geoekologiya (geoecologu) deb tarjima qilingan, nemis 

ilmiy  adabiyotlarida  esa  geoekologiya  landshaft  ekologiyasining  bir  qismi  hisoblanadi 

(Rixling,  1997).  Rus  va  o`zbek  tillarida  chop  etilayotgan  ilmiy  ishlarda  geoekologiya, 

landshaft  ekologiyasi  terminlarining  ikkalasi  ham  uchraydi.  Geoekologiya  terminini 

geologlar  geologiya  va  ekologiya  o`rtasidagi  ilmiy  yo`nalish  deb  ham  tushunishadi. 

YAqinda  taniqli  ekolog    V.A.Vronskiy  (2002)  chop  ettirgan  ―Ekologiya  (slovar’ 

spravochnik)‖  kitobida  landshaft  ekologiyasi  va  geoekologiya  sinonim  sifatida 

quyidagicha  ta`riflangan:  ―geografik  va  ekologik  nuqtai-nazardan  ekosistemalardagi 

kompleks o`zaro munosabatlari  haqidagi  ta`limotdir‖.   

O`z  vaqtida  A.Gumbol’dt biosfera  to`g’risidagi  inson bilan  tabiatning    o`zaro  aks 

ta`sirida mavjudligini tamoyil sifatida aytib o`tgan edi. XX asrning 20-30 yillarida bu fan 

yo`nalishida  ancha  aniqliklar  yaratildi.  Amerika  geograflarining  assotsiatsiyasini 

prezidenti  X.Berrouzni  fikrlari  ma`lum  bo`ldi.  U  aytadiki  ―geografiya  inson 

ekologiyasidir‖.  1939-yilda  K.Troll  landshaft  ekologiyasi  degan    yo`nalishni  ishlab 

chiqadi. 

birinchi 



marta 

―geoekologiya‖  atamasini  qo`llay  boshlaydi. 

1960-1970-yillarda  V.B.Sochava  ―inson  ekologiyasi  geografiyada  eng  asosiy 

kontseptsiya-ilmiy  ta`limot  bo`lishi lozim‖  deb yozgan edi. 

 Hozirgi vaqtda bu atama  keng tarqalgan, lekin  atamaning asosiy mazmunida yana 

tadqiq qilinadigan xususiyatlari mavjud,  noaniq tomonlari ham bor. Hali chuqur nazariy, 

metodologik  va  uslubiy  xususiyatlar  yaratilmagan.  Binobarin,  geoekologiya  hali  fan 

darajasiga  qadar ko`tarilganicha  yo`q, u ilmiy  yo`nalishdan  iborat. 

Inson  va  tabiat  orasidagi  o`zaro  aloqalar  va  munosabatlar    to`g’risidagi 



 

kontseptsiyalar mavjud jamiyatning tabiatga bo`lgan munosabatini, tabiatdan foydalanish, 



o`zgartirish  va  muhofaza  qilish  borasidagi  tadbirlarini  ilmiy  asoslashga  xizmat  qiladi.  

Ushbu  kontseptsiyalarning  asosiy  qismini    o`zaro  munosabatlarning  geografik  va 

ekologik jihatlari tashkil etadi. Geoekologik kontseptsiyalarga o`tishdan oldin, uning fan 

sohasi sifatidagi asosiy xususiyat-  lariga  e`tibor qaratishimiz  lozim: 1) geoekologiya – 

biron  hududdagi  ekologik  voqea-hodisalar  haqidagi  fan;    2)  geoekologiya  –  tabiiy  va 

ijtimoiy  ilm  sohalari  doirasida  rivojlanmoqda;  3)  geoekologiya  –  geotizimlarning 

geoekologik vaziyati, holati haqidagi fan; 4) geoekologiya – tabiat va  jamiyat orasidagi 

munosabatlar    hamda  geoekologik  voqea-hodisalarning  o`zaro  bog’liqlik,  o`zaro 

munosabat, bir-birini taqozo etishi haqidagi fan ekanligi va hokazolar (Timashev, 2000).  

Adabiyotlarda  quyidagi  kontseptsiyalar  keltiriladi:  Tabiatni  muhofazalash, 

texnokratik  optimizm,  geotizimli,  ekologik  revolyutsiyalar,  barqaror  rivojlanish 

kontseptsiyasi va hokazolar. Ushbu kontseptsiyalar ayrim masalalarda bir-birini to`ldirsa, 

ayrimlarida  bir-biriga  ziddir.  Biz  tadqiqot  maqsadimiz  va  geoekologiya  fanining 

yuqorida  keltirilgan    xususiyatlaridan  kelib  chiqib,    quyidagi  kontseptsiyalardan 

foydalaniladi.   


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish