Vahmaqush: Og’irligin 10 gram, juda mitti qushchaman . Daraxtning shohlariga namatdan in quraman. Vahmachi demang aslo nomim mening vaxmaqush, O’zgartirib rangimni ishim doim ov qilish. Qishlash joyim bilsang Eron , Hindiston, Bag’ringdaman men bugun xur Vatan O’zbekiston. Hamma: Sizni do’st deb bilamiz vaxmaqush o’zimizga, Oldinroqdan joy olib ko’rining ko’zimizga. Oqqush: Noyob qushlar safidan joy olgan oqqushdirman, Chiroyli qanotim bor hammadan soz qushdirman. Maskanim ochiq qo’llar va Orol dengizi, boshimni egib goho dam olaman kunduzi. Patlarim hammadan ko’p qush o’zimman bilsangiz, Men ham sizga do’stdirman qatordan joy bersangiz Hamma: Xush kelibsan oqqushjon, Bo’l bugun bizga mexmon. Turna: Men turnaman gala bo’lib samolarda uchaman, Uchib o’tuvchi qushman ehtiyotkor bo’laman. Ozig’im yashil poya, don, baqa va molyuska, Xushovoz tovush bilan uchaman men olisga. Birpasgina davrangizga keldik biz, umr bo’yi sho’x va shodon bo’ling siz. Hamma: Davrammizga xush kelding go’zal turnaoy, raqsga tushib berarsan bugun hoynahoy. Hamma qushlar: Tabiatning ko’rkimiz barchamiz ahil-inoq, Foydamiz tegar sizga biz bilan bo’ling o’rtoq Raxmat sizga odamlar, bayram bilan kutdingiz, barcha qushlarni yig’ib ko’nglimiz shod etdingiz. Hayr endi do’stlarim in qurishga shoshaylik, Yurtni obod qilishga hissamizni qo’shaylik. 1- boshlovchi: mana aziz mehmonlar qushlarni ham o’z uyalariga kuzatdik. Ularni asrab avaylasak tabiat go’zalligiga yanada chiroy qo’shgan bo’lamiz. 2-boshlovchi: inson salomatligi uchun tabiat ne’matlarining ahamiyati katta, ayniqsa bog’bonlarimiz yetishtiradigan shirindan shakar mevalarimiz judayam vitaminlarga boy. Ho’sh ularning bizga qanday foydasi bor ekan. Kelinglar buni mevalarning o’zlaridan eshitsak. - (bir o’quvchi O’quvchi) Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan, Qadim qadim zamonda, nomi yo’q bir tomonda. Katta bir bog’bor ekan, Unda bog’bon chol bor ekan. Bir kun bog’da daraxtlar, shox saylamoq bo’ldilar, shu masala yuzidan, bog’bonga arz qildilar. Tinglab daraxtlar arzin, debdi bog’bon ularga.... Bog’bon O’quvchi. Insonga eng keragin shox qilayin sizlarga. Endi so’zlang birma bir, qanday foydangiz bordir. Yong’oq O’quvchi. Xotirani mustahkamlar mayiz bilan yesang qo’shib, Barglarimni qo’ysang agar pashsh, kuya ketar qochib. Olma O’quvchi Juda hushbo’y hidim bor, Menda vitamin bisyor, Kimda bor zob kasali, urug’imdir foydali. Sharbatim juda hushta’m, semirtirmaydi hech ham. Behi O’quvchi. Meni oshga solishar, hatto qilishar do’lma. Mening hidim ham hushbo’y, qarindoshimda olma. Ichimni o’yib asta dimlashadi qasqonda, yeyishadi azonda. Anjir O’quvchi Sutga solib qaynatib ishgan mahal, chekinadi sizda bo’lsa gar yo’tal. G’amlasangiz mendan qilib murabbo, qishda bo’lmas shomollashda muammo. Tut O’quvchi Bahorning ilk mevasiman, baxsh etaman sizga darmon. Isitmangiz tushiraman, mevamdan yeng ko’payar qon. Ananas O’quvchi Ajnabiyman foydam bo’lmasa agar, narhim ham bo’lmasdi baland bu qadar. Mashhurman nomimdir mening ananas, menga hech bir meva kelolmaydi bas. Shaftoli O’quvchi. Mening ismim shaftoli, mevam juda foydali. Turlarim ko’p mendayin, meva yo’qdir mazzali. Uchrayman hamma joyda, barglarim ko’pi foyda. Damlama qiling undan terlataman bir zumda. Gilos O’quvchi Gullayman qiyg’os chaman, ishtahani ochaman. Sharbatim ham mazzali keling boqqa yegali. Anor O’quvchi. Yesangiz meni oqshom, yurakka beray orom. Dilingizga zavq sochay, Ishtahangizni ochay. Qorningiz og’rib qolsa, po’stlog’im bo’lar davo. Nok 6-e O’quvchi Qomatim ham zap kelishgan, ko’rkidirman dasturhonni. Gar tanangiz zaharlansa, tozalayman shunda qonni. Uzum 6-e O’quvchi Tanamdagi jingalak davo bosh-u quloqqa. Og’risa buyrak, yurak , yegali keling boqqa. Yangi bargim bor choyda, mazza bo’lar ham foyda. Hamma: aytingchi bog’bon bobo, qaysi meva eng a’lo. Bog’bon: Shirin shakar barchangiz, insonga ko’p foydangiz. Aytayin so’ngi so’zim, sira hafa bo’lmangiz. Kamtarga derlar kamol shoh sizlarga ne darkor. Tengi yo’qsiz hammangiz, ta’m lazzat bor betakror. 1- boshlovchi: mana mevalarning inson uchun qanday foydasi borligini ham bilib oldik. Inson umri hamma narsadan azizdir, biz uzoq umr ko’rishimiz uchun sog’lig’imizga e’tibor berishimiz shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |